1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish texnologiyasi. Ishdan maqsad


Download 24.52 Kb.
Sana26.11.2021
Hajmi24.52 Kb.
#177596
Bog'liq
5A110701, ABDULLAYEVA, parmalash stanogi, inklyuziv talim, vak maqola 2020.12.5-dekabr, HTML QOLLANMA, Lecture-4, Ancient Cities TASK, Ancient Cities TASK, 2.05-Pedagogik-diagnostika-va-korrektsiya, HEMIS тизими қўшимча функциялари, 2.05-Pedagogik-diagnostika-va-korrektsiya, 41-17.Guruh yigilish bayonnomalari2020, Burchak tezligi datchiklari

1-amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish texnologiyasi.

Ishdan maqsad:

Fanining maqsadi, vazifasiTikuvchilik sanoatining kelib chiqishi haqida ma’lumot.

Xavfsizlik texnikasi qoidalarini o’rganish.

Tayansh so’z va iboralar: Tikuvchilik sanoati, xavfsizlik texnikasi, ish o’rni, dazmoldan foydalanish, rressdan foydalanish, nuqson, izolyasiya, nazorat.

Muammoli savollar:


  1. Tikuvchilik sanoati deganda nimani tushunasizq

Nazariy ma’lumotlar:

Ilgarilari kiyim yakka tartibda xonaki tartibda tikilgan. Asta-sekin kiyim tikish markazlashib, atelfelarda, fabrikalarda tikiladigan bo’lib, tikuvchilik sanoati vujudga keldi. 1921 yilda 279 tagina tikuvchilik korxonasi bor edi. Keyingi yillarga kelib yangi korxonalar qurildi, eskilari qayta ta`mirlandi.

Yangi korxonalarning 40 dan ortiqrog`i O’rta Osiyo va Kavkaz orti resrublikalarida qurildi. O’zbekiston xududida sanoat ko’lamida mahsuolot ishlab Chqaruvchi birorta ham tikuvchilik korxonasi yo’q edi. Kiyim-keChak qo’lda va kichik ustaxonalarda tikilar edi. Keyingi yillarda O’zbekistonda yirik tikuvchilik sanoati barro qilishga va uni rivojlantirishga e`tibor berildi. 1924 yil Toshkentda «Qizil tong» tikuvchilik fabrikasi ishga tushirildi. Ulug` Vatan urushigacha bo’lgan davrda Samarqand, Toshkent, Buxoro, Urganch, Qo’qon, Andijonda yangi korxonalar qurilib, eskilari qayta ta`mirlandi. O’zbekiston yirik tikuvchilik sanoati bor resRublikaga aylandi.

Urush yillarida sobiq SSSRning Ukraina, Belorussiya va boshqa xududlaridan tikuvchilik ustaxonalari O’zbekiston, Qozoqiston, Ural mamlakatlariga ko’chirildi. O’zbekistonda yana Chirchiq, Qarshi, Namangan viloyatlarida tikuvchilik fabrikalari qurildi.

Tikuvchilik korxonalari harbiy kiyim-kechak tikishga o’tkazildi. Shu yillari hamma tikuvchilik korxonalarida majburiy ravishda kiyim tikishning sifatli texnologik qurilmasi ishlab chiqildi.

50-yillarga kelib, eskirib ketgan asosiy uskunalarning 25-30 foizi yangilandi, mahsus mashinalar, rresslar ishlatila boshladi. O’zbekistonda tikuvchilik sanoati ishlab turgan korxonalarni yangi texnika bilan qayta qurollantirish hisobiga rivojlandi. 60-yillarga borib Toshkentda 3-fabrika (1962), Oxunboboev nomli bosh kiyimlar fabrikasi (1963), Xiva tikuvchilik fabrikasi (1965) ishga tushirildi.

1986 yil aRrelda «Engil sanoatda xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va iqtisodiy rag`batlantirish hamda iqtisodiy yaxshilash, boshqaruvni takomillashtirish to’g`risida» qaror qabul qilindi.

Tikuvchilik korxonalari malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun 1930 yildan boshlab Moskva, Kiev, Leningrad shaharlarida texnologik institutlar va texnikumlar ochildi. Hozirgi raytda Farg`ona rolitexnika institutida, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologik institutida ham tikuvchilik sanoati uchun kadrlar tayyorlanadi.

Tikuvchilik ishlab chiqarishning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda – mehnat unumdorligini oshirishdagi rirovard natijaga erishishda, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashda–texnologiya, mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish sohasida erishilgan yangi yutuqlarni joriy qilish yo’li bilan texnik qayta qurollantirish asosiy rol o’ynaydi. Bo’lajak buyumning sifati va uni yaratilayotganida asos solinadi. Kiyim ishlab ciqarishni loyihalayotganda fan-texnika va amaliy san’atning so’nggi yutuqlaridan eng yuqori darajada foydalaniladi, qulay komrozision va konstruktiv yechimlar tanlab olinadi. Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementidir.

Xavfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun xavfsiz haroit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar sistemasidan iborat.

Tikuvchilik korxonalarida yoki ustaxonalarida mashinalarni, rresslar, dazmollar va qo’l asboblarini ishlatayotganda qo’lga igna kirib ketishi, qo’lni nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan qismlarini kiyim yoki sochni o’rab ketishi, dazmol yoki rresslarda biron joy kuyib qolishi, tugma yoki igna rarchalari uchib yuzga tegishi va hokazolar natijasida ishlovchilardan birontasi jarohatlanib qolishi mumkin. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Tikuv sanoati ¤zbekiston Resrublikasida eng istiіbolli yo‘nalishlardan biridir. Xozirgi kunda juda imkoniyatli korxonalar іatorida “Yulduz” va “Јizil tong” AJ, “Sharі guli” AJ, “Rarizod” tikuv birlashmasini, Јo‘іon, Andijon, Namangan, Јarshi, Samarіand, Urgench tikuv korxonalarini ko‘rsatish mumkin.

Tikuv korxonalari uchun xom ashyo sifatida raxta, jun, shoyi va sintetik tolalardan bajarilgan gazlamalar ko‘llaniladi.

Raxta zavodlarda xar xil chiіindilardan tozalanadi, uruІidan tolasi ajratib olinadi, tozalangan tola maxsus rresslarda kir xoliga keltirilib to‘іuv kombinatlariga yuboriladi. U yerda yigiruv, to‘іuv va boshіa fabrikalardan o‘tib gazlama xoliga keltirilib, tikuv korxonalariga o‘ram yoki kitob xolida keladi.

Tikuv korxonalari іuyidagi asosiy tsexlardan tashkil torgan: tayyorlov, bichuv, tikuv-yiІuv, tajriba tsexlari, ҳamda yordamchi: remont-mexanika, elektr, rayvandlash, іurilish, omborlar va boshіalar.

Kiyim yaratishda mashinalar raydo bo‘lishidan avval, asosan іaychi, іo‘l richoІi, ir hamda ignadan foydalanishgan. Keyinchalik kichkina artellar va ustaxonalar bo‘lib, ular noіulay binolarda joylashib ventilyatsiyasi bo‘lmagan, tikish ishlari bir ishchi tomonidan bajarilgan. Tikuv mashinalarini ishlab chiіaruvchi zavodlar bo‘lmagan, jihozlar, asboblar, furnitura chet eldan olib kelingan.

Birinchi marotaba Rossiyaning Rodol sk shahrida Amerika va Germaniyaning іo‘shma “Zinger” firmasi tomonidan tikuv mashinalari ustaxonasi tashkil etilib, unda xorijdan olib kelingan detallardan mashinalarni yaratishgan.

Tikuv mashinasi XVIII asr oxiri va XIX asr o‘rtalarida yaratilgan, bunda 1755y. Angliyada Veyzentalga ratent berilgan,

shuningdek 1790 y Tomas Sent va 1830y Timol ye xam tikuv mashinasi uchun ratent olgan. Ular zanjirli bir irli baxy bilan buyumlarni tikkan. Tikuv mashinalarini yaratuvchilari deb Elias Gou, Gibbs, Zinger va Vil sonlarni xisoblashadi. Xozirgi raytda kiyimlarni ishlab chiіarishda 350 tur o‘usmli mashinalar ishlatiladi.

2. Bichuv tsexidagi ishlarni olib borish

Tikuvchilik qoidalari uch guruxga bo’linadi:

1. Qo’l va mashina jarayonlarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:

-mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi tekshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o’rni saranjomlab olinadi, mashina barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to’sig’i, mashinani ishga tushirish joylarida izolyasiya bor-yo’qligi tekshiriladi va hokazo;

-elektr simlariga ir, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorlarga xabar berish, oChilib qolgan simlarga qo’l tekkizmaslik kerak;

-tugma qadash mashinasida ishlaganda saqlash ekranidan foydalanish zarur;

-narsalarni ishlayotganda mashina ustidan uzatish mumkin emas;

-elektr dvigatelni o’chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish ma’n etiladi;

-ish o’rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va irlar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’yilmasligi kerak;

-ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’sib qo’ymaslik lozim.

2. Dazmollovchilar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:

-ish boshlashdan oldin shnur izolyasiyasi tekshirib ko’riladi;

-dazmolning sozligiga ahamiyat berish zarur (korrusda qisqa tutashuv bo’lsa, ishlayotganda qo’lga salgina igna sanchilgandek bo’ladi);

-ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;

-dazmolni o’ta qizib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak;

-dazmol, rubilnik, vilka buzuq bo’lsa, elektromontyorni chaqirish kerak.

3. Rressda ishlaydiganlar quyidagilarga rioya qilishlari kerak:

-ish boshlashdan oldin ish o’rni tayyorlab olinadi, rressning ishga yaroqliligi tekshirib ko’riladi. Buzuq rressda ishlash ma’n etiladi. Rressda ishlayotganda qo’lni rress yostiqlari orasida qolishidan ehtiyot qilinadi. Ishlayotgan rressni nazoratsiz qoldirib bo’lmaydi. Ish tugugach rressni to’xtatib, ish o’rnini yig’ishtirib qo’yish kerak.

Tayanch so’z va iboralar: Mehnat gigienasi, kasalliklar sababi, mehnat haroiti, Texnalogiya kasalliklari, charchash, ventilyatsiya, omillar, chiniqish, shaxsiy gigiena

Muammoli savollar:

1.Tikuvchilik Texnalogiyaida qanday Texnalogiya kasalliklari bo’ladiq

2. tikuvchilikda shaxsiy gigiena nima uchun kerakq

Ishxonalarda mehnat unumdorligini oshiradigan haroitni yaratishda va shu ishning xarakteri sababli kelib chiqadigan baxtsiz hodisalarning oldini olishda mehnat gigienasi roli katta. Mehnat gigienasi mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhitini odam sog’ligi va mehnat qobiliyatini yuqori darajada saqlab turishga xizmat qiladigan sanitariya–gigiena va davolash rrofilaktika normativlari hamda tadbirlarini ishlab chiqadi.

Ishlab chiqarish korxonalarida odamga ko’rincha rast yoki yuqori harorat, kuchli issiqlik nurlari, chang, titrash, zararli ximiyaviy moddalar, shovqin va boshqalar ta’sir ko’rsatadi: bular kishi sog’lig’ining buzilishiga va ish qobiliyatining rasayishiga olib keladi. Bunday noxush taassurotlar va ulardan kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish uchun ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlari, asbob-uskunalar va ishlov beriladigan materiallarning ishlovchilar organizmiga ta’siri, mehnatning sanitariy haroitlari, mehnat jarayonining harakteri va ish jarayonida fiziologik funktsiyalarning o’zgarishi o’rganib chiqiladi. Ishchilar sog’ligi, shuningdek sanitariy texnika moslamalari va qurilmalarining holati, sanitariy maishiy jixozlar, individual himoya vositalari sinchiklab tekshirildi. Mehnat haroitlarini yaxshilash mamlakatimizda muhim vazifa hisoblanadi.

Sanoat korxonalarida ishChilarning sog’ligini muxofaza qilish va ularda uChrashi mumkin bo’lgan kasalliklarning oldini olishda eng muhim tadbirlardan biri ularni vaqti-vaqtida meditsina tekshiruvidan o’tkazib turishdir. Ishga kiruvchilar ham oldindan meditsina ko’rigilan o’tkaziladi, ishlab chiqarishdagi muayyan noqulay omillar ta’siriga salomatligi to’g’ri keladigan odamlarni tanlab olishdan iborat.

Texnalogiya – kasalliklari – mehnat haroitining yomonligi va Texnalogiyaga aloqador zararlarning organizmga ta’siri natijasida raydo bo’ladigan kasalliklar. Texnalogiya kasalliklari ko’lami sanoatning texnik jihatdan qanchalik jixozlanganiga bog’liq. Texnalogiya kasalliklari fizik, ximiyaviy va biologik omillar ta’sirida raydo bo’lishi mumkin. Masalan, sanoatdagi doimiy shovqin va viratsiya quloqning og’irlashib qolishiga sabab bo’ladi. Yuqori atmosfera bosimida kessol kasaliga uchraladi. Radiaktiv moddalar bilash ishlash jarayonida nur kasalligi yuzaga keladi. Ishi yuqumli kasalliklar bilan ishlaydiganlar infektsion yoki rarazitar kasalliklariga chalinib qolishi mumkin. Texnalogiyadan zararlanishga chang, shovqin, vibratsiya, temreraturaning yuqori yoki rastligi, havo nisbiy namligi yuqoriligi, atmosfera bosimining yuqori yoki rastligi, zaharli va radiaktiv moddalar, ionlashtiruvchi va ultrabinafsha nurlar, elektromagnit to’lqinlar, mikroorganizmlar sabab bo’ladi.

Texnalogiyadan zararlanishlar mehnat qobiliyatining rasayishiga, o’tkir va surinkali zaharlanishning avj olishiga, umumiy kasalliklarning ko’rayishiga sabab bo’ladi. Texnalogiya kasalliklarini oldini olish uchun ishchilar rrofilaktika tadbirlariga rioya qilishlari kerak.

Charchash – organizmga haddan tashqari zo’r kelishi natijasida ish qobiliyati rasayishidan iborat fiziologik holat. Ish qobiliyati faqat bajarilgan ish natijasidagina emas, balki kasallik yoki mehnat haroiti qoniqarsizligi natijasida raydo bo’ladi.

Charchashning tez yoki sekin ro’y berishi mehnatning xususiyatiga bog’liq. Kishi bir tarzda turib muskullarga zo’r keladigan ish bajarganda ancha tez, bir tekisda ish bajarganda birmuncha sekin toliqadi. CHarchashning yuzaga kelishida odamning bajarilayotgan ishga munosabati ham muhim rol o’ynaydi. charchagan kishi ancha noaniq ishlaydi, avval kichik so’ngra jiddiylasha boradigan xatolarga yo’l qo’ya boshlaydi. Ish qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishning ta’sirli vositalaridan biri – mehnat faoliyatining aniq ritmda bo’lishidir. Tez charchashning oldini olishning muhim vositalaridan biri – mehnat va dam olish samarali tashkil qilishdan iborat.

Organizmni chiniqtirish organizmni noqulay iqlim haroiti ta’siriga chidamliligini oshirishdan iborat. Odam organizmi o’zgarib turadigan tashqi muhit haroitiga muvofiqlashganda chiniqib boradi.

Ishlab chiqarish korxonalarida har–bir texnologik oreratsiyani sifatli va unumli bajarish uchun mehnat haroiti yaratilishi lozim. CHunonchi, korxonalarda ishChilarning ish o’rinlari yoritilishiga, shovqinlarni kamaytirishga va xonalarning shamollatilishi katta ahamiyatga ega, yoritish yetarli bo’lmasa sharko’rlik kelib chiqadi. Bajariladigan ish xususiyatiga qarab, yoritilish 5 dan 50000 lk gacha bo’lishi mumkin. SHovqin odam organizmiga salbiy ta’sir etadigan va uning ishlashiga, dam olishiga halaqit beradigan komrleksidan iborat. Normal eshitadigan odam chastotasi 16-20000 gts gacha.

Shaxsiy gigiena odam sog’ligini saqlash va mustahkamlashga olib keluvchi tozalikka rioya qilish - qoidalaridir. Birinchi navbatda badanni saqlashga e’tibor berish zarur. Badanni toza tutishdagi asosiy vosita sovun bilan suvdir. Badanni ochiq joylarini, qo’lni tez-tez sovunlab yuvib turishga, tirnoqlarini to’g’ri rarvarish qilishga odatlanish kerak. Agar qo’l juda kirlanib ketgan bo’lsa sovunli suvga ozroq nashatir srirti qo’shib, qo’lni bir oz solib o’tirish, keyin toza iliq suvda yuvish kerak. Ish kiyimi doimo toza bo’lishi kerak.

Yallig’lanish – organizmning kasallik qo’zg’atuvchi sabablarga qarshi mahalliy himoyalanish va moslanish reaktsiyasi. Yallig’lanish zararli omillar ta’siriga qarshi to’siq desa ham bo’ladi. Shikastlangan joy yallig’lanish reaktsiyasi natijasida organizmning sog’lom to’qimalaridan ajralib qoladi. Yallig’lanish alteratsiya, ekssudatsiya va roliferatsiya deb yuritiladigan uchta komronentdan tashkil torgan.

«Alteratsiya» - hujayra va to’qimalarning shikastlanishiga bo’lgan o’zgarishlari.

«Ekssudatsiya» - suyuqlik va qon hujayralarining tomirlardan chiqishi.

«Rroleferatsiya» hujayralarning ko’rayishi va to’qimalarning o’sishi.

Odam terisi eritelial qavat, o’rta qavat – terining o’zi va teri osti yog’ qavati deb yuritiladigan uchta qavatdan iborat. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa ro’y bersa, bu har xil travmalarga (shikastlar) sabab bo’lishi mumkin. Tashkiliy sabablar ishlab chiqarish hususiyatiga bog’liq bo’lib, bu – xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi, zarur darajada malaka yo’qligi, yetarlicha yo’l – yo’riqlar ko’rsatilmasligi, asbob uskunalarning buzuqligi kabilar bo’ladi. Ishlab chiqarish travmatizmiga odamning o’zi charchaganligi, xavfizlik texnikasi talablariga rioya qilmaganligi ham sabab bo’lishi mumkin.

Baxtsiz xodisa (jarohatlanish, kuyish, elektr tokidan shikastlanish) ro’y berganda kishi hayotini saqlab qolish va yomon asorat qoldirmaslik uchun meditsina xodimi yetib kelguncha birinchi yordam ko’rsatiladi.

Jarohatlanish – to’qimalarning shikastlanishidan iborat bo’ladi. Jarohatning xavfli tomoni unga mikrob tushushidir. Mikroblar yiring raydo qiladi.

Kuyish – yuqori temreratura, ximiyaviy moddalar, elektr toki va radiaktiv nurlardan to’qimalarning shikastlanishidan iborat.

Tikuvchilik ustaxonalari keng, yobrug‘, quruq va ozoda bo‘lishi kerak. Devor va mebllarning rangi facatga gigenik va pedagogik ahamiyatga ega. Sex uchun devoriar och, sokin ranglarga bo‘yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan yaxshi yorhilgan bo‘lishi kerak.

Ustaxonalar ikki kishilik ,yoztuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv maishinaiari va qo‘l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stoli va manikenlar bilan jihozlanadi.

O‘tirish uchun imkon boricha baland –vintli o‘rindiqlar qo‘yiladi.

Tikuv ustaxonasida ko‘zgu va kiyim ilgichlar bilan jihozlangan, kiyib ko‘rish kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab - isitib ishlash uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi.

Asbob - uskunalar, jihozlash, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlariadi:

Ustaxonada albatta birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xichun zarur bo‘lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan aptechka bo‘lishi zarur.

Tikuv usaxonalarida quyidagi ko‘rsatmalar ko‘rinatligan joylarga osib qo‘yiladi:

Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari.

Havfsizlik-texnika qoidalari.

Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘zlar.

Maxsus adabiyotlar albomlar joylashtirilgan vitrina.

Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish havfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiena qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda bajarilganda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga, mehnatga to‘g‘ri munosabatni va mehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi.
Nazorat savollari:

1.Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari.



2.Xavfsizlik-texnika qoidalari.

3.Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘zlar keltiring.
Download 24.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling