@uzbek_tilim
Fonetika so‘zi grekcha phone – “tovush” so‘zidan olingan. Tovushlar 2 xil: a) nutq tovushlari (tilshunoslikning fonetika bo‘limida o‘rganiladi): inson tovushlari
@uzbek_tilim
Fonetika bo‘limi nimalarni o‘rganadi?
@uzbek_tilim
FONETIKA
Nutq tovushlari
Bo‘g‘in
Urg‘u
Tovush o‘zgarishlari
Tovush va harf - Nutqimizni bo‘laklarga ajratsak, uning oxirgi bo‘linish nuqtasi tovush (yozuvda harf) hisoblanadi. Bo’linish jarayonini misollarda ko‘ramiz:
- Gap: O‘zbekiston – umumiy uyimiz.
- So‘zlar: O‘zbekiston, umumiy, uyimiz.
- Bo‘g‘inlar: O‘z-be-kis-ton, u-mu-miy, u-yi-miz.
- Tovushlar (yozuvda harf): O‘, z, b, e, k, i, s, t, o, n, u, m, u, m, i, y, u, y, i, m, i, z.
- Ko‘rinib turibdiki, eng oxirida bo‘linishning oxirgi nuqtasi bo‘lib tovush qoldi. Fonetika bo‘limi ana shunday nutq tovushlarini o‘rganadi.
@uzbek_tilim
§ Nutq tovushlari va ularning hosil bo‘lishi - Inson talaffuz qiladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari nutq a’zolari yordamida hosil qilinadi. Nutq a’zolari 10 ta:
- 1. O‘pka 6. Yumshoq va qattiq tanglay
- 2. Kekirdak 7. Yuqori va pastki lablar
- 3. Tovush paychalari 8. Yuqori va pastki tishlar
- 4. Og‘iz bo‘shlig‘i 9. Burun bo‘shlig‘i
- 5. Katta va kichik til 10. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i
- Nutq tovushlarining asosiy vazifasi – so‘z ma’nolarini farqlashdan iborat. Masalan, tok, tom, tol, tosh. Bu so‘zlarda k, m, l, sh kabi nutq tovushlari so‘z ma’nosini farqlamoqda.
@uzbek_tilim
Do'stlaringiz bilan baham: |