1. Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish


Download 72.45 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi72.45 Kb.
#248985
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HISOBOT


Kirish

Men Boboniyozova Go`zal Begjon qizi 2019-yilning 24-iyunidan 6-iyuligacha ATIB Ipoteka bank Navoiy viloyati Zarafshon filialida amaliyot o`tadim. Amaliyot davomida bank faoliyati,tuzilishi bilan yaqindan tanishdim.Bu borada menga amaliyot davomida bank mutaxassislari yaqindan yordam berishdi. Bank xizmatlarini yaqindan o`rgandim. Ikki haftalik amaliyot davomida men bankning iqtisodiyot tarmoqlarini va kichik biznesni kreditlash bo`limi, konversion amaliyotlar bo`limida kredit hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, iste`mol, mikroqarz, avtokredit turlarini, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalarining kunlik so`rovlarini ro`yxatdan o`tkazish ishlari bilan tanishdim. Institut tomonidan ta’sis etilgan dastur bo`yicha ikki haftalik amaliyotim davomida o`rgangan bilimlarim va dastur rejasi bo`yicha amalga oshirgan ishlarim yuzasidan hisobot tayyorladim. Tanishuv amaliyoti davrida mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni mustahkamlashga harakat qildik.

Tanishuv amaliyoti maqsadini amalga oshirish asosida quyidagi vazifalarga ko’proq e’tibor berdik:


  • nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish;

  • sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirish;

  • amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'play olish, ulardan unumli foydalanish hamda tizimlashtirish;

  • amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog'liqlikda xulosalar yasash;

  • amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish.



Download 72.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling