1-dars Fan : Yozuv Sana: Mavzu


O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi


Download 145.27 Kb.
bet4/10
Sana30.06.2020
Hajmi145.27 Kb.
#122395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 sinfona tili


O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  • Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 46-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

    18-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlar.

    1)O`quvchilarga so`zlarning talaffuzi va yozilishini o`rgatish, ularning imlosini o`zlashtirishga erishish.

    2) O`quvchilarni kitobga mehr-muhabbat, tabiatni sevish ruhida tarbiyalash.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Yangi bilim beruvchi

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    Lug`at diktant yozdiriladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Qq harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



    Qq

    Qat-qat qatlama, aqling bo`lsa tashlama. (kitob)

    Sinf imkon darajasida guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh nomlanadi. 1. Quvnoqlar. 2 Zukkolar. 3. Bilimdonlar. 4. Shodon;lar. 5. Donolar.

    O`quvchilar darsdagi faolliklariga qarab turli nominatsiyalar bilan taqdorlanishi aytib o`tiladi.

    “Bugungi darsning eng faol o`quvchisi”, “Bugungi darsning eng tirishqoq o`quvchisi”, “Bugungi darsning eng intiluvchan o`quvchisi”



    1. Mustahkamlash

    1-topshiriq 47-mashq asosida amalga oshiriladi.

    “Kim topog`on ” o`yini multimedia ilova asosida yoki organayzer usulida tashkil etiladi.



    A3 formatda jadval asosida quyidagi topshiriq beriladi. Bu o`yinda o`quvchilar so`zlar qatoriga qaysi undosh mos kelsa, shu undoshga Qo`shuv (+) belgisi qo`yadi. So`ng o`quvchilar javoblariu tekshiriladi. To`gri bajargan guruhlar rag`bat kartochkasiga ega bo`lishadi.

    So`zlar

    b

    p

    d

    t

    g

    k

    z

    s

    Javoblar

    Davla__










    +













    Davlat

    Ozo__







    +
















    Ozod_

    Tu_




    +



















    Tup

    Tarvu_



















    +




    Tarvuz

    Hiso_

    +






















    Hisob

    Rubo_

    +






















    Rubob

    Zayna_

    +






















    Zaynab

    Kopto_
















    +







    Koptok

    Abbo_






















    +

    Abbos

    Talaffu_



















    +




    Talaffuz

    Bar_













    +










    Barg

    2-topshiriq.(multimedia ilova asosida)

    Ekranda qish fasli tabiati manzarasi aks etgan. Shamol bilan kitob uchib kelib yerda turgan to`nka ustiga tushadi. Bilarjon kitobni qo`liga olib ochgach, harflar kitob sahifasidan chiqib, ekranda she`r paydo bo`ladi.

    Tanishaylik , men kito_,

    Asl bilimlarga kon.

    Boylik beray behiso_,

    Bol`sang agar qadrdon (Qudrat Hikmat)

    O`quvchilar tushib qolgan harfni topib joyiga qo`yishadi.

    Multimedia ilova 48-mashq sharti asosida tashkil etiladi. Nuqtalar o`rniga zarur harflarni qo`yib ko`chirish, she`rning birinchi misrasidagi undoshlarning tagiga chizish aytiladi. She`r yuzasidan savol-javob asosida suhbat o`tkaziladi.

    Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 49-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.
    19-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: Tutuq belgisi

    1)O`quvchilarga tutuq belgili so`zlarning to`g`ri talaffuzi va yozilishi, uning so`z ma`nosini farqlashdagi vazifasi haqida bilim, tushuncha berish.

    2) O`quvchilarni va`daga vafo qilishga, keksalarning duosini olishga , atrofdagi odamlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

    3) O‘quvchilarning tutuq belgili so`zlarni yozish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Yangi bilim beruvchi

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    Rasmli diktant yozdiriladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Rr harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

    Rr

    Raim marraga birinchi keldi.


    1. Yangi mavzu bayoni.

    Doskaga tutuq belgisi ishtirok etgan bir necha so`zlarni yozib, o`quvchilarga o`qitiladi. So`ng o`quvchilar yo`l qo`ygan kamchiliklar o`qituvchi tomonidan to`g`ri talaffuz qilib, o`qib beriladi. O`quvchilar so`zlarni takorlaydilar. Doskada na`matak, san`at, mash`al, qit`a, ma`no so`zlari yozilgan bo`ladi.

    Shundan so`ng o`qituvchi undoshdan so`ng qo`yilgan tutuq belgisi o`zidan oldingi undosh tovushni keyingi unlidan ajratib talaffuz qilish kerakligini bildirishini aytib, tutuq belgisi qo`yilgan so`zlarning ma`nosida yuz beradigan o`zgarishlarni izohlaydi.

    Qal`a- qala,

    Qal`a- devorlari mustahkam qilib o`ralgan shahar yoki qishloq.

    Qala- o`tin qala.

    Unlidan keyin tutuq belgisi o`zidan oldingi unlini cho`ziqroq talaffuz qilishni bildiradi. Masalan: she`r, da`vo, ta`na so`zlarida unli harf cho`zibroq talaffuz qilinadi.

    Bundan tashqari tutuq belgisi so`z ma`nosini farqlashga ham xizmat qilishi tushuntiriladi.


    1. Mustahkamlash.

    Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

    50-mashq dosjada yoziladi. Tutuq belgili so`zlarning aytilishi va yozilishiga o`quvchilar diqqati qaratilib, maqollarning ma`nosi tushuntiriladi.

    Rahmat olgan omondir,

    Lan`at olgan yomondir.

    Va`daga vafo- mardning ishi.

    Mashqdagi maqollar izohlanadi, lan`at, va`da so`zlarining ma`nosi tushuntiriladi.

    51-mashqdagi so`zlar tutuq belgisiga rioya qilib o`qitiladi.

    Da`vo-davo, sur`at- surat, she`r- sher, ta`na-tana.

    Har bir so`z ustida lug`at ishi o`tkaziladi.

    Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    “Raqamli joylashuv” o`yini o`tkaziladi.

    O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.



    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 52-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

    20-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: Tutuq belgili so`zlarning talaffuzi.

    1)O`quvchilarga tutuq belgili so`zlarning to`g`ri talaffuzi va yozilishi, uning so`z ma`nosini farqlashdagi vazifasi haqida bilim, tushuncha berish.

    2) O`quvchilarni va`daga vafo qilishga, keksalarning duosini olishga , atrofdagi odamlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

    3) O‘quvchilarning tutuq belgili so`zlarni yozish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Dars turi:Mustahkamlovshi

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    Rasmli diktant yozdiriladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Ss harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

    Ss

    Saida Salim otaga salom berdi.


    1. Mustahkamlash

    Doskaga tutuq belgisi ishtirok etgan bir necha so`zlarni yozib, o`quvchilarga o`qitiladi. So`ng o`quvchilar yo`l qo`ygan kamchiliklar o`qituvchi tomonidan to`g`ri talaffuz qilib, o`qib beriladi. O`quvchilar so`zlarni takorlaydilar. Doskada na`matak, san`at, mash`al, qit`a, ma`no so`zlari yozilgan bo`ladi.

    Shundan so`ng o`qituvchi undoshdan so`ng qo`yilgan tutuq belgisi o`zidan oldingi undosh tovushni keyingi unlidan ajratib talaffuz qilish kerakligini bildirishini aytib, tutuq belgisi qo`yilgan so`zlarning ma`nosida yuz beradigan o`zgarishlarni izohlaydi.

    Qal`a- qala,

    Qal`a- devorlari mustahkam qilib o`ralgan shahar yoki qishloq.

    Qala- o`tin qala.

    Unlidan keyin tutuq belgisi o`zidan oldingi unlini cho`ziqroq talaffuz qilishni bildiradi. Masalan: she`r, da`vo, ta`na so`zlarida unli harf cho`zibroq talaffuz qilinadi.

    Bundan tashqari tutuq belgisi so`z ma`nosini farqlashga ham xizmat qilishi tushuntiriladi.

    Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

    53-mashqda tez va ko`p aytishga tayyorlanish topshirig`i beriladi.

    Sa`va saharda sadada sayradi.

    Tal`at tandir tagidan tanga topdi.

    Sa`va-sava, Tal`at- talat so`zlari ustida lug`at ishi o`tkaziladi.

    54-mashq. Sher`ni ko`chirib yozish topshiriladi.

    Ayoz dedi: - Sha`nimga she`r,

    Yozmasang ham rahmat senga.

    Qizdiraman oyoq-qo`ling

    Birpas o`ynab bersang menga. (abdurahmon Akbar)

    Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.


    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 55-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

    21-dars

    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: 3-Nazorat ishi. Tutuq belgili so`zlar imlosi

    1)O`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, og`zaki nutqini yozma nutqda ifodalay olishlarini , tutuq belgili so`zlarni to`gri yozishni tekshirish.

    2) O`quvchilarni tabiatdagi o`zgarishlartni kuzatishga o`rgatish va ahillik, inoqlik xislatlarini tarkib toptirish.

    3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi: Nazorat darsi.

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

    Uy vazifasi 52-mashq parta oralab tekshiriladi, o`rganilgan mavzu yuzasidan savol-javobo`tkaziladi.

    1. Nazorat ishini tashkil etish:

    Mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Barcha o`quvchilarga nazorat ishi haqida yana bir bor tushuncha beriladi., nazorat ishi daftarlari tarqatiladi va diktant yozdiriladi.

    Lug`at diktant.

    A`lo, ma`no, e`lon, ta`lim, Ra`no, sa`va, e`zoz, e`tibor.
    O`quvchilarning nazorat ishi daftarlari yig`iladi va darsdan tashqari tekshiriladi.

    Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    Yozib charchar qo`limiz,

    O`qib tolar ko`zimiz.

    Boshimiz qo`yib asta,

    Dam olamiz ohista.



    1. O`quvchilarni baholash.

    Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


    1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

    Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash beriladi. Dares yakunlandi.

    .

    22-dars



    Fan : Ona tili

    Sana:

    Mavzu: Alifbo

    1)O`quvchilarga alifbo haqida ma`lumot berish, so`zlarni bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatdan tahlil qilish orqali so`zlarning tovush tarkibini aniqlashga o`rgatish

    2) O`quvchilarni va`daga vafo qilishga, keksalarning duosini olishga , atrofdagi odamlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish.

    3) O‘quvchilarning so`zlarni alifbo tartibida yozddirish orqali lug`atdan foydalanish ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.



    Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

    Dars turi:Yangi bilim beruvchi

    Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

    Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    Salomlashish.

    Navbatchi axborotini tinglash.

    O`quvchilarni darsga hozirlash.

    O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

    So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


    1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

    1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

    Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

    Rasmli diktant yozdiriladi.

    Multimedia ilova asosida bosh va kichik Uu harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

    Uu

    Umida ukasini yaxshi ko`radi.


    1. Yangi mavzu bayoni.

    Yangi mavzu 56-mashq asosida tushuntiriladi.

    O`qituvchi tovush va harflarni “Alifbo” kitobi yordamida bilib olganliklarini aytib , suhbat asosida mavzuni tushuntirishda davom etib, quyidagi savollar bilan o`quvchilarga murojaat etiladi.



    • Alifbe kitobi sizlarga nechta harflarni o`rgatdi? (29 ta)

    • Ulardan nechtasi harf birikmasi? (3 tasi)

    O`quvchilarga Alifbo ko`rsatiladi.

    • Bu nima? (Alifbo)

    • Barakalla! Unda nimalarni ko`ryapsiz?(harflarni)

    • Unda harflar qanday joylashtirilgan? (tartib bilan)

    • “Alifbe” kitobida 1-, 2-, 3-bo`lib qaysi harflar o`rganilgan? ( O, n, a)

    • Barakalla! Bolajonlar siz birinchi bo`lib ?ona/ so`zini o`qishni va yozishni o`rgangan ekansiz/ Endi diqqat qiling, “Alifbo” da qaysi harflar 1-, 2-, 3- o`rinda turibdi? ( Aa, Bb, Dd)

    • Demak, bolajonlar:

    Alidboda harflar tartib bilan joylashadi.

    O`quvchilar birgalikda alifboni tartib bilan aytib chiqishadi.



    1. Mustahkamlash.

    Mavzuni mustahkamlash uchun darsklikdagi mashqlar bajartiriladi.

    57-mashq dosjada yoziladi. Mashq shartiga ko`ra bajartiriladi, tushirib qoldirilgan harflarni qo`yib so`zlar o`qitiladi va alifbo tartibida joylashtiriladi.

    Gulsapsar, karnaygul, chinnigul.

    Onamning tug`ilgan kuniga bir dasta chinnigul sovg`a qildim.

    Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

    “Davom ettir” o`yini o`tkaziladi.O`yin shartiga ko`ra har bir o`quvchi alifbo tartibida bittadabn so`z aytadi. Bu o`yinda sinfdagi barcha o`quvchilar qatnashadi.

    58-mashqni o`quvchilar og`zaki bajaradilar.

    Izzat, kassa, mitti, naqqosh, novvot, rassom, varrak.

    O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.


    1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

    Uyga vazifa 59-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi


    Download 145.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling