1-amaliy mashg’ulot. Texnologik amallarni loyihalash


Download 178.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.09.2022
Hajmi178.58 Kb.
#818145
  1   2   3
Bog'liq
1-AMALIY MASHG’ULOT
Операцион тизимлар узб, 4-курс НМКТ, 2 курс Магистрлар малакавий амалиёти Дастури 2, 3- курс НМКТ, 2 курс амл дас ЮМБ, 3 курс амл дас н ЮМБ, 2 5289940154230776250, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya (3), 2 5289940154230776242, 8, Mustaqil ta (1), Blokcheyn texnologiyalarining yaratilishi va iqtisodiyotga ta�si, Yo\'ldoshev Anvar Multimedia M2, 8. Mustaqil ish, Infokom


1-AMALIY
 
MASHG’ULOT.
 
TEXNOLOGIK
 
AMALLARNI
 
LOYIHALASH
 
ASOSLARI. 
Texnologik jarayon strukturasining asosini texnologik amallar(operatsiyalar) tashkil qiladi. 
Texnologik jarayon bitta amaldan yoki birnechta (n-ta) amallar yig’indisidan ham tashkil topgan 
bo’lish mumkin. Texnologik jarayonning nechta amallardan tashkil etilishi ko’p hollarda ishlab 
chiqarish turiga ham bg’liq. Ishlab chiqarish turi esa amallarni ish joylariga biriktirib 
qo’yilganligibilan belgilangan, ya’ni amallar bog’lanish koeffitsienti (k
b
) bilan. Texnologik amal, 
ish joyi bir-biriga uzviy bog’langan tushunchalar, bularni biz bilamiz, mashinasozlik texnologiyasi 
asoslarini nazariy qismda o’rganganmiz. 
Bu erda texnologik amalni strukturasini chuqurroq amalda o’rganish asosiy maqsqdimizdir. 
Buning uchun texnologik amalni nomini va mazmunini aniq ifodalash, amalni nomini tuzilishini 
o’rnatish va uning mazmunini texnologik hujjatga yozish, ishlab chiqarish turini o’rnatish 
vazifalari qo’yilgan. 
1.1 Texnologik amalni nomini va mazmunini aniq ifoda qilish 
1.1-misol. Detalni (vtulka) seriyali ishlab chiqarish sharoyitida, donalab alohida kesilgan 
tanavor tanavor qaynoqjqo’valagan prokatdan tayyorlanadi. Hamma sirtlariga bir martadan ishlov 
beriladi. Tokarlik amal ikki o’rnatuvli eskiz bo’yicha bajariladi (1.1-rasm) [4].
1.1-rasm. Tokarlik ikki o’rnatuvlik amal eskizi 
T a l a b e t i l a d i: operasion eskiz va boshqa berilganlarni tahlil qilish; amal mazmunini 
o’rnatish va uning nomini va mazmunini aniq ifoda qilish; mazkur amalda tanavorga ishlov berish 
ketma-ketligini o’rnatish; o’tuvlar bo’yicha amal mazmunini tasvirlash (yozish). Hamma sirtlar 
g’adr-budurligi R
a
= 20 mkm.
Yechish. 1. Dastlabki berilganlarni tahlil qilib, o’rnatamiz, ko’rilayotgan ikki o’rnatuvli 
amalda, tanavorning o’nbitta sirtiga ishlov berish bajariladi, qaysi uchun ketma-ket o’nbitta 
texnologik o’tuvlarni bajarish talab qilinadi. 
2. Amalni bajarish uchun tokarlik yoki tokarlik-vintkesar dastgohi qo’llaniladi, va amalning 
nomi “Tokarlik” yoki “Tokarlik-vintkesar” bo’ladi (GOST 3.1702-79). O’sha amal bo’yicha 
amalni guruh nomeri (14) va amal nomeri (63) ni aniqlaymiz. 
Amal eskizlari mavjud bo’lgan holda amal mazmunini yozish uchun qisqacha yozuv shaklini 
qo’llash mumkin: “Uch yon sirt kesib tushurilsin”, “Ikki silindrik sirt yo’nilsin”, “Teshik 
parmalansin va yo’nilsin”, “Bir ichki va ikki tashqi faskalar yo’nilsin”. 
3. Operatsion eskizlardan foydalanib, o’rnatuvlar bo’yicha texnologik o’tuvlar bajarilishini 
ratsional ketma-ketligini o’rnatamiz. Birinchi (A) o’rnatuvda yon sirt 4 kesib tushirilishi, sirt 2 
yo’nish 1 yon sirtni hosil qilish bilan birga, faska 3 yo’nish, teshik 6 parmalash va faska 5 yo’nish 
zarur. Ikkinchi (B) o’rnatuvda yon sirt 9 kesib tushurish, sirt 7 va faska 8 yo’nish, ichki 10 sirtni 
yo’nish va yon 11 sirtni hosil qilish kerak. 
4. Amallar mazmuni texnologik hujjatlarga o’tuvlar bo’yicha yoziladi: texnologik o’tuv 
(Tex.O’) va yordamchi o’tuv (Yor.O’). O’tuvlar mazmunini aniq ifoda qilishda GOST 3.1702-79 
bo’yicha qisqartirilgan yozuvdan foydalaniladi. 1.1-jadvalda ko’rilayotgan misol yozuvi 
keltirilgan. 


1.1-masala. Tokarlik amal uchun operatsion eskiz ishlab chiqilgan bajariluvchi o’lchamlari 
dopusklari bilan va ishlanuvchi sirtlarning g’adir-budurligi bo’yicha qo’yiluvchi texnik talablari 
berilgan (1.2-rasm). Har bir sirtga - bir marotaba ishlov berilsin. Variant no’merlari rasmda rim 
raqamlarida ko’rsatilgan [4]. 
1.1-jadval 
O’tuv 
№ 
O’tuvning 
ko’rinishi 
O’tuvlarning mazmuni 









10 
11 
12 
13 
14 
Yor.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Yor.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Tex.O’ 
Yor.O’ 
Yor.O’ 
Tanavor o’rnatilsin va mahkamlansin 
4 yon sirt kesib tushurilsin 
2 sirt yo’niilsin 1 yon sirtni hosil qilish bilan birga 
(2 sirt yo’nishda 2 ishchi yurish amalga oshiriladi) 
3 faska yo’nilsin 
6 teshik parmalansin 
5 ichki faska yo’nilsin 
Tanavor qayta o’rnatilsin 
9 yon sirt kesib tushurilsin 
7 sirt yo’nilsin 
8 faska yo’nilsin 
10 ichki sirt yo’nilsin 
11 yon sirt kesib tushurilsin 
Detal o’lchamlari nazorat qilinsin 
Detal tushurilsin va idishga taxlansin 
Talab etiladi: dastgoh turkumini ko’rsatish; tanavorni shakl va o’lchamlarini aniqlash
bazalash sxemasini o’rnatish; eskizda barcha ishlanuvchi sirtlarni no’merlab chiqish; texnologik 
xujjatlarga yozish uchun amallar nomlarini va mazmunlarini aniq ifoda qilish; hamma o’tuvlarning 
mazmunlarini to’la va qisqartirilgan shakllarda texnologik ketma-ketlikda yozib chiqish. 
1.2-rasm. Operatsion eskizlar 1.1-masala uchun 
Amalni nomini tuzilishini o’rnatish va uning
mazmunini texnologik hujjatga yozish 
1.2-misol. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilishi zarur bo’lgan detalni 
konstruktiv elementi ajratilgan detal ishchi chizmasining ko’rinishi keltirilgan (1.3-rasm). 
Talab etiladi: birlamchi berilganlarni tahlil qilish; konstruktiv elementga ishlab chiqarish 
turini hisobga olgan ishlov berish usulini tanlash; metallkesuvchi dastgoh tipini tanlash; amal 
nomini o’rnatish; to’la shaklda amal mazmunini yozish; amal mazmuni yozuvini texnologik 
o’tuvlari bo’yicha aniq ifoda qilish.



Download 178.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling