1. boshqaruv va rahbar madaniyati darsning maqsadi


Download 117.61 Kb.
bet1/4
Sana26.11.2022
Hajmi117.61 Kb.
#935330
  1   2   3   4
Bog'liq
Паспорт, Понятие алгоритма, Понятие алгоритма, 1419528158 59838, 7-Автобус саройи ТАРИХИ 77, Amaliyot kundaligi lotin, 601-18курс иши вариант (3), 1403165262 43626, 1404727895 54499, АТК да ишлаб чиқаришни бошқариш асослари, РАБОТА С СЕТЬЮ И ИНТЕРНЕТ INTERNET EXPLORER, 1, ОСОБЕННОСТИ ОБЩЕНИЯ В СЕТИ ИНТЕРНЕТ , Введение в С

1. boshqaruv va rahbar madaniyati darsning maqsadi

1.BOSHQARUV VA RAHBAR MADANIYATI
Darsning maqsadi
Mustaqillik yillarida rahbarlarga bo‘lgan talablar qat’iy tarzda isloh qilinishi. Ularning vazifalari, burchi va mas’uliyati doirasi. Rahbar zimmasidagi vazifalarni bajarishda uning boshqaruv madaniyati qoidalariga amal qilishi. Bunda xizmat etiketi qoidalarini bajarishning yangi darajaga ko‘tarilganligi nafaqat davlat xizmatchilarining madaniyati, ayni paytda ularning o‘z kasbiga bo‘lgan layoqatlilik belgisi ekanligibo‘yicha bilimlarini mustahkamlash.

Kutiladigan natija
Mamlakatimiz xalq ta’limi tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni munosib amalga oshirish, ta’lim sifat va samaradorligini oshirishga erishish, Rahbarning boshqaruvda muvaffaqiyatga erishishida boshqaruv madaniyatini rivojlantirish zarurati, boshqaruv xodimlari madaniyati ko‘p omillarga bog‘liqligi, umumiy madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, boshqaruv ilmini chuqur va har tomonlama bilish va uni o‘z faoliyati jarayonida qo‘llay olish imkoniyatlariga ega bo‘lish, yoshlarga oid Davlat siyosatining maqsadini anglash, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart sharoitlarni yaratib berish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.


Амалий машғулотнинг қисқача баёни

Reja:
1. Madaniyat tushunchasi.
2. Boshqaruv madaniyati.
3. Rahbar madaniyati.


  1. Madaniyat tushunchasi. «Madaniyat» tushunchasi rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bo‘lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jamiyat madaniyati, ayrim shaxs madaniyati va nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati xaqida so‘z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo‘linadi. SHu sababli, moddiy va ma’naviy madaniyat farq qilinadi.

Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo‘ysundirish darajasi ko‘rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, meditsina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy me’yorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. SHunday qilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, ham ma’naviy xayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo‘lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.


Insoniyat madaniyati o‘suvchan, o‘zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalgi avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi mumkin.
O‘zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, uni saqlash, rivojlantirish ko‘p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli insonlari -fan, adabiyot, san’at arboblari vazifasidir.
Inson xayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bo‘lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini egallashdir.



Download 117.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling