1-bosqich magistranti dars tahlil bayonnomalari


Download 11.81 Kb.
Sana16.05.2022
Hajmi11.81 Kb.
#671826
Bog'liq
Hisobot yangi
Документ (22), Al, SARDOR SERTIFIKAT COVID-19, Seminar-1, 3-ma'ruza, 2.3-mavzu XI asr birinchi yarmi – XV asrlarda Vizantiya, Abduvohid Norbotaev mustaqil iw, 1.Psixologiya f-WPS Office, raqamli televideniya 3-LAB, Yangi ishchi 2 kurs (2) (2), Kumushbibi, New Презентация Microsoft PowerPoint, 3402104728 (1), 4-мавзу G


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
LINGVISTIKA (INGLIZ TIL1) YO’NALISHI
1-BOSQICH MAGISTRANTI
__________________________________

DARS TAHLIL


BAYONNOMALARI


2021-2022 O’QUV YILI
Farg’ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi
Lingvistika va tillarni o’qitish: ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti
Raximova Yulduzxonning mart oyi uchun ilmiy pedagogik amaliyoti

HISOBOTI
Men, Raximova Yulduzxon Bahodirjon qizi, II semestr mart oyi davomida jami mutaxassislik hamda boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim. Pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasidagi belgilangan ishlarni bajarishga harakat qildim.
Xususan, kafedradagi o’qituvchilar: D.Mirzayeva, G'.Hoshimov, O.Barziyev, D.G'aniyeva kabi o’qituvchilarning darslarida muntazam ishtirok etdim va N.Mahmudova, D.Mirzayeva, N.Hoshimova va boshqa o'qituvchilarning darslarini kuzatdim. Ma’ruza va seminar darslarida qo’llaniladigan metodlar, slaydlardan samarali foydalanish, o’qituvchilar e'tiborini jalb qilish bo’yicha ko’plab narsalarni o’rgandim. Amaliy mashg'ulot darslarida talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar berish, yakuniy nazorat ishini olish tartibi, ularni baholash mezonlari kabi narsalarni o’rgandim.
Bundan tashqari, ilmiy rahbarim Sh. Shokirov bilan internet, bosma manbaalardan yig’gan ma’lumotlarim ustida ishladik. Ularning yozish strukturasi, yutuqli tomonlari hamda yana o’rganishni talab etadigan jihatlari xususida maslahatlar oldim va ilmiy ishim mavzusi bo'yicha reja tuzish yuzasidan bir nechta foydali tavsiyalar oldim. Ilmiy rahbarim taqdim etgan adabiyotlarni tahlil qildim.
Amaliyotchi magistrant: _________________________ Y. Raximova
Amaliyot rahbari: __________________________ Sh.Shokirov
Farg'ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi
Lingvistika va tillarni o’qitish: ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti
Raximova Yulduzxonning aprel oyi uchun ilmiy pedagogik amaliyoti

HISOBOTI
Men Raximova Yulduzxon Bahodirjon qizi, II semestrning aprel oyida ham 3 ta: “Qiyosiy adabiyotshunoslik”, “Zamonaviy tilshunoslik", “Chog'ishtirma tilshunoslik" kabi fanlardan nazariy ta’lim oldim. Mazkur fanlardan mustaqil ishlar hamda oraliq nazorat ishlarini topshirdim.
Darslami kuzatish jarayonida o’qituvchining guruh jurnalini yurilishiga, pedagogik mahoratiga, notiqlik san’atiga, kiyinish madaniyatiga katta e’tibor berdim va o’qituvchining uslubidan o’zimga ma’qul tomonlarini o’rgandim. Ba'zi bir paytlarda bakalavr bosqichidagi talabalar bilan ishlash qobiliyatimni va tajribamni yanada mustahkamlash maqsadida turli xil qiziqarli interaktiv mashg'ulotlar o'tkazdim. Darslarda qo'llanilayotgan metodlar va zamonaviy yondashuv menda ijobiy taassurot qoldirdi va kerakli xulosalar chiqardim.
Shuningdek, ilmiy rahbarim Sh. Shokirov bilan birgalikda ilmiy ishim mavzusi bilan bog'liq bo'lgan maqola yozish bo'yicha kerakli ko'rsatma va yo'nalish olgach Xalqaro ilmiy konferensiyada ushbu maqolam bilan ishtirok etish uchun anjuman me'zonlariga mos maqola tayyorlab jo'natdim. Bundan tashqari, dissertatsiya ishimga oid manbalar ustida ham ilmiy rahbarim bilan birgalikda samarali ishladik.


Amaliyotchi magistrant: _________________________ Y.Raximova
Amaliyot rahbari: __________________________ Sh.Shokirov


Download 11.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling