1. Baholar indekslarini va real Yaim ni hisoblash zaruratini asoslab bering


Download 94.4 Kb.
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi94.4 Kb.
#653680
  1   2
Bog'liq
Z0yDp1mIjzDT5VgFHD VLmq8NPg06iY8
Nazorat savollari, Oligopolistik bozor tushunchasi va xususiyatlari, Oligopolistik bozor tushunchasi va xususiyatlari, счетлар режаси-2018, Oligopolistik bozor tushunchasi va xususiyatlari, HISOBVARAQLAR RO, Kurs ishi Biznes moliyasi Uslubbiy qo'llanma, Kurs ishi Biznes moliyasi Uslubbiy qo'llanma, gaznachilik, gaznachilik, istemolchi tanlovi nazariyasi, Korxonalarda innovatsiya Nuriddinova, HBA 60 kurs ishi, Saidov Nodirjon Kurs ishi, Saidov Nodirjon Kurs ishi

15 VARIANT

1. Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering.


2.Iste’mol, jamg‘arish va investitsiya funktsiyalari.

1-SAVOLGA JAVOB.


Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‘laroq milliy iqtisodiyotda juda ko‘p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‘zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
- deflator (Paashe indeksi);
- iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflator ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:

Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa doimiy narxlarda baholaydi.

Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan oshadi, nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o‘sishi natijasida ham oshishi mumkin. Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda:
Qi0– bazis yilda iste’mol savatiga kiritilgan
i – tovar va xizmatlar hajmi;
Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste’mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
- iste’mol savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o‘zgarmaydi;
- iste’mol savatiga faqat iste’mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;

Download 94.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling