1. «Ekskursiya» so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g’ri keltirilgan?


Download 25.2 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi25.2 Kb.
#110771
Bog'liq
2 5314773062430754705


1. «Ekskursiya» so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g’ri keltirilgan?

a) yunoncha «excursio» so‘zidan olingan bo‘lib, «sayohatga chiqish, sayr qilish» degan ma’noni anglatadi.

2. . Ekskursiya xizmatiga to‘liq berilgan ta’rif qaysi javobda keltirilgan?

a) tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir.

Ekskursiya xizmatini baholash – bu...


  1. gidning ko‘rsatmalari yordamida ekskursantlarning yakuniy xulosaga kelishidir.

4. Ekskursiya xizmatiga munosabat- bu...

a) ekskursiya xizmati mavzusi yoritadigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etish, yozuvchi yoki rassom o‘z asarlarini yaratishda aniq holatini tushunishdir.

5. Pedagogika – bu...

a) o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ta’lim va o‘qitish qonuniyatlari haqidagi fandir.

6. Ekskursiya xizmatining ilmiy-targ‘ibot funksiyasi bu-

a) ekskursantlarga siyosiy, falsafiy, ilmiy, badiiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalarning shakllanishiga yordam beradi.

7. Ekskursiya xizmatining axborot funksiyasi bu-

a) mavzudan kelib chiqqan holda ma’lum soha bilimlari bo‘yicha ma’lumotlar beradi.

8. Ekskursiya xizmatining madaniy hordiqni tashkil etish funksiyasi bu-

a) madaniy hordiq shakli sifatida ekskursiya xizmati ma’naviy ehtiyojlarni qondiradi va shakllanishini ta’minlaydi.

9. Ekskursiya xizmatining madaniy – texnik dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi bu-

a) ekskursantlar turli sohalardan bilim beradi, yozma manbalardan, maktab dasturlaridan, ma’ruzalardan olgan bilimlariga aniqlik kiritadi.

10. Ekskursiya xizmatining qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi bu-

a) ekskursantlar aniq bir mavzudagi ekskursiya xizmatiga qatnashib, keyinchalik shu sohaga qiziqib qo‘shimcha ma’lumotlar o‘qishi mumkin.

1. Kasb – bu...

a) aniq bilim va ko‘nikmalar jamlanmasini talab qiluvchi mehnat faoliyati shaklidir.

2. Mutaxassislik – bu...

a) bir kasb zahirasidagi faoliyat turi.

3. Gidga qanday turdagi qobiliyat xos?

a) konstruktivlik,tashkilotchilik,kommunikativlik,tahlil qilish.

4. Malaka- bu...

a) insonning egallagan bilim va ko‘nikmalari yordamida ma’lum harakatlarni bajarishdir.

5. Ko‘nikma- bu...

a) insonning aniq harakatlarni bajara olishidir.

6. Nutq – bu...

a) ma’lum bir so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o‘quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko‘rinishidir.

7. Turistik guruh rahbari – bu...

a) turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs.

8. Gid (ekskursiya yetakchisi) – bu...

a) tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs.

1. Xizmatlarning sifatini belgilab beruvchi asosiy xususiyat qaysilar?

a) ishonchlilik.

b) mas’uliyatlilik va jonkuyarlik

d) moddiylik

e) barcha javoblar to‘g‘ri

10. O‘zbekiston Respublikasi standartlariga ko‘ra o‘rganish, dam olish, ekskursiya maqsadida kelgan necha nafar sayohatchilar turistik guruh hisoblanadi

a) 10 nafar

11. O‘zbekiston Respublikasi standartlariga ko‘ra cho‘qqilar va qoyalarga chiqish, tog‘larda, sahroda sayohat qilish, daryolarda suzib o‘tish, speleologiya va shu kabi maxsus turlardagi marshrutlarda necha nafar sayohatchilar turistik guruh hisoblanadi?

a) 4 nafar

12. Gid ishidagi tashkiliy ishlar necha bosqichdan iborat?

a) 7 bosqichdan

1. Ekskursiya xizmatini tayyorlash bu:

a) shahar va hududlarning ekskursiya imkoniyatlaridan kelib chiqib, turistik korxonaning doimiy mijozlari ehtiyojiga asoslangan holda, ekskursiyaga yangi mavzular ishlab chiqishdir.

2. Ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayoni nimalarni o‘z ichiga oladi?

a) mavzuni aniqlash, ekskursiya xizmati maqsad va vazifalarini qo‘yish, ob’ektlarni tanlash va o‘rganish, ekskursiya marshrutlarini tuzish, ekskursiya mavzusi bo‘yicha adabiy manbalarni o‘rganish, mutaxassislar bilan konsultatsiyalar olib borish, ekskursiya xizmatining asosiy matnini yozish, «gid portfeli»ni taxlash, ekskursiya xizmatini o‘tkazish metodikasini tanlash va texnologik xaritasini tuzish.

3. Ekskursiya xizmatida qanday matnlardan foydalaniladi?

a) asosiy va individual;

4. Ko‘rgazmali qurollarni tanlashdagi mezonlar qaysilar?

a) ulardan foydalanishning zaruriyligi va maqsadliligi; ommabopligi, tushunarliligi; g‘aroyib ligi; ifodaliligi; saqlanganlik holati.

1. Ekskursiya marshruti qanday tartibda tuziladi?

a) xronologik, mavzuli, mavzuli-xronologik.

2. Ekskursiyaning texnologik xaritasiga qanday ma’lumotlar kiritiladi?

a) ekskursiyaning mavzusi, maqsad va vazifalari, marshrutning optimal varianti, uning davomiyligi, masofasi, ob’ektlar, to‘xtash joylari, mavzuostilar, tashkiliy va uslubiy ko‘rsatmalar, ko‘rsatish va hikoyaning usullari.

3. Ekskursiya marshruti- bu...

a) ekskursiya guruhi harakatlanadigan yo’l.

4. Qachon yangi ekskursiya mavzusi va uni o‘tkazishga ruxsat olgan gidlar ro‘yxati tasdiqlanadi?

a) ekskursiyaning asosiy matni, texnologik xaritasi, narxi va foydalilik darajasi ijobiy baholansa.

1. Guruhni ob’ektlar oldida joylashtirishda dastavval qaysi omilni ta’minlashga e’tibor qaratish lozim?

a) xavfsizlik

2. Notiqlar chiqishini tinglovchilarning birinchi e’tibor susayishi ma’ruzaning nechanchi daqiqasida yuzaga keladi?

a) 14-18 daqiqada

3. Ekskursantlardagi e’tibor susayishini bartaraf etish uchun gid qanday usullarni qo‘llashi mumkin?

a) savol-avob usuli

4. E’tibor qilish bu...

a) insonning u uchun muhim bo‘lgan biror ob’ektga ruhiy faoliyatini yo‘naltirishi va fikrini jamlashidir.

5. Ekskursiya jarayonida qoidaga ko‘ra avtobusdan kim birinchi tushadi?

a) gid

ekskursiya jarayonida gid-kuzatuvchi ekskursantlarga qanday yordam berishi mumkin?

Mavzuni yoritishda yordam beradi, ya’ni, ob’ektlarni ko‘rishga , ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga , tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga, ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlariga yordam beradi



Ekskursiyani qanday maqsadlarda olib borish mumkin?

Dam olish, O‘quv, Ilmiy, Umumta’limiy, Madaniy-ta’limiy, Madaniy-tarbiyaviy

Ekskursiyaning o’tkazish shakllarini ko’rsating.

Turistik poxodlarda suhbat, transport sayohatida yo‘l-yo‘lakay ekskursiya axboroti berish, ko‘rgazmali, ko‘prejali ekskursiya

 Ekskursiyaning vazifasini ko‘rsating.

ekskursantlarda uning mavzusi, tarixiy shaxslar faoliyati, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya materialiga bo‘lgan munosabatni shakllantirish va unga o‘z bahosini berishdir

Nima gid nutqi  texnikasining asosiy komponenti?



Ovoz kuchi

Har bir gidga qo‘yiladigan talab bu-

 Yuqori darajada nutq madaniyatiga ega bo‘lish

 Ekskursiyaning vazifasini ko‘rsating

ekskursantlarda uning mavzusi, tarixiy shaxslar faoliyati, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya materialiga bo‘lgan munosabatni shakllantirish va unga o‘z bahosini berishdir

Nima gid nutqi  texnikasining asosiy komponenti?

 Ovoz kuchi
Download 25.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling