1-amaliy mashg’ulot yog’inlаrni o’lchash


Download 50 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi50 Kb.
#172772
Bog'liq
2 5251722040582342907


1-AMALIY MASHG’ULOT

Yog’inlаrni o’lchash

Reja:


1. Yog’in o’lchovchi asboblarni o’rg’anish (yomg’ir o’lchagich, Tretyakov yomg’ir o’lchagichi, plyuviograf)

2. Yog’inlarning yillik o’zgarishini asosiy tiplari bo’yicha tahlil qilish

3. Qor chizig’i balandligini kengliklar bo’yicha taqqoslash
Darsning maqsadi: Talabalarning yog’inlarni o’lchash haqida, tayanch iboralar, tеst savollari, nazorat uchun savollar orqali bilim va ko’nikmalarini shakillantirishdan iborat.
Dars jihozlari: Atlas, karta, ko`rgazmali qurollar, fotosuratlar, tarqatma materiallar, kompyuter multimedia vositalari.
Tayanch iboralar: yog’inlarning hosil bo’lishi, yog’in miqdorini belgilovchi omillar, yog’inlarni o’lchash aniqligi, tuzatmalar, yog’in gradiyenti, yog’in turlari, qor qoplami, yomg’irlar, jala yomg’irlar, yog’ish jadalligi, yog’in me’yori, yog’in qatlami va aniqlash usullari, o’rtacha arifmetik usul, tortish usuli, kvadratlar usuli, izogiyetlar usuli, yog’in bilan oqim orasidagi korrelyatsiya bo’yicha tortish usuli, tog’ daryosi havzasi uchun yog’in qatlamini aniqlash.
Topshiriqlar:

1. Yog’in o’lchovchi asboblarni o’rg’anish (yomg’ir o’lchagich, Tretyakov yomg’ir o’lchagichi, plyuviograf)

Har guruhga bitta yog’in o’lchovchi asbob beriladi

yomg’ir o’lchagich

Tretyakov yomg’ir o’lchagichi

plyuviograf

Yog’in o’lchovchi asboblarning rasmini chizish, ishlash tartibini izohlash.
2. Yog’inlarning yillik o’zgarishini asosiy tiplari bo’yicha tahlil qilish.

Har guruhga uchta yoki to’rttadan yog’inlarning yillik o’zgarishini asosiy tiplari ma’lumotlari beriladi

1. Ekvatorial tip. Ekvator yaqinida (ikkala yarimsharda taxminar 10° kenglikkacha) yil davomida nisbatan quruq mavsumlar bilan ajralgar ikkita yomg’irli mavsum kuzatiladi. Yomg’irli mavsumlar teng kunlikdar keyingi, ichki tropik konvergensiya zonasi ekvatorga eng yaqin v; konveksiya eng kuchli rivojlangan davrga to’g’ri keladi. Asosi; minimum, ichki tropik konvergensiya zonasi ekvatordan eng uzo( bo’lganida sliimoliy yarimsharning yoziga to’g’ri keladi. Masalan Librevil stansiyasida (0,5° sh.k., 95° sh.u.) yog’inlar miqdorininj yig’indisi quyidagicha taqsimlangan: fevral-220 mm, mart-340 mm iyul-3 mm, noyabr-380 mm, yilda-2410 mm.

2. Tropik tip. Tropik zonaning tashqi chegaralariga yaqinlashgai sari haroratning yillik o’zgarishidagi ikkita maksimum bitta yozg maksimumga birlashadi. Shu bilan birga ikkita yomgMrli birlashib, bitt yomg’irli mavsumni tashkil qiladi. Tropik yaqinidagi hududlar yi davomida to’rt oy kuchii yog’inlar bilan xarakterlanadi, sakkiz oy esa quruqboiadi. Masalan, San-Salvador stansiyasida (13,7° sh.k., 89,2° g’.u.) yog’inlar miqdorining yig’indisi quyidagicha taqsimlangan: yanvar-10 mm, iyun-320 mm, yilda-1800 mm.

3. Tropik mussonlar tipi. Musson sirkulatsiyasi yaxshi ifodalangan tropik hududlarda (Hindiston, Xitoyning janubi-sharqi, Gvineya ko’rfazi, Avstraliyaning shimoliy qismi) yog’inlarning yillik o’zgarishi tropik tipdagidek maltsimum-yozda, minimum-qishda, farqi-amplitudakattaroqbo’ladi. Masalan, Bombey stansiyasida (18,9° sh.k., 72,9° sh.u.)-dekabrda-1 mm, iyoilda-610 mm, yilda-1840 mm.

Orografiya ta’sirida yozgi musson yog’inlarining miqdori keskin ortishi mumkin, masalan, Cherrapunji stansiyasida (25,3° sh.k.. 91,8° sh.u.) dekabrda-10 mm, iyulda-2730 mm, yilda-11020 mm ga yetishi mumkin.

4. O’rta yer dengizi tipi. Subtropik kengliklarda orollarda va qit’alarning g’arbiy qismlarida yomg’irli va quruq mavsumlar orasida farqlanish (ba’zida keskin) kuzatiladi. Yog’inlarning maksimumi yozga emas, balki qishga yoki kuzga to’g’ri keladi. Quruq yoz kam bulutli ob-havo bilan xarakterlanadigan subtropik antisiklonlarning ta’siri bilan bog’liq. Qishda antisiklonlar kichikroq kengliklar tomon siljiydi va o’rta kengliklardagi siklonal faoliyat subtropiklarga tarqaladi. Nam va quruq mavsumlar yarim yildan davom etadi. Yog’inlar yillik o’zgarishining bu tipi atmosfera sirkulatsiyasi sharoitlari o’xshash bo’lgan o’rta yer dengizi mamlakatlarida, Kalifomiya, Afrika janubida, Avstraliya janubida, ayniqsa, keskin ifodalangan. Bu tipga Qrimning janubiy qirg’og’idagi, o’rta yer dengizi iqlimining eng shimoliy chetidagi va O’rta Osiyo sahrolaridagi yog’inlar kiradi. Masalan, Gibraltar stansiyasida (36,1° sh.k., 5,4° g’.u.)-iyul-1 mm, noyabr-160 mm, yilda-910 mm; Yaltada (44,5° sh.k., 34,2° sh.u.)-yanvar-80 mm, avgust-30 mm, yilda-600 mm; Toshkentda (41,3° sh.k., 68,3" sh.u.)-avgust-1 mm, mart-60 mm, yilda-350 mm.

5. O’rta kengliklardagi qit’alaming ichki qismlari tipi. O’rta kengliklarda qit’alarning ichki qismlarida antisiklonlarda yog’inlarning maksimumi yozga, minimumi qishga to’g’ri keladi. Osiyoda yillik o’zgarishning bu turi, ayniqsa, keskin ifodalangan, chunki bu yerda qishda quruq ob-havoli baquvvat antisiklonlar hukmronlik qiladi. Yillik o’zgarishning bu turi Shimoliy Amerika va Yevropada ham mavjud. Masalan, yog’inlarning miqdori Chikagoda (41,9° sh.k., 97,6° g’.u.) yanvar va fevralda 50 mm gacha, iyulda-90 mm, yilda-840 mm; Moskvada (55,8° sh.k., 37,6° sh.u.)-fevralda-30 mm. iyul-80 mm; yilda-600 mm ni tashkil qiladi.

6. O’rta kengliklar dengiz tipi. o’rta kengliklarda qit’alarning g’arbiy qismlarida qishda siklonlar yozga qaraganda ko’proq kuzatiladi. Shuning uchun ham u yerda qishki yog’inlar ko’p miqdorda bo’ladi va yil mobaynida yog’inlarning taqsimoti yetarlicha birtekis. Masalan, G’arbiy Yevropaning qirg’oqlarida yog’inlarning maksimumi kuzga va qishga, minimumi esa bahorga va erta yozga to’g’ri keladi. Bu kengliklarda okeanlar ustida ham yog’inlarning shunday taqsimoti kuzatiladi. Masalan, Valensiya stansiyasida (51,8° sh.k., 10,2° g’.u.) mayda-80 mm, dekabrda-160 mm, yilda-1430 mm yog’inlar yog’adi.

7. O’rta kengliklar musson tipi. o’rta kengliklarda musson kuzatiladigan hududlarda, Osiyoning sharqida yog’mlarning maksimumi yozga, minimumi esa qishga to’g’ri keladi. Musson hududlarida yillik o’zgarish yanada keskin; qit’alarning ichki qismidagi hududlarga qaraganda yog’inlarning amplitudasi kattaroq, ayniqsa, kuchli yozgi yog’inlar hisobiga. Masalan, Vladivostokda (41,3° sh.kv 131,9° sh.u.) yanvarda-10 mm, sentabrda-110 mm, yilda esa 570 mm yog’inJar yog’adi.

8. Qutbiy tip. Qit’alarda qutbiy turdagi yog’inlarning yillik o’zgarishi yozgi maksimum bilan xarakterlanadi, chunki yozda qishga nisbatan havo namligi kattaroq bo’ladi. siklonik faoliyatning jadalliligi esa yil mobaynida ko’p o’zgarmaydi. Masalan, Nijnekolimsk stansiyasida (68,6° sh.k., 161,1° sh.u.) fevraldan maygacha oyiga 5-6 mm, iyunda-40 mm, yilda-170 mm yog’inlar yog’adi. Biroq Arktika va Antarktikaning qirg’oq hududlarida kuchliroq siklonik faoliyat natijasida yog’inlarning maksimumi qishga to’g’ri kelishi mumkin. Masalan, Shpisbergen orolida (78,0° sh.k., 14,2° sh.u.) jyunda-10 mm, dekabrda-40 mm, yilda-320 mm; Mimiy stansiyasida (66,5° j.k., 93,0° sh.u.) yanvarda-4 mm, iyulda-106 mm, yilda-626 mm yog’inlar yog’adi.
3. Qor chizig’i balandligini kengliklar bo’yicha taqqoslash

Har guruhga uchta yoki to’rttadan geografik kengliklar ma’lumotlari beriladi



Gеоgrafik kengliklar

Qоr chizig’ining balandligi, m hisоbida

shimоliy yarim shar

janubiy yarim shar

0

4600

-

10

4600

5000

20

5200

5600

30

4900

4100

40

3900

2200

50

2600

1100

60

1600

600

70

600

0

80

550

Matеrik muzliklari

90

Оkеan

-

Nazorat uchun savollar:



  1. Yog’inlarning hosil bo’lish mexanizmini izohlang.

  2. Yog’in miqdorini belgilovchi omillarni ayting.

  3. Yog’in miqdorini o’lchash aniqligi qanday omillarga bog’liq bo’ladi?

  4. Yog’in miqdorining o’lchov aniqligiga tuzatmalar kiritishda nimalar e’tiborga olinadi?

  5. Yog’in gradiyenti qanday hisoblanadi?

  6. Qanday yog’in turlarini bilasiz?

  7. Qor qoplamini tavsiflashda qanday tushunchalardan foydalaniladi?

Uyga vazifa:



Turli shaharlarning o’rtacha yillik yogin miqdorlarini taqqoslash. (internet ma’lumotlaridan foyalaning)
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling