1. biotsenoz (bio… va yun koinos umumiy) shartsharoiti bir xildagi muhitga moslashib olgan va bitta joyning uzida birga yashaydigan barcha organizmlar


Download 23 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi23 Kb.
#112012
Bog'liq
Nasriddinova Nafisa 204. 4 seminar


1.BIOTSENOZ (bio… va yun. koinos — umumiy) — shartsharoiti bir xildagi muhitga moslashib olgan va bitta joyning uzida birga yashaydigan barcha organizmlar. Biotsenozda yashaydigan oʻsimlik hamda hayvonlar doim bir-biriga maʼlum munosabatda boʻladi. Ularning shu munosabati hayot kechirish sharoitiga ham taʼsir kursatib turadi. Biotsenoz u mumiy tabiiy kompleks — biogeotsenozning bir qismidir. Odamking xoʻjalik faoliyati Biotsenozni oʻzi uchun foydali tomonga qarab oʻzgartirishi mumkin. Turlar urtasidagi munosabatlarning ikki va undan koʻp tur uchun qulaylik tugʻdiradigan xili oʻzaro yordam deyiladi. Maye, hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklar changni bir usimlikdan ikkinchi usimlikka olib oʻtadigan va shu bilan oʻsimliklarning chetdan changlanishini taʼminlaydigan hasharotlarga muhtojdir. Boshqa hollarda turlar orasidagi munosabatlar uzaro qaramaqarshi tarzda buladi. Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlarni yeydi. Ikkala tur tashqi muhitning bir xildagi shartsharoitidan foydalansayu, usha shartsharoit miqdori cheklanib qoladigan boʻlsa, bunday turlar oʻzar o raqobat tarzidagi munosabatga utadi. Maye, Usimliklar yorugʻlik va tuprokdagi mineral moddalar uchun raqobat qiladi. Mikroblardagiantibioz qaramaqarshi munosabatlarning uziga xos shaklidir. Birga hayot kechirishning boshqa shakllari ham bor. Maye, simbioz, parazitizm. Biotsenozni oʻrganish amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

2.Biota deb, ma’lum bir joy yoki hududdagi barcha tirik organizmlar (o’simliklar, hayvonlar va turli mikroorganizmlar)ning birgalikda yashashiga aytiladi. Biota monitoringi tashkil qilishda ma’lum joyda doimo muqim o’sadigan o’simliklar mavjud joyni tanlash ijobiy natija beradi. Bunga sabab shuki o’simliklar qoplami juda ko’p narsaga asos bo’ladi, hashorotlar, qushlar va hayvonlarning ko’pgina turlari ham ma’lum bir arealda yashab, oziqlanishi natijasida alohida bir o’simliklar turiga o’rganib qoladi. Bundan tashqari tanish o’simliklar, hashorotlar, hayvonlar va qushlarda kuzatishni uzliksiz olib borish ham oson kechadi. Biotani baholashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

-organizmlarning ko’p sonli ekanligi (maydon birligi hisobiga);

-tez uchrashi (joydagi bir turning umumiy turlar soniga ko’ra, foiz hisobida);

-serhosil va sermahsul dominant turlar miqdoriga ko’ra.

Monitoring kuzatishlari o’simlikda olib borilar ekan, bargning morfologik belgilariga, poyalaridagi po’stloqlari, bargi, gullarida har-xil ranglarning, shuningdek vegetativ va generativ organlarida turli noma’lum ta’sirlar yordamida o’zgarishlar paydo bo’lishiga (o’suv kurtaklarning nobud bo’lishi, novdalarning shoxlanishida o’zgarishlarning yuz berishi) qattiq e’tibor berib boriladi.

POPULYATSIYANING TUZILMASI

Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasini esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum hududga bog’liqlik darajasi, tabiiy to’siqlarni engib o’ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi.

Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo’shilishi bilan, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin.

Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi, nobud bo’lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi.

Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi, nobud bo’lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi.

O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi. Fitotsenozdagi muayyan turlarning, har xil holatlardagi individlarning yig’indisi tsenopopulyatsiya deb ataladi. Uni agar gulli o’simliklar misolida ko’radigan bo’lsak, unga tuproqda (yoki uning yuzasida) o’z hayotchanligini yo’qotmagan urug’lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi.

T.A.Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklarning hayotini quyidagi asosiy yosh davrlariga ajratadi:

T.A.Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklarning hayotini quyidagi asosiy yosh davrlariga ajratadi:

a) Latent davri. Bunda o’simlik spora, urug’ yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o’simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug’i hayotchanligini 3-4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba’zi bir begona o’t o’simliklar esa urug’ining hayotchanligini bir necha o’n yillab saqlay oladi. Tuproqda turli o’simliklarning ko’p sondagi urug’larini topish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili yangi urug’lar tuproqqa tushib turadi.

Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi :

Turning umumiy biologik sistema ichidagi biotik munosabatlar va uning abiotik omillarga bo’lgan talabi, turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa joyi-nishasi deb aytiladi.

Ekologik joy-nisha tushunchasi ancha keng, ya’ni makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joy nisha; trofik nisha; ko’p gomerli yoki giper hajimli nisha kabilar tushuniladi



Biotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o'rtasidagi ko'p biotik munosabatlar — ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biosenoz ichidagi hayotiy o'rnini aniqlaydi.
Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling