1. Biosfera haqida tushuncha. Biosferada modda va energiya almashinuvi


Download 12.45 Kb.
bet1/4
Sana29.01.2023
Hajmi12.45 Kb.
#1139287
  1   2   3   4
Bog'liq
Narzullayeva Muxlisa 201


BIOSFERA UNDA MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI. NOOSFERA-BIOSFERANING YANGI SIFAT HOLATI.
Reja:

1. Biosfera haqida tushuncha.

2. Biosferada modda va energiya almashinuvi.

3. Atrof muhitga tirik organizmlarning moslashuvi.

4. Noosfera – biosferaning yangi sifat holati.

Biosfera haqida tushuncha. Yerning tirik organizmlar va biogen cho'kindi jinslar tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernadskiy V.I. (1920) (grekcha "bio" – hayot, "sfera" - shar) deb nomlagan. Katta tabiatshunos olim J.B. Lamark birinchi marta «Biosfera» atamasini fanga kiritib, uning asol ma'nosini hayot tarqalgan joy va Yer yuzasida bo'layotgan jarayonlarga tirik organizmlar ta'siri, deb ifodalaydi. Avstraliyalik geolog olim Y.Zyuss 1875 yili Lamarkdan keyin «Biosfera» atamasini ikkinchi marta fanga kiritadi va Yerda tarqalgan maxsus qobiq deb izoh beradi.

Biosfera erda hayot paydo bo'lgandan beri to'xtovsiz rivojlanib kelmoqda. Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig'i hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi. Biosferaga faqatgina erning qobig'ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan, balki qadimgi davrlardan organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan litosferaning bir qismi ham kiradi.

XX asr boshlarida rus olimi, geolog V.I. Vernadskiy geoximiya, biogeoximiya va radiogeologiya tadqiqotlari asosida biosfera ta'limotnni yaratadi. 1926 yilda olimning «Biosfera» nomli kitobi chop etilgan. Undagi izoh bo'yicha biosfera – bu sayyoraning hayot rivojlanayotgan qismi va bu qism doimo tirik organizmlar ta'siridadir.
Biosfera o'z ichiga atmosferaning quyi katlamlari ya'ni troposferaning (10-15) km gacha ba'zan 20 km balandlikdagi stratosfera qatlamida tinim holidagi chang dalachalari, o'simlik urug'lari, spora holidagi mikroorganizmlar uchrashi hisobiga qamrab oladi.

Yer yuzasi qattiq qobiq litosferadan iborat bo'lib, uning qalinligi odatda 30/60 bazan 100-200 m va undan ortishi mumkin. Keyingi yillarda shunisi ma'lumki, 4500 m chuqurlikdagi neft haydovchi suvlarda mikroorganizmlar uchrashi kuzatilgan.


Download 12.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling