1. Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.55 Mb.
Sana26.06.2020
Hajmi0.55 Mb.
#121777
Bog'liq
DINLARARO MUNOSABATLARNING GLOBALLASHUVI 9- mavzu Gl as

  • PEJA
  • 1.Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari.
  • 2.Dinlarning rivojiga globallashuvning ta’siri. Din globallashuvining mezonlari.
  • 3.Globallashuvning a’nanaviy dinga ta’siri. Islom dinida globallashuvning talqini.
  • Tuzuvchi: B.Toshboyev
  • Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – 111 б.
  • Aminova M., Ro’ziqulova M . Globallashuv asoslari. O’quv qo’llanma. – Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2016. - 86-103- betlar.
  • Qahhorova SH. Global ma’naviyat – globallashuvning g‘oyaviy asosi. – T.: Tafakkur nashriyoti, 2009 yil.
  • Ишанджанов Лазиз Собирджанович . Глобаллашув шароитида маданиятлараро интеграция масалалари. БМИ. Тошкент, 2011. 22 -33 бетлар.
  • Хантингтон С. Цивилизациялар тўқнашуви. Ўзбекча таржима. 2020.
  • Саидов У. Глобаллашув ва маданиятлараро мулоқот. –Т.: Академия, 2008. – 25-26 б.
  • din,
  • diniy munosabat,
  • diniy madaniyat,
  • din globallashuvi,
  • diniy marosim,
  • Jahon dinlari,
  • islomofobiya,
  • ektremizm,
  • terorizm.
  • misionerlik
  • Dunyodagi barcha dinlar mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: din dunyoga qarashda muqaddas narsalarga hurmat-izzatva qo‘rquv ehtiroslarini paydo qiluvchi ma’lum ramzlar yig‘indisining mavjud bo‘lishini talab qiladi. Bu ramzlar dindorlar jamoasi o‘tkazadigan diniy marosimlar va urf-odatlar (masalan, cherkovlardagi o‘tkaziladigan marosimlar)da ishtirok etadilar. Bundagi har bir guruh o‘ziga xos e’tiborni talab qiladi, lekin shunga qaramay, diniy e’tiqodlarda xudo qo‘rquv, dahshat yoki ehtiromlar tug‘diruvchi mavjudot sifatida ishtirok etishi aytiladi.
  • Xristianlik dinida cho‘qintirishish, islom dinida xatna qilish
  • ibodat qilish, hamdu sano aytish
  • ma’lum ovqatlarni iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish
  • hazrati oliy Xudo sharafiga uni tinchlantirish maqsadida sham yoqish
  • Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyati an’anaviy jamiyatlar hayotida quidagilarda yanada yaqqolroq ko‘rinadi
  • musiqa
  • naqqoshlik
  • xalq og‘zaki ijodi
  • raqs san’ati
  • o‘ymakorlik san’ati
  • memorchilik
  • Din so’zining etimologiyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u lotin tilidan tarjima qilinganda o’zbek tilida “birlashish, aloqa” degan ma'noni anglatadi.
  • Din global birlashish va integratsiya sharoitida o'ziga xos xususiyatlarini nafaqat tashqi ko'rinishdagi, balki diniy faoliyatning ichki sohalarida, diniy ongda saqlab qolishga intiladi.
  • Jahon dinlari doktrinasida dindorlarni dunyo hamjamiyati faoliyatini birlashtirishga yo'naltiradigan qoidalar mavjud. Masalan, (Buddizm, Xristianlik, Islom) millati va jug'rofiy joylashuvidan qat'i nazar, barcha odamlar uchun umumiy din hisoblanadi.
  • Ayrim tadqiqotchlar fikricha, globallashuv dinning mavjudligiga tahdid solib, dunyoda shakllangan din bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni yo'q qiladi.
  • Dinlar missionerlik va prozelitizm g'oyalaridan foydalanib global miqyosda yanada keng yoyilmoqda. Bu jarayonda u zamonaviy axborot imkoniyatlaridan foydalanib, diniy me'yorlar va globallashuv xususiyatlarining sinkretizmini amalga oshirib, o'z dinini yangi usullar (ommaviy axborot vositalari, Internet manbalari) va ilgari an'anaviy bo'lmagan hududlarda tarqata boshladi. Bu holat butun dunyoda tarqalgan Xristianlik va Islom dinlarida yaqqol namoyon bo’ladi.
  • XIX asr boshlaridan to XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan bir yarim asr islom tadrijiy rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar, yangi sinfning – milliy burjuaziyaning shakllanishi, milliy-ozodlik harakatining avj olishi – bularning hammasi qo‘shilib, islomning jamiyatdagi tutgan o‘rniga qarashlarda ham, ijtimoiy hayotning yangi voqeliklarini islomning o‘zi tomonidan asoslashda ham o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin emasdi.
  • Islom diniga e’tiqod qiluvchlarning ayrimlari globallashuvni butunlay g'arblashtirish deb biladi. G'arblashtirishga qarshi turib, Islom o'zining diniy an'analari va madaniy asoslariga tayangan globallashuvning o'ziga xos modelini izlashni taklif etadi.
  • Islom ochiqlik, erkin kengayish imkoniyati, o'zgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslashish, shuningdek, qat'iy markazchilik, ierarxiyalar va qarorlarni qabul qilishning murakkab mexanizmlari yo'qligi bilan ajralib turadigan konfessial tarmoq sifatida globallashuv davrida juda yaxshi rivojlanish istiqbollariga ega.

Globallashuv - g'arbning yangi mustamlakachilik siyosati, uning asl mohiyati to'g'risida tasavvur bermaydigan mafkuraviy mahsulot

  • Musulmon mualliflarining globallashuv fenomeniga munosabati
  • Globallashuv - g'arbning yangi mustamlakachilik siyosati, uning asl mohiyati to'g'risida tasavvur bermaydigan mafkuraviy mahsulot
  • Boshqalar esa, globallashuv bu ob'ektiv hodisa, deb hisoblashadi.
  • Ayrim musulmon mualliflari globallashuvning muqobil modeli sifatida islomiy qadriyatlarga asoslangan dunyo tartibini o'rnatishni taklif qilmoqdalar, chunki islom dunyosi umumbashariy qadriyatlar darajasiga ko'tarilgan G'arb liberal standartlarini qabul qilmaydi
  • Islom globallashuv jarayonida, ayniqsa, iqtisodiyot, siyosat, xavfsizlik, ekologiya, madaniyat sohalarida ishtirok etadi. Islomning globallashuv bilan to'qnashuvi muqarrar, chunki u insonga o’z qadriyatlarini yuklaydi va uni jamoadan bajarishni talab qiladi.
  • Agar globallashuv nazariyasi va amaliyoti axloqiy munosabatlarga zid kelmasa Islom globallashuvga qarshi turishi shart emas.
  • Bugungi kunda globallashuv jarayonlari ta'siri ostida islom sivilizatsiyasi makonidagi xalqlarning madaniy, mafkuraviy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari mustahkamlanmoqda, musulmonlar o'rtasida transmilliy siyosiy o'zlikni anglash shakllanmoqda. Bundan tashqari, biron bir musulmon mamlakati yoki ummati dunyoda sodir bo'layotgan voqealardan chetda qololmaydi va bundan ham ko'proq unda dunyoning dolzarb muammolarini intensiv ravishda tushunish mavjud.
  • XXI asr boshlarida xalqaro xavfsizlikka va jahondagi barqarorlikka eng ko‘p tahdid soluvchi turli radikal (ekstremistik) va terrorchilik kuchlari tomonidan “islom fundamentalizmi” shiorlaridan foydalanish hozirgi sharoitda islomga siyosiy ruh berilishining eng keskin ko‘rinishlariga aylanmoqda.
  • Jangovar anti-g'arbiyizmning asosiy mafkuraviy manbalari sifatida islom fundamentalizmi va aqidaparastlikni aytib o’tish mumkin. G'arb ularga qarshi qanday kuch ishlatmasin ular kuchayab bormoqda.
  • Dinlararo munosabatlarning globallashuvini tahlil qilish o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi jihatlarni ajratib ko'rsatish imkonini berdi:
  • Dinlararo munosabatlarning globallashuvi dinning tabiiy rivojlanishi va globallashuv ta'sirining natijasidir.
  • Dunyo miqyosida dinlararo munosabatlarning globallashuvi zamonaviy jamiyatning o'ziga xos xususiyati bo'lib, uning ma'naviy sohadagi tendentsiyalari va istiqbollarini aks ettiradi.
  • Dinlar davlatlararo va dinlararo munosabatlarda to'liq ishtirok etish uchun diniy ong orqali globallashuv jarayonlariga munosabatini o'zgartirishlari kerak.
  • Dinlarning mavjudlik shartlari, dunyoviy qadriyatlarning paydo bo'lishi din taraqqiyotining tabiiy evolyutsion bosqichi dinlararo munosabatlarning globallashuviga olib keladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling