1. Ca(OH)2 eritmasining foiz va molyar konsentratsiya nisbati 4: 1 bo’lsa, zichlikni (g/ml) toping. A) 1,85 B) 1,4 C) 1,5 D) 1,74 2


Download 49.81 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi49.81 Kb.

1. Ca(OH)2 eritmasining foiz va molyar konsentratsiya nisbati 4:1 bo’lsa, zichlikni (g/ml) toping.

A) 1,85 B) 1,4 C) 1,5 D) 1,74


2. Qaysi moddaning foiz va molyar konsentratsiyalari nisbati 8:1 ga teng (ρ=1,5)

A) HJ B) MgSO4 C) H2SO3 D) Ba(OH)2


3. 0,7 mol KOH tutgan eritmaning foiz va molyar konsentratsiya nisbati 4:1 bo’lsa, zichlikni (g/ml) toping.

A) 1 B) 1,2 C) 0,7 D) 1,4


4. Qaysi moddaning foiz va molyar konsentratsiyalari nisbati 5,3:1 ga teng. (ρ=1,85)

A) Ca(OH)2 B) MgCl2

C) KHCO3 D) H2SO4
5. 100 g 20 % NaOH eritmasiga „x“ gr Na qo`shildi va „y“ gr 40 % li eritma olindi. x va y ni toping.

A) 114,25; 14,9 B) 14,93; 114,25

C) 13,2; 110,2 D) 105; 60
6. 80 g 32 % li LiOH eritmasiga “x” g Li qo`shildi “y” g 80 % li eritma olindi. x va y ni toping.

A) 14; 92 B) 17; 98

C) 18; 99,7 D) 20; 102
7. 110 g 10 % li LiOH eritmasiga “x” g Li qo`shildi va “y” g 20,35 % li eritma olindi. y va x ni toping.

A) 4,8; 119,75 B) 4,2; 117,8

C) 3,5; 113 D) 3,7; 113,9
8. Kaliy xlorid va natriy xlorid aralashmasi 186 g suvda eritildi. Kaliy xlorid umumiy eritma massasining 2/3 qismini, natriy xlorid esa 1/6 qismini tashkil etadi. Hosil bo`lgan eritma massasini va dastlabki aralashmadagi natriy xloridning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 930 va 70 % B) 1116 va 30 %

C) 1302 va 80 % D) 1116 va 20 %

9. Kaliy nitrat va natriy nitrat aralashmasi 100 g suvda eritildi natriy nitrat umumiy eritma massasining 3/5 qismini, kaliy nitrat esa 1/6 qismini tashkil etadi. Hosil bo`lgan eritma massasini va dastlabki aralashmadagi kaliy nitratning massa ulushini(%) aniqlang.

A) 528,6; 16,67 B) 228,6; 21,74

C) 428,6; 21,74 D) 328,6; 21,74
10. Litiy sulfat va kaliy sulfat aralashmasi 150 g suvda eritildi. Litiy sulfat umumiy eritma massasi 2/5 qismini, kaliy sulfat esa 1/4 qismini tashkil etadi. Hosil bo`lgan eritma massasini va dastlabki aralashmadagi litiy sulfatning massa ulushini (%) toping.

A) 428,6 ; 61,54 B) 426,8 ; 21,74

C) 482,6 ; 40 D) 300 ; 25
11. 12,8 g oltingugurtning 11,2 litr (n.sh) kislorodda yonishidan ajralib chiqqan gazlar aralashmasi katalizatordan o`tkazildi va cho`kma hosil bo`lishi tugaguncha Ba(OH)2 ning 0,4 M li eritmasiga shimdirildi. Cho`kma ajratib olinib 400 g (p=1,16 g/ml), 1,16 M li xlorid kislota eritmasi bilan ishlov berilganda necha (g) cho`kma ortib qoladi va eritmadagi tuzning konsentratsiyasi necha (%) bo`ladi.

A) 46,6 20 B) 43,4 9

C) 43,4 10 D) 46,6 9,7
12. 18 gr oltingugurt 15,75 litr kislorodda yondirildi va katalizatordan o`tkazildi. Bunda hosil bo`lgan gazlar to`liq Ba(OH)2 eritmasiga yuttirildi. Cho`kma ajratib olinib (p=1,18) xlorid kislotaning 600 ml 0,9375 M li eritmasi bilan ishlov berilganda necha gr cho`kma ortib qoladi va eritma komsentratsiyasi necha (%) bo`ladi.

A) 43,4; 8,7 B) 46,7; 9

C) 65,53; 7,78 D) 43,4; 8
13. 22 gr oltingugurt 19,25 litr kislorodda yondirildi. Bunda hosil bo`lgan gazlar avval katalizatordan so`ng esa Ba(OH)2 eritmasi orqali o`tkazildi. Hosil bo`lgan cho`kma ajratib olinib xlorid kislotaning 800 ml 1,289 M li HCl (p=1,2) eritmasi bilan ishlov berildi. Hosil bo`lgan eritmadagi tuzning konsentratsiyasi va ortib qolgan cho`kma massasini toping.

A) 88,92; 7 B) 80,094; 7,1

C) 49,06; 8 D) 85,08; 12
14. NaOH eritmasiga 360 gr suv qo`shilganda eritma konsentratsiyasi 2,8 marta kamaydi. Umumiy atomlar soni esa 2,904 marta ortdi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini toping. (%)

A) 10 B) 20 C) 5 D) 2,5



15. Al2(SO4)3 eritmasiga 150 gr suv qo`shilganda eritma konsentratsiyasi 4 marta kamaydi. Umumiy atomlar soni esa 6 marta ortdi. Keyingi eritma konsentratsiyasini toping.

A) 57 B) 14,25 C) 75 D) 18,75



16. K2SO4 eritmasiga 348 gr suv qo`shilganda eritma konsentratsiyasi 3 marta kamaydi. Umumiy atomlar soni esa 3,468 marta ko`paydi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini toping.

A) 0,083 B) 0,166 C) 0,25 D) 0,5


17. Li2SO4 eritmasiga 330 gr suv qo`shilganda eritma konsentratsiyasini 4 marta kamaydi. Umumiy atomlar soni esa 4,42 marta ortgan bo`lsa, keyingi eritma konsentratsiyasini toping.

A) 0,2 B) 0,1 C) 0,025 D) 0,05


18. 14,2 g fosfor (V) oksid noma’lum massali suvda eritilganda olingan eritmadagi kislorod atomlar soni 65,016·1023 tani tashkil etsa, olingan eritmaning konsentratsiyasini (%) aniqlang.

A) 9,82 B) 15,2 C) 25,4 D) 38


20. 14,2 g fosfor (V) oksid noma’lum massali suvda eritilganda olingan eritmadagi kislorod atomlar soni 65,016·1023 tani tashkil etsa, hosil bo’lgan eritmadagi vodorod atomlar sonini aniqlang.

A) 20·60,2·1023 B) 20,6·6,02·1023

C) 0,6·6,02·1023 D) 29,8·6,02·1023
21. 208 gr 30% li Na2SO4 eritmasiga 40% li Ba(NO3)2 eritmasidan necha gr qo’shilganda, hosil bo’lgan eritmadagi NaNO3 ning massasi Na2SO4 ning massasidan 62,4 gr ga ko’p bo’ladi?

A) 250 B) 126 C) 261 D) 206


22. 208 gr 30% li Na2SO4 eritmasiga 40% li Ba(NO3)2 eritmasidan necha gr qo’shilganda, hosil bo’lgan eritmadagi NaNO3 ning massasi Na2SO4 ning massasidan 62,4 gr ga ko’p bo’lsa, Ba(NO3)2 eritmasining massa ulushi nechaga teng bo’lgan?

A) 40 B) 50 C) 45 D) 60


23. 20 % li 307 gr K2CO3 eritmasiga 25 % li BaCl2 eritmasidan necha gr qo’shilganda hosil bo’lgan eritmadagi KCl ning massasi K2CO3 nikidan 24,7 gr ga ko’p bo’lgan bo’lsa, BaCl2 eritmasining % konsentratsiyasini aniqlang?

A) 25 B) 30 C) 40 D) 50


24. 36,5% li HCl mo’l miqdor eritmasiga 31,6 g KMnO4 solindi. Reaksiya natijasida 151,707·1023 ta atom tutgan eritma hosil bo’ldi. Dastlabki HCl eritmasining massasini toping.

A) 200 B) 300 C) 250 D) 100


25. 36,5% li HCl mo’l miqdor eritmasiga 31,6 g KMnO4 solindi. Reaksiya natijasida 151,707·1023 ta atom tutgan eritma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzlarning konsentratsiyalarini toping. A) 7,6; 12,8 B) 8,2; 11,6 C) 4,6; 3,2 D) 7,2; 8,4
26. 36,5% li HCl mo’l miqdor eritmasiga 23,9 g PbO2 solindi. Reaksiya natijasida 74,54·1023 ta atom tutgan eritma hosil bo’ldi. Dastlabki HCl eritmasining massasini toping.

A) 100 B) 250 C) 150 D) 300


27. 60 g 13,35% li AlCl3 va 60 g 13,35% li NaOH eritmalari aralashtirilganda hosil bo’lgan cho’kma filtrlandi va qizdirildi. Bunda hosil bo’lgan qattiq qoldiqning massasini (g) aniqlang

A)2,72 B)2,03 C)2,34 D)4,68


28. 20 g 20% li AlCl3 va 20 g 20% li NaOH eritmalari aralashtirilganda hosil bo’lgan cho’kma filtrlandi va qizdirildi. Bunda hosil bo’lgan qattiq qoldiqning massasini (g) aniqlang.

A) 1,36 B) 2,34 C) 1,17 D) 1,02



29. 80 g 27% li AlCl3 va 80 g 27% li NaOH eritmalari aralashtirilganda hosil bo’lgan cho’kma filtrlandi va qizdirildi. Bunda hosil bo’lgan qattiq qoldiqning massasini (g) aniqlang.

A)12,62 B)7,32 C)5,47 D)6,31


30. 200 г NаС1 ва НС1 дан иборат эритмада 20 г NаС1 тузи мавжуд. NаС1 ва НС1 ли эритмада моддаларнинг масса нисбати бир – бирига 1:3 нисбатда бўлса, шу эритмада неча мл 22,8% ли зичлиги 1,25 г/мл NаОН эритмаси қўшилса ҳосил бўлган эритмадаги NаС1 ва НС1 моддаларининг масса нисбати 1:1 нисбатда бўлади.

А) 29,8 B) 54,37 С) 59,08 D) 40,92


31. 200 г Nа2СО3 ва NаС1 дан иборат эритмада Nа2СО3 массаси 15 г. Nа2СО3 ва NаС1 моддаларнинг масса нисбати тегишлича 3:2. Эритмага неча мл 13% ли зичлиги 1,07 г/мл НС1 қўшилса, эритмадаги Nа2СО3 ва NаС1 моддаларининг масса нисбати 1:4 нисбатда бўлади.

А) 29,8 B) 48,5 С) 59,08 D) 40,92


32. 150 г NаС1 ва НС1 дан иборат эритмада 30 г NаС1 тузи мавжуд. Шу эритмада NаС1 ва НС1 моддаларнинг бир – бирига нисбатан масса нисбати 2:3 бўлса, шу эритмада неча мл 22,8% ли зичлиги 1,25 г/мл NаОН эритмаси қўшилганда, ҳосил бўлган эритмадаги NаС1 ва НС1 моддаларининг масса нисбати 3:1 бўлади.

А) 87,7 B) 54,37 С) 59,08 D) 40,92


33. 100 g suvga necha g KH qo’shilganda hosil bo’lgan eritmada eruvchi va erituvchi massasi tenglashadi?

A) 108,1 B) 54,05 C) 111,11 D) 55,55


34. 200 g suvga necha g NaH qo’shilganda hosil bo’lgan eritmada eruvchi va erituvchi massasi tenglashadi?

A) 82,75 B) 72,86 C) 111,11 D) 59,55


35. 150 g suvga necha g LiH qo’shilganda hosil bo’lgan eritmada eruvchi va erituvchi massasi tenglashadi?

A) 28,6 B) 29,8 C) 30,5 D) 25,55



36. 400 g 35% li CaCl2 ning qaynoq eritmasi sovitilganda 35 g CaCl2·6H2O cho’kmaga tushdi.Eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) aniqlang?

A) 28,8 B) 33,5 C) 26,3 D) 32


37. 250 g 25% li Na2SO4 ning qaynoq eritmasi sovitilganda 25 g Na2SO4·10H2O cho’kmaga tushdi.Eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) aniqlang?

A) 22,9 B) 16,7 C) 4,9 D) 20,6


38. Fe(NO3)2 eritmasi (p=1,2g/ml) eritma massasidan 1,5 marta ko’p suvda eritildi.Hosil bo’lgan eritmadagi atomlar soni 3,3 marta oshdi.Hosil bo’lgan eritmadagi kislorodning massa ulushini toping?

A) 53,3 B) 71,1 C) 81,7 D) 20


39. 2 g suvda ikki valеntli mеtal gidridi eritilganda 0, 4 g gaz ajralib, 1% li eritma hosil bo‘ldi. Qaysi mеtall gidridi ishlatilgan.

A) bariy B) kaltsiy C) magniy D) strontsiy


40. 841, 5 g suvda ikki valеntli mеtall gidridi eritilganda 4, 48 l (n.sh.) gaz ajralib, 2% li eritma hosil bo‘ldi. Qaysi mеtall gidridi ishlatilgan.

A) bariy B) kaltsiy C) magniy D) strontsiy


41. 162 g suvda ishqoriy mеtall gidridi eritilganda 2 g gaz ajralib, 28% li eritma hosil bo‘ldi. Qaysi mеtall gidridi ishlatilgan.

A) Na B) K C) Li D) Cs


42. 2% li 400 g sulfat kislota eritmasiga nеcha gramm bariy gidroksid qo‘shilganda kislotaning massa ulushi 10% gacha kamayadi.

A) 56, 7 B) 367, 2 C) 79, 8 D) 68, 5


43. 25, 3% li 400 g osh tuzi eritmasiga nеcha gramm kumush nitrat qo‘shilganda, eritmadagi osh tuzining massa ulushi 10% bo‘ladi.

A) 170 B) 158, 5 C) 108, 8 D) 134, 6


44. Natriy sulfatning 22% li 450 g eritmasiga qanday massadagi (g) bariy xlorid digidrati qo‘shilsa, natriy sulfatning massa ulushi 13% ga tеng bo‘ladi.

A) 68, 8 B) 10, 75 C) 4, 63 D) 6, 72




45. Ortofosfat kislotaning 14, 7% li eritmasini (p=1, 08 g/ml) 37, 04 ml miqdoriga 5, 6% li kaliy ishqori eritmasidan (p=1, 045 g/ml) 38, 12 ml qo‘shilgan. Hosil bo‘lgan eritmadagi moddlarning massa ulushini (%) hisoblang.

A) 2, 45% H3PO4; 6, 8% KH2PO4

B) 2, 45% H3PO4; 6, 8% K2HPO4

C) 3, 45% H3PO4; 8, 6% KH2PO4

D) 5% H3PO4; 9, 8% K3PO4
46. Bariy xloridning 8, 32% li 200 g eritmasiga natriy sulfatning 14, 2% li eritmasidan (p=1, 13 g/ml) 17,7 ml qo‘shildi. Cho‘kma ajratib olingandan kеyin qolgan eritmadagi birikmalarning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 5, 8 BaCl2; 1,1 Na2SO4

B) 5, 8 BaCl2; 1,1 NaCl

C) 5, 8 BaCl2; 0,1 NaCl

D) 2, 8 BaCl2; 0,1 NaCl
47. Kaltsiy xloridning 100 ml 10, 6% li eritmasiga (p=1, 05 g/ml) natriy karbonatning 38, 55% li eritmasidan (p=1, 10 g/ml) 30 ml qo‘shildi. Cho‘kma ajratib olingandan kеyin eritmada bo‘ladigan birikmalarning massa ulushlarini (%) aniqlang.

A) 1, 6% Na2CO3; 9,1% NaCl

B) 16% Na2CO3; 9,1% NaCl

C) 0, 16% Na2CO3; 0,91% NaCl

D) 10, 6% Na2CO3; 2,1% NaCl
48. 250 gr 20 % li tuz eritmasi bug’latilib X % li eritma olindi. Ushbu eritmaga 240 gr 40 % li ayni tuz eritmasidan qo’shilganda 36,5 % li eritma hosil bo’ldi. X % li eritma massasini (gr) toping. A) 200 B) 140 C) 160 D) 120
49. 250 gr 20 % li tuz eritmasi bug’latilib X % li eritma olindi. Ushbu eritmaga 240 gr 40 % li ayni tuz eritmasidan qo’shilganda 36,5 % li eritma hosil bo’ldi. Necha gr suv bug’latilgan? A) 100 B) 90 C) 150 D) 120
50. 250 gr 20 % li tuz eritmasi bug’latilib X % li eritma olindi. Ushbu eritmaga 240 gr 40 % li ayni tuz eritmasidan qo’shilganda 36,5 % li eritma hosil bo’ldi. 36,5 % li eritma massasini (gr)aniqlang. A) 420 B) 370 C) 350 D) 400
51. Osh tuzi eritmasidan 20 g suv bug'latilgandan keyin eritma konsentratsiyasi 60 dan 66 % gacha ortdi. Olingan eritmadagi tuzning massasini (g) hisoblang.

A) 240 B) 132 C) 220 D) 120


52. 2 % li fosfat kislotaning 980 g eritmasiga 0,4 mol kaliy oksidi qo'shildi. Olingan eritmadagi moddalarning konsentratsiyalarini (%) aniqlang.

A) 4,17; 1,10 B) 3,09; 1,16

C) 8,25; 3,02 D) 5,02; 1,15
53. g% sulfat kislota eritmasiga 100 g suv va g 40% sulfat kislota eritmasi qo`shildi. Natijada 28% 1000 g eritma hosil bo`ldi. g 20% eritmaga 100 g suv qo`shilsa necha foizli eritma hosil bo`ladi?.

A) 12 B) 10 C) 16 D) 14


54. 32% ning to`yingan eritmasi shu temperaturadagi necha %mis kuporosining to`yingan eritmasiga mos keladi?.

A)50 % B) 52 % C) 60,975 % D) 65,765 %


55. g 50% eritmaga dastlab 100 g suv, so`ngra erigan moddaning g 80% li eritmasi- dan qo`shildi. Natijada tarkibida 440 g tuz saqlagan 55% eritma hosil bo`ldi. g 50% eritmaga 160 g suv qo`shilgan holatdagi yangi eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.

A) 30 B) 40 C) 20 D) 35


56. 63 % li nitrat kislota eritmasiga 20 ml suv quyilganda 56,7 % li yoki 70 g nitrat kislota quyilganda necha % li eritma olinadi?

A) 73,36 B) 56,8 C) 75 D) 48,36


57. 60 % li nitrat kislota eritmasiga 30 ml suv quyilganda 52,5 % li yoki 40 g nitrat kislota quyilganda necha % li eritma olinadi?

A) 73,36 B) 56,8 C) 75 D) 48,36


58. Sulfat kislota eritmasiga 108 ml suv quyilsa 58,8 % li yoki 49 g sulfat kislota quyilsa 700 g 9% li eritma olindi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini aniqlang

A) 73,36 B) 56,8 C) 75 D) 48,36



59. Sulfat kislota eritmasiga 108 ml suv quyilsa 58,8 % li yoki 49 g sulfat kislota quyilsa 700 g 9% li eritma olindi. Dastlabki eritma massasini aniqlang.

A) 392 B) 236 C) 365 D) 285



60. Sulfat kislota eritmasiga 126 ml suv quyilsa 32 % li yoki 26 g sulfat kislota quyilsa 55,2 % li eritma olindi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini aniqlang

A) 50 B) 55 C) 60 D) 65


61. 100 g 10,68% li nitrat kislota eritmasiga mis bo‘lakchasi tashlanganda hosil bo‘lgan eritmadagi tuz bilan nitrat kislota massa ulushlari teng bo‘lsa, tuzning massa ulushini(%) aniqlang.

A) 5,56 B) 2,5 C) 6,25 D) 3,84


62. 100 g 16,02% li nitrat kislota eritmasiga mis bo‘lakchasi tashlanganda hosil bo‘lgan eritmadagi tuz bilan nitrat kislota massa ulushlari teng bo‘lsa, tuzning massa ulushini(%) aniqlang.

A) 8,3 B) 9,5 C) 5,2 C) 6,8


63. 100 g 16,02% li nitrat kislota eritmasiga mis bo‘lakchasi tashlanganda hosil bo‘lgan eritmadagi tuz bilan nitrat kislota massa ulushlari teng bo‘lsa, kislotaning massa ulushini (%) aniqlang.

A) 8,3 B) 9,5 C) 5,2 C) 6,8


64. 100 g 24,5% li sulfat kislota eritmasiga yetarli miqdordaNa2CO3 ∙ nH2O qo‘shilganda tarkibida 125 g suv saqlagan eritma hosil bo‘ldi. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.

A) Na2CO3 ∙ 7H2O B) Na2CO3 ∙ 12H2O

C) Na2CO3 ∙ 10H2O D) Na2CO3 ∙ 8H2O
65. 100 g 24,5% li sulfat kislota eritmasiga yetarli miqdordaNa2CO3 ∙ nH2O qo‘shilganda tarkibida 134 g suv saqlagan eritma hosil bo‘ldi. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.

A) Na2CO3 ∙ 7H2O B) Na2CO3 ∙ 12H2O

C) Na2CO3 ∙ 10H2O D) Na2CO3 ∙ 8H2O
66. 100 g 3,4% li vodorod peroksid eritmasi qizdirilishidan0,56 litr (n.sh.) kislorod ajralib chiqdi. Peroksidning parchalanish darajasini (%) aniqlang.

A) 50 B) 55 C) 60 D) 65


67. Zichligi va foiz konsentratsiyalari teng bo‘lgan eritmaningtitri 14,4 mg/ml ga teng bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.#1,2
68. Zichligi va foiz konsentratsiyalari teng bo‘lgan eritmaningtitri 25,6 mg/ml ga teng bo‘lsa, eritmaning zichligini (g/ml)aniqlang.#1,6
69. Zichligi va foiz konsentratsiyalari teng bo‘lgan eritmaningtitri 22,5 mg/ml ga teng bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.#1,5
70. 1 litr suvda 179,2 l (n.sh.) SO3 eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning (p = 1,25 g/ml) qanday hajmida (ml) 22,4 l (n.sh.) SO3 eritilganda 65,9% sulfat kislota eritmasi hosil bo’ladi?
71. 1160 g suvda 224 l (n.sh.) oltingugurt(VI)-oksid eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning (p = 1,6 g/ml) qanday hajmida (ml) 44,8 l (n.sh.) SO3 ni eritib, 62% li sulfat kislota eritmasi olish mumkin?
72. 1160 g suvda 224 l (n.sh.) oltingugurt(VI)-oksid eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning (p = 1,6 g/ml) qanday miqdorida 44,8 l (n.sh.) SO3 ni eritib, 62% li sulfat kislota eritmasi olish mumkin?
73. 20% li 850 g kumush nitrat eritmasiga tarkibida ekvivalent miqdorda kaliy galogenid bo’lgan 303,5 g eritma qo’shildi. Cho’kma ajratilgandan so’ng 10% li eritma hosil bo’ldi. Reaksiyada qaysi tuzning eritmasi ishlatilgan?

A) kaliy xlorid B) kaliy bromid

C) kaliy ftorid D) kaliy yodod
74. 7,3% li xlorid kislotaning 48,35 ml

(d=1,035 kg/l) eritmasiga 11,2% li kaliy ishqori-ning 183,5ml (r=1,09 kg/l) eritmasidan qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmada qancha suv molekulasi bor?

A) 242,55 ·1023 B) 81,11 · 1023

C) 194,4 · 1023 D) 75,0 ·1023


75. Ortofosfat kislotaning 14,7% li eritmasini (d=1,08 g/ml) 37,04 ml miqdoriga 5,6% li kaliy ishqori eritmasidan (p=1,045 g/ml) 38,12 ml qo‘shilgan. Hosil bo‘lgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) toping.

A) ω(H3PO4) = 2,5; ω(KH2PO4) =6,8

B) ω(KOH) =2,5; ω(K2HPO4 )= 6,8

C) ω(H3PO4 = 5,0; ω(K­2HPO4) =4,4

D) ω(KH2PO4)=11,2

E) ω(K3PO4)=13,2



76. Kalsiy xloridning 200 ml 10,6 % li (d=1, 05 g/ml) eritmasiga sodaning 4 M li (p=1,1 g/ml) 30 ml eritmasi qo‘shildi. Eritmada kolgan kalsiy va natriy tuzlarining modda miqdorini aniqlang.

A) 0,08 va 0,24 B) 0,24 va 0,08

C) 0,12 va 0,24 D) 0,24 va 0,24 E) 0,12 va 0,12
77. Idishda 40 kg 15% li eritma bor. Dastlabki eritmadan 30%i olindi, keyin qolgan eritmaning 20%i olindi. Idishda qolgan eritmaning massasi 40 kg bo’lguncha suv quyildi. Hosil bo’lgan eritmadagi erigan moddaning massa ulushini (%) aniqlang?

A)8,4 B)9,4 C)91,6 D)90,6


78. Idishda 40 kg 15% li eritma bor. Dastlabki eritmadan 20%i olindi, keyin qolgan eritmaning 30%i olindi. Idishda qolgan eritmaning massasi 40 kg bo’lguncha suv quyildi. Hosil bo’lgan eritmadagi erigan moddaning massa ulushini (%) aniqlang?

A)8,4 B)9,4 C)91,6 D)90,6


79. Idishda 40 kg 15% li eritma bor. Dastlabki eritmadan 30%i olindi, keyin qolgan eritmaning 30%i olindi. Idishda qolgan eritmaning massasi 40 kg bo’lguncha suv quyildi. Hosil bo’lgan eritmadagi erigan moddaning massa ulushini (%) aniqlang?

A)8,4 B)7,35 C)91,6 D)90,6


80. 300 g x% li KOH eritmasi bilan 600 g

y% li NaOH eritmalari aralashtirildi. Agar

hosil bo‟lgan eritmadagi ishqorlarning massa

ulushlari yig‟indisi 0,14 ga teng bo‟lsa, x va y

larni (%) toping. (y%-x%=3)

A) 22;25 B) 18;21

C) 15;18 D) 12;15
81. Suvda eriydigan tuzning 2,5 M 200 g (ρ=1,25g/ml) eritmasiga 240 ml 1,5 M li eritmasi qo’shilganda 15,2% (ρ=1,175g/ml) eritma hosil bo’ldi. Qo’shilgan 1,5 M li eritma zichligini aniqlang.

A) 1,15 B) 1,125 C) 1,175 D) 1,05


82. Suvda eriydigan tuzning 2,5 M 200 g (ρ=1,25g/ml) eritmasiga 240 ml 1,5 M li eritmasi qo’shilganda 15,2% (ρ=1,175g/ml) eritma hosil bo’ldi. 2,5 M li eritmadagi tuz massasini aniqlang.

A) 33,8 B) 37,6 C) 71,4 D) 51,2



83. Suvda eriydigan tuzning 2,5 M 200 g (ρ=1,25g/ml) eritmasiga 240 ml 1,5 M li eritmasi qo’shilganda 15,2% (ρ=1,175g/ml) eritma hosil bo’ldi. 1,5 M li eritmadagi tuz massasini aniqlang.

A) 33,8 B) 37,6 C) 71,4 D) 51,2


84. 53,4 g alyuminy xlorid bilan 54,6 g natriy sulfid mo’l miqdordagi suvda eritilishidan hosil bo’lgan gazni neytrallash uchun 0,25M li natriy gidroksid eritmasidan qancha hajm (l) talab etiladi.

A)6 B)7 C)3 D)3,5


85. 26,7 g alyuminy xlorid bilan 27,3 g natriy sulfid mo’l miqdordagi suvda eritilishidan hosil bo’lgan gazni neytrallash uchun 0,25M li natriy gidroksid eritmasidan qancha hajm (l) talab etiladi.

A)1,2 B)2,8 C)2,4 D)1,4


86. 3 M ishqoriy metall bromidi eritmasining 70 mililitri 48 g ga teng.Eritma 45% ekanligi ma’lum bo’lsa, E elementining nisbiy atom massasini aniqlang.

A) 7 B) 23 C) 39 D) 85


87. 0,02 l alyuminiy sulfat (0, 01 mol/l) eritmasidagi alyuminiy ionini to‘la cho‘ktirish uchun natriy karbonat eritmasidan (0, 015 mol/l) qancha millitr kеrak bo‘ladi.

A) 0,04 B) 54,5 C) 40 D) 13,3


88. 500 ml alyuminiy yodid (0, 02 mol/l) eritmasidan alyuminiy ionini to‘la cho‘ktirish uchun natriy karbonatning 0, 15 molyarli eritmasidan ... ml zarur bo‘ladi.

A) 66, 7 B) 100 C) 56, 8 D) 150


89. 1481,4 gr 4 M li sirka kislota eritmasida erigan modda va erituvchining mol nisbati

0,478 : 1 bo’lsa, erituvchini aniqlang.

A) atseton B) xloroform C) suv D) etanol

90. 1450 gr 25 M li sirka kislota eritmasida erigan modda va erituvchining mol nisbati

1,45 : 1 bo’lsa, erituvchini aniqlang.

A) atseton B) xloroform C) suv D) etanol
91. 754 gr 5 mol/kg li sirka kislota eritmasida erigan modda va erituvchining mol nisbati 0,29:1 bo’lsa, erituvchini aniqlang.

A) etanol B) aseton

C) suv D) uglerod tetraxlorid
92. 1210 gr 6,25 mol/kg li sirka kislota eritmasida erigan modda va erituvchining mol nisbati 0,55:1 bo’lsa, erituvchini aniqlang. A) xloroform B) aseton C) suv D) dioksan
93. 60 % li (p=1,3 gr/ml) H2SO4 eritmasidan 1,5 M li eritma tayyorlash uchun dastlabki eritmani necha marta suyultirish kerak?

A) 5,3 B) 7 C) 10,88 D) 9,88


94. 40% li (p=1,2 gr/ml) HNO3 eritmasidan

0,7 M li eritma tayyorlash uchun dastlabki eritmani necha marta suyultirish kerak?

A) 10,88 B)10 C) 9,2 D) 9,88
95. 25% li (p=1,2 gr/ml) HCl eritmasidan 1,2 M li eritma tayyorlash uchun dastlabki eritmani necha marta suyultirish kerak?

A) 6,85 B) 14,6 C) 5,85 D) 9,88


96. 0,2 kg (ρ=1,25 g/ml) suvda eriydigan tuzning 2,5 molyarli eritmasiga uning 0,24 litr 1,5 molyar eritmasi aralashtirilganda 15,2 % li (ρ=1,175 g/ml) eritmasi hosilbo‘ldi. Qo‘shilgan 1,5 molyarli eritma massasini (g) aniqlang.

A) 270 B) 180 C) 260 D) 200


97. 240 g 7,5 molyarli (ρ=1,5 g/ml) NaOH eritmasiga nechamolyarli NaOH eritmasidan 300 ml (ρ=1,2 g/ml)qo‘shilganda 14% li eritma hosil bo‘ladi?

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6


98. 240 g 7,5 molyarli (ρ=1,5 g/ml) NaOH eritmasiga qancha(ml) 3 molyarli (ρ=1,2 g/ml) NaOH eritmasidanqo‘shilganda 14% li eritma hosil bo‘ladi?

A) 300 B) 400 C) 250 D) 350



99. Ikki valentli metall bo‘lagi xona haroratida xlorid kislotaning 54,6 g 10 molyalli eritmasida eritilganda H2 gazi ajraldi vametall xloridining 32,2% li eritmasi hosil bo‘ldi. Metalning nisbiy atom massasini aniqlang.

A) 24 B) 20 C) 14 D) 12


100. Ikki valentli metall bo‘lagi xona haroratida xlorid kislotaning 54,6 g 10 molyalli eritmasida eritilganda H2 gazi ajraldi va metall xloridining 32,2% li eritmasi hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan metall xlorid massasini (g) aniqlang.

A) 19 B) 20 C) 15 D) 25



Download 49.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling