1. Bo’lim Jumlalar… Atrofim minglab jumlalarga to’la. Balki da millionlarcha. Ibodatxona, mayonez, anor
Download 23.02 Kb.
|
ichimdagi musiqa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Bo’lim Suhbatlasha olmayman, yurolmayman, o’z holimga ovqat ham yeyolmayman xatto hojatxonaga kirolmayman. Ming la’nat.
1.Bo’lim Jumlalar… Atrofim minglab jumlalarga to’la. Balki da millionlarcha. Ibodatxona, mayonez, anor. Mississipi, napolitan, suagrayi. Ipak, qo’rquv, rang-baranglik. Qitiqlamoq,askirmoq,tilaklar,andisha. Kalimalar qor donachalaridek atrofimda uchmoqda. Yakka yakka, nozik, yerga yetmasdan hovuchimda erib yo’q bo’lyapti. Ichimda katta bir uyum holida birikib yig’iladilar. Bir biriga o’tmish o’ylari, maqol va dostonlardan tog’lar, zukko ifodalar, hazillar, ishq kuylari… Juda kichkina, balki hali endi bir necha oylik paytim-kalimalarni, menga ikrom qilingan mazali ichimlikka o’xshatar va huddi limonad kabi ichardim. Go’yoki ta’mini farqlardim. Qorishiq fikrlarim va tuyg’ularimga bir ma’no yuklagandek bo’lardi. Dadam va onam suhbatlari oarsida doim kelib meni o’rab olishardi. G’iybatlar va mijg’ovliklar. Kalimlar va tovushlar. Dadam menga qo’shiqlar kuylar, onam esa kuch beruvchi kalimalar shivirlardi qulog’imga. Menga- yoki men haqimda aytilayotgan- har jumlani o’rgandim, saqladim va sira unutmadim. Sira unutolmadim. O’y-fikrlarni ajratib mulohaza qilish qanday bo’ldi buni bilmayman, ammo o’z-o’zidan bo’ldi. Ikki yoshni qarshilaganimdan beri atrofimda bo’layotgan hodisalarda so’ylanayotgan jumlalar ma’no kasb eta boshlagandi. Ammo faqat miyamning ichida.Shu onga qadar atiga bir jumla bo’lsada gaplashmadim. Mana hozir 11 yoshidaman. 2.Bo’lim Suhbatlasha olmayman, yurolmayman, o’z holimga ovqat ham yeyolmayman xatto hojatxonaga kirolmayman. Ming la’nat. Qo’llarim, bilaklarim ming urinmay darmonsiz, ammo masofadan boshqarish pulti tugmachalarini bosishim yki nogironlar aravachamning qo’l dastaklarini ushlab, stulimni harakatlantirishim mumkin. Lekin qoshiq yo qalamni tushirmasdan tutolmayman.Muvozanatim o’z nazoratini yo’qotgandek,hatto oddiy o’yinchoq ham harakatlarini mendan yaxshi boshqara oladi. Insonlar menga qaraganida jingalak, qisqa, qahvarang sochlari bilan pushti g’ildirakli kursisida o’tirgan bir qiz ko’rishadi. Bu o’rinda pushti g’ildirakli kursining hecxh qanday sevishga arzirli tarafi yo’q. Rangining oushti ekanligi hech narsani belgilab berolmaydi. To’q qahvarang ko’zli, sarosimali bir qizni ko’radilar. Qo’shimcha ravishda ko’zlarining birisi biroz g’ilay. Boshi ham biroz titrovchan. Ba’zan so’lagi oqib turgan bo’ladi. O’n bir yoshli qiz uchun ortiqcha tartibsizlik. Oyoqlari ehtimol hech yurmaganligi bois ingichka. Uning tanasi tamoman o’z-o’zidan harakatlanishga odatlanib qolgan. Ba’zan oyoqlari tasodifan tepkilar bera boshlaydi, shaklu-shamoyi go’zal yaratilgan ammo beparvolikni xush ko’radigan qo’li yonida nima bo’lsa tahlika ostida; cd disklar to’plami, bir kosa sho’rva va yoki gul to’la vaza… Menga termulayotgan odamlar muammolarimning uzun ro’yhatini tuzib bo’lgandan keyingina ehtimol chiroyli tabassumim va yuzimdagi kulgichlarimni farqlashga vaqt topishar. Meningcha, kulguchlarim juda muhtasham. Mittigina oltin ziraklariom bor. Gphida odamlar mendan ismimni so’rashni unutib qo’yishadi ammo ismim muhim! Mening ismim Melodiy. Men o’tmishni, juda kichik paytlarimni xotirlay olaman. Tabiiki, o’zimning haqiqiy xotiralarimni dadamning kamerasiga olingan videolardan farqlab olishim biroz mushkul. Ularni million martalab tomosha qilganman. Onamning meni tug’ruqxonadan uyga olib kelishi, yuzida g’amli tabbasum, xavotirdan qisilib ketgan ko’zlar… Melody, mittigina vanna ichida. Qo’llarim va oyoqlarim shunchalar kichik ko’rinardiki. Na qimirlata olaman, na da suv sachrataman. Melody, xonasidagi divan ustiga adyol bilan yaxshigina o’rab qo’yilgan, atrofi yostiqchalar bilan himoyalangan, yuzida mamnuniyat ifodasi… men go’dak chog’imda ko’p yig’lamasdim, bunga onam ham qasam ichishi mumkin. Hammomdan chiqqach onam meni lasyon bilan massaj qiladi. Lavanta hidini haligacha his qilaman. Keyin esa u meni kichkinagina qalpoqchali sochiq bilan artadi va o’rab bir burchakka ilib qo’yadi. Dadam menga ovqat yedirayotib, kiyimlarimni almashtirayotib va hatto uxlayotganimda ham videoga olgan ekan. Har holda katta bo’lganim sari o’tirib-turishimni, yurishimni u id qilgan edi. Hech birini qilmadim. Lekin borliqni anglab yetardim. Hidlarni, ovozlarni, ta’mlarni ajratishni boshladim. Choynakning qaynash sasi va xushtak chalishi, uy isib ketganidagi axlatning nordon hidi… Tomog’imning orqa qismida aksa urish istagi. Va musiqa. Ular mengacha yetib keldi va menda qoldi. Allalar uxlashdan oldingi yoqimli hidga qorishib men bilan uxladi. Bu uyg’unlik yuzimni kuldirardi. Huddiki hayotimning orqa fonida biron bir musiqiy voqea sodir bo’layotgandek edi. Ranglarni tinglardim va musiqa bilan birga kelgan tasvirlar hidini farqlardim. Onam klassik musiqani yoqtiradi. Butun kun davomida cd disklardan Bethovenning ulug’vor, ta’sirchan simfoniyalari yangrab turadi. Bu qismi menga doim moviy yorqin samolarni eslatadi va men yangi bo’yoq hidini his qilaman. Otam esa jazzni yaxshi ko’radi. Har gal imkon topishi bilan menga bir ko’z qisib onamning Mozart disklari o’rniga Miles Devis yoki Woody Germanni qo’yadi. Menga qolsa jazzning rangi jigarrang va qorong’I, hidi esa nam va iflos. Balki otam jazzni onamning g’azabini orada bir qitiqlab turish uchungina sevar. Har safar otamning musiqasi sadolari butun oshxonani zabt etarkan ‘’bu kuy meni ado qiladi’’ deya qichqiradi onam. Otam esa oldiga borib, qo’lini muloyimlik bilan silaydi, sekin ehtiyotlab quchadi. U esa qoshlarini burishtirishdan to’htaydi. Ammo otam xonadan chiqar chiqmas klassik musiqa ovozini yoqib yuboradi. Sababini bilmayman ammo men doim kountry tinglashni sevaman. Yuqori ovozli, gitara og’irligidek, singan qalblar musiqasi. Kountry limon ma’nosini anglatadi ammo nordon emas, shirin nordon. Ko’pirtirilgan qaymoqli limonli pirojni, yangi va salqin limonad! Limon, limon, limon! Eng sevganim. Bolaligimda onam nonushta qildirarkan, radyoda bir kuy eshitishim bilanoq qiyqiriq otganim hamon yodimda. Mana aytib beraman; Elvira, Elvira Ichim yonyapti, Elvira Qani uum pappa umm pappa mov mov Qani uum pappa umm pappa mov mov Afsuski, kumushim juda olislarda Bu kuyning so’zlari va ritmini qanday bilishim mumkin. Hech bir fikrim yo’q. qandaydir tarzda miyamga saqlanib qolgan bo’lsa kerak. Balki biror radio yoki televizor dasturidan. Hullas o’rindig’imdan yiqilishimga sal qolgandi. Yuzimda ming xil burishiqlar paydo qilib radyoni ishoratlayotgandim. Men shu qo’shiqni yana tinglashni istagandim lekin onam meni aqldsan ozgan sanab hayron qarab turardi. Meni haligacha nima xohlashimni farqlay olmaydigan onam, Oak Ridge Boysning ‘’Elvira’’ qo’shig’ini yoqtirganimni qayerdan ham bilardi ki? U kuy yangrarkan, limon rangdagi notalardan yangi kesilgan limon hidini tuyganimni ifodalashning biror imkoni yo’q edi. Qanidi bir dona rasm chizadigan cho’tkam bo’lsa… Ex! Qanday chiroyli rasm bo’lardi. Ammo onam boshini egib og’zimga olma pyuresi tiqishtirishda davom etayotgan edi. U bilmagan ko’p narsa bor edi. Hech narsani unutolmaslik aslida yoqimli tuyg’u, hayotimning har oni kichkina miyamga joylashgan. Lekin asablarimni buzadigani va eng alam qiladigani men ularni hech birini hech kimsa bilan bo’lisha olmayman. Ahmoqona narsalarni eslayman, tomog’imga o’rnashib qolgan jo’xori moyi hissi, tishlarim orqasida chala yuvilib qolib ketgan tish pastasining ta’mi. Orqa fonda ertalabgi habarlar e’loni va Download 23.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling