1. Biz bu yerlarga ekin ekib, uni unumdor yerga aylantirish istagidamiz


Download 6.6 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi6.6 Kb.
#507036
Bog'liq
Fonetika.Morfemika
writing down advantage and disadvantage essays(1-u), writing down advantage and disadvantage essays(1-u), writing down advantage and disadvantage essays(1-u), Bloksxemabu Algoritmni geometric figuralarorqalitavsivlash Al, fffffddd, GLОSSАRIY, Davurov Abduraxmon, Davurov Abduraxmon, Davurov Abduraxmon, Davurov Abduraxmon, Davurov Abduraxmon, Мирзажонов Тулкинжон, ingliz tili taqdimot, 46575 3, O’zbek tilida so`zlarning shakl va ma’no muno

1. Biz bu yerlarga ekin ekib, uni unumdor yerga aylantirish
istagidamiz.
Berilgan gapda so’z yasovchi ko’makchi morfemikalar soni?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta
2. Bir mahal bola yig’ladimi yo tashqaridan shamolning
gurullashi aralash dahshatli bir faryod qulog’iga kirdimi
anglay olmadim.
Berilgan gapda nechta fonetik hodisa sodir bo’lmoqda?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
3. O’ynatmagandi so’zida nechta morfema mavjud?
A) 7 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
4. Berilgan atamalarda yaratuvchilik tuyg’usi yo’q.
So’z yasovchi qo’shimcha miqdori?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
5. Yasma fe’l berilgan qatorni aniqlang.
A) quvlamoq B) o’qib tashladi
C) cho’qilamoq D) tinchimoq
@UZTILIM @UZTILIM
6. Umri. .. mazmuni... millat... dardi .. darmon bo'lish... iborat
deb bilgan Amir Temur xalqimiz. . . ardoqli, ulug‘ farzandidir.
Berilgan gapda nuqtalar o‘rnida qaysi kelishik(lar) qo'shimchasini
qo'llab bo‘lmaydi?
1) qaratqich kelishigi; 2) tushum kelishigi; 3) jo'nalish kelishigi;
4) o‘rin-payt kelishigi; 5) chiqish kelishigi
A) 4 B) 3 C) 1, 3 D) 2 , 5
7. Qaysi gapda yasalish asosi yasama sifat bo‘lgan ot ishtirok
etgan?
A) Garchi bu ishga o‘ta sezgirlik bilan yondashgan bo'lsa ham,
natijasidan biroz cho‘chib turardi.
B) Bo‘ron tinimsiz guvullab turganida yonginadagi arava tagidan
o‘tib, Zavrak bilan Zulfiqor emaklab kirib kelishdi.
C) Eshkakchilar ham ajablanib, bola ko‘rsatgan tomonga qarashdi.
D) U qisiq ko‘zlari bilan dengiz ufqiga boqar ekan, shodligini
yashirolmay toqatsizlanayotgan bolaning holatini ham sezib
turardi.
8. Qaysi qatordagi so’zda tor unli so’z yasovchi vazifasida
kelmagan?
A) qishloqi B) jannati C) boyimoq D) qishlog’i
9. Quyidagilardan qaysi biri yasama so’z hisoblanmydi?
A) erta-indin B) olib kelmoq C) sheryurak D) savalamoq
10. Dangasa va yalqov inson sanoqda bo’lmaydi.
Qanday qo’shimcha mavjud emas?
A) so’z yasovchi
B) ismlarning lug’aviy shakli
C) Ismlarning sintaktik shakli
D) Fe’llarning munosabat shakli
@UZTILIM @UZTILIM
Download 6.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling