1. Auditorlik faoliyati deganda nima tushuniladi?


Download 18.55 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi18.55 Kb.
#1715890
Bog'liq
1 Audit тест


1. Auditorlik faoliyati deganda nima tushuniladi?
A. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish bilan bog‘liq professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati.
B. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishi.
C. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va boshqa shu bilan bog‘liq professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati.
D. Auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va moliyaviy hisobotga xulosa berishi, natijalarni yuqori tashkilotga taqdim qilishiga doir faoliyati.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
2. Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
A. Axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to‘g‘risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir.
B. Axborotdan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlashga yordam beradi.
C. Iqtisodiy axborotlarni haqqoniyligini tasdiqlash.
D. Inqirozga tushmaslik uchun qarorlarning qabul qilinishini nazorat qilish.
E. To‘g‘ri javob B, C, D.
3. Qaysi turdagi tashkilotlarga auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi?
A.MCHJ ko‘rinishidagi auditorlik tashkilotlariga.
B. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik tashkilotlariga.
C. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga.
D. A va B.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
4. Qaysi javobda auditorlik tashkilotiga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A. Auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
B. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish malaka sertifikatiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
C. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
D. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish patentiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas
5. Germaniyada auditorlik kasbi nima, deb nomlangan?
A. Jamoatchi-buxgalter.
B. Buxgalter ekspert.
C. Schotlar bo‘yicha komissar.
D. Xo‘jalik nazoratchisi.
E. B va C javoblar to‘g‘ri.
6. Auditorlik tekshiruvi ko‘rsatkichlar samaradorligi va unumdorligi bo‘yicha o‘tkazilishi auditning qaysi turida ko‘rib o‘tiladi?
A. Operatsion audit.
B. Mos keluvchanlik auditi.
C. Moliyaviy hisobotlar auditi.
D. Majburiy audit.
E. Tashabbuskorlik tarzidagi audit.
7. Tasdiqlovchi auditda asosiy e’tibor nimaga qaratiladi?
A. Hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi.
B. Muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi
C. Sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
D. Yuqoridagilarning barchasi.
E. B, C.
8. Maqsadli sistemali auditning asosiy mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?
A. Hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi.
B. Muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi
C. Sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
D. Yuqoridagilarning barchasi.
E. A va B.
9. Tavakkalchilikka asoslangan auditda asosiy e’tibor nimaga qaratiladi?
A. Hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi.
B. Muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi.
C. Sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
D. Yuqoridagilarning barchasi.
E. A va C.
10. Sex boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini to‘liq bajarmaganligi tekshiruv davrida aniqlandi. Ushbu jarayon auditning qaysi shakli orqali aniqlanadi?
A. Operatsion audit.
B. Mos keluvchanlik auditi.
C. Moliyaviy hisobotlar auditi.
D. To‘g‘ri javob mavjud emas.
E. Yuqoridagilarning barchasi.
11. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash deganda nima tushuniladi?
A. Bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o‘rnatish uslubidir.
B. Bu «Auditorlar palatasi» tomonidan audit o‘tkazishga ruxsat berish. 
C. Bu Moliya vazirligining auditorga audit qilishga ruxsat berishi.
D. Bu malaka sertifikatini berishni nazorat qilish.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
 
12. Auditorlarni sertifikatsiyalash qanday tartibda o‘tkaziladi?
A. Auditorlarni sertifikatlash «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom» ga asosan o‘tkaziladi.
B. Auditorlarni imtihon qilish orqali o‘tkaziladi.
C. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» asosida o‘tkaziladi.
D. A va B.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
13. Frantsiyada auditning milliy standartlarini qaysi tashkilot ishlab chiqadi?
А. Milliy kompaniya qo’mitasi 
B. Milliy audit federatsiyasi
С. Milliy qo’mita
D. Frantsiya audit departamenti
14.Auditorlik tashkilotining mustaqilligi nima bilan kafolatlanadi?
A. Audit milliy standartlari bilan.
B. «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» bilan.
C. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonun bilan.
D. Auditning xalqaro standartlari asosida.
E. Barcha javoblar to‘g‘ri.
 
15. Auditorlik tashkilotiga auditorlik faoliyatini olib borish huquqini beruvchi hujjat nomi?
A. Sertifikat. 
B. Litsenziya.
C. Guvohnoma.
D. Sertifikat va litsenziya.
E. Ruxsatnoma.
 
16. Auditorga tekshirish uchun huquq beradigan hujjat?
A. Sertifikat.
B. Litsenziya.
C. Diplom.
D. Diplom va sertifikat.
E. Guvohnoma va sertifikat.
 
17. «O‘zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» qachon qabul qilingan?
A. 2002- yil 13 -may.
B. 2004- yil 5 - aprel.
C. 1999 -yil 15- yanvar.
D. Kodeks hali qabul qilinmagan.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
18. «O‘zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasi nechta moddadan iborat?
A. 15 modda.
B. 22 modda.
C. 18 modda.
D. 25 modda.
E. 19 modda.
 
19. Auditorlik kasbining maqsadi nimada namoyon bo‘ladi? 
A. Korxona moliyaviy ma’lumotlari to‘g‘risida tegishli yuqori tashkilotlarga axborot berish.
B. Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
C. Asosan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun eng yuqori samaradorlikka yerishish uchun oliy darajadagi professionalizm me’yorlariga mos ishlashdan iborat.
D. A va B.
E. to‘g‘ri javob keltirilmagan.
 
20. Qonunga muvofiq auditorlik tashkiloti kapitalining qancha qismi bir yoki bir necha auditorlarga tegishli bo‘lishi lozim?
A. 25 % dan ko‘p qismi.
B. 50 % dan ko‘p qismi.
C. 51 % dan ko‘p qismi.
D. 67 % dan ko‘p qismi
E. 75 % dan ko‘p qismi
21. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini mustaqil ishlab chiqadigan bo‘lsa u holda auditor nimalarga e’tibor berishi va nimalarni tekshirishi lozim.
A. Korxonada yuritilayotgan hisob siyosati “Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga” mos kelishini.
B. Statistika, moliya va soliq organlari talablariga mosligini.
C. Buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoida va talablarga mos kelishini.
D. Javoblarning barchasi to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
 
22. Auditorlik tekshiruvini o‘kazish to‘g‘risida shartnomani bajarmaganligi yoki qoniqarsiz bajarganligi uchun buyurtmachi va bajaruvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq qanday so‘mmada mulkiy javobgarlika tortiladi?
A. 5 minimaldan 10 minimalgacha. ​​​​​​​
B. Mazkur shartnoma so‘mmasidan ikki barobar miqdorida.
C. Yuqori tashkilot organlari xulosasiga binoan. 
D. Mazkur shartnoma so‘mmasi doirasida.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
 
23. Auditorlik tekshiruvi obyektlari auditini rejalashtirish qaysi AFMS orqali tartibga solinadi?
A. 300-son AXS.
B. 130-son AXS.
C. 140-son AXS.
D. 900-son AXS.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
 
24. Auditni rejalashtirish jarayoni qachon boshlanadi?
A. Auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma tuzilgandan so‘ng boshlanadi.
B. Auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektga pul to‘laganidan so‘ng boshlanadi.
C. Auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi.
D. Auditorlik tashkiloti bilan ekspert o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
 
25. 300-son AXSga muvofiq auditni rejalashtirish necha bosqichga bo‘linadi?
A. 2.
B. 3.
C. 4.
D. 5.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
Download 18.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling