1. Bazidiyali zamburug’lar askali zamburug’lardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?


Download 9.61 Kb.
Sana02.07.2020
Hajmi9.61 Kb.

.

Nazorat savollari.-3


 1. Bazidiyali zamburug’lar askali zamburug’lardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

 2. Bazidiyali zamburug’larning qaysi organi askomitsetlarning organlariga o’xshash?

 3. Xolobazidiyamitsetlar kenja ajdodi mansub ekzobazidium zamburug‘i qaysi o‘simliklarda parazitlik qiladi?

 4. Gasteromitsetlarning qanday ekologik guruhlari bor?

 5. Qorakuya zamburug’ining tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi?

 6. Zang zamburug’ining tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi.

 7.Takomillashmagan zamburug’larning mitseliysi qanday tuzilgan?

 8.Takomillashmagan zamburug’larning ko‘payishi.

 9.Vertitsillium zamburug‘ining konidiyasi qanday tuzilgan?

10. Fuzarium zamburug‘ining tarqalishi

Javoblar:
1.Bazidiomitsetlarning vegitativ hayoti davomidagi mitseliylari doimo qo‘sh yadroli, ya’ni dikariotik holatda bo‘lib, faqatgina bazidiya hosil bo‘lishi paytidagina kariogamiya amalga oshadi. Buning uchun oddiy mitseliylarida «tamg‘a» shaklidagi maxsus o‘simtalar yuzaga kelib, qo‘sh yadrolar bo‘linadi va hosil bo‘lgan 4 ta yadroning 2 tasi tamg‘aning pastki qismiga o‘tadi va yuqoridagilardan to‘siq bilan ajraladi. Yuqorida qolgan ikkala yadro o‘zaro qo‘shilib (kariogamiya), keyin ketma-ket 2 marta bo‘linadi. Natijada 4 ta yadro hosil bo‘ladi. Ushbu yadrolar joylashgan hujayra kengayib, bazidiyaga aylanadi va uning ustida to‘rtta o‘simta shakllanib, yadrolar ularga o‘tadi. Ushbu hosila esa bazidiospora deb ataladi. Bazidiya va bazidiosporalar to‘g‘ridan-tug‘ri mitseliylarning o‘zida yoki meva tanadagi maxsus mitseliylarda hosil bo‘lishi mo‘mkin. Yuqorida ko‘rsatilganlardan ko‘rinib turganidek bazidiomitsetlarning gaploid fazasi juda qisqa bo‘lib, faqat bazidiyalarini va bazidiosporalarini o‘z ichiga oladi. qolgan paytlarda ular diploid (dikarion faza ham diploid hisoblanadi) holda bo‘ladi.

2.Bazidiomitsetlar ham Askomitsetlar singari yuksak zamburug‘lar hisoblanib, mitseliylari yaxshi rivojlangan va ko‘phujayrali. Jinssiz ko‘payishi konidiyalar yordamida amalga oshadi.

Bazidiyalar orasida xaltachali zamburug‘larnikiga o‘xshash parafizalar va biroz yirik hamda balandroq, sistida deb ataluvchi maxsus hujayralar ham bo‘lib, ular gimeniyni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi.

Xaltachali zamburug‘larning askogon gifalarida yuzaga keladigan jinsiy jarayonning borishi bilan bazidiyali zamburug‘larning bazidiya va bazidiosporalarini hosil bo‘lishida birqator o‘xshashliklar bor.

3.Ekzobazidiyalar qabila vakillari juda kam miqdordagi turlarga ega bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida deyarli uchramayd

4 .Gastromitsetlarning tipik vakili sifatida deyarli hamma joyda keng tarqalgan yer hinasini (Bovista) ko‘rsatish mumkin. Yer hinaning yosh meva tanasi oppoq rangli dumaloq shaklda bulib, ustki qismi ikki qavat peridiy (endoperidiy va ekzoperidiylar) bilan qoplangan bo‘ladi. Pishib yetilgach esa qo‘ng‘ir-qoramtir rangga kirib, qalin ekzoperidiysi yoriladi va yupqa parda shaklidagi endoperidiysi qoladi. Tashqi ta’sirlar yordamida endoperidiy osongina yirtilib, uning ichki massasi changiyotgan tuproqqa o‘xshab atrof muhitga tarqaladi. Yer hinasining ayrim turlarini yoshlik paytida istemol qilsa bo‘ladi. Dala va o‘rmonlarda keng tarqalgan yana bir vakili yer yulduzi (Geaster) deb ataladi. Ushbu vakil ham yosh davrida xuddi yer hinasiga o‘xshab ketadi. Lekin pishib yetilgach ekzoperidiysi yoriladi va ustki tomonidan qaralganda xuddi yulduzga o‘xshab qoladi. Teliobazidiomitsetlarning bazidiyalari maxsus, ozuqa moddaga boy bo‘lgan qishlovchi teliosporalardan hosil bo‘lib, ko‘pchilik vakillarida to‘siqlar bilan ajralganligi sababli to‘rt hujayradan iborat. Barcha vakillari obligat parazit holda hayot kechirib ikkita qabilaga bo‘linadi.

Zang zamburug‘lar qabila - Uredinales

Zang zamburug‘lari o‘simliklarning harxil organlarida parazitlik qilib, meva tanalar hosil qilmaydi.

5.qorakuya massasining hosil bo‘lishi asosan boshoqda amalga oshadi. qorakuya massasi mitseliyning harbir hujayrasidan hosil bo‘ladigan xlamidospora yoki teliospora deb ataluvchi, zang zamburug‘larining teliosporalariga o‘xshash ozuqa moddaga boy va qalin qobiqli qishlovchi stadiyasi hisoblanadi. Faqat qorakuya zamburug‘larida ushbu sporalarni qop-qora rangdaligini hisobga olib «qorakuya sporalar» deb nomlanadi. qorakuya massasi butun boshoqni yoki ayrim donlarni to‘liq egallab olgan bo‘ladi. Odatda qorakuya sporalari tuzilishi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ko‘pinchalik ular dumaloq shaklda bo‘lib, ustki qismi g‘adir-budir bo‘ladi. Ustki qismining noteks bo‘lishi esa ularni o‘simliklar ustida o‘rnashib olishini osonlashtiradi. qorakuya sporalarini tarqalishi va o‘simliklarni kasallantirishi harxil turlarda o‘ziga xos amalga oshishini hisobga olib 3 xil tipga ajratiladi.

6.Zang zamburug‘lari o‘simliklarning harxil organlarida parazitlik qilib, meva tanalar hosil qilmaydi. Ko‘pinchalik o‘simliklarning kasallangan organlarida zangga o‘xshash sarg‘ish-qo‘ng‘ir dog‘ hosil bo‘lganligi sababli ushbu zamburug‘larning nomini «zang zamburug‘lari» deb atalgan. Boshqa zamburug‘lardan farq qiladigan yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning gaploid va diploid holda o‘tadigan rivojlanish siklida ketma-ket birnecha xil sporalanish yuzaga keladi. Kasallantiradigan o‘simligiga nisbatan esa barcha sporalanish stadiyalarini bitta o‘simlikda o‘tkazadiganlarga, ya’ni bir xo‘jayinli obligat parazitlar (masalan, kungaboqardagi Puccinia helianthi); va rivojlanish stadiyalari harxil o‘simliklkrda o‘tadigan, ya’ni ko‘pxujainli obligat parazitlarga (masalan, bug‘doyning chiziqli zang zamburug‘i Puccinia graminus) ajratiladi. Shuningdek ushbu zamburug‘lar to‘liq (hamma rivojlanish stadiyalarini qaytaruvchi) yoki qisqargan holda rivojlanuvchi bo‘ladi. T

7.Takomillashmagan zamburug’lar zamburug’lar tipining eng yirik ajdodlaridan biri hisoblanadi. Hozirga qadar ma’lum bo’lgan zamburug’larning 300 ga yaqin turi shu ajdodga mansub. Bular yuksak zamburug’lar hisoblansa-da, lekin na aska, na bazidiosporalar hosil qilmaydi. Ular faqat konidiylar hosil qilish yo’li bilan ko’payadi. Ularda yadro fazalari almashinuvi sodir bo’lmaydi. Butun rivojlanish sikli gaploid stadiyasida o’tadi. Takomillashmagan zamburug’lar faqat jinssiz yul bilan ko’payganligi tufayli konidiyasporalardan vujudga keladigan zamburug’ning kelgusi avlodlari toza leniya shaklida rivojlanadi va bir-biridan umuman farq kilmasligi kerak edi. Lekin tabiatda takomillashmagan zamburug’larda bu xol umuman ko’zatilmaydi. Chunki, ular nihoyatda O’zgaruvchanligi va turli- tumanligi tufayli yer yuzining har xil ekologik sharoitlarida keng tarqalgan. Shunga qo’ra, takomillashmagan zamburug’larning mitseliysi geteroqarpik xususiyatiga ega bo’lib, ularda har xil genetik xususiyatga ega bo’lgan yadrolar joylashgan bo’ladi. Geteroqarpik mitseliyning rivojlanish davrida muhit sharoitlariga bogliq holda u yoki bu yadro son jihatidan o’zgarishi va shu tariqa zamburug’ning bo’lajak avlodi o’zgargan muhit sharoitiga to’liq moslashishi mumkin.

8.Takomillashmagan zamburug‘larning ko‘payish va ularning muhim vakillari usullari

Takomillashmagan zamburug’lar konidial apparatning shakli va tuzilishiga qo’ra uchta qabilaga bo’linadi.

1. Gifomitsetlar - (Hyphomycetales) Ularda konidiya saqlovchi hujayralar bittadan bo’lib, mitseliyda bitta yoki bir nechta uncha katta bo’lmagan koremiya deb ataluvchi konidiya boglami shaklida hosil bo’ladi.



2. Melyankoniyalar (Melanconiales). Konidiya saqlovchi hujayralarning gemineylar tipida tuqilgan giflari o’sishda bir necha qavatli to’plam hosil qiladi.

3. Speropsidlar (Sphaeropsidales). Konidiya saqlovchi hujayralar piknid deb ataluvchi yumaloq yeki tuxum shaklidagi o’rindikda joylashgan bo’ladi.
Download 9.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling