1-dars. Ingliz alifbosi Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz


Download 237.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi237.33 Kb.
#266032


1-dars. Ingliz alifbosi 

 

Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz 



qiyinlashtiradi. Lekin, ingliz tili va o’zbek tili lotin alifbosiga asoslangan. Ya’ni, koreys, xitoy 

yoki rus tillaridek harflar bilan alohida tanishib chiqish shart emas. Shunday qilib, ingliz tili 

alifbosida 26ta harf bor. E’tibor bering, o’zbek alifbosida esa 29 harf va bir tutuq belgisi 

mavjud. 


Ingliz tilida harflar ikki turga:  vowels (unli) va consonants (undosh)ga bo’linadi.  

Unli harflar (vowels) 5ta: a, e, i, o, u 

Undosh harflar (consonants) esa 21ta: b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, w, x, y, z 

 

Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalar ya’ni ikki harf qo’shilgan holda bir tovushni 



beradigan harflar mavjud. Bular: 

c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola) 

s va h qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y) 

ph=f (photo [foto] – foto) 

th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi:thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z 

yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning 

o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak. 

ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y) 

oo=u (book [buk]-kitob) 

 

Eslatma: Har bir uchragan yangi so’zni lug’at daftariga yozib yodlab borsangiz so’z 



boyligingiz yana ham ko’payadi. 

 

2-dars. A/an artikli 



 

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan 

ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An 

elephant – fil yoki bitta fil. 

A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi 

bo’lsak a/an ishlatilmaydi. 

 



Misol: a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar) 

            An elephant – three elephants (fil-3ta fillar) 

            A dog – dogs (it-itlar) 

 

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels 



(unli harflar) oldidan ishlatamiz. 

 

Misol:   a ball (koptok), a pen (ruchka), a box (quti) 



              an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush) 

 

Yodlash uchun so’zlar:  



snake-ilon 

ant-chumoli 

frog-qurbaqa 

octopus-sakkizoyoq 

cow-sigir 

insect-hashorot 

bird-qush 

lion-sher 

alligator-timsoh 

donkey-eshak 

mouse-sichqon 

fish-baliq 

horse-ot 

bee-asalari 

 

Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing. 



 

3-dars. Fonetik qoidalar 

 



Oldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa 

ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. 

Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harf turlicha tallafuz 

qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning 

tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb 

talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib 

borishga harakat qilamiz. Shunday qilib, 

1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi. 

Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all[o’:l] 

2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan:make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], 

apple[eppl] 

3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep 

[shi:p], see [si:] 

4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook 

[kuk], good[gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:] 

5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa 

u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti] 

Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], 

cup [kap],coffee [koffi] 

6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv]degan tovushni beradi. Masalan: queen 

[kvi:n], quit[kvit], question [kvestshn] 

 

New words: 



call – chaqirmoq 

small – kichkina 

make – tayyorlamoq, yasamoq 

cake – to’rt 

see – ko’rmoq 

cook – pishirmoq 

good – yaxshi 

door – eshik 

floor – qavat 

cinema – sinema 




city – shahar 

cat – mushuk 

cup – finjon, piyola 

coffee – kofe 

queen – qirolicha 

quit – chiqmoq 

question – savol 

 

Eslatma: qavs ichidagi [ ] tallafuzni bildiradigan tovushlar o’zbek tilidagi o’qilishini 



bildiradi. 

 

4-dars. Plurals 



 

Ingliz tilida ko’plik (plural) shakli yasash uchun ko’pgina otlarga -s qo’shimchasini 

qo’shamiz. Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini 

qo’shsak kifoya: books – kitoblar. O’zbek tiliga -s qo’shimchasi 

-lar deb tarjima qilinadi. 

one flower – two flowers 

one zebra – four zebras 

one lion – three lions 

 

Lekin hamma otlarga ham -s qo’shimcha qo’shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari 



bilan tugagan otlarga ko’plik yasash uchun -esqo’shimchasi qo’shiladi. 

one bus – two buses 

 

Quyidagi mashqda ko’plik shaklini yasang. 



1. watch – _____ 

2. glass – _____ 

3. tomato – ____ 

4. brush – ____ 

5. box – _____ 



6. dish – ____ 

 

So’z oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -ies 



qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: one baby – two babies 

Lekin, 


 

So’z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -sqo’shimchasini o’zi qo’shiladi. Masalan: toy – 

toys 

Ko’pgina otlarning ko’plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi. 



 

Ammo, ba’zi otlar borki ular bu qoidalarga bo’ysunmaydi. Ularni biz irregular plurals 

deymiz. Ularning o’zini ko’plik shakli bor bo’lib, -s, -es, yoki -ies emas aynan o’sha shaklini 

ishlatishimiz kerak bo’ladi. Masalan one man – two men. Ushbu ro’yxatdagi so’zlarga -s 

qo’shimcha qo’shsak xato bo’ladi. Bu so’zlar ro’yxatini yaxshisi yodlab olganingiz ma’qul. 

Ular unchalik ham ko’p emas. Ularning ba’zilarini keltirib o’taman: 

 

New words (Yangi so’zlar): 



 

flower – gul 

lion – sher 

bus – avtobus 

watch – qo’l soat 

tomato – pomidor 

brush – chotka 

box – quti 

dish – idish 

baby – go’dak 

6-dars. To be fe’li 

 

To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -



dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi. 

 



To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are 

 

Biz doimo "I" - shaxs ya’ni "I" bilan to be ni "am" shaklini ishlatamiz. 



II-shaxs "you" bilan esa "are" ni 

III-shaxs ya’ni "he", "she", "it" bilan esa "is" ni qo”laymiz. 

 

Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga "are" ishlatamiz. 



 

I am a pupil. 

Men o’quvchiman. (ot bilan) 

He is 18 years old. 

U 18 yoshda(dir). (son bilan) 

This flower is beautiful. 

Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan) 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

5-dars. Personal pronouns 

 

Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar 



tushuniladi. 

Masalan: 

John is my brother.  He is my brother. (John mening akam. U mening akam) 

Bu yerda John ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda. 

Children are playing in the garden. They are playing in the garden. 

(Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti). 

 

Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud.  




I-shaxs so’zlovchi,  

II-shaxs-tinglovchi,  

III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi bo’lmagan odam 

 

Birlikda (Singular) 



I-shaxs       I – men 

II-shaxs      you – sen, siz 

III-shaxs     he, she, it – u 

 

Ko’plikda (Plural) 



I-shaxs      we – biz 

II-shaxs     you – sizlar 

III-shaxs    they – ular 

 

Biz he deb faqat erkak kishi yoki o'g’il bolaga, she deb faqat qiz yoki ayolga, it deb esa 



narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik 

shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

7 dars. "To be" fe'li 

davomi 

 

To be ning qisqartma shakli. 



 

Ingliz tilida to be ni qisqartma shakli ko’p uchraydi. Bular: 

I am – I’m 

You are – You’re 




He is – He’s 

She is – She’s 

It is – It’s 

We are – We’re 

They are – They’re 

 

To be ning inkor shakli. 



 

To be ni inkor shaklini yasash uchun to be dan keyin not yuklamasi qo’yiladi. 

I am not a pupil.  Men o’quvchi emasman. 

He is not 18 years old. U 18 yoshda emas. 

They are not beautiful. Ular chiroyli emas. 

 

To be ning savol shakli. 



 

To be ning savol shakli yasash uchun To be fe’lini egadan oldinga qo’yiladi. 

Masalan: 

You are a pupil. 

Sen o’quvchisan 

Are you a pupil? 

Sen o’quvchimisan? 

Javob berish: Yes, I am/No, I am not 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

8-dars. Demonstrative pronouns 

 



Demonstrative pronouns ko’rsatish olmoshlari bo’lib, biror shaxs, narsa yoki predmet 

ko’rsatilganda ishlatiladi. 

Ko’rsatish olmoshlari 4ta bo’lib, ular: this, that, these va those. 

This – bu (yaqindagi 1ta narsa uchun) This is a pen. 

These – bular (yaqindagi 1dan ortiq narsalar uchun) Those are pens. 

That – u, anavi (uzoqdagi 1ta narsa uchun)   That is a kite. 

Those – anavilar, ular (uzoqdagi 1dan ortiq narsalar uchun) Those are kites 

 

Ko’rsatish olmoshlaridan inkor yasalganda to be fe’lidan so’ng not yuklamasi qo’yiladi. 



Masalan: This is a flower. 

This is not a flower. 

Those are elephants. 

Those are not elephants. 

 

Ko’rsatish olmoshlari bilan savol tuzish to be fe’li egadan oldinga qo’yish orqali yasaladi. 



Masalan:  

This is a flower. 

Is this a flower? 

Those are children. 

Are those children? 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

8-dars. Have / Have got 

 

Have yoki have got bor bo’lmoq, ega bo’lmoq degan ma’nolarni anglatadi. 



Masalan: I have a book. Yoki I have got a book. 


Biz III shaxs birlik uchun (he, she, it) has ishlatamiz, qolgan barcha shaxslarga have 

ishlatiladi. 

Masalan:  

She has got a pen. 

He has apples. 

 

Have gotdan inkor yasalganda, have va got orasiga not yuklamasi qo’yiladi. 



Masalan:  I have not got a pen.               Menda ruchka yo’q 

They have not got a dog in their house.        Ularning uyida it yo’q. 

Have got = ‘ve got 

Has got = ‘s got 

Have not got = haven’t got 

Has not got = hasn’t got 

 

Savol shaklini yasash uchun esa have yoki has egadan oldinga qo’yiladi. 



Masalan: Have you got a pen?                       Ruchkangiz bormi? 

    Has Lily got a brother?                    Lilyning akasi bormi? 

 

 

Savollarga qiyidagicha qisqa javob berish mumkin: 



Have you got a pen?              

Yes, I have/ No, I haven’t  

Has she got two pens? 

Yes, she has / No, She hasn’t 

 

@IngilizTiliUz 



 

9-dars. There is/There are 

 



There is , there are u yerda bor degan ma’noni bildirib, biror joyda biror nima borligini 

bildiradi. 

 

Masalan:  



There is an apple in the fridge. 

Xolodilnikda olma bor. 

 

There is/are ni have/has dan farqi, have/has biror shaxsda yoki predmetda biror nima 



borligini bildirsa, there is/are esa biror yerda biror nima borligini bildiradi. 

 

There’s a boat.  



U yerda qayiq bor 

 

There are three fish. 



U yerda uchta baliqlar bor. 

 

Avvalgi darslarimizda, biz sizga “is” ni birlik “are”ni esa ko’plik uchun ishlatilishini aytib 



o’tgandik, xuddi shunday ‘ there is – birlikdagi otni, there are esa ko’plikdagi otlarni 

borligini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. 

 

Masalan: 



There is a pen on the table. (stol ustida ruchka bor) 

There are two pens on the the table. (stol ustida ikkita ruchkalar bor) 

 

Biz there is/are dan inkor gap yasaganimizda to be fe’li (is/are) dan keyin not yuklamasi 



qo’yiladi va u yerda yo’q deb tarjima qilinadi. 

 

Masalan: There is not a pen in my bag. Mening sumkamda ruchka yo’q. 



There are not five flowers in the classroom. Sinfxonada beshta gullar yo’q. 

 



Biz there is/are dan so’roq shaklini yasaganimizda esa to be fe’li (is/are) egadan oldinga 

qo’yiladi va u yerda bormi deb tarjima qilinadi. 

 

Masalan:  



Is there a cat in your home?  

Sizning uyingizda mushuk bormi? 

 

Are there two copybooks in your bag? 



Sumkangizda ikkita daftaringiz bormi? 

 

Ingliz tilida ko’pincha to be fe’lini qisqartmalaridan foydalaniladi. 



There is/are ni quyidagicha qisqartirib foydalanish mumkin. 

there is = there’s 

there is not = there isn’t 

there are not = there aren’t 

 

@IngilizTiliUz 



 

10-dars. Present simple - oddiy hozirgi zamon. 

 

Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning 



ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi. Masalan: 

1. I like a school - men maktabni yoqtiraman. 

2. We usually drink tea - biz doim choy ichamiz. 

3. You work in the shop - siz do'konda ishlaysiz. 

4. They children play in the home - u bolalar uyda o'ynashadi. 

 

E'tibor beramiz, oddiy hozirgi zamon ayni paytda sodir bo'layotgan holatni bildirmayapdi. 



Odatdagi holatni ifoda qilyapdi. Ya'ni, hozirda shunday bo'lyapdi emas, odatda shunday 

bo'ladi deb tushunamiz. Hozirda bo'layotgan hodisani o'tkan darsimizda aytganimizdek 




"ing" qo'shimchasi bilan ifodalaymiz va u davomli hozirgi zamon deyiladi. Hozirgi darsimiz 

esa oddiy yoki odatiy hozirgi zamon desak ham bo'ladi. 

Odatiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning 

oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan 

so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi. 

Study, carry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi: studies, carries. Boshqa 

so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads. 

Have so'zi 3-shaxs birlikda "has" so'ziga aylanadi. 

 

@IngilizTiliUz 



 

11-dars. Present simple negative - oddiy hozirgi zamonning inkor shakli. 

 

Agar siz oddiy hozirgi zamonda inkorni ifoda qilmoqchi bo'lsangiz ish-harakat so'zidan 



oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko'pligida "do not" (qisqartmasi: don't)ni 

ishlatasiz. Misollar: 

1. I do not smoke - men odatda sigaret chekmayman. 

2. You do not work - siz odatda ishlamaysiz. 

3. We do not play - biz odatda o'ynamaymiz. 

4. They do not speak English - ular odatda inglizcha gapirishmaydi. 

 

Odatiy hozirgi zamonda inkor ifoda qilinayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) bo'lsa does 



not (qisqartmasi: doesn't) ishlatiladi. Masalan: He is doesn't like boxing - u odatda boksni 

yoqtirmaydi. Agar ushbu gapda doesn't bo'lmaganda "yoqtiradi" bo'lardi. 

E'tibor beramiz, do not yoki does not qo'yilganda harakatni anglatadigan so'zga ies/es/s 

harflari qo'yilmasdan shundoqligicha yoziladi. 

 

@IngilizTiliUz 



 

 [ Photo ] 

Past simple negative: Not 

 

Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing😉 




 https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ5BBgmXU5SkYA 

 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 



[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

12-dars. Present simple questions - hozirgi oddiy zamonning so'roq shakli 

 

Oddiy hozirgi zamondagi gapni savolga aylantirish uchun gapning boshiga "Do" so'zini 



qo'shamiz: 

I do work - men odatda ishlayman. 

Do I work? - men odatda ishlaymanmi? 

 

What, where, how kabi so'roq so'zlari gapning avvalida keladi, keyin "do", keyin qolgan 



so'zlar keladi. Ba'zan often (tez-tez), never (hech qachon), sometimes (ba'zida), usually 

(odatda), always (doim) kabi so'zlar ham "do"dan oldin kelishi mumkin. 

 

What do you do? - Nima ish qilasiz? 



Bundagi birinchi "do" oddiy hozirgi zamonni bildiruvchi so'z, ikkinchi "do" - qilmoq 

ma'nosidagi mustaqil so'z bo'lib kelyapdi. 

Savol berayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) "does" ishlatiladi. 

Does he live in Uzbekistan? - U O'zbekistonda yashaydimi? 

 

Savollarga qisqa javoblar berish mumkin: 



O'zingiz haqingizda - Yes, I do yoki No, I don't. 

2-shaxsda - Yes, you do yoki No, you don't. 

3-shaxs birlikda erkak bo'lsa - Yes, he does yoki No, he doesn't. 

3-shaxs birlikda ayol bo'lsa - Yes, she does yoki No, she doesn't. 

3-shaxs birlikda jinsi noma'lum yoki odam bo'lmasa - Yes, it does yoki No, it doesn't. 

3-shaxs ko'plikda - Yes, they do yoki No, they don't. 

Hammasi "ha" yoki "yo'q" degan ma'noda ishlatiladi. 

 

@IngilizTiliUz 




 

 [ Photo ] 

Past simple 

 

 



  

 Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing😉 

 https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ5BBgmXU5SkYA 

 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 



[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

15-dars. Present continuous - Davomiy hozirgi zamon. 

 

Avvalo, bizga "verb" (fe'l) - harakatni ifodalovchi so'z kerak bo'ladi. Masalan: eat - yemoq. 



Fe'llarni har xil zamonlarga mos ko'rinishlari bo'ladi: yedi, yeyayotgan edi, yeyabdi, yeydi 

va hokazo. Bugungi darsimizda "yeyabdi" deyishni, ya'ni davom etayotgan hozirgi 

zamonni o'rganamiz. Buning uchun fe'lga "ing" qo'shimchasini qo'shish kerak bo'ladi: 

He is eating - U ovqatlanyabdi. 

Eat - eating. 

Davomiy hozirgi zamonda am/is/are qo'shimchalari ishlatilishi shart! 

 

Quyidagi kabi so'zlarda "ing" qo'shilishi bilan e harfi tushib qoladi: 



come (kelmoq) - coming 

smoke (chekmoq) - smoking 

write (yozmoq) - writing. 

Quyidagi kabi so'zlarda oxirgi harf ikkita bo'lib qoladi: 

run (yugurmoq) - running 

sit (o'tirmoq) - sitting 

swim (suzmoq) - swimming 

Quyidagi kabi so'zlarda ie o'rniga y qo'yiladi: 




lie (yotmoq) - lying 

die (o'lmoq) - dying 

 

Boshqa ko'p so'zlarda hech qanday o'zgarishsiz "ing" qo'shilaveradi: 



read  - reading (o'qiyabdi) 

learn - learning (o'rganyabdi) 

watch - watching (tomosha qilyabdi). 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

16-dars. Present continuous questions - Hozirgi davomli zamonning so'roq shakli 

 

Question - savol. Ya'ni, davomiy hozirgi zamon fe'lida savol berishni o'rganamiz. 



Esimizda bo'lsa, 2-darsda darak gapni so'roq gapga o'zgartirish uchun "To be" (am/is/are) 

fe'lini otdan oldinga o'tkazishni o'rgangan edik. Bu ham xuddi shunday bo'ladi. "He is 

walking" (U yuryapdi) bo'lsa, "Is he walking?" (U yuryapdimi?) bo'ladi. 

Har bir gapda what, who, where, how kabi so'roq so'zlar ko'pincha gapning avvalida 

keladi. Keyin "To be" fe'li, keyin subject (ot) keyin verb (harakat so'zi) yoziladi. 

What are the children doing? - Bolalar nima qilishyapdi? 

Why is she crying? - U (ayol) nimaga yig'layapdi?. 

 

Eslatma: 



Mavzularni yaxshi o'zlashtirish uchun biz o'rganayotgan qo'llanmadagi mashqlarni 

bajarish tavsiya qilinadi. Mavzuyimiz cho'zilib ketmasligi uchun har bitta qoidaga 

ko'pincha bitta misol keltiramiz, xolos. 

Ingliz tilini yaxshi o'rganishda so'zlarni yodlash ham katta o'rin tutadi. Lug'atlardan kerakli 

so'zlarni topib, yodlab borish tavsiya qilinadi. Biz imkonimiz boricha grammatik qoidalarni 

ko'rsatib ketamiz, xolos. 

 

@IngilizTiliUz 




 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

17-dars. Davomiy va oddiy hozirgi zamon. 

 

He is watching television - U televizor ko'ryapdi (davomiy hozirgi zamon). 



He do wants television - U odatda televizor ko'radi (oddiy hozirgi zamon). 

Davom etayotgan  hozirgi zamon am/are/is fe'llaridan birini olishi shart: 

I am working - Men ish qilyapman. 

Oddiy hozirgi zamon esa am/are/is fe'llarini ham "ing" qo'shimchasini ham olmay, "do" 

bilan ifodalanadi: 

I do work - men odatda ishlayman. 

Quyidagi so'zlar davomiy hozirgi zamonda kelsa ham "ing" qo'shilmaydi: 

want - xohlamoq 

like - yoqtirmoq 

love - sevmoq 

hate - yomon ko'rmoq 

need - ehtiyoj 

prefer - afzal ko'rmoq 

depend - bog'liq 

know - bilmoq 

mean - bildirmoq 

understand - tushunmoq 

believe - ishonmoq 

remember - yodlamoq 

forget - unutmoq. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 




[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

13-dars. Past simple - oddiy o'tgan zamon. 

 

Ish-harakatni o'tgan zamonga aylantirish uchun work, play, clean kabi fe'llarga "ed" 



qo'shiladi: worked (ishladi), played (o'ynadi), cleaned (tozaladi). 

Live, dance kabi so'zlarga "d" qo'shiladi: lived danced. 

Marry, study kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ied" qo'shiladi: married, studied. 

Farqini ko'ring: 

I am watching television - Men televizor ko'ryapman. 

I watched television - Men televizor ko'rdim. 

Ingliz tilida fe'llar ikki xil bo'ladi: regular (to'g'ri) va irregular (noto'g'ri) fe'llar. To'g'ri fe'llar 

past simpleda kelganda oxiriga "ed" qo'shiladi. Noto'g'ri fe'llarga esa "ed" qo'shilmasdan 

so'zning o'zi ikkinchi va uchinchi ko'rinishlarga o'zgaradi. Past simpleda noto'g'ri 

fe'llarning ikkinchi ko'rinishi ishlatiladi. 

Irregular fe'llar deyarli barcha ingliz tili qo'llanmalarida mavjud, biz ikkita misol bilan 

kifoyalandik: 

Begin - began - begun 

Go - went - gone 

Bobur went to the cinema last week - Bobur o'tgan hafta kinoga ketgan edi. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

14-dars. Past simple negative and questions - oddiy o'tgan zamonning so'roq va inkor 

shakli 

 

Past simpleda inkorni ifodalash uchun "did not" (qisqartmasi: didn't)dan foydalanamiz. 



"Did" so'zi "do" fe'lining o'tgan zamon ko'rinishi. 

 

Odatiy hozirgi zamon: 



I do not watch television very often - Men odatda tez-tez televizor ko'rib turmayman. 


Oddiy o'tgan zamon: 

I did not watch television yesterday - Men kecha televizor ko'rmadim. 

Savol berish uchun esa "did"dan foydalanamiz. So'roq gap tuzilishida so'zlarning tartibi 

bunday: 


1. Agar bor bo'lsa What/Where/How kabi so'roqlar. 

2. Did yoki didn't. 

3. Gapning egasi. 

Keyin qolgan so'zlar yoziladi. 

Masol: What did you do yesterday evening? - Kecha kechqurun nima qildingiz? 

Did va did not 3-shaxs birlik (he/she/it)da ham shunday yoziladi. Hozirgi zamon fe'liga 

o'xshab does yoki does not deb "s" qo'shilmaydi. 

O'tgan zamon fe'lida noto'g'ri fe'llar ikkinchi ko'rinishda ishlatilishini avvalgi darsimizda 

aytgan edik. Shu yoddan chiqmasinki, did va did not ishlatilgan gapda harakatni 

bildiruvchi so'zlarga "ed" qo'shilmaydi, irregular fe'llar ham birinchi ko'rinishda bo'ladi. 

Did va did not bilan qisqa javoblar berish mumkin: 

1. Yes + I did, we did, you did, he did, she did, it did, they did. 

2. No + I didn't, he didn't va hokazo. 

Ya'ni, "Yes" yoki "No" so'zidan keyin vergul, undan keyin kishilik olmoshi, keyin did yoki 

did not. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

17-dars. Was/were - "To be" fe'lining o'tgan zamon shakli 

 

Hozirgi zamon: 



I am working - Men ishlayapman. 

O'tgan zamon: 

I was working - men ishlayotgan edim 

We were working - biz ishlayotgan edik. 




O'tgan zamon 1- va 3-shaxs birlikda am/is/are o'rniga "was" qo'yiladi. Barcha ko'plikda va 

2-shaxs birlikda "were" qo'yiladi. 

O'tgan zamonda darag gap tuzish uchun ham avval ega, keyin was/were qo'yiladi: You 

were late yesterday -  Siz kecha kech qoldingiz. 

Darag gapni so'roq gapga aylantirish uchun avvalgidek was/were fe'lini egadan oldinga 

o'tkazamiz: 

Was he afraid of dogs? - U itlardan qo'rqarmidi? 

Were they at work? - Ular ishda edimi? 

Qisqa javob berish mumkin. 

Ha demoqchi bo'lsangiz: 

Yes, I was. Yes, he was. Yes, she was. Yes, it was. Yes, we were. Yes, you were. Yes, they 

were. 


Yo'q demoqchi bo'lsangiz: 

No, I wasn't (was not). No, he wasn't. No, she wasn't. No, it wasn't. No, we weren't (were 

not). No, you weren't. No, they weren't. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

18-dars. Past continuous - Davomiy o'tgan zamon 

 

O'tgan zamonda davom etayotgan ish harakatini bildirish uchun 17-darsdagi was/were 



fe'llaridan foydalanib, ish-harakatni bildiruvchi so'zga davomiy hozirgi zamon 

qo'shimchasi "ing" qo'yamiz. Davomiy hozirgi zamonda "I am sitting" (men o'tiribman) 

bo'lsa, davomiy o'tgan zamonda "I was sitting" (men o'tirgan edim) bo'ladi. Ya'ni, hodisa 

o'tgan zamonda davom etayotganini tushunamiz. 

I am watching TV - Men televizor ko'ryapman. 

I watches TV - Men odatda televizor ko'raman. 

I watched TV - Men televizor ko'rdim 

I was watching TV - Men televizor ko'rayotgan edim. 

Savol berish uchun avvalgi darsdagi kabi, was/were egadan oldinga o'tadi: 



Was he playing? - U o'ynayotgan edimi? 

Javob berish uchun ham avvalgi darsdagidek "Yes, I was" yoki "No, I wasn't" kabi qisqa 

javob berish mumkin. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

19-dars. Past continuous and past simple 

 

Bu darsda oldingi o'tgan ikkita darsimiz takror qilinmoqda. Demak, ingliz tilida o'tgan 



zamon fe'lining bir necha turlari bo'lib, biz hozirgacha ulardan ikkitasini o'rgandik: 

 

1. Past continuous - davom etayotgan o‘tgan  zamon. Ya'ni, o‘tgan zanonning falon 



vaqtida falon voqea sodir bo'ldi emas, sodir bo'layotgan edi, demoqchi bo'lganimizda 

past continuousni ishlatamiz. Davom etayotgan fe'llarda u hozirgi zamonda yoki o'tgan 

zamonda bo'lsa ham "To be" fe'li ishlatiladi. Davom etayotgan hozirgi zamonda 

am/is/are, o'tgan zamonda was/were ishlatiladi. 

 

2. Past simple - oddiy o'tgan zamon. Ya'ni, biror ish harakat o'tgan zamonda davom 



etmayotgan, tugatilgan holatni ifodalashda biz past simpledan foydalanamiz. Oddiy 

o'tgan zamonda ish-harakatni bildiruvchi so'zga so'zning shakliga qarab ied/ed/d 

qo'shimcha harflari qo'shiladi, irregular fe'llar esa qo'shimchasiz to'liq boshqa so'zga 

o'zgaradi. Oddiy o'tgan zamon fe'lida "To be" fe'li ishlatilmaydi. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

[ Photo ] 

Past simple and Past continuous 

 

 




Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing😉 

 https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ5BBgmXU5SkYA 

 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 



[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

20-dars. Present perfect - Hozirgi tugatilgan zamon 

 

Ingliz tilidagi zamonlarning turlaridan yana biri present perfect deyiladi. Biror voqea 



o'tmishda boshlanib, hozir tugagan holat. Yoki oldinroq sodir bo'lgan, hozir ma'lum 

bo'lgan. Bu fe'lni ifodalash uchun egadan so'ng have/has so'zlarini ishlatib, harakat 

so'zlariga ied/ed/d o'tgan zamon qo'shimchalaridan birini qo'shamiz. 

I have cleaned my shoes - Men poyafzalimni tozaladim. Ya'ni, hozirgina tozalab bo'ldim, 

kecha yoki undan oldin emas, yaqin vaqt oralig'ida tozaladim. 

 

Present perfectda irregular fe'llarning uchinchi ko'rinishi ishlatiladi. 



Noto'g'ri fe'llar uch xil ko'rinishda bo'lishini aytib o'tdik: 

1. Infinitiv 

2. Past simple 

3. Past participle 

 

Masalan, past participleda "go" - gone bo'ladi. Ba'zi noto'g'ri fe'llarning 2- va 3-



ko'rinishlari bir xil bo'lsa, ba'zilari uchchala formati uch xil bo'ladi.  

 

Quyida o'sha noto'g'ri fe'llarning ba'zilarini keltiramiz: 



be (am/is/are) - was/were - been 

read - read - read 

make - made - made 

break - broke - broken 

build - built - built 

buy - bought - bought 

do - did - done 



drive - drove - driven. 

 

@IngilizTiliUz 



 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

[ Photo ] 

21-dars.  Present perfect 

How long have you...? 

 

Present perfectning davomi. 



How long have you been in London? - Qachondan beri siz Londondasiz? 

"How long" - qancha uzoq, qancha vaqt kabi tarjima qilinadi. Undan keyingi "have you" 

present perfectning "question" (savol) shaklida ishlatiladi. Undan so'ng "To be" fe'li 

keladi. "To be" hozirgi zamonda am/is/are, oddiy o'tgan zamonda was/were, present 

perfectda esa 3-ko'rinish "been" shaklida keladi. Demak, "How long have you been in 

London?" so'roq gapi shu tariqa hosil bo'ldi. Javob berishda:  

I have been in Londan since Monday  

- Men dushanbadan beri Londondaman, deyish mumkin. Savolda "have you" deyilsa, 

javobda "I have" deyiladi. I va you o'rnida we, they, he, it kabi ko'rsatish so'zlari bo'lishi 

mumkin, javob berishda ham shunga qaraladi. 

 

@ingiliztiliuz 



 

 

Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing😉 



 https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ5BBgmXU5SkYA 

 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 



[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

[ Photo ] 




22-dars. Present perfect 

Have you ever...? 

 

Hozirgi tugallangan zamonda savol berish: 



Have you ever been to Rome - Siz hech Rimda bo'lganmisiz? 

Yes, I have. Many times - Ha bo'lganman, ko'p marta. 

Savol o'tgan zamondan to hozirga qadar bo'lgan muddat haqida so'ralyapdi. Voqea o'tgan 

zamonda bo'lgan, ammo ma'lumot hozirgi vaqtgacha bo'lgan zamonni ifodalaydi. 

"Ever" (hech) bilan savol berilganda agar inkor qilmoqchi bo'lsak, "No, never" (yo'q, hech 

qachon) deyish kifoya qiladi. 

I was looking for. Where have you been? - Men sizni qidirayotgan edim. Qayerda edingiz 

(shu paytgacha)? 

Ushbu gap ham "present perfect" (hozirgi tugallangan zamon) hisoblanadi. 

 

 



Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing😉 

 https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ5BBgmXU5SkYA 

 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 



[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

[ Photo ] 

23-dars. Present Perfect 

How long have you...? 

 

Present perfectning davomi. 



How long have you been in London? - Qachondan beri siz Londondasiz? 

"How long" - qancha uzoq, qancha vaqt kabi tarjima qilinadi. Undan keyingi "have you" 

present perfectning "question" (savol) shaklida ishlatiladi. Undan so'ng "To be" fe'li 

keladi. "To be" hozirgi zamonda am/is/are, oddiy o'tgan zamonda was/were, present 

perfectda esa 3-ko'rinish "been" shaklida keladi. Demak, "How long have you been in 

London?" so'roq gapi shu tariqa hosil bo'ldi. Javob berishda: I have been in Londan since 

Monday - Men dushanbadan beri Londondaman, deyish mumkin. Savolda "have you" 



deyilsa, javobda "I have" deyiladi. I va you o'rnida we, they, he, it kabi ko'rsatish so'zlari 

bo'lishi mumkin, javob berishda ham shunga qaraladi. 

 

 

Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing😉 



 https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ5BBgmXU5SkYA 

 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 



[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

24-dars. For, since, ago 

 

Present perfectda vaqtni ifodalash. 



Biror hodisa yoki holat qachondan beri, qancha vaqt avval yohud qaysi voqeadan oldin 

sodir bo'lganini ifodalash uchun for/since/ago so'zlaridan biri ishlatiladi. 

O'tgan zamondan to hozirgacha bo'lgan vaqt oralig'ida ma'lum vaqt o'lchovi bilan 

belgilangan hodisani ifodalash uchun "for" qo'yiladi. 4 yildan beri, 2 kundan beri, 6 

soatdan beri, 3 haftadan beri, 1 oydan beri, 10 daqiqadan beri kabilar shular 

jumlasidandir. Masalan: 

Bobur has been in London for six days - Bobur olti kundan beri Londonda. Present perfect 

qoidasiga ko'ra "I have" formulasidan foydalanamiz. "I" o'rnida Bobur, have esa 3-shaxsda 

"has"ga aylanadi. Keyin "To be" fe'lining 3-formati "been" qo'yilyapdi. Keyin qayerdaligi 

yozilib, qachondan beriligi oxirida yozilyapdi. 

Aniq bir vaqt ma'lum qilinib, o'shandan hozirga qadar, degan ma'no ifodalansa "for" 

o'rniga "since" qo'yiladi. Dushanbadan beri, apreldan beri, 9-oktabrdan beri, 2010-yildan 

beri, soat 12:00 dan beri kabilar shular jumlasidan. Ya'ni, boshlangan vaqti ma'lum 

qilingan, lekin hozirgacha qancha vaqt o'tgani ma'lum qilinmagan holatda "since" 

ishlatiladi: 

Alisher has been in Canada since January - Alisher yanvardan beri Kanadada. 

Hodisa hozirgi vaqtdan qancha oldin sodir bo'lgani ma'lum qilinayotganda "ago" (oldin) 

so'zi ishlatiladi. 1 yil oldin, 3 oy oldin, 5 minut oldin va hokazo: 

He arrived in London 4 days ago - U Londonga 4 kun oldin keldi. 

 

@IngilizTiliUz 




 

SHERZOD, [11.12.20 15:09] 

[Forwarded from Ingliz tilini 0 dan oʻrganamiz !] 

25-dars. Present perfect and past simple 

 

Ikkala zamonning farqi nimada? 



Past simple - oddiy o'tgan zamon. Kecha yoki shunga o'xshash o'tgan zamonga oid vaqtda 

bajarilgan oddiy harakat bo'lib, u hozir davom etmayapdi. Hodisa o'tgan zamonning 

o'zida qolib ketgan. O'tgan zamonda davom etayotgani ham yo'q. We arrived yesterday - 

biz kecha yetib keldik. 

Yetib kelayotgan edik yoki hozir yetib keldik emas. Savol berishda "did you" (nima 

qilyapsiz) shaklidan foydalanib, javob berishda "I did" (men qilyapman) ko'rinishida javob 

beriladi. Noto'g'ri fe'llar ikkinchi ko'rinishda yoziladi. Masalan: go - went, do - did, write - 

wrote va hokazo.  To'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi. "Did" so'zidan keyingi so'zlarga "ed 

qo'shilmaydi, 2-formatga ham o'zgarmaydi. 

 

Present perfect - tugallangan hozirgi zamon. Hodisa o'tgan zamonda sodir bo'lib, 



hozirgacha davom etgan holat. Masalan: I have lost my key - Men kalitimni yo'qotib 

qo'ydim. Ya'ni, haliyam topganim yo'q. Present perfect have/has bilan ifodalanadi. Agar 

ularsiz yozilsa, past simple bo'ladi. I lost my key yesterday - Men kecha kalitimni yo'qotib 

qo'ydim. 

Faqat 3-shaxs birlik (he/she/it)da "has", boshqa holatlarda have ishlatiladi. To'g'ri fe'llarga 

"ed" qo'shiladi. Noto'g'ri fe'llar 3-formatda yoziladi. Masalan: go - gone, do - done, write - 

written va hokazo. 

Present perfect: Have you ever been to Spain? (Siz hech Ispaniyada bo'lganmisiz?) 

Past simple: Did you go to Spain last year? (Siz o'tgan yili Ispaniyaga bordingizmi?) 

Birinchi gapda hozirgacha bo'lgan vaqt oralig'ida savol beryapdi. Demak, bu tugallangan 

hozirgi zamon. 

Ikkinchi gapda o'tgan yili haqida so'rayapdi. Undan keyin hozirgacha hech qanday 

ma'lumot yo'q. Demak, bu oddiy o'tgan zamon. 

 

@IngilizTiliUz 



Download 237.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling