1. Банкдаги хисоб-китоблар хисоби Иш хакига нисбатан ижтимоий соликлар хисоби


Download 26.78 Kb.
bet1/3
Sana04.01.2023
Hajmi26.78 Kb.
#1077979
  1   2   3
Bog'liq
3-v


3-вариант
1. Банкдаги хисоб-китоблар хисоби
2. Иш хакига нисбатан ижтимоий соликлар хисоби.
3. Бухгалтерия баланси ва уни таркиби.
Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablagMarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110-“Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
Pul o‘tkazish yo‘li bilan (naqd pulsiz) hisob-kitoblar bo‘yicha inablag‘lar:
. ishlar, tovarlar, xizmatlar uchun haq to‘lash;
. qarz va kreditlar;
. ustav fondiga hissalar va hokazolar tarzida kelib tushadi.
. naqd pul mablagMari hisobraqamga korxona kassasidan;
. naqd pul tushumi qabul qilinganidan keyin;
. ish haqini deponentlash, pul mablag‘larini hisobdor shaxslardan qaytarish va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarda kelib tushadi.
5110-“Hisob-kitob schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) bo‘yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablagMarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. Korxona o‘zining hisobraqami bo‘yicha barcha operatsiyalarni shaxsiy hisobvaraqning holatiga doir ko‘chirmalar yordamida tekshirishi
mumkin. Bu bank taqdim etadigan ko‘chirmaning odatdagidek qog‘oz shakli ham, elektron hujjat ham bo‘lishi mumkin. Korxona tanlagan bank hisobraqamiga xizmat ko‘rsatish tizimidan qat’iy nazar, ko‘chirma bank tomonidan hisob-kitob raqami bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilgan har bir kun uchun qog‘oz shaklida beriladi. Bank operatsiyalarni o‘tkazishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari ko‘chirmaga ilova qilinadi. Pul mablag‘lari harakatini aks ettirganda buxgalteriya hisobida hisobvaraq debeti bo‘yicha qoldiq va kirim, hisobvaraq krediti bo‘yicha - chiqim hisobga olinadi. Pul mablag‘lari harakatini aks ettirganda buxgalteriya hisobida hisobvaraq debeti bo‘yicha qoldiq va kirim, hisobvaraq krediti bo‘yicha - chiqim hisobga olinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi hisob kitob schyotidan ko‘chirma va unga ilova qilingan hujjatlami har tomonlama tekshirgandan so‘ng, hujjatlar qayta ishlanadi. Buxgalteriya hisobining jumal-order shaklini qodlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisobkitob schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar 2-jurnal-orderga, dcbeti bo‘yicha yozuvlar esa 2-vedomostga yozib boriladi. Jumal-order va vedomostga yozuv bankdan olingan ko‘chirma va unga ilova qilingan hujjatlar asosida yoziladi. Jumal-order va vedomostning oylik jami summasi “Bosh kitob”ga ko‘chiriladi. Chet el valyutasi deganda 0 ‘zbekiston milliy valyutasi - so‘mdan farq qiladigan har qanday valyuta tushuniladi. Korxonalarga bir bankda - muayyan chet el valyutasida faqat bitta valyuta hisobvarag‘ini ochishga ruxsat berilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”;
5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag‘larining
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o‘tkazilgan summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha
olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” schyotlari bilan bogiangan holda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli hamda hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
2. ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar.
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq to‘lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Ushbu Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi.

Download 26.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling