1-boshlovchi: O’zbekning salomi qaynoq qalbiday, Unda shukrona bor, ma’no kalom. Qo’lim ko’ksim uzra tutib barilla, Men ham sizga deyman- salom, assalom. 2-boshlovchi


Download 11.91 Kb.
Sana03.08.2020
Hajmi11.91 Kb.

Aim.Uz

,,

1-boshlovchi: O’zbekning salomi qaynoq qalbiday,

Unda shukrona bor, ma’no kalom.

Qo’lim ko’ksim uzra tutib barilla,

Men ham sizga deyman- salom, assalom.



2-boshlovchi: Salomdan boshlanar har bir qalbga yo’l,

O’zbek deganiga bu aziz kalom.

Men ham o’zbek axir, zo’r shukuh bilan,

Qo’lim ko’ksim uzra deyman assalom.



1-boshlovchi ;Assalomu alaykum kelajak poydevori sanalmish o’quvchi yoshlarni tarbiyalayotgan ustozlar, haurmatli mehmonlar.

2-boshlovchi: Assalomu alaykum , ilm olishda hormay ter to’kayotgan, o’zining kelajagini ilm nuri bilan yoritib borayotgan , ertasi porloq o’quvchi yoshlar.

1- Бошловчи:

Жонимдин ўзга ёри вофодор топмадим ,

Кунглумдин ўзга маҳрами асрор топмадим.

Жонимдек ўзга жонни дилофгор курмадим,

Кўнглум киби кўнгулни гирифтор топмадим.

2- Бошловчи:

Кўнгли тилаган муродига етса киши,

Ё барча муродларни тарк этса киши,

Бу икки иш муяссар булмаса оламда,

Бошини олиб бир сарига кетса киши.



1-boshlovchi; Adib Abdulla Qodiriy aytganidek: ,,Moziyga qaytib ish ko’rishlik xayrlik” deya tariximiz oltin sahifalaridan o’rin olgan bobokolonlarimiz, mir Alisher Navoiy va temuriylarning so’nggi avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini xotirlab , barkamol avlodlik burchin ado etsak.

2-boshlovchi

Tarixni bezamish ne ulug’ zotlar,

Ular ta’rifiga ojiz ming baytlar.

Lekin bir shoir bor, buyukdan buyuk,

Barchaga manzur-u, barchaga suyuk.

1-boshlovchi Bobur nomin bilmas qaysi yurt bu kun,

Temuriy avlodi sarkarda durkun.

Tig’ bilan zabd etmish Hind-u Osiyo,

She’r bilan olamni etdi mahliyo.



Shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar.

2-Boshlovchi: Hindiston azaliy sirli bir ma’vo.

Undan taralgaydir bir ajib ma’vo.

Navoki, vatanga bo’lgan muhabbat,

1-boshlovchi: Muhabbat hijrondan yaralgan xilqat.

Asarlari hamon tillarda doston,

Bitgan har baytida ko’ngil namoyon.

U hamon barhayot , u hamon daho,



Temuriy bobomiz bu- Bobur Mirzo.

2-boshlovchi: Hali tarix sahifalarini varaqlaganimizda qanchadan- qancha ajdodlarimizning hayot yo’llari ijodlari haqida oltin sahifalarni o’rganishimiz mumkin . Shunday emasmi?

1-boshlovchi Nimasini aytasiz biz shunday tarixi mukammal ajdodlarning avlodlari ekanimizdan faxrlanishimiz lozim.Keling shu o’rinda o’quvchilarimiz ishtiroki tayyorlanib kelingan sahna ko’rinishini tomosha qilsakda so’ng yana suhbatimizni davom ettitsak.

2-boshlovchi; Mana hurmatli bilimdonlar bugun sizlar bilan qisqacha Boburning hayot yo’li haqida to’xtalib o’tdik.

1-boshlovchi: Mana oz bo’lsada biz Boburning hayoti va ijodi haqida ma’lumotga ega bo’ldik. har bir adib yoki shoir bo’lmasin tarixga nazar tashlamasi ,,Tarixni bilmasdan kelajakni o’rganish mushkul ish” ekanligini barcha adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi shunday emasmi?

2-boshlovchi; Biz shoir ijodini bir daryoga qiyosladik, haqiqatdan ham bu daryodan ko’pgina xalqlar bahramand bo’lishmoqda.keling tadbirimiz so’nggida bir g’azalxonlik qilsak. Navbatni ,,Nazm va navo”ga bersak.

1-boshlovchi: Bugun biz oz bo’lsada shoir bosib o’tgan haoyt yo’li haqida to’xtalib o’tdik. Har bir ishning oxiri bo’lganidek bugungi tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Har bir ishtirokchi bu tadbirdan ozgina ma’naviy ozuqa olgan bo’lsa, o’zimizni baxtiyor hisoblardik.

2-boshlovchi: Bu tadbirdan ,,biz kim edi-gu, kim bo’ldik va biz kimning ajdodlaridanmiz” degan savolga har bir ishtirokchi o’z javobini oldi deb umid qilamiz.Zamon va mustaqil diyorimiz sizni orangizdan o’z Navoiylarini , Boburlarini kutib turibdi. Barchamizni o’tganlarni ruhlari qo’llab tursin. Shuning bilan bugungi ,,Dilbar va dilkash shoirlar Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy’’ mavzusidag tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.

E’tiboringiz uchun katta rahmat.
Download 11.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling