1 Axborot texnologiyalari


Download 60.25 Kb.
Sana02.06.2020
Hajmi60.25 Kb.
#113429
Bog'liq
akademik


1 Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.

Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.

Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.

Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.

Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.

Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.

Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.

Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.

Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi.

Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.

Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:

  • Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

  • Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.

  • Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.

  • Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.

  • Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish.

.

Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:

Birinchidan, ukitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan ukuv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga kizikishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini ustiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi, talabani ukuv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.

Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:

·muayyan pedmetlarni ukitishda kompyuter darslari;

·kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida;

·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

·talabalarning ukishdan bush vaktlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal yetishda va x.k.

Mexnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va farafonlik darajasini ko’tarish. katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin.

Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari etarli bo’lmasa, butun halq xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayib ro’y berishi mumkin.

Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan..

Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan yehtiyojini qondirishda muxim o’rin tutadi.

Inson axborot olami ichra yasharkan , voqeya xodisalar jarayonlarning bir – biriga aloqadorligini, o’zaro munosabatlari va moxiyatni tashkil yetish ,o’z xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko’pdan - ko’p dadil va raqamlarga murojat qiladi.

Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasi nazariya yesa amalyotsiz mavjud ham bo’lmaydi ,rivojlanmaydi ham.

Zavodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati to’g’risida fikir yuritish yemas, balki jamiyatning axborotga bo’lgan yextiyojini qondirishdagi usul va vositalar to’g’risida tushunchaga yega bo’lishdir .

Mazkur yehtiyoj doim mavjud bo’laveradi va biror -bir axborotli muxit doirasida qondiriladi. «Axborotli muxit» tushunchasiga xozirgi kunda ingformatika masalalarini o’rganishda muxim o’rin yegallaydi. Insoniyatni o’rab tturgan muxit o’z xizmatlariga ko’ra turlichadir – tabiy siyosiy, ijtimoiy, milliy va oylaviy ruxiy bo’lishi munkin. Aniqrog’i bular xar birimiz yash bir butun muxitninig tekisliklaridir.

Mazkur tekisliklarining markazida axborotli muxit turadi va u barcha axborotli odimlarni boshqaradi: voqealikning moddiy axborotli muxitni boshqarish vositalari – yenergetik tamonlarini to’ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.

Axborotli muxitning tabiyatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini o’rganish katta ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildak tuyiladi ammmo ular munosabatini chuqurroq o’rganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa vositalar» o’rtasidagi bog’liqlik xususiyati borligini ko’ramiz.

Jamiyatda odamlar o’rtasidagi aloqa faktori bo’limlar o’rtasidagi «ko’prik» - bu axborotdir. Demak ,bilimni «o’zi uchun» axborotga aylantirish mexanizii axborotli muxitini vujudga keltirishda aloxida o’rin yegallaydi. +adimda axborotli muxit juda qashshoq bo’lib ,u tor doiradagi yeng kerak va chekli ma’lumotlar majmuasidan iborat yedi, bu xol odamlar orasidagi bog’liq doirasini ming yillab chegaralab keladi va odamning jamiyat axborotli muxitidagi xissani kamaytirib yuboradi.

Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo’lib ,uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir.

Oxirgi davrda axborotli muxitda katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana shu o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yesa o’z navbatida, YEXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi. Axborotli muxitning kelajakda inson xayotida o’rni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori bo’lishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar qo’llamini kegaytirish talab yetiladi..

Respublikamizda axborotlashtirish keng yo’lga qo’yilishi bilan undagi xar bir fuqoroga kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaxarlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (teleforin tarmog’i, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga yega bo’lmoqda. Insonning iqsodiy, yekologik, siyosiy va boshqa soxalarda fikirlash doirasining kengayishi axborotli muxitninig sifat va miqdor jixatdan o’zgari ,yangi xusiyatga yega bbo’lgan axborotli muxitning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbig’ yemas, rivojlanishning zarur vositasidir va axborotli muxitning hozirgi rivojlanish darajajasidagi holatini informatikasiz qo’llab bo’lmaydi. Axbortllarni tez, sifatli yg’ish saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati beqiyos yekaniga ishonch hosil qilmoqda. Iqsodiyotning boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munossabatlarga o’tish buxgalteriya xisobini tashkil qilish va olib berishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xisobning xalqaro tizimlarga o’tishi amalga oshirilmoqda bu uning uslubiyatini yangi shakillarini ishlab chiqarishni talab qilad. Buxgalteriya xisobining axborot tizimi va uning kompyuterda ishlab chiqarishning tashkil qilishning ananaviy shakillari katta o’zgarishlarga uchragan. Xisobchidan korxona moliyaviy xolatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviiy taxlil usullarini yegallash, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni bilish bozor jarayonlarida pul mablag’lar investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi.

2 Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.

Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.

Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.

20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.

Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).

80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.

Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).

Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.

Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.

3 Internet o‘z - o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:


  • texnik;


  • dasturiy;


  • axborot.


Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.

Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.

Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.

Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.

Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.

TELEFON LINIYASI ORQALI INTERNETGA ULANISH.

Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.

Telefon liniyasi orqali «CHaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.


Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog‘iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o‘zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo‘lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur.

Agar mobil telefonning o‘zida turib Internetga bog‘lanish yoki undan foydalanish kerak bo‘lsa, u holda Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo‘lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo‘lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi.
Modem tushunchasi va uning vazifasi.

Modem modulyator-demodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.

Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.





Tashqi faks/modem




Simsiz modem




Ichki modem





Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tarog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko‘rsatish. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.

4 Internet halqaro kompyuter tarmog'i... Internet axborot almashish standart qoidalar asosida amalgam oshiriladi . Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP –TRASMISSION CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) dep ataladi.

Kompyuterlarni axborotlarni telefon orqali yubora olishga imkon beruvchi modem deb ataluchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

1992-1993-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli, tasvirli va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) dep nomlangan.

Internet deganda ko’pchilik WWWni tushunadi. Aslida WWW Internetni bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma’nosini anglatadi. WWW multimedia (rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.

WWWning yaratilishiga 1989-yil SHvetsariyadagi Yevropa Yadrovi Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning asosiy maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda WWW Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib qoldi.

WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifalarda joylashadi. Web sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu esa o’z navbatida, reklama, tijorat, ta’lim va boshqa ko’pgina soha vakillariga beqiyos imkoniyatlar berdi. Masalan juda ko’p kinostudiyalar o’z maxsulotlarini reklma qilish uchun Web sahifalar yaratishadi. Mazkur Web-sahifalard, asosan, yangi filmlar haqidagi ma’lumotlar bilan birga, shu filmlardan 1-2 daqiqali parchalaraks ettiriladi. WWW yaratilgunga qadar bunday faqat kinoteatrlar yoki televidenie orqaligina mumkin edi.

Kinoteatr va televideniye orqali namoyishlar belgilangan vaqtga bog’liq bo’lsa, WWW dan hoxlagan kishi xohlagan vaqtda yangi kino haqda to’liq ma’lumotga ega bo’lishi mumkin.

WWWni ommalashshining yana biromilli gipermatndir. Gipermatn Web-sahifaning biron qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog’liqligini ko’rsatuvshi ilova bo’lib, u rasm yoki so’ bo’lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa web sahifaga tez va oson o’tish mumkin.

Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegshli va mazmuniga ko’ra o’zaro bog’langan bir nechta Web-sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Web saytni kitobga, Web-sahifani esa kitobni sahifasiga o’xshatish mumkin. Web-saytdagi Web-sahifalar o’zaro giprmatn yordamida bog’lanadi.

Web-saytlari ham, Web-sahifalari ham Web-server deb ataluvchi internetga ulangan maxsus kompuyuterlarda saqlanadi va o’z adresiga ega bo’ladi. Bu adres URL deb ataladi. URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi. So’ngra web –sahifa joylashgan tarmoq (provayder) adresi (masalan,WWW.uzsci.net), keyin web-sahifa nomi (masalan, rtm) yoziladi. Shunday qilib, misolda keltirilgan web-sahifaning Internetdagi adresi http:// www.uzsci.net rtm ko’rinishidabo’ladi.

Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brouzerlar (Brovser) deb ataladi. Brovser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni ta;minlash, ko’rsatish ma’nosini anglatadi. Birinchi Web-brouzer 1990-yil CERN (yevropaYadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan yaratildi.

Hozirgi kungacha juda kop Web-brouzerlar yaratilgan. Mosaic Opera, Adwiper, Netgape Navicator, Netscape Communicator, Migrosoft Internet Ezplorer va power Brovser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko’p foydalaniladigan Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida brouzerlarda vazifalari foydalaniladigan Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturi asosida brouzerlarda vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.

Web-brouzerlarning asosiy vazifalariquyidagilardan iborat:

· Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko’rish.

· Web-sahifani diskka yozib qo’yish(saqlash).

· WWWdagi adresi bo’yicha Web-sahifani chaqirish.

Internet tarmog’dagi web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli web-sahifa adresini yozib, klavishini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga www.rambler.ru deb yozib, klevishini bossak,bir necha soniyadan keyin ma’lumotlar oynasida rambler.ru web-sahifasi paydo bo’ladi. Huddi shunday ketma-ket bir nechta web-sahifani ochish mumkin.

Uskunalar panelidagi <> va <> amallari yordamida ochilgan

Web-sahifalari bo’ylab harakatlanish, ya’ni oldingi yoki keyingi ochilgan web-sahifaga o’tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko’rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi <> tugmasini bossangiz, web-sahifani internetdan qabul qilish to’xtatiladi va ma’lumotlar oynasida mazkur web-sahifaning o’qib ulguril qismi qoladi.

Internet xalqaro tarmog’i bilan ozirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual borliq kabi tushunchalar ham bevosita bog’langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta’rif berish mumkin emas. Ular badiiy obraz bo’lib, ilmiy tushuncha hisoblanmaydi.

Dunyodagi barch aloqa vositalari bilan bog’langan kompyuter tizmlari, ulardagi axborot, ma’lumoti majmuasi va oqimlarining to’plamiga kibernetik fazo (kiberfazo) deyiladi.

5 ΧΧΙ аср замонадош ёшлар ҳаётига сезиларли ўзгаришлар кириб келди. Ўтган аср болалари мактаб, турли тўгараклар ва спорт марказларига чопган ҳамда вақтини шу каби машғулотлар билан мазмунли ўтказган бўлса, бугунги ёшларнинг қизиқиши бошқача. Энди уларнинг кўпчилиги интернет кафелари, техника воситалари сотиладиган жойлар, компъютер ўйинлари марказларига интилмоқдалар. Улар интернет тармоғига уланиш, янги ахборотларни олиш ва ўзаро дисклар, флешкалар, ахборотларни сақлаш, ташиш воситаларидан имкон борича тез фойдаланишга ҳамда қизиқиши доирасидаги дўстлари билан янгиликларни ўртоқлашишга шошилмоқда. Замонавий технологиялар, бир қанча вазифалар ва қулайликларга эга уяли телефон, интернет, турли мавзулардаги видео-филмлар туширилган дисклар – ҳозирги ёшларнинг диққат марказида бўлиб қолди.

Баъзи ота-оналар фарзандининг ёш бўлишига қарамай, уяли телефон ва интернет тармоқларидан бемалол фойдалана олишини кўриб, хурсанд бўладилар. Бу фарзандларимизнинг интелектуал салоҳиятли бўлишлари учун яхши, албатта. Лекин ота-оналарнинг кўпи болалари телефон орқали нима билан машғул эканлиги билмайди, тўғрироғи, назорат қилмайди. Болакай эса, қўлида телефон, истаган, қизиққан маълумотларини ўртоқларидан кўчириб олиши ва ундан “завқланиши” мумкин. Шу тариқа телефонга тушган ҳар хил бемаъни, ёшига мос бўлмаган маълумотлар ҳам боланинг онгини заҳарламоқда. Бу каби нарсаларнинг асоси эса бу – интернетдир.

Бугунги ҳаётни интернетсиз тасаввур қилиш қийин. Шубҳасиз, интернет давримизнинг энг буюк ихтироларидан бири. Катта-кичик ҳар ким унинг хиз-матларидан фойдаланиши мумкин. Бироқ гап ким қандай фойдаланишига боғлиқ. Ҳозир тўрт-беш яшар бола ҳам компъютердан бемалол фойдалани-ши, эртадан-кечгача “автопойга” ўйнаши ёки “жангари филм иштирокчиси”га айланиши мумкин. Бир қарашда бунинг ёмон жойи йўқдек. Боланинг уқуви кучаяди, кўпроқ ахборот олади. Бироқ бу нарса одат тусига кирса, ноҳуш оқибатларга олиб келиши ҳеч гап эмас.

Интернетга қарамликни шифокорлар аллақачон руҳий касалликлар қаторига киритган. Кўпчилик ушбу касалликка ҳанузгача беписанд қарамоқ-да. Компъютер қарамлиги ичкиликбозлик, гиёҳвандлик каби жиддий касалликдир.

Бир қарашда интернетда почтани текшириш ва ижтимоий тармоқларда мулоқот қилиш, ўйин ўйнаш оддий нарса бўлиб кўринади. Бу каби “хавфсиз” ҳаракатлар қандай қилиб шахснинг таназзулига олиб келиши мумкин? Аслида интернетда кўп вақт ўтказган киши вақт тушунчасидан узоқлашиб бо-ради, яқинлари, дўстлари билан мулоқот қилишни орқага суради ҳамда орга-низмнинг табиий эҳтиёжларини эътиборсиз қолдиради. Вақт ўтиши билан соғлом ҳаёт тарзи ўзгариб, одамнинг руҳияти ва соғлиғига салбий таъсир ўт-казади. Интернетга қарам бўлиб қолган ёшларга виртуал мулоқот ёлғон эр-кинликни, гўёки ҳамма нарсага қодирлик ҳис-туйғусини бахш этади. Айни вақтда реал ҳаётда ҳал этилмаётган муаммолар ва ечилмаган масалалар йиғилиб бораверади.

Интернетга қарамлик оддий касалликларга ўхшаб ўз белгиларига эга: вақт тушунчасига эга бўлмаслик – ярим соат ишлайман деган ният билан ин-тернетга кирган киши аслида ҳар хил сайтларга киравериб, бир неча соат вақт ўтганини сезмай қолади; табиий эҳтиёжларни қондирмаслик – нима бўлишидан қатъий назар, ҳаёт тарзини яхшилаш мақсадида инсон ўз танаси-даги эҳтиёжларга қулоқ солиши керак. Интернетга шўнғиган киши узоқ вақт таом емаслиги, кам ухлаши, ҳатто ҳожатга ҳам чиқмаслиги мумкин. Бундай ҳолатлар жиддий касалликларга олиб келади; ижтимоий ҳаётдан воз кечиш – қизиқарли тадбирлар, йиғилишлар интернет касаллигига дучор бўлган шахс учун зерикарли бўлиб туюлади. Буларнинг ўрнига виртуал мулоқотни афзал кўради. Дўстлари ва яқинлари билан жонли мулоқотни унутади.

Бугунги тезкор ривожланишлар жараёнида ахборот тарқатишнинг энг замонивий ва самарали таъсирчан воситалари кашф этилмоқдаки, улар ол-дида ўқитувчининг маърузалари зерикарли тусга кириб қолди. Ачинарлиси, ахборот тарқатиш воситаларидан берилаётган ахборот ва маълумотлар оқи-ми ёшлар томонидан тўғридан-тўғри “филтрлашсиз” қабул қилиняпти, бу эса улар онгини заҳарлаб, маънавий-ахлоқий дунёсини заифлаштирмоқда. Бунга ўхшаш ҳолатларнинг олдини олиш учун маънавий тарбияни оиладан, яъни боланинг илк тасаввурлари, тушунчалари шаклланадиган даврдан бошлаш мақсадга мувофиқдир.

Буюк аллома Абу Райҳон Беруний шундай деган эдилар: “Илм олиш дастлаб ахлоқий покликни талаб қилади. Шунингдек, таълим ва тарбия бир бутунликни кўрсатади, фақат шу борлиққа амал қилган шогиртлар камолот сари бора олади”.
6 INTERNET – MENING HAYOTIMDA
Tarixdan ma’lumki, har qanday ixtiro, yangilik dastlab kishilar tomonidan e’tiroz bilan qabul qilingan. Har bir kashfiyotning afzallliklari bilan bir qatorda zararlari haqida bahslar uzoq davom etgan. Bizning zamonimizda ham hayotimizga internetning kirib kelishi odamlarni ikki toifaga ajratdi: uni qoralaydiganlar va ijobiy tomonlarini hamma narsadan ustun qo‘yadiganlar.
Yoshlar, o‘quvchilar uning barcha imkoniyatlaridan foydalanishga intilishmoqda. Tengdoshlarim qatori men ham bu ixtironing afzalliklarini hayotimga tatbiq etishga erishayotirman. Chunki o‘z qobig`iga o‘ralib qolganlar hech qachon taraqqiyotga erisha olmaydi. Internetni oqlayotganlarning hech qaysisi uning ma’naviy xuruju tahdidlar makoni ekanligini inkor ham etayotgani yo‘q. Men internetdan oqilona foydalanishni oddiygina qilib pista iste’mol qilishga o‘xshataman. Uning mag`zini qo‘lingiz bilan ajratib yesangiz, ham zararli mikroblardan, ham ora-sira uchrab turadigan qurtlagan mag‘izdan xalos bo‘lasiz. Uning ochofatlarcha suiiste’mol qilish oqibatida ham kasallikka chalinishingiz, ham zararli mahsulotni yeb yuborish hech gapmas. Internetdan ham asl maqsadni aniq bilgan holda, keraksiz va sharm-hayosiz, vaqtni behuda o‘g‘irlovchi saytlardan holi ravishda foydalanish faqat foyda keltiradi.
Asl mavzuga qaytsak. Bugun men va men kabi tengdoshlarim hayotidan Internet qanchalik o‘rin olgan?
Yaxshi bilamizki, haqiqiy inson milliy qadriyatlarini unutmasligi shu bilan birga zamon bilan hamnafas bo‘lib yashashi kerak. Men ham axborot asrining eng ilg‘or odamlariga o‘xshashga intilib internetdan tez-tez foydalanaman. Lekin buning sababi kimlar bilandir behuda suhbat qurish, pulni sovuruvchi o‘yinlar o‘ynash, shunchaki vaqtni o‘tkazish emas, balki bilmaganlarimni o‘rganish, izlanish va yangi-yangi ma’lumotlarni topishdir. Lekin ayrim tengdoshlarimiz, opa-akalarimiz ham borki, xalqaro tarmoqda o‘z axloqsizliklarini bemalol ko‘rsataverishadi.
Men internetdan ko‘pincha o‘tgan mavzularimizga qo‘shimcha ma’lumotlar topish, qiziqarli xabarlarni o‘qish va uni sinfimizga yetkazishni ko‘zlab foydalanishga intilaman.
Bir so‘z bilan aytganda, men internetning qulayliklari va undan maqsadli foydalanish tarafdoriman. Lekin bu gap bilan ertalabdan kechgacha internetda o‘tirib real hayotni unitish kerak, ya’ni odnoklassniki.ru, agent, fasebook, twitter kabi saytlardan foydalanish kerak demoqchimasman. Bunday narsaning o‘z me’yori bo‘ladi. Zero, dono xalqimiz bejiz “Asalning ko‘pi zahar” demaydi.
Download 60.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling