1. Fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari Tilning jamiyatda tutgan o‘rni
Download 22.49 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу
Какие заболевания не предшествуют развитию острого гломерулонефрита, 8-klass Meyrambek ashiq sabaq, 11, 4 sinf o‘quvchilari uchun “Ortiqcha so‘zni toping” testi (1), 2-lab, Axborot xavfsizligi, 2 5247184656742219807, O, 2- tema Bolmis filosofiyasi (Ontologiya), 2 5215657904572470997, Amaliy mashg’ulot №1 mavzu Texnologik konstruksion xaritani ish, akademik yozuvvv, INTERNET SH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari 2. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni. 3.Til va tafakkur,til va ma’naviyat. 4. « Davlat tili » tushunchasi.
- 2-topshiriq.
1-MAVZU: “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI. TILNING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI. REJA : 1. Fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari 2. Tilning jamiyatda tutgan o‘rni. 3.Til va tafakkur,til va ma’naviyat. 4. « Davlat tili » tushunchasi. 4.Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati. TAYANCH TUSHUNCHALAR: Vatan,til, jamiyat, ijtimoiy, faoliyat,tafakkur, chambarchas, davlat tili, maqomi, adabiy til, jadal, erkin, taraqqiyot, keng imkoniyat, qulay, sharoit, nutq, og’zaki, yozma, hissiy idrok, milliy, ma’naviyat,ma’rifat,millat, avloddan-avlodga, dunyoqarashi, orzu-umid, his-tuyg’u, Til - insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasidir.Insonlar o’z fikrlarini til vositasida ifodalaydilar va bir-birlarini tushunadilar. Til – inson faoliyatida borliqni bilish,fikr almashish,jamg’arilgan bilimlarni fanlarga bog’lagan holda avloddan-avlodga etkazish vositasidir.Tilda millatning bor-yo’g’i, o’y-fikri, dunyoqarashi, orzu- umidlari,Vatani,his-tuyg’ulari aks etadi. Tildagi har bir so’z inson tafakkuri va tuyg’usining natijasidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib , Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan ,til bilan ifodalanadigan in’ikosi hisoblansa,til fikrni ifodalash usuli, uni boshqa kishilarga ,avlodlarga yetkazish vositasidir. Til va tafakkurning birligi nutqda o’z ifodasini topadi. Nutq og’zaki va yozma holda mavjud bo’lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo’lib qoladi. Til milliy ma’naviyat,ma’rifat va ma’niyatning ko‘zgusidir. Til millat degan birlikning asosi.U bo‘lmasa, millat ham bo‘lmaydi. O’zbek tili - O’zbekiston respublikasining davlat tili. 1989-yil 21- oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida Qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4- moddasida shunday deyilgan:” O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”. O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonun 24 moddadan iborat. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi o’zbek adabiy tilining jadal, erkin taraqqiyoti uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlarni yaratdi . 1-topshiriq. She’rni yod oling, unda ifodalangan g‘oya haqida fikrlashing. Milliy meros, ona tili va unga posbonlik haqidagi mulohazalaringizni bayon qiling. Ona tuproq Avliyolar, daholarning beshigisan, Naqshbandlar topgan jannat eshigisan. Tiriklikning navosi ham qo‘shig‘isan – Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh, O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq! Yuragimda tulporlaring dukurlari, Qaysi yurtning bordir buyuk Temurlari? Olovlardan omon chiqqan Semurg‘lari, Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh, O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq! Asl farzand merosiga posbon bo‘lgay, Ozod elning orzulari osmon bo‘lgay, Bobolarim ismin aytsam, doston bo‘lgay, Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh, O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq! Daryolarning izlarida daryo bo‘lgay, Daholarning avlodi ham daho bo‘lgay! Fido bo‘lsa, shu Vatanga fido bo‘lgay, Fido bo‘lsa, shu Vatanga fido bo‘lgay! O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq! (Iqbol Mirzo) 2-topshiriq. Matnni o‘qing. Sarlavha qo‘yib, unda ifodalangan fikrni o‘z so‘zlaringiz bilan hikoya qiling. Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib va o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy va ma'naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi. Tilning birinchi ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki yoki yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Bu bilan yana taraqqiyot ta’minlanadi. (A. Rustamov) Download 22.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling