1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati. Byudjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari. Davlat qarzlari


Download 332.31 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi332.31 Kb.
#722162
  1   2
Bog'liq
yashnar makro
Ichki valyuta bozorining 2021, Referat o’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinspining amal q, Mikro Referat, 15-mavzu. Reaksiyalar tezligiga haroratning ta’siri, 16-mavzu. Kataliz. Gomogen va getrogen kataliz, YaDA dasturi Geografiya yonalishi uchun 2021-2022, 1-Mavzu. STATISTIKAGA KIRISH (1) (2), ertaj, Документ Microsoft Word (4), Документ Microsoft Word, Individual loyiha 1 elektron hukumat (Восстановлен), Attestatsiya 2022 (Toshkent 28-mart)-1 45738, ATTESTATSIYA 2022-Toshkent savollari 3 17582, 6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan hurmatli foydalanuvchi!

Byudjet taqchilligi.
Reja:
1.Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati.
2.Byudjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari.
3. Davlat qarzlari.
Davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi.
Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak:
1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;
2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:
1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi.
Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi.
Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.
Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi:
1) taqsimlash; 2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funktsiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro’y beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi. Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi.
Byudjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik konyunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo’ladi. O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligi YaIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
Davlat jamg’armalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:

Download 332.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling