1. Egalik affiksining qaysi shaxsdagi shakli otlashgan sonlarga qo’shilmaydi?
Download 29.18 Kb.
|
1 2
Bog'liqSon–50
Son–50 1. Egalik affiksining qaysi shaxsdagi shakli otlashgan sonlarga qo’shilmaydi? A) I shaxs birlik В) II shaxs birlik C) III shaxs birlik D) II shaxs ko'plik 2. Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta soda (tub) son bor? A) 26ta B) 23ta C) 35ta D) 10ta 3. Poy. qism, toqa, varrak kabi hisob so’zlari qanday ma'noni ifodalash uchun ishlatiladi? A) donalab hisoblash B) to’dalab, guruhlab ko’rsatish C) chamalab hisoblash D) butunning qismini hisoblash 4. Qaysi sonlar "sehrli sonlar” sifatida talqin qilinadi? A) bir, besh, yelli, lo’qqiz B) uch, yetti, to'qqiz, qirq C) bir, uch, ycrti, qirq D) uch, besh, olti, qirq 5. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma son tarkibiy qismlarining joylashish o'rinlari qaysi javobda to’g'ri ko’rsatilgan? A) Yuzlik va minglik sonlarda birlik va o'nlik sonlarning oldin yoki keyin kelishi so’z ma’nosini farqlamaydi. B) Yuzlikdan keyingi sonlarda birlik va o'nlik sonlar har doim keyin keladi. C) Yuzgacha bo’lgan sonlarda oldin katta son undan so’ng kichik son keladi. D) Yuzlikdan keyingi sonlarda har doim birlik va o'nlik sonlar oldin keladi. 6. Quyida berilganlardan uzunlik o'lchovlarini aniqlang. 1) chaqirim; 2) qarich; 3) tanob; 4) yog'och: 5) botmon, 6) gaz; 7) qadam A) 1,3,6,7 B) 1,2,5,6,7 C) 1,2,3,4,6,7 D) 1,2,4, 6,7 7. Quyidagi tarixiy o'lchov so'zlardan qaysi biri maydon o’lchovi hisoblanadi? A) paysa B) tanob C) dahsar D) yog'och 8. Quyidagi qaysi hukmlar to’g’ri? 1) Jamlovchi sonlar otlashish xususiyatiga ega bo’ladi. 2) Jamlovchi son shakllari otlashganda ko’plik va egalik qo’shimchalari bilan birga qo’llanadi. 3) -ala qo’shimchasini olgan son egalik qo’- shimchasini olmasligi mumkin. 4) -ala qo’shimchasini olgan son har doim otlashgan holatda bo’ladi. 5) -ovlon jamlovchi sonning eski shakli A) 1,3, 4, 5 B) 1,2,3,5 B) 1.2.4.5 D) 1.2, 3.4,5 9. Qaysi qatorda kasr son qo’llangan? A) to’ri-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi. B) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. C) qizarib-bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. D) Novvoyxonadan ikkita issiq non olib chiqay 10. Burda , shingjl, qultum kabi hisob so’zlari qanday ma'noni ifodalash uchun ishlatiladi? A) to’dalab, guruhlab ko’rsatish B) butunning qismini hisoblash C) chamalab hisoblash D) donalab hisoblash 11. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi. Ushbu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini belgilang. A)aniqlovchi B) hol C) to'ldiruvchi D) ega 12. Tarixiy o'lchov so’zlar qatorini toping. A) yog’och, gaz, qalam B) botmon, nafar, paysa C) tanob, sotix, misqol D) chaqirim, tup, qarich 13. Qaysi qatorda berilgan gapda hisob so’z bilan qo’llangan son holga bog’lanib kelgan? A) Besh nafar yo'lovchi yuklarini avtobusga ortib, o'zlari boshqa mashinada ketishdi. B) Bir soat yurgandan so’ng yo'lga chiqdik. C) Ikki arava o’tinni hovliga kirgizib, taxlab qo'ygach, tushlikka o’tirdi. D) Bu savolga beshalasi bir ovozdan javob berishdi. 14. Quyida keltirilgan gapda son qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan? Yurak shod, go’yo ikki qush kо'kka parvoz qilish oldida qanot yozgandek. A) aniqlovchi B) ega C) hol D) to’ldiruvchi 15. Qaysi javobda sonlar otlashmagan gap(lar) to'g’ri ko’rsatilgan? 1) Uchalasi qalin o’rtoq. 2) Oltovlon ola bo'lsa, og’zidagin oldirar. 3) Ikkala kishi darvozadan kirib keldi. 4) Siznikiga yigirmanchida boramiz. A) 1,3,4 B)3 C)3,4 D) barcha gaplarda otlashgan 16. Besh-oltita tinish belgi kelib bugun, O'tkazmoqqa qaror qildi, jiddiy yig'in. Berilgan gapda miqdor sonning qanday turi ishtirok etgan? A) sanoq son B) dona son C) taqsim son D) chama son 17. Bu songa -ov qo’shimchasi qo'shilgach jamlovchi son ma'nosini yo'qotib "kimdir" degan ma’noda qo'llanadigan olmosh turku- miga o'tadi. Fikr qaysi sanoq son haqida aytilgan? A) ikki B) uch C) bir D) o’n 18. O’zbek tili tarixida miqdorni ifodalash uchun qo'llangan “tuman” so'zi qaysi miqdorni ifodalagan? A) ming B)yuz C) o'nming D) yuz ming 19. Uslubiy noto'g‘ri qo'llangan sonlar ishtirok etgan gaplarni toping. 1. Sizlar yetib kelganingizda soat beshlarda edi. 2. Har gektar yerdan 40 sentnerda paxta topshirganlarga ofarinlar aytdik. 3. 10 gektarchadan yerda makkajo'xori yetishtirdik. 4. Sanamay sakkiztacha dema. 5. Huquqni bilmaganlar soni 2 ta barobarga kamaydi. 6. Bittaga kessang, o'ntaga ek. A) 1,2,3,4 В) 1,2,3,4,5 C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,4,5,6 20. Qaysi javobda otlashgan sonli gap(lar) to’g’ri ko’rsatilgan? 1) Tayog’i yo’g’on birni urar, so'zi yo'g'on mingni urar. 2) To'qqizida bo'lmagan aql to'qsonida ham bo'lmas. 3) To'rtovlon ancha suhbatlashdi, keyin ikkitasi uy ichida qoldi. 4) Mingta shirin nasihatdan bitta o'rnak yaxshi. 5) Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan. 6) Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi. A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,3,6 C) 1,2,3,6 D) barcha gaplarda otlashgan 21. "Yumaloq” o'lchov so'zi qanday ma'no bildiradi? A) to’dalab, guruhlab ko’rsatish B) butunning qismini hisoblash C) chamalab hisoblash D) donalab hisoblash 22. Hisob so'zi bilan birga qo'llangan gapni toping. A) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi. B) Poyezddan tushgan uch-to'rt yo'lovchi tarqalib, bekatda Yigitalining yolg'iz o'zi qoldi. C) Cho'ponlar har kuni tunda bittadan qo'y g'oyib bo'layotganini sezib qolishdi. D) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong'u tushguncha loy tashishdi. 23. Donalab sanaladigan narsalarning turini ta'kidlash uchun qo'llaniluvchi "nafar" so'zi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) jonli narsalarni donalab sanashda B) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda C) nima? so'rog'iga javob bo'luvchi barcha otlardan oldin kelib uning miqdorini ko'rsatadi. D) shaxslarga nisbatan miqdorni ko'rsatishda. 24. Quyida berilgan hisob so'z qanday ifoda uchun xizmat qilmoqda? Download 29.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling