1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi


Download 69.35 Kb.
bet1/11
Sana10.11.2023
Hajmi69.35 Kb.
#1761557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fermentlar injenerligi


O`simliklar fermentlari.
Reja:


1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari
2. Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi
3. Fermentlarni tozalash usullari
4. Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi
5. Fermentlarni immobillash metodlari

Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari


Fermentlar injenerligining asosiy vazifasi — biologik tizim yoki tirik hujayralardan ajratib olingan fermentlarning katalitik xusu-siyatlaridan foydalangan holda biotexnologik jarayonlarni yara-tishdir. U yangi mahsulotlarni olish, ularning sifatini yaxshilash va iqtisodiy ko'rsatkichlarini ko'tarish bilan bog'liq bo'lgan masa-lalarni yechadi. Hozirgi kunda amaliyotda fermentlar keng qo'llaniladi.
Ma'lumki, fermentlardan organik sintezlarning katalizatori sifatida foydalaniladi. Shunga qaramay, fermentlarning «nozik» tomoni ham bor. Ular kam chidamli, tez buziluvchan, nozik makro-molekulyar strukturaga ega bo'lgan oqsiilardir. Ular tashqi ta'sir ostida osongina o'z xossasini yo'qotadilar.
Fermentlar ishtirokida kechadigan reaksiyalar murakkab mexanizmga ega. Ularning faolligini tashqi muhitning o'zgarishi orqali, reaksion muhitga fermentlarai ularning faolligini oshiruvchi yoki susaytiruvchi qo'shimcha moddalar qo'shish bilan boshqarish mumkindir.
Fermentlar manbayi turli hayvon, o'simliklarning to'qimalari, mikroorganizmlar bo'lishi mumkin. Fermentlar qaysi biri kerakligi va qaysi birirti olish qulayligiga qarab tanlanadi.
Yaqin davrlargacha amaliy maqsadlarda hayvon va o'simlik fermentlaridan foydalanib kelingan. Hayvonlardan olinadigan fer­mentlar go'sht sanoatining yo'ldosh mahsulollari hisoblanadi. Bar-cha to'qima va hujayralar ichida fermentlarga boy organ oshqozonosti bezidir. Undan tarkibida bir qator gidrolitik fermentlar (ami laza, proteaza, lipaza va boshq.) tutgan kompleks preparatlar olinadi. Masalan, oshqozonosti bezidan pankreatin — quritilgan ekstrakt olinadi.
Hayvon xomashyolaridan ayrim fermentlarning tozalangan preparatlari — pepsin, tripsin, ximotripsin, rcnnin (ximozin), ribo-nukleaza, DNKaza, lipaza, gialuronidaza, katalaza va boshqa fer-mentlar ham ajratib olinadi.
O'simliklardan sanoat miqyosida proteolitik fennentlarning ayrim preparatlari — papain (qovun daraxti mevasining sharba-tidan), fitsin (anjir bargi va Ficus oilasiga mansub o'simliklardan) ajratib olinadi.
Ammo o'simliklardan ferment ajratib olish iqtisodiy jihatdan samarali emas, chunki sarflanadigan o'simlikka nisbatan olinadigan mahsulot kam miqdorda bo'ladi. Undan tashqari har doim ham istalgan mintaqada kerakli o'simlikni o'stirish imkoni yo'q.
Hayvonlardan fermentlarni ajratib olishda ham ayrim qiyin-chiliklar tug'iladi. Shuning uchun hozirda fermentlar manbayi sifatida mikroorganizmlardan keng foydalanilmoqda.
Mikroorganizmlar — ferment olish uchun juda qulay manba hisoblanadi, chunki ularaing (fermentlarini) hujayradagi konsen-tratsiyasini mikroorganizm o'sishini tezlatish yoki genetik mani-pulyatsiya qihsh hisobiga oshirish mumkin. xWikroorganizmlar tez o'sadi, arzon muhitlarda ko'payadi va turli fermentlarga boydir.
Mikrob fermentlari hozirda o'simlik va hayvon fermentlari o'rnini bosmoqda. Qator fermentlar tibbiyot diagnostikasida ham o'ziga xos o'rin egallab kelmoqda. Masalan, xolesterinoksidaza qon zardobidagi xolcsterinni, ureaza esa siydik kislotasi miqdorini o'lchashda ishlatiladi. Gen injenerligi tadqiqotlarida esa mikrob-lardan ajratiladigan restriktatsion endonukleazalar va ligazalar ishlatiladi.
Mikrobiologik usulda olingan fermentlar plastmassa ishlab chiqarishda ham katta o'rin egallaydi.
Qattiq yoki suyuq oziqa muhitlarida o'stirilgan mikroorganizm-larning kulturasi va ularning kultural suyuqliklari tarkibida juda ko'p miqdorda ballast moddalar mavjud. Fermentlarni ajratish va tozalash ko'p mehnat va xarajat talab qiluvchi jarayondir, agarda ferment preparati mikroorganizm kulturasi ko'rinishida ishlatilsa, u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan mikroorgaruzmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va xuddi shunday mikroorganizmlarni qishloq xo'jaligida yem-xashak tayyorlashda yoki fermalarda yemlami qayta ishlashda qo'llash mumkin.
Oziq-ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq, kraxmal va sharbat ekstraksiya qiluvchi) hamda tekstil, mo'yna va mikrobiologik sanoatlarda, shu jumladan, tib-biyotda ballast moddalardan qisman yoki to'liq tozalangan ferment preparatlari ishlatiladi.
Toza ferment preparatlarini olishning boshlang'ich materiah boTib filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq oziqa muhitda o'stirilgan kulmraning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun yoki suyuq konsentrat ko'rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida preparatning ymumiy massa-sida faol oqsilning nisbiy ulushi, ya'ni uning ulushiy faolligi ortadi.



Download 69.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling