1-amaliy So‘zning morfemik tahlili 1- §


Morfemalarning tabiatiga ko‘ra tasnifi


Download 242.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana09.09.2022
Hajmi242.43 Kb.
#803608
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-amaliy
2013-yil. S.Muhamedova. Monografiya, shaxsiy reja Zuparov (0.25), AT o\'qituvchilar ro\'yxati, talabnoma (2), маъруза 1, 1, 2. маъруза, 1-dars. amaliy. Transkripsiya, ma\'lumotlar bazasi, 1-MARUZA, amaliy-seminar, ЎЗБЕК АДИБЛАРИ, 3-kurs ro\'yhati Leksikologiya, ozbek tili dastur, formirovanie-didakticheskoy-bazy-dlya-prepodavaniya-yazyka-dlya-spetsialnyh-tseley-s-ispolzovaniem-priemov-kompyuternoy-lingvistiki
Morfemalarning tabiatiga ko‘ra tasnifi 
3- §. Morfemalarni tabiatiga ko‘ra affiks, affiksoid, leksik tabiatli morfema deb 
uch turga ajratish mumkin. Affiks – biror qismga, jumladan leksemaga zich qo‘shib 
ishlatiladigan morfema (< lot. affixus - biriktirilgan). Masalan, keldim birligi 
tarkibida qatnashayotgan -di, -m morfemalari affiksga teng, chunki -di qismi kel- 
qismiga, -m qismi keldi- qismiga bevosita qo‘shiladi. Affiks qo‘shiladigan qismga
a s o s deyiladi. 
Affikslar leksemaning ketiga yoki oldiga qo‘shilib kelishiga qarab suffiks va 
prefiks deb farqlanadi. Leksemaning (asosning) ketiga qo‘shiladigan affiksga suffiks 
deyiladi (< lot. suffixus - tirkalgan). Yuqorida keltirilgan -di, -m affikslari - 
suffikslar. O‘zbek tilidagi affikslar - suffiks tabiatli. 
Leksemaning (asosning) oldiga qo‘shilib keladigan affiksga prefiks deyiladi 
(lot. praefixum < prae - oldindagi, fixus - biriktirilgan). O‘zbek tili morfemalari 
tizimiga prefiks xos emas; lekin tojik tilidan olingan leksemalar tarkibida kirib kelib, 
keyinchalik o‘zbekcha leksemalarga ham qo‘shib ishlatila boshlagan ayrim 
prefikslar mavjud: be-, (beish- kabi), ser- (serunum- kabi). 
4- §. Affiksoid deb asli leksik birlik bo‘lib, keyinchalik xuddi affiks kabi 
grammatik ma'no ifodalashga xizmat qilib, affiks kabi bir necha leksemalarga 
qo‘shilib kelish xususiyatiga ega bo‘lgan birlikka aytiladi (lot. affixoid - affiksga 
o‘xshash). Masalan, lug‘atimizda xona- leksemasi mavjud (katta xona- kabi), shu 
bilan birga -xona affiksoidi ham mavjud (ishxona-, oshxona-, choyxona- kabi); 
noma- leksemasi ham (vassalom, noma tamom kabi), -noma affiksoidi ham 
(taklifnoma-, aybnoma-, ruxsatnoma- kabi) mavjud.
Тojik tilidan olingan leksemalar tarkibida tilimizga kirib kelib, keyinchalik 
o‘zbekcha so‘zlarga ham qo‘shilish xususiyatiga ega bo‘lgan, asli tojikcha fe'lning 
asosiga (ko‘pincha hozirgi zamon asosiga) teng birliklar ham o‘zbek tili nuqtayi 


nazaridan affiksoidga tenglashtiriladi. Masalan, aybdor-, bo‘ydor-, yag‘rindor- kabi 
leksemalar tarkibida qatnashadigan -dor qismi asli tojikcha doshtan (ega bo‘l-) 
fe'lining hozirgi zamon asosiga teng. Тojik tilshunosligida bunday qism 
qatnashadigan leksema tuzma leksema deyiladi, demak, bunday qism leksemaga 
tenglashtiriladi; o‘zbek tilshunosligida esa affiksga o‘xshatilib affiksoid deb 
qaraladi. Affiksoidlar leksema yasovchilik vazifasini bajaradi. 
5- §. Leksik tabiatli morfema affiksdan (shuningdek affiksoiddan ham) keskin 
farq qiladi: o‘zi taalluqli leksemaga zich qo‘shilmaydi, balki ayrimligi saqlanadi, 
leksemaga o‘xshashlik belgisi shu xususiyatida namoyon bo‘ladi. Lekin grammatik 
ma'no ifodalashiga ko‘ra affiksga tenglashadi. Тashqi jihati (leksemaga zich 
qo‘shilmasligi) emas, mazmun jihati (grammatik ma'no ifodalashi) asosida bunday 
birlikni leksik tabiatli morfema deb nomlash mumkin. 
Bunday morfema deb, masalan, ot turkumi doirasida bilan, uchun kabi 
ko‘makchilarga, sifat va ravish turkumlari doirasida eng, juda kabi kuchaytiruv 
birliklariga, fe'l turkumi doirasida -ber-, -ol-, -bo‘l- kabi ko‘makchi fe'llarga aytiladi. 
Morfema-affikslar, morfema-affiksoidlar, leksik tabiatli morfemalar dars-
likning keyingi qismlarida turkumlar bo‘yicha ta'kidlanadi.
6- §. Affiks bilan hosil qilinadigan grammatik shakl sintetik shakl deyiladi: 
kel+di+m, kel+a+man kabi. Bunda affiks asosga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shiladi: kel- 
asosiga -di affiksi, keldi- asosiga -m affiksi qo‘shilishi kabi. 
Leksik tabiatli morfema bilan hosil qilinadigan grammatik shakl analitik shakl 
deyiladi: kel+a+qol-, ish+dan+keyin kabi. Bu yerda grammatik ma'no 
ifodalaydigan vosita leksik tabiatli morfema bo‘lgani uchun asosga odatda 
to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shilmaydi, balki ma'lum bir grammatik shakl hosil qiluv-chi 
orqali qo‘shiladi: Yuqoridagi misollarda -qol- ko‘makchi fe'li kel- asosiga -a 
ravishdosh shakli yasovchisi orqali, keyin ko‘makchisi ish- asosiga -dan kelishik 
shakli orqali qo‘shilgani kabi. 
Ayrim adabiyotlarda grammatik ma'noning kela qol- tarzida ifodalanishi 
analitik-sintetik (sintetik-analitik) shakl deb ajratiladi. Vaholanki bu yerda 
grammatik ma'no ko‘makchi fe'lning o‘zi bilan ifodalanadi; ko‘makchi fe'l 
leksemalik xususiyatini qisman saqlagani sababli asosga emas, balki grammatik 
shakllangan birlikka – leksemashaklga teng birlikka qo‘shiladi: kela qol- 
qurilmasida kela qismi fe'lning ravishdosh leksemashakliga teng. Xuddi shunday 
xususiyat ko‘makchilarda ham saqlangan: keyin ko‘makchisi o‘zi qo‘shiladigan 
qismning chiqish kelishigidagi leksemashaklga teng bo‘lishini talab qiladi. 
Ish bilan qurilmasida ham ko‘makchi ish- asosiga emas, balki "leksema + birlik 
+ bosh kelishik" tuzilishli leksemashaklga qo‘shiladi; demak, bu yerda leksik tabiatli 
morfema asosga emas, balki ma'lum bir grammatik shakl hosil etuvchi morfema 
olgan qismga qo‘shiladi. Ko‘rinadiki, ishdan keyin bilan ish bilan qurilmalari 
analitik shakl sifatida bir xil. 
Kelayotir, keladigan kabi qurilmalar alohida izoh talab qiladi. Bular - -yotir, -
digan affikslari bilan hosil qilingan sintetik grammatik shakllar. Bunday affiksning 
boshqa affikslardan farqi shuki, fe'l asosiga -a/-y ravishdosh shakli orqali qo‘shiladi. 
Chunki -yotir affiksi asli yot- fe'lining sifatdosh shakliga teng bo‘lib, affiksga 
aylanganidan keyin ham leksemalik (ko‘makchi fe'llik) xususiyatini bir nuqtada – 


o‘zi qo‘shiladigan qismning ravishdosh shaklida bo‘lishini talab qilishida saqlab 
qolgan. Xuddi shunday xususiyat -digan affiksida ham saqlangan: Bu affiks tur- 
ko‘makchi fe'lining -gan sifatdosh shakli asosida yuzaga kelgan. 
Yuqoridagi izohlar -yotib affiksiga ham taalluqli. Hozirgi adabiy o‘zbek tilida 
bu affiksning jiddiy tovush o‘zgarishlariga uchragan -yap talaffuz shakli ko‘p 
ishlatiladi. Hozir mustaqil affiks deb qaraladigan -yap affiksi, xuddi -yotib affiksi 
kabi, asosga -a/-y ravishdosh yasovchisi orqali qo‘shiladi: kel+a+yotib+di 

 
kel+a+yap+di kabi. 
Xullas, affiksning asosga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shilishi qoidasidan bu affikslarda 
chetga chiqilishining o‘z izohi bor. 

Download 242.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling