1. Fanning maqsadi va vazifalari Elektr uskunаlаr ekspluаtаtsiyasining umumiy muаmmоlаri


Reja: 1.Kabel liniyalari haqida umumiy ma’lumotlari


Download 0.86 Mb.
bet14/14
Sana18.04.2022
Hajmi0.86 Mb.
#641696
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kechki ekspluatatsiya
Teoremaning tuzilishi va ularning turlari, Лекция 3. Основы математической логики, Отношение на множестве и его свойства презентация, 5.Traditions
Reja:
1.Kabel liniyalari haqida umumiy ma’lumotlari
2. Kabel liniyalarini montaj qilish
Kabellar tayanch tuzilmalarida, novlarda (ishlab chiqarish xonalari, tunnellarda); bino va inshootlarning devorlarida; transheyalar va bloklarda (korxona yoki shahar yon–atrofida) yotqiziladi.
Kabellarni transheyalarda montaj qilish eng ko‘p tarqalgan va oson bajariladigan ishdir, chunki bunda asosiy ish transheyalarni qazish va ularda kabellarni yotqizishdan iborat bo‘ladi. Er tagida yotqizilgan kabellarni mexanik shikastlanishi va kabel trassasida yoki unga yaqin bo‘lgan joyda er ishlari olib borilayotgan kishilarning baxtsiz hodisaga uchrash ehtimoli bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
Asbotsement trubalarda yoki beton bloklarda joylashtirilgan kabel liniyalar ancha ishonchli himoyalangan hisoblanadi, lekin kabellarni bunday yotqizish ancha murakkab va liniyaning narxi oshib ketadi. Bundan tashqari, sovitish sharoitining qulay bo‘lmasligi natijasida bloklarda o‘tkazilgan kabellar uchun yo‘l qo‘yiladigan tok yuklamalarining qiymati ochiq yoki erda o‘tkazilgan kabellarnikidan kichkina bo‘ladi. Kabelni qanday usulda yotqizishdan qatoiy nazar, kabel trassasini liniyaning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari orasidagi masofa eng qisqa bo‘ladigan qilib tanlanadi.
Kabel liniyalarini montaj qilish loyiha–texnika hujjatlariga mos holda bajariladi, unda kabel trassasi, shuningdek liniya trassasining geodezik belgilari ko‘rsatiladi. Bu belgilar ayrim qismlarning (13–jadval) past–balandligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. 13–jadvalda keltirilgan yo‘l qo‘yiladigan past–balandlik darajasini
saqlash zarurligi, kabeldagi shimdirilgan qorishmaning siljishi jarayoni bilan bolangan. Kabelning tomirlari o‘tayotgan tok ta’sirida qiziydi. Bunda kabelga shimdirilgan qorishma suyuqlanadi va qaytmas harakat vujudga keladi. Kabel tuzilishidagi hamma materiallarga nisbatan shimdirilgan qorishma eng katta hajmiy kengayish koeffitsientiga ega va shuning uchun kabelning tok o‘tkazuvchi tomirlari qiziganda ma’lum sharoitda uning qobig‘ini cho‘zishi mumkin va
hajmining xavfli darajada kattalashuviga olib keladigan ortiqcha bosim hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, qiya yoki vertikal holda yotqizilgan kabelda og‘irlik kuchlari ta’sirida shimdirilgan qorishma oqadi, natijada kabelning pastki qismida ortiqcha qorishma miqdori to‘planadi, yuqorigi qismida esa gazlar bilan to‘lgan bo‘shliq hosil bo‘lishi mumkin. SHimdirilgan qorishmaning bunday harakatlanishi natijasida kabelning yuqorigi qismi izolyasiyasi yomonlashadi, pastki qismida esa bosim ortib ketadi–bu kabelning cho‘zilishi va qobig‘ining yorilish xavfini tudiradi. SHuningdek, kabel liniyalaridan eng yaqin binogacha, er osti inshootlarigacha va turli kommunikatsiyalargacha (suv quvurlari, gaz quvurlari, kanalizatsiya, issiqlik tarmoqlari va h.k.) bo‘lgan eng qisqa masofa haqida loyihada va yozma buyruqlarda qayd qilingan direktiv ko‘rsatmalarga amal qilish ham lozim. Kabel bilan binolarning poydevorlari orasidagi masofa 0,6 m dan, kuch kabellari bilan aloqa kabellari orasidagi 0,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Kabellarni truboprovodlarga parallel o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kabel bilan truborovodlar orasida quyidagi masofalar saqlangandagina kabellarni gorizontal yuzada truboprovodlarga nisbatan parallel o‘tkazishga ruxsat beriladi: neft, gaz va issiqlik o‘tkazuvchi trubalardan tashqari har qanday vazifalarga mo‘ljallangan truboprovodlarga nisbatan parallel yotqizishda–kamida 0,5 m; neft va gaz quvurlariga nisbatan parallel yotqizishda–kamida 1 m. Truboprovodlarga yuqorida ko‘rsatilgan maofalardan yaqin (lekin kamida 0,25 m) masofada o‘tkazilgan kabellar asbest–sement yoki sopol trubalar bilan himoyalanishi lozim. Issiqlik o‘tkazuvchi trubalarga parallel o‘tkazilgan kabellar, ulardan kamida 2 m naridan o‘tkazilishi kerak. Bu masofa yilning istalgan vaqtida issiqlik trubalari, kabel o‘tkazilgan joydagi erning haroratini 10 dan ortiq qizdirmaydigan izolyasiyaga ega bo‘lgandagina qisqartirilishi mumkin. Issiqlik o‘tkazuvchi trubalar bilan kesishadigan kabel undan 0,5 m narida bo‘lishi kerak. Bunda kesishadigan qismdagi issiqlik o‘tkazuvchi trubalar eng chetki kabellardan boshlab ikki tomonga 2 m naridan o‘tkazilib izolyasiyalangan bo‘lishi lozim, bunda erning harorati yozgi eng baland haroratdan 10 C0 ga ortiq va qishki eng
past haroratidan 15C0 ga past bo‘lmasligi lozim. Kabellarni elektrlashtirilgan yoki elektrlash–tiriladigan temir yo‘llar bilan kesishadigan joylari izolyasiyalovchi bloklarda va trubalarda o‘tkazilishi lozim. Kesishadigan qismlari strelkalar, krestovina va relpslarga so‘ruvchi kabellar biriktirilgan
joylardan quyidagi masofada narida bo‘lishi kerak: tramvay liniyalari va elektrlashtirilmagan temir yo‘llardan–kamida 3 m; elektrlashtirilgan temir yo‘llardan–kamida 10 m. Kabel liniyalarining truboprovodlar bilan, jumladan, neft–gaz trubalari bilan ham kesishganda kabel bilan truboprovod orasidagi masofa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Kabellarni ikki tomonga kamida 2 m dan chiqarilgan trubalar ichidan o‘tkazilganda bu masofani 0,25 m gacha qisqartirishga yo‘l qo‘yiladi.
Kabel liniyalarini yotqizish ishlari juda qisqa vaqtda bajarilishi va ishlar olib borilayotgan qismda transport hamda piyodalar harakatining xavfsizligi, shuningdek korxonalarning normal faoliyati ta’minlanishi lozim.
S Huning uchun boshlanmasdan oldin texnik hujjatlarni yaxshi o‘rganish, kabel liniyasining trassasini ko‘zdan kechirish va zarur bo‘ladigan material, asbob, moslama hamda mexanizmlarni jamlash punktlarini aniqlab qo‘yish, shuningdek piyodalar harakati joylarini va trassa orqali transportning o‘tish joylarini aniqlab qo‘yish lozim, bunda zarur bo‘lgan to‘siqlar, signal belgilari va piyodalarning o‘tish ko‘priklarini o‘z vaqtida tayyorlab qo‘yish mumkin bo‘lsin.
Hamma asosiy va yordamchi materiallar trassaga keltirilgan bo‘lishi kerak.
Kabel liniyasini shunday o‘tkazish lozimki, bunda o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum ishlar kompleksi bir ish kunida bajarilsin. Masalan, transheyani qazish ishlari, unda kabelni yotqizish va transheyani to‘ldirib ko‘mish ishlari tamom bo‘lgandan keyin, kabel yotqizilmagan yoki kabel yotqizilgan ochiq transheyaning ko‘milmay qolmasligi lozim.
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling