1. Elektron raqamli imzoning asosiy imkoniyatlari tanishish va nazariy ma’lumotlar yozma bayon qilinad


Download 15.76 Kb.
Sana24.05.2020
Hajmi15.76 Kb.
#109663
Bog'liq
Tat-4


№4-Amaliy mashq

Mavzu:Elektron raqamli imzo(ERI)



1.Elektron raqamli imzoning asosiy imkoniyatlari tanishish va nazariy ma’lumotlar yozma bayon qilinadi.

2.Elektron raqamli imzoning asosiy imkoniyatlari bo’yicha 5ta test tuzish.

3.Elekton raqamli imzoning asosiy imkoniyatlari bo’yicha 5ta glossary tuzish.

4.Nazorat savollari:

1.Elekron raqamli imzo nima?

2.Elektron raqamli imzo nimaga kerak?

3.Elektron raqamli imzo nimaga kerek va undan foydalanish muddati qancha?

4.Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?

5.Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin?

6.Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin?

7.Xizmatni ko’rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo’ladi?

Javoblar:

1. Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi. Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

ERI nima va u nega kerak?

ERI olish tartibi va uni beruvchi Markazlar

ERI qoʻllash tartibi (ERI moduli (E-imzo)ni oʻrnatish

ERI qo’llash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy aktlar

Hurmatli foydalanuvchi!

Yagona portal Sizga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga murojaatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatini taqdim etadi. Shuni Sizga eslatib oʻtamizki, elektron murojaat ERI bilan imzolanishi shart.

ERI – imzoning yopiq kalitini qoʻllagan holda axborotning kriptografik oʻzgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqliligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi.

ERI elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun moʻljallangan boʻlib, qoʻlda qoʻyilgan imzoning toʻkis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning oʻzgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qoʻllaniladi. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Ozbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga muvofiq, ERI bilan tasdiqlanmagan murojjatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.

ERI OLISH TARTIBI

ERI Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 yilga beriladi. ERIni yaqin atrofdagi tuman Davlat soliq inspektsiyasi (DSI)da toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida to'lov summasi undiriladi.

ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

- ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova);

- arizada koʻrsatilgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining pasporti;

- ERI kalitlarini yaratish xizmati uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitantsiya.

Eslatma. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ERI kalitlarini roʻyxatdan o’tkazish uchun CLICK tizimi orqali toʻlovni amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun telefonda *880*0113*STIR*toʻlov summasi# USSD-buyrugʻi teriladi. Bunda:

STIR – bu soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;

Toʻlov summasi – eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida (2016 yil 1 oktyabr holatiga koʻra eng kam oylik ish haqining 10 foizi 14 977 soʻmni tashkil etadi).

CLICK orqali toʻlov xizmati faqatgina jismoniy shaxslar uchun mavjud boʻlib, u OʻzR DSI va uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ERI uchun amalga oshiriladi.

Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng yaqin oʻrtadagi DSIga tashrif buyuring. ERI kalitlarini yozish uchun USB flesh-kartasini olib borishni unutmang.

ERI MODULINI ORNATISH TARTIBI

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) elektron raqamli imzodan (ERI) foydalanilanish uchun E-IMZO maxsus moduli shaxsiy (ish yoki uy) kompyuteriga o’rnatilishi lozim. E-IMZO modulini o’rnatish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Shuningdek, foydalanuvchi o’zining shaxsiy kompyuterida JRE ning 1.7-versiyasidan kam bo’lmagan versiyasi o’rnatilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kompyuterda ORACLE JRE komponentlari mavjudligi qanday tekshiriladi? Agar Sizning kompyuteringizda JRE ilovasi mavjud bo’lmasa, uni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin https://java.com/ru/download/.

Eslatma!!! Elektron murojaatni imzolashda, DSQ tomonidan berilgan ERI (elektron raqamli imzo) "DSKEYS" nomi ostidagi papkada komyuterning C yoki D disk xotirasida (yoki USB fleshkada) saqlangan bo'lishi lozim.

ELEKTRON MUROJAATNI ELEKTRON RAQAMLI IMZO ORQALI IMZOLASH TARTIBI

Murojaatni ERI bilan imzolash uchun elektron murojaatni yuborishning soʻngi qadamida «Imzo chekish» tugmasiga bosing.

1. «Imzo chekish» tugmasi bosilganida dialogli oyna ochiladi, bunda tegishli ERI tanlanishi lozim.

2. Imzolash muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda ekranda «Shakl muvaffaqiyatli imzolandi» oynasi paydo bo’ladi. Keyin «Yuborish» tugmasini bosing.



2.

1.”Davlat idoralari bilan o’zaro munosabatni o’rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron hatti harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo’ladigan , mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan , elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo” jumlasiga mos to’g’ri javobni toping.

A.Elektron raqamli imzo*

B.Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti

C.Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti

D.Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash.

2.”Elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan , faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va electron hujjatda electron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma –ketligi “ jumlasiga mos to’g’ri javobni toping.

A.Elektron raqamli imzo

B.Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti*

C.Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti

D.Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash.

3.”Elektron raqamli imzoning ERI yopiq kalitining egasiga tegishliligi va electron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija” jumlasiga mos to’g’ri javobni toping.

A.Elektron raqamli imzo

B.Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti

C.Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti

D.Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash*

4.Elektron murojaat qanday imzo bilan tasdiqlanishi shart?

A.Oddiy imzo

B.Raqamli imzo

C.Elektron raqamli imzo *

D.Imzolanishi shart emas

5.ERI kalitlari sertefikatlari qayerdan beriladi?

A.Berilmaydi

B.Istalgan joydan olish mumkin

C.Ro’yxatga olish markazlari tomonidan*

3.

1.ERI- electron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigon imzo.

2.Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash-elektron raqamli imzoning ERI yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija.

3.Elektron raqamli imzo- davlat idoralari bilan o’zaro munosabatni o’rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron hatti harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo’ladigan , mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan , elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.

4.Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti- elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan , faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va electron hujjatda electron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma –ketligi.

5. Elektron raqmli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash-elektron raqamli imzoning ERI yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija.



4.

1. Elektron raqamli imzo- davlat idoralari bilan o’zaro munosabatni o’rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron hatti harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo’ladigan , mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan , elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.

2. Yagona portal Sizga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga murojaatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatini taqdim etadi. Shuni Sizga eslatib oʻtamizki, elektron murojaat ERI bilan imzolanishi shart.

3. ERI Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 yilga beriladi.

4.Jismoniy va yuridik shaxslarga.

5. ERIni yaqin atrofdagi tuman Davlat soliq inspektsiyasi (DSI)da toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida to'lov summasi undiriladi.

6. ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

- ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova);

- arizada koʻrsatilgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining pasporti;

- ERI kalitlarini yaratish xizmati uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitantsiya.

7. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) elektron raqamli imzodan (ERI) foydalanilanish uchun E-IMZO maxsus moduli shaxsiy (ish yoki uy) kompyuteriga o’rnatilishi lozim. E-IMZO modulini o’rnatish yo’riqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Shuningdek, foydalanuvchi o’zining shaxsiy kompyuterida JRE ning 1.7-versiyasidan kam bo’lmagan versiyasi o’rnatilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kompyuterda ORACLE JRE komponentlari mavjudligi qanday tekshiriladi? Agar Sizning kompyuteringizda JRE ilovasi mavjud bo’lmasa, uni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin https://java.com/ru/download/.



Eslatma!!! Elektron murojaatni imzolashda, DSQ tomonidan berilgan ERI (elektron raqamli imzo) "DSKEYS" nomi ostidagi papkada komyuterning C yoki D disk xotirasida (yoki USB fleshkada) saqlangan bo'lishi lozim.


Download 15.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling