1-amaliy topshiriq mavzusi. Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg’ulotning maqsadi


Download 260 Kb.
Sana17.06.2020
Hajmi260 Kb.
#119604
Bog'liq
1-amaliy.Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari


1-amaliy topshiriq mavzusi.

Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari.
MASHG’ULOTNING MAQSADI: Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalarini o`rgatish.

MASHG’ULOTNING JIHOZI: Ko’rgazmali material, tatqatma materiallar, innovatsion va pedagogik metodlar.

MASHG’ULOT O’TISH VOSITASI: Monoblok kompyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihozlangan kompyuter sinfi.

MASHG’ULOTNING BORISHI:

a) Guruhning va xonaning darsga tayyorligini aniqlash.

b) Yo’qlama qilish.

c) Avvalgi mashg’ulotlarda o’tilganlarni takrorlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrorshlash.

g) Yangi mavzuning bayoni: Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari.

d) Kompyuter xonasida mashg’ulot olib borish. O’rganganlari ustida mashq.

e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berib, Kompyuterlarni o’rnatilgan tartib asosida o’chirish.
Amaliy mashg`ulotning qisqacha mavzu bayoni.

«Informatika o‘qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo‘lim hisoblanadi.

Informatika fanini o‘qitish qo‘yidagi maqsadni ko‘zda tutadi:


  • bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika sohasi bo‘yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.

Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.

«Informatika o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi zarur:



  • informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;

  • informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;

  • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;

  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash.

Topshiriqlar

  1. Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish uslubiyotining maqsadi nima?

  2. Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish uslubiyoti fani numa uchun o’rganiladi?

  3. Informatika va axborot texnologiyalari va ularning o‘qitish uslubiyotini tarixi haqida nimalar bilasiz?

  4. Bu fanning asoschilari kimlar?

  5. Rezpublikamizda bu fan bo’yicha kimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan va borishmoqda?

Topshiriqlar mazmuni
Informatika va axborot texnologiyalari o‘qitish uslubiyotining maqsadi bo’lajak o’qituvchilarda informatikani o’qitishda paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishni tarbiyalash, mustaqil o’quv jarayonining, uslubiy ijodiyotning ko’nikmalarini shakillantirish, muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish, klassifikatsiyalashning asosiy shakllarini ishlab chiqish masalalarini tushuntirish, bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, o’quvchilarning yoshiga qarab alohida pedagogik uslublarning qo’llanilish samarasini tushuntirish, tekshirish va ko’rib chiqish kabilardan iboratdir.

IO’TvaL kursi bo’lajak informatika o’qituvchisini umumiy o’rta ta’limda o’qitiladigan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limida o’qitiladigan “Informatika” va “Axborot texnologiyalari” fanlarini o’qitishda, kelgusi kasbiy tayyorgarligida kursni o’qitishning mazmun va shakllarini tanlash tamoyillarini, boshqa predmetlar bilan o’zaro aloqasini tushuntirishda, mahalliy tarmoq orqali kompьyuter va dasturlarni malakali ishlata olish usullarini egallashida yordam beradi.

Mazkur kursni o’qitish davomida ilg’or innovatsion va pedagogik texnologiyalaridan, interektiv usullardan foydalaniladi.

IO’TvaL kursini o’zlashtirish uchun o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Ma’ruza, amaliy-seminar darslarda mos ravishdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar.

IO’TvaL kursini o’qitish uslubiyotining xususiyatlaridan biri talabalarni ushbu kursning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini egallashning usul va yo’llarini belgilash masalasidir. Bularga o’quv materialini o’rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.


O‘qitishning maqsadi va vazifalari o‘qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan o`rganilishi mumkin. Bunda albatta har bir metod yordamida o‘qitish maqsadlariga erishiladi. O‘qitish metodlari ko‘p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko‘plab tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo‘yicha jamlanadi.
1. An’anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.
Amaliy : Tajriba, Mashqlar qilish , Mustaqil ish , Laboratoriya ishi.

Ko‘rgazmali : Illyustratsiya , Kuzatish.


Og‘zaki : Tushuntirish, Hikoya qilish, Suhbat, Ma’ruza.
Kitob bilan ishlash: O‘qish, Tez ko‘rib chiqish, Sitata olish , Bayon etish , qayta so‘zlab berish , Konspekt.

Video metod : Ko‘rib chiqish, Mashk ishlash.


2. Hozirgi kunda o‘qitish metodlarining uchta katta guruhi alohida ajratilgandir:

o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;


o‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari;
o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va mativatsiya metodlari;
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitish metodlari quyidagi funksiyalarni bajarishi ma’lum:

o‘rgatuvchi (metod yordamida o‘qitish maqsadiga erishiladi)


rivojlantiruvchi (metod yordamida o‘quvchilar rivojlanishining u yoki bu sur’ati (tempi) va darajalariga erishiladi).

tarbiyaviy (metod yordamida tarbiya natijalari oldindan belgilanadi)


istak tug‘diruvchi yoki mativatsiya (o‘qituvchi uchun metod o‘quvchida o‘qish uchun istak tug‘diruvchi va bilish faoliyatini rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib kiladi)

nazorat-korreksion (metod yordamida o‘qituvchi o‘quv jarayonining borishini va natijalarini tashxis kiladi).

Ma’lumki, “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ro‘lini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni xisobga olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo‘llsh lozim.
Masalan, ko‘pchilikka ma’lum va ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini bolalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan metoddir.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Fanning o’qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan umumli foydalanish ko’zda tutiladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo’lish mumkin. SHuning uchun dasturda amaliy-laboratoriya ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Talabalarning «Zamonaviy dasturlash tillari» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan “Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig’ich” texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi. Nazariy ma’lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustaxkamlashi kerak. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuter texnologiyalari yordamida o’tkaziladi.


Zamonaviy jamiyatda AKTni rivojlantirish tarixi
XXI asr boshi jamiyatning barcha hayot sohalarini axborotlashtirish, globallashtirsh va texnikalashtirish bilan xarakterlanadi, bu esa o‘z navbatida fan, ta‘lim, ishlab chiqarish va boshqaruvning jahon miqyosidagi keyingi rivojlanish tamoyillarini belgilab beradi. Barcha davlatlarda iqtisodning rivojlanishi, turli sohalardagi kompaniyalarning ish faoliyatining kengayishihi, axborotlarning yig‘ish, uzatish, himoyalash kabi tizimlarini takomillashtirish talabi, ishlab chiqarishning samarasini oshirish harakatlari – bularning hammasi har bir davlatda turli sohalarni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologoyalarini qo‘llash jarayonlarini bajarish talabani belgilovchi faktorlardir.

Ma‘lumki, texnik sivilizatsiyaning rivojlanish masalasini hal etishda axborotlashtirishni kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borishdan boshqa alternativ yo‘l yo‘q bo‘lsa kerak. Axborot eng muhim va bebaho resurs bo‘lgan axborotlashgan jamiyatda mamlakatning rivojlanish darajasi uni axborotlashtirish darajasi bilan baholanmoqda. Shuni ta‘kidlash mumkinki, hozirgi kunda axborot yurituvchi kuchning asosiy mahsuloti sifatida qaraladi, axborot texnologiyalari esa jamiyatning axborot resurslarini aktivlashtirish va samarali foydalanishning muhim vositasidir. Shuning uchun AKTni jadal rivojlantirish va takomillashtirish masalasi hozirgi kunda mamlakat va jahon miqyosida strategik jihatdan muhim masalaga aylandi.

Hozirgi sharoitda har bir jamiyat va uning institutlarining zamonaviy AKT vositalari yordamida axborotni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish, tizimlashtirish kabi qobiliyati ijtimoiy va texnologik progresning muhim dalilidir. Axborot texnologiyalari va komminikatsiya vositalaridan faol faoydalanish natijasida axborot-kommikatsiya texnologiyalari tushunchasi ishlatilmoqda.
Davlat siyosatining AKT sohasini rivojlantirish bo‟yicha asosiy yo‟nalishlari. Ijrodagi qonun, farmon va buyruqlar.
Zamonaviy axborot-kommikatsiyalsrini qo‘llash har bir mamlakatning rivojlanishida muhim shartlaridan biridir. Bundan O‘zbekiston ham istisno emas.

AKTni rivojlantirish iqtisodning barcha sohalari va davlatni boshqarish sohalarini qamrab oluvchi intensifikatsiya va diversifikatsiyaga qaratilgan maqsadli tendensiyaga ega.

Oxirgi yillar hodisalari AKTning ahamiyatini tasdiqlovchi bir qancha dalillarni ko‘rsatib berdi.

Davlat rahbariyati AKTning o‘zi O‘zbekistonda rivojlanishining juda ko‘p masalalarini hal etishning asosiy vositasi emasligini tushunadi. Lekin, oxirgi yillarda qabul qilingan qarorlar, shuni ko‘rsatadiki, axborot strukturalarini rivojlantirish va ta‘limni qo‘llab-quvvatlash, bilimlarni va axborotlarni qo‘llashga qaratilgan huquqiy va regulyativ muhitni yaratish mamlakat rivojlanishishiga kata xissa qo‘sha oladi. Bu ma‘noda AKT ni qo‘llash rivojlanishning yurgizuvchi faktori bo‘lib hisoblanadi, bu esa 2000-2004 yillardagi PROON va O‘zbekiston tomonidan tasdiqlangan qaydnomada qabul qilingan.

AKTni rivojlantirish aholining turmushini yaxshilash va iqtisodiy darajasini ko‘tarishning asosiy faktori bo‘lib, O‘zbekiston davlati siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ahamiyatli izlanishlar ikki hil tendentsiyani ko‘rsatdi:

- yakkalanish natijasida davlatlar yangi toifa ―bilim jamiyatining‖ masalalariga e‘tibor bermaydi.

- yangi siyosatni yani, AKTni qo‘llab va foydalanishni qabul qilgan davlatlar rivojlanishda ahamimiyatli o‘ringa egadirlar. O‘zbekistonning rivojlanayotgan

dunyo iqtisodoyotida integratsiya tezligi sotsializmdan qolgan merosdan qutilish siyosat institutlarini va boshqarish mehanizmlarini tezda modernizatsiyalashga bog‘liq. Bu rejada AKT yangilash reformalarini asosiy yonaltirilgan kuch bo‘lib, davlatimizning iqtisodiy rivojlanishiga yangi katta imkoniyatlarni taqdim etadi.
AKTining rivojlanishi

Ko’p o‘lchamli kompensiya bo‘lib, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan komponentarga dasturiy yondashishni talab etadi. Davlatlar aro va donor jamiyatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish, moliya resurslarni qo‘llash, yangi hamkorlik munosabatlarni rivojlantirish yaxsi natijalarga erishishni ta‘minlaydi. Taqdim etilgan yechimlar milliy strategiya va prioritetlarga mos kelib, davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishi lozim. Umuman olganda faqat AKT sohasidagi masalalar davlat tomonidan yechiladigan muammolarni xal qilmaydi. Ammo, qabul qilingan barcha huquqiy - qonuniy aktlar yordamida axborot infrastrukturalari rivojlanishiga bilimlar va axborotni qo‘llanilishiga va natijada davlatning umumiy rivojini ta‘minlaydi.

AKT va Internetni rivojlantirish O‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil may oyidagi mamlakat parlamentining sessiyasidagi chiqishida ifodalandi. Prezident bunda rahbariyatni AKTni rivojlantirish bo‘yicha umumiy strategiyani ishlab chiqishga chaqirdi. Bu esa yirik strategik o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Rahbariyat hozirgi vaqtda mamlakat rivojlanishida AKTning ahamiyatini aniq biladi. Shuning uchun bu borada bir qancha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu qatorda 2002 yil 30 maydagi Prezidentning ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risidagi‖ farmoni alohida o‘rin egallaydi.

Mobil aloqani rivojlantirish, katta tezlikdagi internet, davlat tomonidan ishlab chiqarilgan AKT sohasidagi dasturlar va yangi huquqiy aktlarni amalga oshirish axborot jamiyatni sekin asta shakllantirishga qaratilgan. AKT sohasidagi yangi qonunlar va normative hujjatlarni davlat tomonidan ishlab chiqarish muhim ahamiyatga egadir. 1-jadvalda AKT sohasidagi qonunlar va normative hujjatlar keltirilgan.



1-jadval №

Hujjat nomi

1.

«Telekommunikatsiyalar» qonuni 20.08.1999 yil. № 822- I

2.

«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari» qonuni 12.12.2002 yil. N 439-II

3.

«Axborotlashtirish» qonuni 11.12.2003 yil. № 560-II

4.

«Elektron raqamli hujjat» qonuni 11.12.2003 yil № 562-II

5.

«Elektron hujjat almashinuvi» qonuni 29.04.2004 yil. № 611-II

6.

«Elektron kommertsiya» qonuni 29.04.2004 yil. № 613-II

7.

«Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhafaza qilish» qonuni 04.04.2006 yil. NZRU-30.

8.

23.07.1997 yil. №UP-1823 farmoni «Axborot tizimlarini ozgartirish va boshqarishni tatomillashtirish»

Informatikani o'qitish uchun informatika o'qituvchisi avvalo informatika fanini, uning usullarini va rivojlanish tarixini chuqur egallagan bo'lishi lozim.



Informatika o'qitish metodikasi bu informatikani o'quv predmeti sifatida va turli yoshdagi o'quvchilarga informatikani o'rgatish jarayonining qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Informatika o'qitish metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O'zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo'lib umumo'rta maktablarga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanining kiritilishi bo'ldi.

Informatika o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy izlanishlar birinchilar qatorida, professorlar M.Ziyoxo'jaev, A.Abduqodirov, dotsent T.Azlarov va boshqalar tomonidan olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.

O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimiga yangi bo'g’in,o'rta-maxsus va kasb - hunar ta'limining kiritilishi bilan, ushbu bo'g’in informatika o'qituvchilari uchun informatika o'qitish metodikasini yaratish dolzarb muammolardan biri bo'lib qoldi.

Informatika o'qitish metodikasi fanida quyidagi asosiy masalalar ko'riladi va hal etiladi:

 

informatikani o'qitishning mahsadi va vazifalari qanday;

o‘quv predmeti sifatida informatikaning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;

informatikadan o'quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o'quvchilarga etkazilishi kerak;

informatikadan o'quv materialini to'liq va chuqur o'rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak.



Boshqacha qilib aytganda, informatika o'qitish metodikasi oldiga an'anaviy savollar uchligi qo'yiladi:

1) informatikani nima uchuno'rganish kerak (ya'ni, ma?sad va vazifalarni aniqlash)

2) nimani o'rganish kerak (ya'ni, mazmunni aniqlash)

3) informatikani qanday o'rgatish kerak (ya'ni, tanlab olingan o'qitish shakli doirasida ta'limning samarali usul va vositalarini aniqlash)

Informatika o'qitish metodikasini o'rganishning mahsadi o'qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.


Download 260 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling