1-bosqich Ona tili Amaliy dars uchun O`qituvchi: Kurganboyeva N. A mavzu: Fe`l va uning uslubiy xususiyatlari. O`timli va o`timsiz fe`llar Reja


Download 23.19 Kb.
Sana24.09.2020
Hajmi23.19 Kb.
#130954
Bog'liq
1 курс Она тили Амалий дарс Курганбоева Н


1-bosqich Ona tili Amaliy dars uchun
O`qituvchi: Kurganboyeva N.A
Mavzu: Fe`l va uning uslubiy xususiyatlari. O`timli va o`timsiz fe`llar
Reja:

1. Fe`l va uning uslubiy xususiyatlari.

2. O`timli va o`timsiz fe`llar
Ma`ruza matni
Harakat-holat ma’nosini ifodalab, nima qildi (bo‘ldi)?, nima qilyapti (bo‘lyapti)?, nima qiladi (bo‘ladi?) singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi so‘z turkumiga fe’l deyiladi. Masalan: Тalaba o‘qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi (nima qiladi?) kabi.

Yuqoridagi fe’l turlarining har qaysisi bir necha fe’llarni o‘z ichiga oladi. Bu fe’llar harakat-holat ma’nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin:

1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko‘ra farqlanishi: jilmaymoq — kulimsiramoq — kulmoq.

2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo‘lishligiga ko‘ra: kulmoq — tirjaymoq; so‘zlamoq — to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq.

3. Uslubiy xoslanishiga ko‘ra: kulmoq (umumiste’moldagi so‘z) — tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so‘zlamoq (umum­iste’moldagi so‘z) — nutq ijod etmoq (badiiy uslubiga xos) kabi.

Yuqoridagi fe’llarning har qaysisini o‘z o‘rnida ishlatish nutqning ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta’minlaydi.


Fe’l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.

1. Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to‘kdi va boshqalar.

2. Тafakkur fe’llari: o‘ylaydi, o‘qidi, kashf qildi kabi.

3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi.

4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo‘ldi, qayg‘urdi, iztirob chekdi.

5. Nutq fe’llari: gapirdi, so‘zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming‘irladi, do‘ng‘illadi.

6. Ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko‘zini qisdi va boshqalar.

7. Jismoniy holat fe’llari: og‘ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog‘aydi, kuchaydi, charchadi kabi.

8. Тabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.

9. Ko‘rish fe’llari: qaradi, ko‘rdi, boqdi, termuldi.



FE`LNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI: Fe`llar

1. So`z yasalish tizimiga ega: gulla, shovulla, yaltira, birlash, ikkilan, suvsa, ko`kar kabi

2. O`timli va o`timsizlik ma`nosini bildiradi: kitobni o`qimoq, xatni yozmoq -o`timli fe`llar: uydan chiqmoq, maktabga bormoq, xonada uxlamoq- o`timsiz fe`llar

3.Bo`lishlik-bo`lishsizlik ma`nosini bildiradi: o`qidi, yozdi, aytdi-bo`lishli fe`l: o`qimadi, yozmadi, aytmadi-bo`lishsizlik fe`llar.

4. Fe`l quyidagi vazifa shakllariga ega:

a) sof fe`l: aytdi, borsin, aytmoqda, kelsam kabi



b) harakat nomi: o`qimoq, yozish, boruv kabi

c) sifatdosh: o`qigan, oqiyotgan, o`qiydigan kabi

d) ravishdosh: o`qib, yozgach, yozgani,borguncha, aytgancha , yoza kabi

5. Fe`l munosabat shakllariga ega

6. Fe`l nisbat ma`nosini bildiradi

FE`LNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI:

1. Fe`l barcha so`z turkumlarini o`ziga tobelantirib keladi.

2. Fe`lning gapdagi asosiy vazifasi kesimdir.



O`TIMLI VA O`TIMSIZ FE`LLAR

O`timli fe`l –tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lana oladigan fe’llar. Bunda harakat nimani? so’rog’iga javob bo’ladigan otga to’liq otadi. Masalan: o’qimoq (kitobni o’qimoq), yozmoq (xatni yozmoq). O’timsiz fe’l – tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lana olmaydigan fe’llar. Ular biror predmetga o’tmaydigan harakatni bildiradi. Masalan: uxlamoq, qaramoq, yurmoq.

O’timli fe’llarga majhul yoki o’zlik nisbati qo’shimchasi qo’shilsa, o’timli fe’l o’timsiz fe’lga aylanadi: qurmoq – o’timli, qurilmoq – o’timsiz.O’timsiz fe’llarga orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilsa o’timsiz fe’l o’timli fe’lga aylanadi. Masalan: uxlamoq – o’timsiz, uxlatmoq – o’timli.



o`timli fe`l+ -(i)l, (i)n=o`timsiz fe`l

yozdi(nimani?)+il=yozildi

o`timsiz fe`l+ orttirma nisbat= o`timli fe`l

Yig`la+t= yig`lat(kimni)

1-mashq. Quyidagi fe`llarni o`timli va o`timsiz fe`llarga aylantiring.

Almashmoq, jiringlamoq, o`xshamoq, jilmaymoq, yuzlanmoq, kiyinmoq, so`roqlamoq, so`ramoq , quvonmoq, joylashmoq, joylashtirmoq.
Download 23.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling