1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida


Download 23.12 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi23.12 Kb.

1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida Animatsion turiz hozirgi kunda juda rivojlanib bormoqda u asasan bo’sh vaqtda amalga oshiriladi. Va uni masofaviy tarzda amalga oshirsa ham buladi bunda asosan ko’rsatish sifati va marketing jixatdan juda foydali hisoblanadi.Shu bilan birga animatsiyaning texnologiyasini ishlab chiqish bilan birga animatsion dasturini ishlab chiqishdan iborat. Jumladan, yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar hamda nuroniylarga qaratilgan animatsion dasturlarni o‘rgatish vazifa sifatida aks ettirilgan. Bundan tashqari animatsiya dasturini mehmonxona, restoran, bar, muzey, park va xiyobonlarda tashkil etish haqida chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi.

«Animatsiya» so‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, (anima-shamol, havo, jon; animatus – jonlantirish) ya’ni jonlantirishruhlantirishhayotiy kuchga rag‘batlantirishfaollikka undash degan ma’noni anglatadi.

«Animatsiya» atamasi birinchi marta XX asrda Fransiyada turli assotsiatsiyalar tuzish haqidagi qonun joriy etilishi munosabati bilan badiiy ijodiyotga, madaniyatga jonli qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan faoliyat sifatida talqin etildi.

Animatsiya – bu o‘ziga xos xizmat turi bo‘lib, u xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadini nazarda tutadi va shu bilan birga u mehmonlarni ularning tanish bilishlarini qayta jalb etib, turistik biznesning foydali va daromadligini oshirish uchun turizm bozorida turistik mahsulotlarning sotilishini tezlashtirish maqsadini ko‘zlagan o‘ziga xos reklamaning biror shakli bo‘lib hisoblanadi.

Turizm sohasida animatsiya o‘zida animatorlarning turistlar bilan birga bo‘ladigan bo‘sh vaqtida rasmiy va norasmiy rahbarlikning qo‘shilishi asosida o‘zaro hamkorlikni amalga oshiruvchi mutaxassislar yo‘l boshchiligini anglatadi. Bunday o‘zaro hamkorlik natijasida ushbu jarayon ishtirokchilarining sog‘lomlashtirish, madaniy-ijodiy, ta’limiy ehtiyojlari va qiziqishlari qondiriladi.

Shaxsning atrof-muhit voqeyligini o‘zida his etish unga munosabatini shaklalntirishda ijtimoiy faolligi uchun sharoit yaratadi.

Animatsiya – bu turistik faoliyatning xilma-xilligi bo‘lib, u turistik korxonalar (turkomplekslar, mehmonxonalar, sayohat kemalari, poyezdlar va h.k.)da amalga oshiriladi. Qaysikim, u bo‘sh vaqt uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturda ishtirok etish orqali turistlarni turli xil tadbirlarga jalb qiladi.

Animatsiya turli xil harakterli qirralarga ega bo‘lib, u quyidagilardan iborat bo‘ladi:

·        bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi;

·        erkin anglanishi, ko‘ngilligi, ham bir kishi, ham turli ijtimioy guruhlar tashabbusi, faolligi bilan farq qiladi;

·        milliy, diniy, hududiy xususiyatlari va an’analar bilan bog‘langan;

·        kattalar, yoshlar, bolalar turli qiziqishlari asosida xilma-xil turlari bilan harakterlanadi;

·        o‘ta shaxsiyligi, rivojlanuvchanligi, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy harakterdaligi bilan ajralib turadi.

Animatsion faoliyatning to‘liq mohiyatini tushunish uchun uning mazmuni, maqsadi va vazifasini qarab chiqish zarur. Chunki animatsion xizmat o‘zida alohida jarayonni mujassam etib, qaysikim u mohiyati aniq qonuniyatlar bilan shartlanadi (mavzuyeligi, hissiyotliligi, faolligi, maqsad sari intiluvchanligi va h.k.). Animatsion jarayonlar, ular oldida turgan maqsad va vazifalar quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin



2. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat", "madaniy dam olish faoliyati" tushunchalari. Ishlab chiqarish va dam olish muassasalari sohasida shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni faol rivojlantirish shaxs manfaatlari, uning siyosiy, madaniy va ma'naviy rivojlanish ehtiyojlariga bog'liq.

Bo'sh vaqtni tushunish uchun yondashuvlarning hech biri to'liq emas. Uning o'zida uchta pozitsiya bor:

1) ishlash uchun bo’sh vaqtning bo’lishi, bunda bo’sh vaqt tushunchasi "dam olish" uchun emas, balki biror bir ishni bajarish uchun qabul qilinadi;

2) "Bo'sh" va "bo'sh vaqt" tushunchalarini aniqlash;

3) hordiq – bo’sh vaqt, shaxsni rivojlantirish biln bog’liq bo’lmagan dam olish va o'yin-kulgi.

Bo'sh vaqt - (kun, hafta, yil davomida) ishdan tashqari vaqtning bir qismi, jamoaviy insonlar (guruh, jamoa) uchun doimiy, zaruriy xarajatlar. Bo'sh vaqt tarkibida faol ijodiy faoliyat (shu jumladan ijtimoiy), o'rganish; o'z-o'ziga ta'lim; madaniy (ma'naviy) iste'mol (kino, gazeta, kitob, ziyorat o'qish va hokazo); spor; bolalar bilan o'ynash; insonlar bilan aloqa kabilar bo’lishi mumkin. XIX asr oxirida Amerikada dastlabki 8 soatlik ish kuni, bayramlar munosabati bilan dam olish kunlari va “Rekreatsiya” tushunchasi joriy etildi. Bu aholining ommaviy dam masalalarini hal qilishda muhim qadam bo’ldi.

“Rekreatsiya” so’zi Lotinchadan olingan bo’lib, yangilash va qayta tiklash ma’nolarini anglatadi.

Rekratsion turizm (dam olish va davolanish) bir qator davlatlarda ko‘proq ommaviy shakllardan hisoblanadi. Sayyohlar Ispaniya, Italiya, Fransiya, Avstraliyaga safar qilishar ekan, avvalo dam olish va davolanishni ko‘zda tutadilar. Turizmning bu turiga xos harakter sayyohatning davomiyligidir. Yo‘nalishga kiruvchi shaharlar sonining kamligi turistning bir joyda uzoq muddatda bo‘lishga imkon yaratadi. Ommaviy safarning boshqa xususiyati esa dam olish safariga borganda, sayyohning joylashishida xonaga bo‘lgan talabidadir.



3. Turistik xizmatlarda animatsion faoliyat tushunchasi  Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizmning muhim jihatlari shundaki, unda ichki hududiy safarlar, asosiy tarzda qo‘shni mamlakatlarda, hududlararo safarlardan ustun turadi. 90-yillar davomida chiqish turistik oqimida ularning nisbati o‘zgargani yo‘q va 82:18 ni tashkil etgan. Yevropada ichki hudud turistik oqimlarga hamma jo‘nab ketishlarning 90 % to‘g‘ri keladi. Amerika va Osiyoda chiqish turizmi tarkibida hududlararo safarlar o‘z o‘rnini mustahkam saqlab turibdi. BTT prognozlari bo‘yicha, uchinchi ming yillik boshlarida jahonda ichki va hududlararo turistik oqimlar biroz o‘zgaradi, hududlararo turistik almashishuv ichki hududga nisbatan jadal rivojlanadi. Osiyo-Tinch okeani hududidan Amerika va Yevropaga jo‘nab ketuvchi turistlar soni nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda. Bu ko‘p jihatdan umumiy manzarani belgilab beradi. Natijada 2020 yilga borib, hududlararo turistik safarlar ulushi 24 % ortadi, ichki hududiy safarlar tegishli ravishda 76 % gacha kamayadi. Bugun Fransiya, Ispaniya va Italiyada ichki turistik almashinuv kuchli kechayapti. BTT prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga borib ularning turistik birinchiligi o‘rniga yevropaliklarning O‘rta yer dengizi Yevropa qismi turisttik markazlariga sayohat qilishi egallaydi. Asta-sekin turizmning olis bozorlari, xususan Yaponiya, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerika birinchi o‘ringa intila boshlaydilar. Turistlarni jalb qilish uchun ular turistik mahsulotlarni yangilashga intilishadi. O‘zlarining savdo markazlarini almashtiradilar, istiqbolli kambag‘al bozorlarni izlashni faollashtiradilar. Ularning ayrimlari hozirdanoq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rmoqdalar. Uchinchi ming yillik arafasida Ispaniya turizm sohasida o‘z davlat siyosatini ko‘rib chiqdi. Bu unga jahon turizm bozorida mavqeini ancha mustahkamlashga imkon yaratdi. Yevropada chiqish turizmi geografiyasida Amerika ulushi kamayadi va tashqaridagi hududlar – Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda ulushi ortadi

4  Animatsion jarayon Animatsion faoliyat mohiyatining tahlili unda o‘ziga xos uchta darajani belgilovchi turli xil elementlar mavjudligini aks ettiradi. Qaysikim, uni shunday klassifikatsiyalash mumkin:

·        ijodiy – faoliyatda ijodiy momentlar ustunligi;

·        reproduktiv – ilgarigi shakllari va usullarda qaysi ishlangan tayyorlarni oddiy takror ishlab chiqarish;

·        reproduktivli – ijodiy – kishi o‘zi uchun yangi deb bilganni kashf etishi, qaysikim aslida ob’ektiv yangi hisoblanmaydi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, animatsiyani to‘laqonli rekreatsion, ijtimioy-madaniy, bo‘sh vaqt va kishining boshqa faoliyatiga uning hayotiy kuchi ta’siri yo‘li bilan jonlantiruvchi va ruhlantiruvchi rag‘bat sifatida belgilash mumkin. Turistik animatsiyaning uchta asosiy funksiyasi mavjud bo‘lib, u (davolash, sog‘lomlashtirish va bilish) amalda bevosita ikki funksiyani bajaradi, ya’ni sport – sog‘lomlashtirish va bilishdir. Bilvosita tegishli tarzda davolash funksiyasini ham bajaradi. Animatsion ish tajribasida maqsadli konstruktiv dastur uchun turistik animatsiyaning quyidagi funksiyalarini ajratish mumkin:

·        adaptatsiya funksiyasi, kundalik tashvishlardan erkin, holi bo‘lib, bo‘sh vaqtga moslashishga imkoniyat yaratadi;

·        kompensatsiya funksiyasi, kishini kundalik turmushdagi ruhiy va jismoniy charchoqlardan xolos qiluvchi;

·        barqarorlashtirish funksiyasi, ijobiy hissiyot va ruhiy barqarorlikka rag‘batlantiruvchi;

·        sog‘lomlashtirish funksiyasi, kishining kundalik turmush faoliyatida (mehnatida) susaygan jismoniy quvvatini qayta tiklash va rivojlantirishga qaratilgan;

·        axborot funksiyasi, odamlar, region (mintaqa)lar, mamlakatlar va h.k. haqida yangi ma’lumotlarni olishga imkon beruvchi;

·        ta’limiy funksiyasi, atrof-muhit va olamdan olingan yangi bilim, ko‘nikmalar va yorqin taassurotlarni mustahkamlashga, bilimni boyitishga imkon beruvchi;

·        takomillashtirish funksiyasi, jismoniy va intellektual takomillashuvga olib keluvchi;



·        reklama funksiyasi, animatsion dastur orqali turistni mamlakat, region (mintaqa), turkompleks, mehmonxonalar, turfirmalar va h.k. haqida reklama tashuvchiga aylantirish imkonini beruvchi.


Download 23.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling