1-amaliy mashg’ulot Mavzu. Kirish fanning maqsad va vazifalari, adabiyotlar bilan tanishuv. Darsning maqsadi


Download 16.79 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2021
Hajmi16.79 Kb.
  1   2   3   4

1-amaliy mashg’ulot

Mavzu. Kirish fanning maqsad va vazifalari, adabiyotlar bilan tanishuv.
Darsning maqsadi: Dori vositalarining o‘zaro ta’sir xususiyatlari fanining maqsad vazifalarini tushuntirish

Dars uchun kerakli jihatdan: jadvallar, plakatlar

Dori vositalarining o‘zaro ta’sir xususiyatlari fani nimani o’rganadi:

Yangi dorilarni izlash, ularning maqsadga muvofiq yo’naltirish yo’li bilan dorilar yaratishini nazariyalarini ishlab chiqish;

Empirik yo’l bilan yangi dori moddalarini tanlashda skrining (elakdan o’tkazish) usulidan foydalanib, oddiy va murakkab komplеks dori moddalarini farmakologik aktivligini aniqlash. Ularning birlamchi spеtsifik ta'sirini va ta'sir mеxanizmini o’rganish.

Ishlatilayotgan dorilarning faolligini va organizm uchun zararsizligini va sifatini biologik (farmakologik) usullar bilan nazorat qilib turish.

Dorilarni qo‘shib ishlatilganda biror dorining farmakologik ta’siri o‘zgaradi. Buning asosida sinergizm yoki antagonizm hodisasi yotadi.

Sinergizm — dorilarni bir yo‘nalishdagi ta’siri bo‘lib, kombinatsiyaning farmakologik ta’siri kombinatsiya tarkibiga kirgan alohidaalohida moddalar ta’siridan kuchli bo‘ladi. Bu hodisa o‘tkazilayotgan farmakoterapiyani kuchaytirishga va dorilarning salbiy ta’siri kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Dorilar orasidagi antagonizm xodisasi natijasida kombinatsiya tarkibiga kirgan bir dori ta’siri ikkinchi bir dori ta’siridan susayadi yoki butunlay yo‘qqa chiqadi. Bu hodisa ba’zi klinik holatlarda foydali hisoblanadi. Masalan, betaadrenoblokatorlar, vazodilyatatorlar chaqiradigan taxikardiyani to‘xtatadi.

Dorilar orasidagi sinergizm hodisasi quyidagi ko‘rinishlarda yuz berishi mumkin: sentizatsiya, dorilar ta’siri qo‘shilishi (summatsiya), o‘zaro birbiri ta’sirini o‘zgartirmasligi (additiv), ta’sirning kuchayishi (potensirlash).

Kombinatsiya tarkibiga kirgan dori moddalari bir yo‘nalishda ta’sir qilsa, bunday xodisalar sinergizm deb ataladi (grekchasyn—birgalikda, ergo—ishlayapman degan so‘zlardan olingan). Kombinatsiya tarkibiga kirgan ayrim dori moddalariniig ta’sir kuchi birga qo‘shiladigan bo‘lsa, bunday hodisani additiv ta’sir deyiladi, bordiyu, aralashma ta’siri kombinatsiya tarkibiga kirgan dorilar ta’siri yig‘indisidan (jamidan) yuqori bo‘lsa, bu hodisani kuchaytirish (potensirlash) deb yuritiladi. Kombinatsiya tarkibnga kirgan dori moddalari birbiriga aks ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu hodisani antagonizm (grekcha anti—qarshi, agon—ko‘rsatish degan so‘zlardan olingan). Aralashma tarkibiga kirgan dori moddalarining kimyoviy yo‘l bilan neytrallash xodisasiga antidotizm deyiladi.

Masalan, glukoza bilan birga kiritilgan insulin kaliy ionlarining hujayraga kirishini yaxshilashi, temir preparatlari bilan birga yuborilgan svitamini temirning qondagi miqdorini ko‘paytirishi (sinergizm hodisasi): furosemid va tiazid unumlarini nitroglitserin va betaadrenoblokatorlarni, betaadrenopozitiv va teofillinni birga ishlatilganda additiv hodisa ro‘y beradi: prednizolon va eufillinning bronxlar astmasi xurujida ishlatilishi, betaadrenoblokatorlar va kalsiy blokatorlarning qo‘shib ishlatilishi (ibs kasalligida) potensirlash hodisasiga asoslangan.


Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling