1. Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari


rasm. Ishlash qobiliyatining o'rtacha statistik o'zgarishlari


Download 304 Kb.
bet8/14
Sana23.06.2022
Hajmi304 Kb.
#773059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1476130311 65340
4. Заключение ГУС, katabolizm yo\'li, диаграмма, McDonalds, 40-uj-zojdan-fojdalanis-ukukini-jukotganlikni-tan-olis-va-hisobdan-propiskadan-uciris-tugrisida (1), file, ustav kapitali, Startaplarni moliyalashtirish, Ўқитувчилар рўйхати, Документ Microsoft Word, текст слайда, апробация графиги 2020
rasm. Ishlash qobiliyatining o'rtacha statistik o'zgarishlari
Yana ishlash qobiliyatining o'zgarishlariga muvofiq keskin, ma'suliyatli faoliyatni muhimsizroq va keskin bo'lmagan bilan almashtirib turish tavsiya etiladi.
Yana organizm bioritmlari tabiiy pallalarini ham hisobga olish kerak. Bioritmlar haqidagi ta'lim shunga asoslanadiki, har bir odamning jismoniy, ruhiy va aqliy holati davraviy o'zgarishlarga moyildir, ya'ni faollik va bo'shashishning muntazam pallalari mavjud. Sutka davomida bioritmlar har ikki soatda (kuniga 10-12 marta) sekinlashadilar: organizm davriy ravishda dam oladi. Harakatsizlik (dam olish) davri -bu ishchi rejimni almashishidir, u organizmni mo'tadil faoliyat yuritishiga yordam beradi. Agar bu narsa hisobga olinmasa, unda ortiqcha yukla nishlar muqarrardir.
Ishning birinchi navbatda odam xarakterining xususiyatlari, uning moyilliklari va odatlari bilan belgilanuvchi usullari muvaffaqiyatning muhim omili bo'ladi. O'z ish usullarini yaxshilash uchun, birinchidan, o'z ish usullarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab olish, ikkinchidan, kuchli tomonlarini mustahkamlashga rag'batga ega bo'lish, uchinchidan, shaxsiy kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilish kerak.
Eng muhim va ahamiyatliga e'tiborni qaratish muvaffaqiyatli ishlashning muhim shart-sharoitlaridan bo'ladi. Agar o'zining barcha vazifalarini avvaldan ish kuni davomidagi keraksiz ishlardan qochishga yordam beruvchi savollar ostiga qo'yilsa, ishni ancha yaxshilash mumkin.
Hammadan avval o'ziga quyidagi savollarni berish kerak:

  • Umuman nimaga buni qilish kerak? Bu ba' zi bir ishlarni haqiqatdan ham keraksiz ekanligi yoki faqat "umumiy tarzda" bajarish mumkinligini aniqlashga imkon beradi.

  • Nima uchun men? Bu savol ishlarni o'zi qilishi kerakligi yoki yo'qligi nuqtai nazaridan tanqidiy qarashga arzimaydigan ishlarni bajarishdan saqlab qoladi. O'z xodimlaringizga ishoning va ularga topshirish imkoniyatlaridan ko'proq darajada foydalaning. Hozirgi vaqtda vujudga kelgan maqsadlar, ma'suliyatlar va huquq doiralarini o'zingiz va xodimlar o'rtasida taqsimlanishi qaytadan o'ylab ko'ring?

  • Nima uchun endi? Bu savol sizni ishni ijro etishni noto'g'ri tanlangan muddati tufayli ko'p vaqt yo'qotmaslikdan saqlab qoladi. Muddatlarni belgilab turib, ularni aniq qayd eting va aniqlab oling. "Ertaga, tushdan keyin, kun davomida" kabi muddatlarni belgilamang. Hamma ishlarni ham albatta "endi" yoki "darhol" qilish, hal qilish yoki muhokama qilish shart emas.

  • Nima uchun bunday shaklda? Hamma vaqt ham o'zingizning oddiy silliqlashtirilgan ish uslubingizni shubha ostiga oling va o'z ishlaringizni ijro etishning yangi, ijodiy va ratsional usullarini qidirib toping.

Ko'rsatib o'tilgan tashkiliy tomoyillar va usullarga muvofiq namunaviy ish kunini tuzing, bunday "ideal kunni" bo'lish ehtimoli kam bo'lsa ham. SHunga qaramasdan undan kunlik rejani tuzish va amalga oshirishda mo'ljal sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun namunaviy rejani vaqtning kundaligiga ko'chirish kerak, yana haftalik namunaviy rejani tuzish ham tavsiya etiladi. Bunda o'zingizning "ideal kuningiz" va "ideal haftangizga" yana oila, sport bilan shug'ulanish, dam olish, do'stlar bilan mulohatda bo'lish va h.k. ga tegishli bo'lgan shaxsiy ishlaringiz va maqsadlaringizni qo'shish kerak.

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling