1 author: Murodjon Isagaliev Fergana State University, Uzbekistan, Fergana 23


Download 248.8 Kb.
bet23/51
Sana11.11.2021
Hajmi248.8 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51

TUGALLASH (KAMERAL) ISHLARI.


Laboratoriya tahlillarining natijalari olingandan so‘ng ular tekshiriladi va to‘g‘ri kelmaydiganlari, noto‘g‘rilari tashlab yuboriladi. 0-100 sm qavatdagi

tuzlarning o‘rtacha miqdori hisoblab chiqariladi. Ikki metrli o‘ralar uchun esa, 0-100, 100-200 sm qavatlar uchun tuz miqdori hisoblab chiqaziladi.

Ayrim o‘ralardagi tuz va ionlar miqdorining o‘rtacha hisob-kitobi va bir xil sho‘rlanishga ega bo‘lgan o‘ra va konturlar umumlashtiriladi.

Tahlillar va umumlashtirishlar natijasiga ko‘ra tuproqlarning sho‘rlanishi bo‘yicha dalada qilingan xaritalarga tuzatishlar kiritiladi va ularga tuproq xaritasidan, tuproqlarning har xil genezisi, mexanik tarkibi bo‘yicha konturlar o‘tkaziladi.

Tugallangan oxirgi xaritalar sho‘rlanish darajasining eksplikatsiyasidan tashqari sho‘rlarni yuvish me’yori va necha marta yuvish kerakligi haqida tavsiya ham beriladi.

Bir xil darajada sho‘rlangan va tuzlar tarkibi bir xil, lekin mexanik tarkibi har xil sho‘rlangan tuproqlar alohida kontur qilib ajratilishi kerak, chunki bunday tuproqlardan sho‘rning chiqib ketish koeffitsiyenti har xil bo‘ladi.

Xaritada sho‘rlanishning ajratilishi quyidagi ranglar orqali ko‘rsatiladi:


  • sho‘rlanmagan, sho‘ri yuvilgan ayirmalar yashil rangda;

  • kuchsiz sho‘rlangan - sariq rangda;

  • o‘rtacha sho‘rlangan - to‘q sariq rangda;

  • kuchli sho‘rlangan - qizil rangda;

  • sho‘rxoqlar - siyoh rangda.

Tuproqlarning mexanik tarkibi shtrixlar bilan tasvirlanadi, sho‘rlanish tipi esa (xloridli - X, sulfat-xloridli - SX, xlorid-sulfatli - XS, sulfatli - S, karbonat-magniyli - KM) belgi bilan belgilanadi.

Tuproqning sho‘rlanish xaritasiga quyidagilar qayd etiladi:



  • tashkilotning nomi, tushuntirish xati yozilgan yil, ishni bajargan xodim va rahbar imzosi va shtamp quyiladi:

  • dala ishlari va laboratoriya ishlari bajarilgan vaqt drenaj tarmoqlarining uzunligi va holati haqida qisqacha ma’lumot, yer osti suvlarining sho‘rlanganlik darajasi, kimyoviy tahlillar usuli, sho‘rlangan tuproqlarning to‘gallangan xaritasini tuzishda hisob-kitoblar va qayta ishlashlar.

Yer fondining sho‘rlanish bo‘yicha miqdorlari, xo‘jalikning yer turlari bo‘yicha yer fondlari, sho‘rlanish darajasi, sho‘rlanish tipi va qishloq xo‘jalik yerlaridan sho‘rning yuvilib chiqib ketish koeffitsiyenti. Xo‘jalik maydonida sho‘rlanishning tarqalish xususiyatlari.


Download 248.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling