1. Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar. Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod


Download 19.4 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi19.4 Kb.
#144009
Bog'liq
1. Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar. Xujjatlarni ta


Reja:

1. Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar.

2. Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod

3. Rahbarning ish sharoitini bayot etish, kuzatish va qayd qilish metodlari.

Har bir fanning aloxida o’rganish metodlari bo’lganidek boshqaruv psixologiyasining ham o’z metodlari va ularni qo’llash vositalari mavjud. Boshqaruv  psixologiyasida qo’llaniladigan metodlar psixologiya va sotsial psixologiya fanlarida qo’llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o’ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo’llari va ma’lumotlari ilmiy jixatdan taxlil qilinadi. Boshqaruv psixologiyasining metodlari quyidagilardan iborat.       

1.Kuzatish metodi.       

2. So’rov metodi.             

3.Kontent – analiz.       

4 .Ijtimoiy psixologik testlar. 

5. Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod

6. Menejer bilan individual suhbat metodi. 

7. Intervyu: standart, nostandart. 

8. Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik.          

Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq- atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi qo’llanilganda  tadqiqotchi bir qancha qoidalarga  rioya qilishi kerak. 1.Kuzatish maqsadi aniq bo’lishi va  ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim. 2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish.

3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish.

4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida tekshirib ko’rish.  Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud.

A.Tashqi kuzatish – kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda  ularning hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo’l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi.

B.Qo’shilib kuzatish – bunda  tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, kerak bo’lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning qulayligi shundaki, kuzatilayotganlar o’zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar,kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar. 

V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy  vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo’lgan munosabati, o’zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo’llari kuzatiladi.   So’rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish jarayonida inson psixologiyasidagi o’zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq – atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.

So’rov metodi ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa so’rovi, intervyu shular jumlasiga kiradi. Ushbu so’rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar to’plash usulidir. So’rovni o’tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqat madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi sharoitida  o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqatdir. Intervьyu o’tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki  u tadqiqotchidan qator muxim  sifatlarning bo’lishini talab qiladi. SHuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada  rolli o’yinlar metodi yordamida  psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o’tadilar.

Anketa metodi. Bu metod  yordamida turli yoshdagi  va turli kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga bo’lgan munosabatlari o’rganiladi.   Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko’ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Ochiq anketa  tekshiriluvchidan o’z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi. Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo’lib tekshiriluvchi  o’ziga ma’qul bo’lgan , o’zining qarashlari fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab boradi.

Anketa tuzilishi jixatdan uch qismga bo’linadi. 

1.Kirish qism. Bu qism  respondetga murojaat deb nomlanib, odatda tadqmqot o’tkazilayotgan tashkilot nomi, tadqiqot maqsadlari va ularning  foydasi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning  umumlashtirilgan holda ishlatilishi,  anketani to’ldirish yo’llari va boshqalar yoziladi.

2. Asosiy qism. Bunga berilayotgan savollar tartibiga e’tibor bergan xolda savollar kiritiladi. CHunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni  cho’chitib qo’yishi, xattoki, anketani to’ldirmasdan qaytarib berishga majbur qilishi ham mumkin. SHuning uchun ham boshshida yengil savollar berilib, tekshiriluvchilarni qiziqtirib keyin psixologik  savollarga o’tish lozim.

3.Yakuniy qism. Bunda tekshiriluvchi shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi va boshqalar so’raladi.  

To’plangan ma’lumotlarga statistik qayta ishlov beriladi .ki ular kompьyuterlar yordamida analiz qilinadi.



Kontent – analiz  metodi. Bu metodning ilmiy mohiyati shuki, u  faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi  hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining  borligi bilan ajiralib turadi. Uning yordamida  biror   matnda ma’lum fikr, g’oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni,  ma’lum mazmun miqdor ko’rinishiga keltiriladi.  Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan esa  tadqiqot so’ngida qo’lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim,  ya’ni tushuntirib berish kerak.
Download 19.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling