1-amaliy mashg’ulot. Umumiy emmiterli kuchaytirgichlarni taxlil qilish. Siljish zanjirlarini hisoblash. Ishdan maqsad


Download 1 Mb.
bet1/3
Sana22.05.2022
Hajmi1 Mb.
#687156
  1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy mashgulot
5-sinf-reja-musiqa, Biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar, 5-sinf-botanika-fanidan-testlar-2, 1679-Article Text-3508-1-10-20210727 (2), 1679-Article Text-3508-1-10-20210727 (2), topshiriq меросхўрлик, xat - Nusxa ko‘chirmoq, xat - Nusxa ko‘chirmoq, ьгы2, mustaqil ish, Collocations in 10 Minutes (2), ISH REJASI, sorovnoma, 2-Amaliy mashgulot

1-amaliy mashg’ulot.
Umumiy emmiterli kuchaytirgichlarni taxlil qilish. Siljish zanjirlarini hisoblash.

Ishdan maqsad: Umumiy emmiterli kuchaytirgichlarni taxlil qilishni o’rganish. Siljish zanjirlarini hisoblash.

Nazariy qism.

Kuchaytirgich kaskadlarining tuzilish zanjiri ko‘p holatlarda bir xil bo‘ladi. Mavjud kaskadlarning tuzilishini quyidagi misolda ko‘rish mumkin (2.1, a -rasm).





2.1.-rasm. Kuchaytirgich kaskadlari (a) va chiqish xarakteristikasi (b)

Kuchaytirgichning asosiy elementlaridan biri boshqariluvchi elementdir (BE). Uning vazifasini bipolyar yoki maydon tranzistori bajaradi. Bundan tashqari, qarshilik R bilan manba Ye kuchaytirgichning chiqish zanjirini tashkil qiladi. Kuchaytirgichning kirishiga sinusoidal garmonik signal Ukir beriladi (2.1,b-rasm). Chiqish signali boshqariluvchi element ning chiqishidan yoki qarshilik R dan olinadi. Boshqariluvchi elementning qarshiligi va kirishdagi kuchlanish Ukir o‘zgarganda chiqish toki ichiq ham o‘zgaradi. Kuchayish prinsipi shunga asoslanganki, o‘zgarmas manba kuchlanishi Ye o‘zgaruvchan chiqish kuchlanishiga aylanadi, ya’ni Ukir signalining qonuni asosida o‘zgaradi. Bunda chiqishdagi kuchlanishga shunday qaraladiki, o‘zgaruvchan kuchlanish va tok o‘zgarmas kuchlanish va toklarning yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni o‘zgaruvchan tashkil etuvchilar o‘zgarmas tashkil etuvchilarga Io‘zg, Uo‘zg ustma-ust tushadi.


Bunda o‘zgaruvchan tashkil etuvchining amplituda qiymati o‘zgarmas tashkil etuvchinikidan kichkina yoki unga teng bo‘lishi kerak, ya’ni Io‘zgmIm va Uo‘zgmUm. Agar bu shart bajarilmasa chiqish signalining shakli buziladi. Shunday qilib, chiqish zanjirida o‘zgarmas tashkil etuvchi tok Io‘zgm va kuchlanish Uo‘zgm hosil bo‘lishi zarur. O‘zgarmas tashkil etuvchilar esa chiqish zanjirida ma’lum potensialli tinch holatni tashkil qiladi.
Boshqariluvchi elementning kirishiga kirish kuchlanishi berilsa, chiqishda o‘zgaruvchan tok tashkil etuvchisi hosil bo‘ladi, natijada boshqariluvchi element chiqishida o‘zgaruvchan kuchlanish tashkil etuvchisi hosil bo‘ladi, buning kattaligi esa kirish kuchlanishining kattaligidan yuqori bo‘ladi. Tranzistorlarning ulanishiga qarab kuchaytirgichlarning ko‘rsatkichlari turli bo‘ladi.
Kuchaytirgichda uch xil ulanish sxemasi mavjud, ular umumiy emitter (UE), umumiy kollektor (UK) va umumiy baza (UB) ulanishlaridir.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling