1. boshqaruv va rahbar madaniyati darsning maqsadi


Amaliy mashg‘ulot davomida o‘z-o‘zini baholash metodidan foydalaniladi


Download 0.65 Mb.
bet2/6
Sana21.02.2020
Hajmi0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6

Amaliy mashg‘ulot davomida o‘z-o‘zini baholash metodidan foydalaniladi.


ЎЗ-ЎЗИНИ БАҲОЛАШ МЕТОДИ

Мен қандай рахбарман

Мени атрофимдагилар мен хақимда

Мени дўстим мен хақимда
Xurmatli tinglovchi! Ta’lim sohasi tizimida boshqaruv va Rahbar madaniyatiga ega bo‘lish uchun uni doimiy takomillashtirib borishi lozim. O‘zingizning qanday Rahbar ekanligingizni aniqlash maqsadida kataklarda berilgan savollarga javob bering. 3 katakchadagi savolga kurs davomida o‘zingiz yaqin bo‘lib qolgan kishingiz sizga do‘st sifatida sizga baho bersin.


Ўзингизнинг 3 та ижобий 3 та салбий хусусиятларингиз-ни ёзинг

Дўстингизнинг

3 та ижобий

3 та салбий хусусиятларини ёзинг


Атрофингиз-

дагиларнинг сиз хақингиздаги

3 та ижобий

3 та салбий хусусиятларингизни ёзинг





Savollarga javoblar yozib bo‘lingandan so‘ng o‘zingizning salbiy xususiyatlaringizni kamaytirishga, ijobiy xususiyatlaringizni takomillashtirishga harakat qiling.

Amaliy mashg‘ulotdan so‘ng Rahbarlik jarayonida boshqaruv faoliyatining ma’naviy-axloqiy me’yorlari, rahbar odobining tamoyillari va qadriyatlari, zamonaviy rahbar kadrlarga qo‘yilayotgan talablar, rahbar shaxs ma’naviyatini shakllantirishning axloqiy asoslari, rahbarning ma’naviy qiyofasiga zid illatlarning ko‘rinishlari, boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari, xizmat yuzasidan munosabat qoidalari, boshqaruv madaniyatining mazmun-mohiyati, Boshqaruv amaliyotida axloqiy tanlovni amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyatlarda olingan bilimlarni qo‘llash, rahbarlik faoliyatida halollik, fidoiylik, beg‘arazlik, yurtparvarlik, adolatparvarlik, xizmat burchi, ijtimoiy mas’uliyat, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi qadriyatlarga tayanish ko‘nikmalari xaqida ma’lumot beriladi.

Boshqaruv uslubi - bu har bir rahbarning boshqaruv jarayonida qo‘llovchi o‘ziga xos usul va harakatlari ekanligi, Rahbar faqat o‘ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o‘ziga xos uslubda ish yuritishi va boshqaruvda qo‘llaniladigan uslublar, ularning bir-biridan farqi, ijobiy va salbiy tomonlari xaqida qisqacha ma’lumot beriladi.



Mashg‘ulotning keyingi qismi kichik guruhlarda ishlash bilan davom ettiriladi.

Mashg‘ulot jarayonida guruh 3 ta kichik guruhlarga bo‘linadi. Amaliy mashg‘ulot boshlanishidan avval o‘qituvchi har bir kichik guruhga avvalo o‘zlariga berilgan savollarni to‘laqonli bajarish vazifasini yuklaydi va kichik guruhlar o‘rtasida baxs-munozarani kuchaytirish maqsadida bir kichik guruh boshqa bir kichik guruhga berilgan savollar asosida muammoli savol va mulohazalarni berish imkoniyati mavjudligini ham aytib o‘tadi. Zamonaviy rahbarlarga qo‘yiladigan talablar, rahbarlik faoliyatida boshqaruv mezonlariga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy xolatlar va uning oqibatlari va jamoa o‘rtasida ma’naviy muhitni yaratish bo‘yicha savollar beriladi va guruhlarning fikrlari tushirilgan yozma javoblar olinadi. Guruh lideri jamoaning fikrlarini o‘qib eshittiradi. Javoblar doskaga yozib boriladi va guruhlar o‘rtasida muhokama qilinadi.

Zarur o‘rinlarda munozara jarayoniga “aqliy xujum”, “savol javob” yoki “rivoyat terapiya” kabi metodlar bilan aralashgan holda baxs-munozarani yanada jonlanishiga turtki berib (katalizator bo‘lib) turadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling