1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati


Download 92.5 Kb.
bet1/13
Sana19.12.2021
Hajmi92.5 Kb.
#181779
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
QADIMGI-XITOY-DAVLATI-VA-HUQUQI


QADIMGI XITOY DAVLATI VA HUQUQI

REJA:

 

1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot



2. Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati (miloddan avvalgi XVIII -XIIasrlar)

3. Chjou davlati (miloddan avvalgi X1-III asrlar)

4. Sin davlati (miloddan avvalgi 221-207 yillar)

5. Xan davlati (miloddan avvalgi 206-yildan-miloddagi 220-yiligacha)

6. Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari
 

1.    Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot

 

Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biridir. Arxeologik ma’lumotlarning xabar berishicha, Xitoyda odamlar qadimgi tosh davridayoq yashaganlar. Eng qadimgi Xitoyda matriarxat hukmron bo`lgan.



Eng qadimgi Xitoy qabilalaridan miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Xuanxe qirg`oqlariga shimoldan ko`chib kelgan Shan qabilasi ayniqsa kuchayib ketgan. Bu qabila boshqa qabilalarni (shu jumladan, Sya qabilasini ham) o`ziga bo`ysundirib, Xuanxe daryosi havzasining ko`p qismini egallab olgan.

Miloddan avvalgi V-III ming yilliklarga kelib Xuanxe daryosining o`rta oqimida dastlabki dehqonchilik vujudga kelib, aholi daryo bo`yidagi kichik-kichik qishloqlarda yashagan. Shunday qilib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib kelgan. Bu hol Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratgan.

Qadimgi Xitoy davlati tarixini quyidagicha to`rt: 1) Qadimgi Xitoy davlatining tashkil topishi - Shan (In) davlati (miloddan avvalgi XVIII-XII asrlar); 2) Chjou davlati (miloddan avvalgi XI-III asrlar); 3) Sin podsholigi (miloddan avvalgi 221-207 yillar); 4) Xan podsholigi (miloddan avvalgi 206 yildan milodning 220 yiligacha) davrlariga bo`lib o`rganiladi. So`nggi davr quldorlik davlatining feodal davlatga o`sib o`tishi bilan xarakterlanadi.

 

 




Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling