1. Avesto zardushdiylik dinining muqaddas kitob Avestoda yer, suv, tuproq, olov haqidagi fikrlar Avestoning tarbiyaviy ahamiyati


Download 99.99 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi99.99 Kb.
#1545056
  1   2   3
Bog'liq
Avestoda to’rt unsur masalalari (yer, suv, tuproq, olov)


Avestoda to’rt unsur masalalari (yer, suv, tuproq, olov)


Reja:
1.Avesto zardushdiylik dinining muqaddas kitob
2.Avestoda yer, suv, tuproq, olov haqidagi fikrlar
3. Avestoning tarbiyaviy ahamiyati

Ma’lumki dastlabki tsvilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda, so’ngra Yunonistondagi Krit orolida Minoy tsvilizatsiyasi bilan boshlangan edi. Shuningdek svilizatsiyalar dunyoning ko’plab mintaqalarida bo’lganidek, O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston hududlarida ham vujudga keldi. Buni «Avesto» nomi bilan ma’lum bo’lgan muqaddas kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik zoroast­rizm) dinidir. «Avesto» ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda O’rta Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik ozarbayjon, afg’on va boshqa xalklarning qadimgi davr-lardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z aksini topgan. Manbalarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (ba’zi manbalarda Zardo’st) ‘bo’lganligi qayd etiladi, U xayotda yashab o’tgan tarixiy shaxs. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” jurnalining 1992 yil 11-12-(23-24) sonlarida chop etilgan «Zardushtiylik xaqida xaqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589-512 yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o’tganligini yozadi. Olimning ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma O’rta Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan iloxiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. Uning uch o’g’il va bir qizi bo’lgan. Zardusht 30 yohga etganda o’zigacha bo’lgan ko’p xudolilik diniy aqidalariga hamda tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob - «Avesto»ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va e’tirof etilgan.


Shu paytga qadar zardushtiylik hakida olimlar o’rtasida turlicha qarash va g’oyalar mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo’lganq Ikkinchisi, yakkaxudolik dini bo’lganmi yoki ko’pxudolik kabi masaladir.
Ba’zilar Zardushtiylik dinini Midiyada kelib chiqqan desalar, ayrimlar uni eronda paydo bo’lgan deb isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani erondir deb isbotlovchi olimlardan biri e. Berzinning fikricha, zardushtiylik dini «Hind- eron qabilasi dinidan kelib chiqqan».
Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struve, V. V. Trever, S. P. Tolstov, N. Proxorov va boshqalar zardush­tiylik dinining vatani O’rta Osiyo deb isbotlaydilar. A. O. Makovelskiy ham shu fikrga qo’shilishga moyildir. Bu guruh olimlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da yakkayu yagona xudo-Oxuramazda («Oxuramazda»—«Yuksak daholi hukmron» demakdir) yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy bo’lsa, to’qqiztasi O’rta Osiyoga tegishli bo’lgan viloyat va shaharlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston hududlariga qarashlidir. Masalan: Sug’diyona (Gava), Marg’iyona (Mavru), Baqtriya (Baxdi), Nisoya (Ashg’abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Aryonvayjon (Xorazm), Varana (Turkmaniston eron chegaralari oraligi) tilga olinadi. «Avesto» kitobida er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeyanlar o’ralganligi, nomlari keltirilgan mamlakatlarda xudo Oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht orqali vahiy qilganligi haqida yozilgan.
Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholiging markazi Nisoya va Midiyaning eng katta shahri Raga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi Kapadia fikricha, Zardushtning iloxiy faoliyati Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx shahri bilan bog’liqdir. U podshohlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg’ambariga aylanganligiga diqqat-etiborni haratadi.
Zardushtiylik bo’yicha ilgarigi ko’pxudolilik dinidan rasm-odat bo’lib qolgan murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marxum ‘Suyaklarini maxsus ostadon (ossuar)larga solib, ko’mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan. Bundam ostadonlar tadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta’kidlashicha, asosan O’rta Osiyo hududlari er ostidan topilayotir, eron hududida esa bitta-yarimta uchramoqda, xolos. Bu hol zardushtiylikning vatani O’rta Osiyo deb aytish uchun tarixiy asos bo’la oladi.
Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o’zi bizgacha etib kelmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy manbalar bor xolos. Zardusht yashagan davrda kishilik jamiyati ilga-rilab rivojlana bordi. O’rta Osiyoda o’trog’ ho’jalikka o’tila boshladi, sug’oriladigan dehqonchilik chorvachilik hunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga benixoya kulfatlar keltirayotgan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga etkazish davrning asosiy muammosi bo’lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan oldin ko’ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, farovonlikka erishtirishning birdan-bir yo`li yakka xudolik- vahdoniyatga o’tish, deb bildi va o’zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag’ishlab, yakka xudolik uchun olib borilgan urush (jihod)da o’zi ham halok bo’ldi.
Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to’plami «Avesto» Iskandar Zulqarnayn hokimiyati inqirozga yuz tutgach, miloddan avvalgi 250- yillarda, arshohiylar davrida yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Sosoniylar hukmronligi davrida (milodning III— VII asrlarida) bu ish poyoniga etkazilgan. «Avesto»ning uchta kitobi qadimgi oromiy tilda va bittasi pahlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob «Videvdat», ya’ni devlarga qarshi qonun deb ataladi. «Yosin» va «Visparad»ni ko’shganda u «Videvdat»- «Sade» deb ham yuritiladi. «Videvdat»ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi deb aytsak bo’ladi. Ikkinchi kitob «Yosin» bo’lib, Zardusht xat (noma) lari uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo’lib, birinchi bashoratida tabiat va xalolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vaxiylari xaqligiga imon keltirishga doyr duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kelmasdan oldin mavjud bo’lgan xudo sha’niga shukronalar bayon qilinadi.
Kitobda poklanish (yuvinish gigienasi), yovuzlikni qarg’ayotgan paytda tanani qanday maromda tutishlik shayton-iblislarni xaydashga qaratilgan harakatlar, gunoxdan forig’ bo’lish, kechirim so’rashga doir duolar ham katta o’rin olgan. Jumladan, imonni saqdab kolish, gunoxdan forig’ bo’lishlik uchun quyidagi duoni o’qish tavsiya qilinadi: «Ey, olamning hukmdori Oxuramazda! Men barcha gunoxlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun senga so’z beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har qanday yomon so’zlardan, har qanday yomon amallardan voz kechaman, men fikrlagan va gapirgan yoki qilmoqchi bo’lgan va qila boshlagan va qilgan hamma nojuya ishlarimdan voz kechaman, niyatlarim, so’zlarim va amaliy ishlarim orqali bundan buyon ishonchingni oqlayman, qilgan gunoxlarimni keng karaming ila kechirgil, tanam va jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim». Ikkinchi kitobning 7 ta bobida Zardusht orqali xabar berilgan bashoratlar o’z ifodasini topgan. Zardusht xudo Oxuramazdadan o’z axloqiy qonun-qoidalarini ma’lum qilishni so’raydi. Oxuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi- ezgulik va yovuzlik to’g’risida vaxiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bu boshlang’ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo’lib, ular xayot va o’lim, osmon jahannam ma’nolarini bildiradi. Jaxannam Oxuramazda vahiysida «Hayotning eng yomon onlari», osmon esa ruhning eng yuksak xolati sifatida gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillik — hodisalar va ularning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilariing faolligi tufayligina bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxura­mazda yuborgan qonun-qoidalar, tartibotlar, nasixat va o’gitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g’alabaga erishib boraveradi.
Kitobda qayd etilishicha, olam qarama-qarshiliklar asosida qurilgan jismoniy narsalarda yorug’lik bilan zulmat, jonli tabiatda hayot bilan o’lim, ma’naviy olamda ezgulnk bilan yovuzlik ijtimoiy xayotda adolatli qonunlar bilan qonunsizliklar o’rtasida doimiy qarama-qarshiliklar bor. Diniy soxada ezgulikni qaror toptirish ruxi bilan yovuzlik ruxi o’rtasida keskin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik ruxi bo’lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzliklarga boshlayveradi. Kitobning 30- bashoratida takidlanishicha, ezgulik va yovuz­lik o’rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo`q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Shu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barakamollik nishonasi sifatida muhim o’rin tutadi. Imon-e’tiqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan| farkqlash imkonini beradi. Imonli e’tiqodli odam albatta ezguliq yaxshilik sari intiladi. Yovuz ruhlar- dev, pari, iblis va boshqalar gunoxlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli sifatida tasvirlanadi. Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o’zini chetga olishga da’vat etadi. Yosinning 14-bashoratida xudo: «Men ezgu fikr (niyat)larni, ezgu so’zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman. Men mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni ulug’layman», deydi, Bundan ko’rinadiki, zardushtaylik imoni uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odam­larni «... o’z istaklarida xolis bo’lib, bir-birlari bilan muro’sa qilib yashashni odat qilishlari, g’arazgo’yliq hasadg’uylik kattazanglik (dimog’dorlik), shuhratparastlik qonunsiz ishlardan o’zlarini tiyib yurishi uchun...» intilishga chaqiradi. «...Bergan so’zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga kat’iy amal qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo’lish» imonlilik alomatlaridir, deyiladi. Iymonli odam ug’irlik va talonchilikdan, begonalarning mol-dunyosiga ko’z olaytirishdan, o’z-o’ziga xiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o’zini saqlay biladigan komil insondir. «Tanlaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring», ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi, deydi Oxuramazda.
«Avesto»da shaxsning axloqiy xislatlari, haqgo’ylik adolatlilik ulug’lanadi. Bunday ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o’zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid bo’lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir. Asarda Oxuramazda tilidan bunday deyiladi:
«Men borliqning Quriqchisiman
Nomdir menga tag’in Himoyat
Yana bir nom bilguvchilikdir
Voqiflikdir yana bir tarzim,
Mening nomim Haqgo’klik erur
Mening nomim aldovsizlikdir.
Mening nomim Asraguvchidir
Mening nomim erur Qaqshatqich,
Ostin-ustun qilguvchi ham men
Barchani vayron etguvchi ham men,
Yuqlikdan bor etguvchi ham men,
Yana bir nomim ezgu farog’at,
Haqqoniyat yana bir ismim1».
«Avesto» kitobida materialistik dunyo, borliq muqqadaslashtiriladi. Er, suv, havoni bo’lg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunoxlar qatoriga qo’shiladi. Oxuramazda «...erga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q..» deydi. Xudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni xudo yo`liga qurboilikka so’yishdan afzalroq xisoblangan. Oxuramazda erga ekin ekishni erdagi yovuzliklarga barham berishdan iborat, deb hisoblaydi. Bashoratlardan birida: «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’ qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir», deyiladi. Bohqa bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymiz: Bug’doy o’stirila boshlasa, devlarni ter bosadi, sovrilgan bug’doy tayyor bo’lsa, devlar zaiflashib qoladi. Un tayyor bo’lgach, devlar nolayu fig’on chekishadi... Devlarni maglub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo’lishi lozim. Bu ovqatni odam egandan so’ng, devlar juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi».
Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan keyingi savobli ish esa oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini ko’paytirishdan iborat bo’lgan. Zardusht xudo nomidan hukmdorlarga qarata bunday deydi: «Yomon ovqatlangan xalq na yahshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom, baquvvat bolalarga ega bo’ladi. Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bir qarashda oddiygina kurinadigan bu so’zlarda juda katta falsafiy ma’nolar, tarbiyaviy ugitlar borligiga amin bo’lamiz. Zardushtiylik o’gitlarida ona zaminga, dehqonchilikka, hunarmandchilik chorvachilik Vatan va xalqqa ulug’ muxabbat ruxi markaziy o’rinni egallaydi. Buni biz zardushtiylikning Navro’z, Ro’za, Mexr va boshqa barcha marosimlarida ochiq-oydin ko’ramiz.
Yosinning 29- basho’rat 5-hikmati va 50-bashorat 8-xikmatida ibodatdan so’ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko’targan holda Ollohdan o’z talablarini qon-dirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida rap boradi. Undagi bashoratlarda Er, osmon, ummon boshlanishi, jannat xaqida fikrlar bayon qilinadi.
Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda ta’kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko’ra 900 yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va kushlarni parvarish qiladi, qizil shu’lali olovni ko’paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qiladi. Er odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani erga sanchib erni kengaytirishni ilti­jo qilib xudodan so’raydi va unga erishadi. Oxuramaz­da Odam Atoga erga sovuq ofat kelayotganligini va uni oldini olish lozimligini aytadi. Iyim o’ziga bir uy qurib hayvonot va o’simlik zotlarining eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda ularni saqlab qoladi va shu tarika Odam Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab kolishga erishadi.
Ammo Odam Ato o’z kilgan ishlaridan ortiqcha mag’rurlanib ketadi va xudo tomonidan taqiqlangan ne’mat- qoramol go’shtidan iste’mol qilib qo’yadi. U xudoning kahriga uchraydi va abadiylikdan judo bo’ladi. Odamzod xayotning bu birinchi bosqichidan so’ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy isloxoti bilan bog’liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan harakterlanadi. Olib borilgan 3000 yillik kurashlardan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik osoyishtalik va farovonlik yuzaga keladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli bo’lgan dev- Axriman engiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo’ladi. Barcha o’lganlar tirilib xudo oldiga keladilar va o’z qilmish kechirmishlari bo’yicha unga hisobot beradilar. Xudoy taolo hamma ishlardan voqif va uni ko’rib turibdi. Xudoni aldab bo’lmaydi. Zar’dushtiylik dini bo’yicha odamzod olamdan o’tgach uch kunga qadar joni uning tanasida saqlanadi. To’rtinchi kunida har bir odam zoti go’zal kiz qiyofasidagi o’z mahrami- farishta yo`lboshchiligida narigi dunyodagi qilko’prik - «Chinvot»dan o’tadi. Yaxshi va, ezgu ishlar qilgan insonlarga bu ko’prik kengayib turadi va yo`l beradi. Undan omon inson o’tgan har bir zot abadiy roxat-farog’atta- jannatga yo`l oladi va o’liklar tiriladigan kunda o’z tanasiga jon kirishini kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga «Chinvot» qilday torayadi va ular jahannam azoblariga maxkum bo’ladalar, do’zaxga tushadilar.
«Avesto»ning uchinchi kitobi «Vasparat» deb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid pandu nasihatlar o’rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig’indisi bo’lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob «Bundaxash», Qadimiy eron tili paxlaviy tilidan yozilgan.
Eshtlar va Yosinlar uch katlamdan iborat: birinchisi xalq eposlarining Zardushtgacha bo’lgan qo’shiqlari (she’rlari), ikkinchisi Zardusht xat (noma)lari va uchinchisi Zardusht halok bo’lgandan keyin kitob holiga keltirilgan va «Kichik Avesto» nomi bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi. Shuning uchun «Avesto» ning dastlabki ilk va kichik (so’ngi) qismlarida uning asosiy qismi Zardusht nomalarini bir-biridan farq qila bilish kerak. Zardushtnomalar ko’p xudolikni, o’tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sajda qilib sig’inishni qoralaydi va yakka xudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan «Kichik Avesto»ga asoslangan g’oyalar bo’lgan. Bunda ko’p xudolilik bilan yakka xudolilik g’oyasi aralashib, qorishib ketganligidan Zardushtiylikni ko’p xudolilik va yakka hudolilik dini sifatida qarab kelganlar. Bu yakka hudolikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo’nalishi ko’p xudolikdan iborat bo’lgan mazdaniyliq bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha ham Oxura, Matra, Mazda va boshqa xudolar haqida fikrlar bo’lgan. Ammo u hudolar huddi odamlardek hayot kechirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo Oxuramazda esa Oliy ibtido bo’lgan, uning xotin, bola chaqalari yo’q. U hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo’lib, barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos solgan yakka xudolilik dini eronda Ahamoniylar hokimiyat tepasiga kelib, ular O’rta Osiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. To’g’ri, eron shohlari o’z saltanatlarini barqaror qilishda zardushtiilik dinining ahamiyati va o’rniga etarli darajada baho berganlar. Ammo bu dindagi o’rtahol dexdonchilik mo’tadil kamtarona xayotdan iborat turmush tarzini iloxiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash eron shohlariga yoqmaydi.
«Kichik Avesto»da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib o’rnatuvchilikdan ko’ra ko’proq qabilaviy xudolarni birlashtiruvchi bosh xudoga aylanib qoladi; Ahamoniylar Yunonistonni bosib olish uchun olib borgan urushlari hamda yunonlarning eron va Turonni ishg’ol qilishlari oqibatida Oxuramazda Yunonistonda bosh xudo — Zevs, Zardusht esa Aflotun (Platon) sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar zardushtiylikni o’z e’tiqodlariga bo’ysundirgan bo’lsalar, Iskandar Zulqarnayn bu dinni butunlay yo’q qilib tashlamoqchi bo’ldi, bu dinga oid kitoblarni butunlay yoqtirib yubordi.
«Avesto» haqida Abu Rayxon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodg’orliklar» nomli asarida yozib qoldirgan ma’lumotlari diqqatni tortadi. Beruniy bunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida un ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi, Iskandar otashxonalarni vayron qililib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun «Abisto»ning beshdan uchi yuqolib ketdi «Abisto» uttiz nask (qism) edi. Majusiylar qo’lida un ikki nask chamasi qoldi».
O’lkamiz arab halifaligi qo’shinlari tomonidan fatx etilib, islom dinining tarqalishi davrida ham zardush­tilik va uning muqaddas kitobi «Avesto» kattiq taqib ostiga olindi.
Zardushtiyning O’rta Osiyoda vujudga kelganligi va uning jahon madaniyatiga ko’rsatgan ijobiy ta’sirini inkor etib bo’lmaydi. «Avesto»ning bizgacha etib kelganligi uchun eng avvalo ingliz va frantsuz olimlaridan minnatdor bo’lishimiz kerak chunki, 1755 yilda frantsuz olimi A. Dyupperon Xindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi zardushtiy (mazdaiy) lar orasida uch yil yashadi, ularniig ibodatlari, urf-odatlari bilan yakin tanishdi va «Avesto»ni frantsuz tiliga tarjim qildi.«Avesto» G’arbiy Evropa, eron va Hindiston orqali bizga etib kelganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga to’g’ri kelmaydi.
Beruniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya podshohi Vishtasp (Gushtasp) huzuriga kelib, «Avesto» ni unga tortiq qiladi. O’ng va so’l tomonlari kesilgan ko’ylak kiygan, yuziga parda tortilgan, qulida bir eski qogozni ko’kragiga mahkam bosganicha Zardusht kunduz kuni Gushtasp kasriga tushadi. Shunda tom ochilgan va Gush­tasp kunduzgi uyqudan uyg’onib ketgan. Zardusht «Avesto» kitobini Gushtasp oldiga qo’ydi va xudoga iltijo qildi. «Avesto» agar shu kitob daqiqadan seniki bo’lsa, sen su kitob bilan meni podshoh huzuriga yuborgan bo’lsagh, meni misning zararidan saqlagan», dyedi. So’ng uning iltijosiga ko’ra, qizdirib eritilgan mis keltirildi, uni Zardushtning ko’kragiga va qorni ustiga qo’ydilar. Mis tanasi ustidan oqib tuklarga donachalar bo’lib epishdi, lekin kuydirmadi. Shu mahaldan e’tiboran Gushtasp Zardusht e’tiqodini qabul qildi va o’ziga tobe o’lkalarga bu e’tiqodni qabul qilishni buyurdi.
Tarixdan ma’lumki, zardushtiylik miloddan oldingi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qarib ming yil O’rta Osiyo, eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy e’tiqod sifatida yashadi.
Zardusht yashagan va «Avesto» kitobi yozilgan davrda O’rta Osiyoda aholining asosiy qismi o’troq xayotga, dehqonchilik va hunarmandchilikka o’ta boshlagan, ko’chmanchi chorvachilikka etibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (Sug’diyona, Marg’iyona, Baqtriya, Parfiya, Xorazm)ning shakllanish jarayoni kechayotgan palla. Batanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar uning taraqqiyot yo`liga g’ov bo’layotgan mafkuralari yangilashni, yangi jamiyat talablariga-javob bera oladigan diniy islohatlarni amalga oshirishni talab etar edi. «Avesto»da ana shu islohiy talab o’z ifodasini topdi.
“Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’ngi qismi Videvdotda iqtisodiy tengsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muammolar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli malumotlar beriladi. Shun­day qilib miloddan avvalgi IX—VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g’oyatda muxim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy ma’naviy boyligidir.
«Avesto»da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo’lsak miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi emirilib, yangi, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonning guvohi bo’lamiz.
Islom Karimov tabiri bilan aytganda “Avesto” ning tub ma`no –mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi manaviy idiallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechogli mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa etiborlidir”2 deb yozdi Islom Karimov.

G’arb tarixida buyuk islohotchilar va ma’rifatchilar davri eng zo’r va ajoyib Uyg’onish davri deb nom olgan Rim va Yunoniston madaniyatini ravnaqiga qiyos qilinib ta’riflanadi. Aslida esa insonparvarlik g’oyalari isloh qilish harakati O’rat Osiyo buyuk farzandi Zardushtdan boshlangan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Chunki uning ta’limoti insonparvarlik g’oyalarini birinchi bo’lib ilohiylashtirgan, dunyoviy hayotni muqaddaslashtirgan, uning asosiy aqidalari keyingi jahon dinlari xristianlik va islomning aqidaviy va ibodat qoidalariga ham zamin bo’lgan.
«Avesto»ning o’rganishda payg’ambar Zaratushtra faoliyati va zardushtiylik dinining vujudga kelishi muammosiga e’tibor beriladi.
Zaratushtra (yunoncha-Zoroastr, o’rta fors tilida-Zardusht)ning nomi qadimgi eron Zarushtra so’zidan kelib chiqqan, «Zar»- bu «oltin», «ushtra»tuya yoki uch xil ma’noda –«Oltintuyali», «Oltin tuya Egasi», «Tuyalar yetaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Gap shundaki, «Avesto»ning yaratilishi davlat arbobi va qonunshunos din, ilohiyotchisi sifatida Zaotar va otarbon unvonlari soxibi, o’z davrida «payg’ambar» (ezgulik haqida darak beruvchi) sifatida shuxrat qozongan Spitamon nomi bilan bog’liq bo’lib, Spitamen Zardusht taxminan miloddan avvalgi 630-553 yoki 618-341 yillarda yashagan davrda Markaziy Osiyoda ko’chmanchilar inqiroziga uchrab, Turonu Eronda el bo’lib, o’troq yashay boshlagan turkiylar, forsiy-lar, derbiklar, osiylar, toxarlar, daxlar, massagetlar, saklar, xorazmliklar, chochliklar, baqtriyaliklar o’troq hayotga moslashib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka o’ta boshlagan va qadim-gi shahar viloyatlarga asos bo’lishgan edi.
Patriarxal urug’ jamoasi munosabatlari o’rnini markazlashgan davlat tizimi egalashi bilan xarakterlanadi.
«Avesto»da inson ijtimoiy mehnati tufayli barcha yomonlik-dan yovuzlikdan qutulishi mumkinligi g’oyasi yotadi. Dexqonchilikdagi mehnat yaxshilikning yuzaga chiqishida va insonni qayta tarbiyalashda asosiy omil, Axura Mazda qonuniga bo’ysunish hisoblanadi. “Kim g’alla eksa oliyjanobdir. Falla ekkan kishi ezgulik urug’ini sochadi”. Demak, mehnat va tabiiy ehtiyoj tufayli insonlar birga yashashni ilgari suradi.
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, bizgacha yetib kelgan qismlari milodning III-VII asrlarida tahrir qilgan. «Avesto» boblari o’rta fors alifbosi asosida 48 ta belgili yozuvdan iborat. «Avesto» o’rta fors tilidan «Apastak» yoki «Asos» deb tarjima qilinadi.
Tarixiy manbalar «Avesto»ni Oksus ya’ni Amrudaryo sohilla-rida, Iyron Vij o’lkasini esa Xorazm o’lkasidir deb ta’kidlanadi. «Avesto»1000 fasldan iborat bo’lib, 21 kitobni o’z ichiga olgan, ilk yozmasi 8300000 so’zdan iborat bo’lgan.
«Avesto» birinchi bo’lib, XVIII asrda (1755-1761 yillarda) fransuz olimi Anketil Dyuperron tomonidan tarjima qilingan.
A.Dyuperon Hindistonning Gujarat viloyatida Eron zardushtiylarining avlodlari – parslarning urf-odatlari va diniy maro-simlari bilan tanishib chiqqan. Dyuperonning xizmati shundaki, u parslarning diniy yozuvlarini o’qiy olgan, eng qadimgi 1288 yilda ko’chirilgan qo’lyozma nusxasini tarjima qilgan.
Dastlabki «Avesto» 21 ta kitobdan iborat bo’lgan. Ayrim qismlari saqlanib qolgan: Yasna - «qurbonlik keltirish», Vispart - «hamma hukmronlar», Yasht - «qadrlash», «ulug’lash». Videvdat – «devlarga qarshi qonun» bo’lib, sosoniylar davrida tahlil qilingan.
I. Yasna 72 bobdan iborat hamdu sanolar, qurbonlik qilish va boshqa zardushtiylik marosimlarini bajarish paytida yoddan o’qiladigan duolarni qiroat bilan o’qish, otashparastlik bayramlari rasm rusumlari o’z ifodasini topgan.
II. Yasht – alohida xudolarni madx etuvchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu mabudalariga madadkorlik bo’lgan kuchlarni ulug’lovchi 22 ta qo’shin oyatlarlardan iborat.
III. Visparad 24 bobdan iborat poklik, to’g’rilik yo’lini tutgan zotlar Oliy Tangri Axura Mazda barcha yaxshi xislat va fazilatlarga bag’ishlangan.
IV. Vandidot 22 bobdan iborat, ularda Axura Mazda yaratgan 16 ta mamlakat va Anxra Manuning ularga yetkazgan zarari haqida so’z yuritiladi. 20-bobida dunyodagi 1-tabib Srita haqida ma’lumot beriladi.
«Vandidot»ning keyingi boblarida qadimgi zardushtiylar chiqargan qonunlar kishilarning induvidual va ijtimoiy huquqlari, shuningdek odamlarning jamiyatdagi bir-biriga nisbatan tutgan o’rinlari, axloq va odob, jinoyat va jazo badanni va ruhni chiniqtirish, kishi o’zini har xil nopokliklardan asrashi, tabiblik va tabib haqi, o’likni yerga ko’mib yerni xarom qilgan yoki yolg’on va’da bergan odamni jazolash, o’liklarni qo’yadigan daxmalar qurish, ko’mish marosimi va o’likdan yomon jinlarni quvish uchun yoniga it olib borish, it boqish va uni ehtiyot qilish, ayollarga munosabatda bo’lish, soch va tirnoqlarni qachon olish va ularni toza saqlash, odamlarni g’aflatdan o’yg’otuvchi xo’roz haqida, suvni shifobaxshligi, chaqaloqni parvarishlash va hokazolar.
Bu bobda quyosh xudosi Mitra yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashning intixosida hakamlik vazifani bajargan.
Quyoshga sig’inish bilan ular quyosh-tiriklik poklik va yaratuv-chilik manbai ekanligi uchun, sajda qilib poklanishgan. Bu bobda chorvani ko’paytirish va uni asrab-avaylash uchun xonaki it asrash va uni hayvonlarga ozor bermaslikka o’rgatish qonun qoidalari mavjud.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» hozirgi O’zbekiston hududida milloddan oldingi 2-ming yillik o’rtalarida yashagan qabilalarning diniy va dunyoviy mafkurasi, ilk davlatchilik ijtimoiy-siyosiy tuzumi, huquqi haqida asosiy manba sifatida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Buyuk mutafakkirlar, shoir va faylasuf davlat arbobi va qonunshunos, din ilohiyotchisi Zaotor yoki Otorbon unvonlari sohibi, o’z davrining payg’ambarining payg’am-barlari Sipitamon Zardushtiy 630-550 yoki 618-541 y. paytda Marka-ziy Osiyoda ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarzi inqirozga uchray boshlagan Turon zaminida azaldan el bo’lib yashab kelayotgan turkiy-lar, forslar, saklar, osiyolar, toxarlar, daxllar, massagetlar, bak-triyaliklar, parkanaliklar, xorazmliklar, chochlik va boshqa xalq-larning aksariyati ko’chmanchilikdan o’troq hayotga, dehqonlik, chorvachilik va hunarmandchilikka o’ta boshlagan edi. Bu esa qadimgi Xorazm, So’g’d, Marv, Balx Nisoya, Hirot, Parfiya va boshqa o’lkalarda markazlashgan davlat tizimi asoslarining yaratilishiga sharoit tug’dirgan edi.
«Avesto»ning Vandidot kitobida Oliy Tangri yaratgan 16 ta davlat (o’lkaga)oid ma’lumotlar o’chraydi.
«Men har bir sarzaminni, garchi ular rahotboxsh bo’lmasada, xalqlari nazadida xush qilib yaratdim.
Agar xar bir sarzaminni, garchi ular raxatbaxsh bo’lmasada xalqlar nazdida xush qilib yaratmaganimda, butun-butun ellar Iyron-Vijga tomon yuz burgan bo’lardilar.
Men Axura Mazda yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu-Domitiy daryosi sohilidagi Iyron Vij, edi.
2-go’zal yurt Sug’d (Tavo) 3-go’zal yurt, qudratli va pok Marv, 4-zebo va orasi Balx, (Baxl, Baqtriya), 5-Baxl va Marv orasidagi Nisoya 6-Xirot va uning daryochasidir, 7-badsoyali Vaixa Girta, 8-Keng yaylovli Avravadir (Tus viloyati), 9-Go’rg’ondagi Xnintadir, 10-dilkash Xaravayata (Xirot), 11-Serhosil Xiyrmand, 12-uch baxodir hukmron bo’lgan Raydir, 13-qudratli va pok Chapradir, 14-Ajdaxoni mag’lub etgan Faridun dunyoga kelgan 4 go’shali Varinadir, 15-Xaftrud, 16-Rangha daryosi atrofidagi xalqlar yashovchi makon.
«Avesto»da bayon etilishiga bu qadimgi 16 mamlakatning hududiy-ma’muriy va siyosiy huquqiy boshqaruvchi tizimi quyidagi tashkil etilgan. Davlatni- podshoh «kavi» boshqargan, kavi muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy masalalarni o’zida mujassam-lashtirgan. Tarixchilarni fikriga ko’ra ,«kavi»ning hukmdorlik huquqi belgilanishida «farr» (Avestoda Xvarno) asos sifatida qabul qilingan, ya’ni oliy dunyoviy hokimiyat sulolaning (vakilidan ikkinchisiga o’tishida muayyan ilohiy belgi sodir bular, ya’ni muayyan bir jonivor yoki yog’du shulasi hukmronlikka tanlangan kishilarni ko’rsatadi. Oilalarning birlashmasi, «nmana», uy, oila jamoasi “dmana”, katta oila jamoasi oqsoqoli “nmanapati”, urug’ jamoasi boshlig’i “vis”, katta qishloq oqsoqoli «vispati» qabila boshlig’i «zantupati», viloyat hokimi “daxyupati” (bir necha viloyat-larning boshlig’i va harbiy boshliq “daxiyu sastar”). qonun chiqaruvchi organ oqsoqollar kengashi «varzanapati» deb, xalq Majlisi esa «vyaxa» deb atalgan. Oqsoqollar Kengashining uyushmasi kohin Oliy sudya vazifasini bajargan, uni “Zaraushtroema” deb atashgan, uni hukmi qat’iy bo’lgan, unga hyech kimni e’tiroz bildirishga haqi bo’lmagan. Oqsoqollar kengashi-varzanapati qo’lida diniy mafkura va hokimiyat birlashgan. Ular jamoa faoliyatidagi ijtimoiy huquqiy va xo’jalik masalalarini hal etganlar. Katta oila jamoasi oqsoqoli “nmanapati” oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq hisoblangan. «Vis» muhim ijtimoiy siyosiy va huquqiy vazifalarini bajargan. U katta oila jamoasi oqsoqollari «nmapati»lar ichidan saylanib, urug’ jamoasi boshligi qozi, diniy kohin, rahnamo hisob-langan. «Daoxiyu sastar»lar bir necha qabilalar yashaydigan ma’muriy hududni, viloyatlar va yirik o’lkani va harbiy qo’mondonlik boshqaruvi vazifasini bajargan. Ular tomonidan chiqarilgan har qanday nizomlar va buyruqlar jamoa a’zolari uchun muqaddas qonun vazifasini bajargan.
Jamiyat aholisi 4 toifaga bo’lingan. Kohinlar, jangi askar, chorvador va hunarmandlar. («Yasna», 19 bob) qullar ham bo’lgan ular –“vaysa”, oila xizmatkorlari «Viranmaja», insoniy huquqlari cheklangan cho’pon- “payshautar” deb atalgan. Asosiy boylik jamoa boshliqlari, oqsoqollar, sarkardalarni qo’lida to’planib, «gayta» boylik yoki xususiy mulk degan ma’noni anglatadi.
«Avesto»da jamiyat to’rtta asosiy qismga bo’linadi. Uy, oila jamoasi - «nmana», «dmana», urug’ jamoasi - «vis», «qabila», «zantu», qabilalar ittifoqi - «dahiyu» deb atalgan. Vis 15 ta qarindosh nmanadan tashkil topgan.
Visga qizning farzandlari kirmagan. Chun-ki “vis” mutlaqo patriarxal oila bo’lgan. Jamiyat iqtisodiy asosini urug’ jamoasi tashkil etib, ijtimoiy huquqiy vazifani bajargan.
Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra Markaziy Osiyoda davlatchilik-ning shakllanishi 3 davrga bo’linadi.
1-eng qadimgi davr-adolat va insoniy saodat hukmron bo’lgan (Yasna 32)
2-davr ezgulik ruhlari bilan yovuzlik ruhlari o’rtasida adolat uchun kurash.
3-davr - aql-idrok va adolat tantana qiladi va bu davrda dehqonlarning badavlat, davlatning mustahkam bo’lishi uchun yaxshilik ta’limini va sadoqatini amalga oshirib, yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar, adolatli qonunlarni amalga oshirsinlar (Yasna,48).
Zardushtiylik ta’limotida rostlik va haqiqat uch ma’naviy-huquqiy g’oyaga asoslanadi: ezgu fikr, ezgu kalom (so’z), ezgu amal (ish).
«Avesto»da Oila va nikoh munosabatlari quyidagicha tartibga solingan:
15 yoshga to’lganlar balog’at yoshida hisoblangan. Bu o’smirlar zardushtiylikka e’tiqodi ramzi sifatida beliga yung ipakdan to’qilgan kamar bog’lab yurishi va «otashparastlar ibodatxonasida o’tkazila-digan diniy marosimlarda qatnashishi shart bo’lgan» diniy tarbiya bolaning 7 yoshidan otashparastlik ibodatxonasida boshlanadi 1) diniy va ahloqiy tarbiya. 2) jismoniy tarbiya 3) o’qish va yozishga o’rgatishdan iborat bo’lgan.
«Zardushtiy»larda bolalarda axloqiy, aqliy, jismoniy, jin-siy xislarni, rostgo’ylik, vatanparvarlik, sahiylik fazilatlarini tarbiyalashga jiddiy e’tibor berilgan.
O’g’il bolalarga kurash tushish, otga suvlik solish, uni egarlash, mol boqish, urchitish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, ularni yirtqich hayvonlardan himoya qilish uchun 50dan ortiq harbiy qurol ishlata olish malakasini egallash majburiy bo’lgan. Ularga chavandozlik va 32 xil harbiy hunar o’rgatilgan.
Qiz bolalarni tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. qiz bolalarning ip yigirish, liboslar tikish, o’g’il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, qilichbozlik, suvda suzish, kamondan o’q uzish kabi jismoniy-harbiy malakani egallashi majburiy bo’lgan. Ana shundan so’ng qizlar 15, o’g’il bolalar 16 yoshida oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtihondan o’tkazilgan. qizlarga «kadbonu» ya’ni, «uy bekasi», yigitlar esa, «kad xudo»- «oila boshlig’i» bo’lish huquqini qo’lga kiritadilar.
«Avesto»da o’smirlar 15-16 yoshlarida balog’atga yetgan va turmush qurish huquqiga ega deb ko’rsatilgan. Agar erkak zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo’lsa-yu, ammo uylanmasa unga tamg’a bosishar yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur qilishgan. Yer yuzida zurriyotni ko’payishiga qarshi chiqib, turmush ko’rmay yurgan qizni qopga solishib, 25 darra kaltaklashgan. Zardushtiylik dinida erkak kishi sog’lom bo’lishi uchun o’z vaqtida to’yib ovqat yeb yurishi olqishlanadi. Serfarzandlik ham qo’llab-quvvatlangan. Zardusht Axuramazdadan «serfarzand xonadonga nima berasan» deb so’ralganda: u “bunday odamlarni o’z ximoyamga olaman, hayotini farovon, rizqini mo’l qilaman” deb javob beradi.
«Avesto»da qarindoshlarning o’zaro oila qurishi qonun bilan qat’iy man qilingan. Ko’p bolali ayollarga tuyalar berilgan. Bolasi-ni nobud qilgan ayollar esa o’limga mahkum etilgan. Shuningdek oilasini, bolalarini sarson qilgan oila boshlig’iga, zinoga beril-gan erkak va ayolga nisbatan darra bilan kaltaklash yoki o’lim jazosi qo’llanilgan. Bir yo’la 2-3 ta farzand ko’rgan ayolga bir juft sog’in sigir, sariq tuya berilgan, davlat xazinasidan nafaqa to’langan.

Download 99.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling