1. Erkin laylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalarining roli


Download 68.72 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi68.72 Kb.
#281000
Bog'liq
Saylovda oavning o'rni
Lecture 1-2. , Lecture 1-2. , Qayt qiluvchi V. B. Oraliq qurilmalar (1), 9, 11, 26, 3 курс 1, QarshiDU, Она тили укитиш методикаси, 4-mustaqil ish, SIZIW KURSINA KIRISIW, Hosil bayrami

REJA:

1.Erkin laylovlarni o’tkazishda ommaviy axborot vositalarining roli.

2. Erkin saylovlar- fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi

3. Saylov jarayonida axborot va so‘z erkinligi



So‘z va fikr erkinligi hamma fuqarolarga tegishli. Ayni chog‘da, saylov jarayonlari bilan bog‘liq holda tahlil etadigan bo‘lsak, ham milliy, ham xalqaro amaliy tajribaga muvofiq, ana shu muhim ijtimoiy-siyosiy voqeaga tayyorgarlik, uni o‘tkazish davrida aholining uch qatlami so‘z va fikr erkinligi huquqiga ega bo‘lishi ayniqsa jiddiy ahamiyat kasb etadi. Bular:

  1. umumiy aholining muayyan qismi hisoblanuvchi saylovchilar;

  2. ommaviy axborot vositalari;

  3. saylanadigan o‘rinlar uchun kurashayotgan yoki ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan siyosiy kuchlar.

Saylovchilarning bu boradagi erkinliklari ta’minlanishi, shak-shubahasiz, ularning to‘la va aniq axborotga ega bo‘lish huquqi nechog‘li ijobat etilishida namoyon bo‘ladi. Siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining bunday erkinliklari esa o‘z qarashlarini erkin, hech qanday soxtalashtirishlarsiz bayon eta olish, shuningdek, bu fikrlar saylovchilarga tushunarli bo‘ladigan darajada yetarli vaqtga ega bo‘lish layoqatiga bog‘liqdir. Demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Negaki, ular fuqarolarning siyosiy partiyalar faoliyati, ularning saylovoldi dasturlari, deputatlikka ko‘rsatayotgan nomzodlari, saylov jarayonining barcha bosqichlari haqida axborot olish huquqini ta’minlashi lozim. Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari demokratik saylovlarni ochiqlik, oshkoralik va transparentlik asosida o‘tkazishda muhim vosita bo‘lib, fuqarolik jamiyatining saylovda faol ishtirok etishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimiz saylov qonunchiligida ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni va saylov qanday o‘tayotganini yoritib borishi mustahkamlangan. Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda ommaviy axborot vositalari teng shart-sharoit va imkoniyatlar prinsipiga amal qilgan holda, deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalar vakillariga o‘z efir vaqti va nashr maydonini qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi. Bundan tashqari, ular fuqarolik jamiyati institutlaridan biri sifatida saylov jarayonida jamoatchilik nazorati vazifasini bajaradi.  Saylov jarayonining barcha bosqichlari ochiqligi, oshkoraligini ta’minlash, jamoatchilikni saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida OAV orqali o‘z vaqtida xolis xabardor qilish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2014 va 2015 yilgi saylovlarni yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi tashkil qilindi. Ushbu markaz Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasining asosiy bosqichlariga bag‘ishlab o‘tkazadigan brifinglar, matbuot anjumanlarini tashkil etadi, mamlakatimiz va chet el OAV vakillarini mazkur muhim demokratik jarayon bilan bog‘liq zarur axborot materiallari bilan ta’minlaydi. Jurnalistlarni Markaziy saylov komissiyasining www.elections.uz saytida e’lon qilingan akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasiga xorijiy va milliy OAV vakillari bilan qaytma aloqalar o‘rnatildi.  Ommaviy axborot vositalari erkin demokratik saylovlarni o‘tkazishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Erkin va adolatli saylovlarning mazmun-mohiyati faqat maqbul muhitda o‘z ovozini berishdan iborat emas, balki saylov jarayonlarida barcha saylovchilarga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar, ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturi, shuningdek, saylov jarayonining mohiyati haqida to‘liq axborot olish shart-sharoitlari ta’minlanishi lozim.

Erkin saylovlar- fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi

Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”1. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.

Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir2.

Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.

Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi3. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro‘yobga chiqishiga ham bevosita bog‘liqdir.

Saylov tushunchasi va uning asosiy tamoyillari, tizimlari

Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.

Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir.

Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi. Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro‘yobga chiqishiga ham bevosita bog‘liqdir. Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali qatnashish huquqi ko‘pgina xalqaro hujjatlarda alohida ta’kidlangan.



Saylov jarayonida axborot va so‘z erkinligi



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan “Saylov jarayonida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash: O‘zbekiston tajribasi” mavzuida seminar tashkil etildi.

Unda deputatlar, huquqshunoslar, axborot sohasi va saylov jarayonlari ekspertlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari O‘.Mirzayorov va boshqalar joriy yilning 4-dekabrida bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ochiqlik, oshkoralik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq adolatli holda o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritadi.

Fuqarolarning erkin xohish bildirishi va mustaqil tanlov huquqini amalga oshirishi bevosita axborot sohasidagi axborotni olish va tarqatish erkinligiga asoslanadi. Mamlakatimizda saylovlarda chinakam so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, axborot sohasini demokratlashtirish va liberallashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Seminarda ommaviy axborot vositalari demokratik jarayonlarning subyekti hisoblanib, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish davrida muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi. Saylovchilarni xabardor qilish, saylovoldi tashviqoti vositasi va jamoatchilik nazoratining muhim shakli bo‘lib xizmat qiladi.

– Saylovga oid tadbirlar nodavlat teleradiostansiyalar tomonidan ham izchil yoritib borilmoqda, – deydi O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ijrochi direktori o‘rinbosari Jamila Nurjonova. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda assotsiatsiya o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini nodavlat teleuzatuvchilar tomonidan yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unda jamoatchilikni saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishga oid tadbirlar haqida xolis hamda tezkor xabardor qilish, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan teleradio mahsulotlarni tayyorlash, ularni nodavlat teleradiostansiyalar va kabel studiyalari orqali efirga joylashtirish nazarda tutilgan.

Seminarda saylov jarayonini ishonchli va haqqoniy yoritishda jurnalistlarning kasb mahorati, saylov jarayonida axborot va so‘z erkinligining huquqiy asoslari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandiMuhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Аmalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq oxirgi uch yilni oladigan bo‘lsak, mamlakatimizda ochiqlik va oshkoralik, so‘z va matbuot, fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanganini barchamiz o‘z kundalik turmushimizda yaqqol sezmoqdamiz. Keyingi paytda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida keskin jonlanish bo‘ldi, ularda sog‘lom tanqidiy ruh kuchayib, yurtdoshlarimiz o‘z fikrlarini ochiq-oshkora, dadil aytayotganligi alohida eʼtiborga loyiq.

Аyniqsa jamiyatimiz hayotida demokratik printsiplarni mustahkamlashda, saylovlarning ochiqligi va oshkoraligini taʼminlashda ommaviy axborot vositalari nihoyatda muhim o‘rin tutadi.

Mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligini tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ommaviy axborot vositalarisaylov jarayonida axborot berish, xabardor qilish (saylov kampaniyasi ham OАV orqali eʼlon qilinishi saylovni o‘tkazishning muhim shartidir); jamoatchilik nazorati sifatida kuzatish, saylovoldi tashviqot va saylovga oid huquqiy targ‘ibot vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Saylov kampaniyasidagi barcha muhim voqea va yangiliklarni fuqarolar ommaviy axborot vositalari orqali biladilar. Аgar o‘tgan 2016 yilgi saylovlardan misol keltiradigan bo‘lsak, saylovni 615 ta milliy va 272 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 315 ta xorijiy va milliy Internet nashrlari yoritib borgan. Mamlakatimiz va chet elning 1 400 nafardan ortiq jurnalistlari ishtirokida saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan 180 ta matbuot anjumani va onlayn brifinglar o‘tkazilgan. 22 700 dan ziyod maqola va axborot materiallari eʼlon qilingan, ko‘rsatuv hamda eshittirishlar efirga uzatilgan.

Saylov kodeksining 36-moddasiga asosan Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. 57-moddaga asosan muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti ham saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.

Saylov kodeksining 54, 58-moddalariga asosan uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish boshlanganligini ham, tugaganligini ham ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida eʼlon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori ham uning rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 11 sentyabrdagi qarori bilan Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazi va uning mintaqaviy bo‘linmalari tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzoladi.

Xo‘sh, fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlanishida ommaviy axborot vositalarining roli qanday? Fuqarolar saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday o‘tayotganligini, saylov komissiyalarining ishini, ularning qarorlarini, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo‘ladilar, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali bilib oladilar.

Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar o‘z saylov huquqlarini qay tarzda amalga oshirish, saylovda qatnashayotgan turli siyosiy partiyalar va nomzodlarning asosiy saylovoldi siyosiy pozitsiyalari va jamiyatdagi turli masalalarga qarashlaridan xabardor bo‘lish hamda ayni vaqtda bunga o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonidagi yana bir muhim ishtiroki ularning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish huquqi bilan bog‘liq. Saylov kodeksining 8, 35-moddalariga asosan ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan o‘tkazadi. Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi qarori bilan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab, qoida tariqasida, saylovga kamida o‘n besh kun qolgunga qadar MSK, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilishlari mumkin.

Saylov jarayonining barcha tadbirlari ommaviy axborot vositalari nigohida bo‘lishi saylovlarimizni ochiq va oshkora, erkin va adolatli o‘tkazilishiga, jamoatchilik nazoratini taʼminlanishiga xizmat qiladi.

Yana bir masala. Siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarning ommaviy axborot vositalari bilan saylov jarayonidagi munosabatlari nimalarda ko‘rinadi? Bunda ommaviy axborot vositalarining saylov kampaniyasidagi eng muhim roli saylovoldi tashviqot bosqichida namoyon bo‘ladi. Saylovoldi tashviqoti – bu saylov kampaniyasining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bir oydan ortiq vaqt davom etadi, yaʼni saylovga 35 kun qolganida boshlanadi va bir kun qolganda to‘xtatiladi. Saylov kodeksining 45-46-moddalariga asosan tashviqot matbuot konferentsiyalari, intervьyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar shakllarida ham olib borilishi mumkin. Tashviqot ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet orqali ham amalga oshiriladi.

Bunda adolatni taʼminlashning eng muhim sharti barcha partiyalar, nomzodlar uchun tenglikni kafolatlash hisoblanadi. Qayd etish joizki, dunyoning ayrim davlatlarida saylovoldi tashviqotda avvalgi saylovlarda parlamentda olgan o‘rinlariga proportsional ravishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni taqsimlash tajribasi ham mavjud. Mamlakatimiz saylov qonunchiligida esa barchaga avvalgi saylovda egallagan o‘rnidan qatʼi nazar teng imkoniyat beriladi. Shuning uchun Saylov kodeksiga ko‘ra tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar taʼminlanadi. Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin. Nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.

Bepul efir vaqtidan siyosiy partiyalar vakillari va deputatlikka nomzodlar ommaviy debatlar, munozaralar, matbuot anjumanlari, intervьyu, chiqishlar, saylovchilar yig‘ilishlari, nomzod to‘g‘risida roliklar joylashtirish va hokazolar uchun foydalanishi mumkin.

Milliy saylov qonunchiligimizning mazkur qoidalari saylovga oid xalqaro standartlarga to‘liq mos keladi. Jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining insoniylik mezoni bo‘yicha konferentsiyasi Kopengagen hujjati 7-moddasida davlatlar ommaviy axborot vositalaridan moneliksiz foydalana olish uchun saylov jarayonida ishtirok etishni xohlovchi barcha siyosiy guruhlar va alohida shaxslarga kamsitmaslik asosida qandaydir yuridik yoki maʼmuriy to‘siqlar o‘rnatilmasligini taʼminlashlari kerakligi belgilangan.

2002 yilda Venetsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan Saylovlarga nisbatan rahbariy printsiplarning 2.3-bandiga muvofiq, barcha partiya va nomzodlarga teng imkoniyatlar kafolatlangan bo‘lishi kerak, bu esa davlat hokimiyati organlaridan ommaviy axborot vositalarida, xususan davlatga tegishli ommaviy axborot vositalarida partiya va nomzodlarni yoritishga xolis munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.

Saylovga oid huquqiy targ‘ibot vositasi sifatida ommaviy axborot vositalari aholining saylov qonunchiligiga oid bilimini oshirishga qaratilgan maqolalar, tok-shoular, ijtimoiy roliklar, ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tashkil qiladilar.

Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan hamma foydalana oladigan telekommunikatsiya tarmoqlarida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarni yoritish jarayonining monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Yuqoridagilarni barchasi shuni ko‘rsatmoqdaki, saylov jarayonining barcha bosqichlari ochiq va oshkora, ommaviy axborot vositalari ishtirokida, barcha partiyalar va nomzodlar uchun teng va adolatli o‘tkazilishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratilgan.

Saylov jarayonida ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi fuqarolarning so‘z va axborot erkinligini, o‘z fikrini erkin bildirish, axborot olish huquqlarini taʼminlashga, saylov qonunchiligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, pirovardida esa chinakam demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishga xizmat qiladi.



1



2



3




Download 68.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling