1 Farmoyish hujjatlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Farmoyish hujjatlari


Download 12.23 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi12.23 Kb.
#107713
Bog'liq
davlat tili
Ingliz tili 1 , “Мультимедиага кириш” фанидан мустақил иш мавзуларининг тақсимоти, Bluebells T F NG exercise, Оптика, (Copy) tarqatma 7, ozbek xalq dostonlarining chastotali izohli frazeologik lugati (1), 2 5283019729261299163, Hayot faoliyati amaliy 1, Hayot faoliyati amaliy 1, 1, Diniy ek Mustaqil ish 9df737f9fd1887ea73741bb383e4cad7, Вазиятлми масала стом 210 Б МАС нинг текшириш усуллари, 2 sinfda takrorlash umumlashtirish darslarini tashkil etish metodikasi, Valeologiya ON

Tashkiliy hujjatlar:yo’riqnoma,shartnoma

1 Farmoyish hujjatlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi.Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. 

2. Buyruq, ko‘rsatma va farmoyish hujjatlari haqida nimalarni bilasiz?

Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi, bosh yoki etakchi mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh buxgalter bilan kelishiladi. Huquq maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi.

Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek muayyan xodim mukofotlanganda mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi.

Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «Buyuraman» so‘zi bilan boshlanadi. SHu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi. Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatdan ko‘chirma asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi: «Asliga to‘g‘ri» so‘zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.



3. Buyruq qanday qismlardan tashkil topadi?

Buyruqning asosiy zaruriy qismlari :

1.Gerb, muassasaning ramziy belgisi.

2.Vazirlik va boshqarma nomi.

3.Muassasa xos raqami.

4.Hujjat shaklining xos raqami.

5.Muassasa nomi.

6.Sarlavhasi (mazmunan kelib chiqib nomlanadi).

7.Sanasi.

8.Raqami.

9.Buyruq chiqqan joy nomi.

10.Hujjatning nomi.

11.Buyruq matni.



12.Rahbar yoki o‘rinbosar imzosi.
Download 12.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling