1 author: Murodjon Isagaliev Fergana State University, Uzbekistan, Fergana 23


YERLARNI BAHOLASHNI MORFOLOGIK USULI


Download 248.8 Kb.
bet7/51
Sana11.11.2021
Hajmi248.8 Kb.
#442430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Bog'liq
2019 (1)
Level 8 Passage 6, funksiyaning differensiali va differensial hisobning asosiy teoremalari, gbchfb, 6-maktab X.Ergasheva , 1-amaliyot, 2019 (1), Qonunchilik asoslari

YERLARNI BAHOLASHNI MORFOLOGIK USULI


R.V.Rispolojenskiy, G.F.Nefedov usuli.

Bu olimlar o‘zlarini morfologik usullarini ishlab chiqib, uni targ‘ib qildilar.

Rispolojenskiy tuproqlarni baholashda ularning tabiiy xossalari hisoblangan mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibini ahamiyatini yo‘qqa chiqardi, ya’ni tuproq bahosi bilan ularni xossalari o‘rtasida bog‘lanish yo‘q dedi va shu tarzda baholash ishlarini o‘tkazdi. Bu usul ko‘rinish va bajarish jihatdan sodda hamda arzon, shu bois qishloq xo‘jaligi hodimlarida qiziqish uyg‘ota oldi.

Lekin bu usulda baholash noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi aniqlangan edi va shunday ham bo‘ldi.

G.F.Nefedov esa tuproqni bir butun tushunmadi, uning kimyoviy, fizikaviy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rmadi, shuning uchun tuproqni baholashda u baholanadigan yerlarni bitta, ya’ni gumusni tarqalishini yoki boshqa bir xususiyatini xaritalanishini afzal ko‘rdi.

Rispolojenskiy va Nefedov usullari, asosida ishlangan xaritalari mutaxasislar tomonidan keskin salbiy taqrizlar oldi.

Shunday qilib bu davrga kelib 3 guruhdagi usullar tuproqni baholashda qo‘llanila boshladi.


  1. Dokuchayev-Sibirtsevlarni tabiiy-tarixiy usuli bo‘lib, bu usul Rossiyaning 177 uezdi va 17 guberniyasida qo‘llanildi. Bu maydon 996 ming km2 yoki Rossiyaning Yevropa qismini 25 % demakdir.

  2. So‘rov-statistika usuli. Bu usul iqtisodchilar, statistika xodimlari tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, 59 uezd, 7 guberniyada qo‘llanildi, 350 ming km2 maydonda sinaldi.

  3. Rispolojenskiy usuli, ya’ni morfologik usul bo‘lib, 47 uezd, 5 guberniyada qo‘llanildi, 618 ming km2 maydonda sinaldi.

Bu usullardan tashqari Nefedov usuli bilan Tula, Tredesevich usuli bilan Lyubinskiy guberniyasida, Tomas usuli bilan Boltiq bo‘yida yerni baholash ishlari o‘tkazildi.

Yuqorida qayd qilinganidek Rispolojenskiy usuli nisbatan qulay va arzonligi tufayli usulni iqtisodchilar, statistlar qattiq turib himoya qildilar, ammo tarix, hayot, amaliyot hamma narsalarni joy-joyiga qo‘ydi. Dokuchayev usuli eng to‘g‘ri va ob’ektiv ekanligi vaqt o‘tishi bilan isbotlana boraverdi.

Shuni alohida qayd qilish kerakki, Dokuchayev iqtisodiy statistik usulni butunlay bekor qilishni rad etdi, aksincha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ko‘p yillik hosil miqdori tuproqni tabiiy xossalari bilan uyg‘unlashgan holdagina eng to‘g‘ri va eng sifatli natija olinishi ta’kidlanadi.


Download 248.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling