1. «Folklor» atamasi etimologiyasi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#230686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-10-variant javoblar folklor



YAKUNIY NAZORAT  SAVOLLARI 

 

1-variant 



1. «Folklor» atamasi etimologiyasi. 

J: «Folklor»  atamasi  inglizcha  so`zdan  olingan  

bo`lib,  «xalq  donoligi»,  «xalq  

donishmandligi»  ma`nolarini  anglatadi.  Bu  atama  

birinchi  marotaba  1846  yilda  

Vilyam Toms tomonidan qo`llangan va bugungi kunda 

jahon ilmu fanida xalq ijodi  

tushunchasini  bildiradi.  Masalan,  biz  «folklor»  

so`zini  qo`llaganda  xalq  og`zaki  

ijodini  nazarda  tutamiz.  Shu  bilan  birga  «folklor»  

so`zi  xalq  amaliy  san`ati,  xalq  

me`morchiligi  va  boshqa  sohalarni  ifodalaydigan  

atamadir.  Faqat  har  bir  soha  

mutaxassisi folklor deganda o`z sohasini, masalan, biz 

xalq og`zaki ijodini,  xoreograf  

xalq raqsini, musiqashunos esa xalq kuylarini nazarda 

tutadi. 

2. Qahramonlik afsonalari. Ularning janriy xususiyati. 

J: Qahramonlik  dostonlari. 0 ‘zbek  xalq  dostonchiligi  

taraqqiyotida  

ko‘pgina  qatlamlar  bo‘lsa-da,  ayniqsa,  ikki  qatlam,  

davomiy  ikki  

bosqich  —  qahramonlnk  va  romanik  dostonlar 

bosqichi alohida ajralib  

turadi.    0  ‘zlarining  yaratilish  davri,    mundarijasi,  

g‘oyaviy mazmuni,  

ijtimoiy  voqelikni  tasvirlash  tamoyillari  bilan  ham  bu 

dostonlar bir- 

birlaridan  jiddiy  farq   qiladi.  Biroq  ular  bir  necha  

asrlar  davomida  

baxshilar  tomonidan    baravar    kuylab    kelingan,  

shuning  uchun  ham  

bu xil  dostonlar orasida muayyan yaqinliklar mavjud.  

Demnk,  biriga  




xos    xususiyatning    ikkinchisida    zohir    bo'lishi,    sof  

qahramonlik  

dostonlariga  xos  belgilarning  keyingi  o ‘ringa  surila  

borishi,  

qahramonlik  dostonlaridan  romanik  motivlar  va 

epizodlarning o'rin  

olishi tabiiy edi. 

«Qahramonlik»    termini  o  ‘zbek    folklorshunosligida  

ikki m a’noda 

—    keng    ma’noda,    umuman    o  ‘zbek    eposiga  

nisbatan,  tor  ma’noda,  

uning bir turiga  nisbatan  ishlatiladi. 

Qahramonlik    dostonlari    patriarxal-urug‘chilik  

munosabatlari,  

ko‘chmanchilik  va  yarim  ko'chmanchilik  hayot  tarzi 

bilan mahkam  

bog‘liqdir.    Bunday    dostonlar    xuddi    shu    turmush  

tarzining  ifodasi  

sifatida  patriarxal-urug‘chilik  jamiyatining  so‘nggi 

bosqichlarida yoki  

ilk  feodalizm  davrida  turli  urug‘lar  o‘rtasida  nizolar 

davom etayotgan  

va    ular    muayyan    hududlarga    joylashayotgan  

hamda  yagona  xalq  

sifatida  uyusha  boshlagan  davrlarda  yaratilgan.  Bir  

qator  urug‘  va  

qabilalarning    muayyan    xalq    sifatida    tashkil    topa  

borishi,  ilk  

davlatchilik    kurtaklarining    paydo    bo'lishi    va    shu  

munosabat  bilan  

xalqlar  ham da  elatlarn in g  o ‘z  m ustaqilliklari  u 

ch u n  chet  el  

bosqinchilariga 

qarshi 


mardonavor 

kurashlari 

qahramonlik dostonlam  

uchun boy  material bo'ldi.  Mana  shu  kurashlar va 

tarkib topishlar,  

birlashishlar  va  joylashishlar  jarayonida  o‘z-o  ‘zini 

anglashning buyuk  



ifodasi sifatida qahramonlik eposi yuzaga  keldi. 

«Qahramonlik  eposining  mahobatli  realizmi  real 

ijtimoiy voqelikni  

qahramonlik    idealizatsiyasi    shakllarida    tasvirlaydi.  

Shu  bilan  birga,  

qahramonlar    obrazi    va    ular    amalga    oshirgan  

jasoratlar  tabiiylik  

chegarasidan    birmuncha    yuqori    bo'ladi.    Shu  

ma’noda  ular  ajoyib-  

g'aroyib,    qiziqarli,    ammo    g‘ayritabiiy    emas,  

kuychining  subyekliv  

uydirmasi    va    ijodiy    fantaziyasiga    asoslangan  

romanik  fantastika  

b o 'lm ay d i.  Q adim iy  qah ram o n lik  cposida  ajo 

y ib-g'aroyiblik  

mifologiyaning,  xalq  isho n ch  -e'liq o d in in g  real  

unsuri  sifatida  

namoyon b o ‘ladi...».62 

Qahramoilik  dostonlari  bizgacha    sof  holida  

«Alpomish»  misolida  

yetib  kelgan. 

3. Maqollarning boyib borishini ta‘minlovchi omillar. 

J:  Maqollar  insonlaming  turli  sohalardagi  faoliyatlari 

jarayonida uzoq 

muddatli  sinovlardan  o'tgan  turmush  tajribalarining 

hosilasi-barqaror 

va  o‘zgarmas,  to ‘g‘ri  va  haqqoniy  xulosasi  tarzida  

yuzaga  kelgan. 

Bu  hoi  maqollarda  mavzular  doirasini  behad 

kengaytirgan  va  xilmaxШashtiгgan.  Binobarin,  inson 

hayoti va turmushining barcha qirralari 

maqollarda  axloqiy bahoga  aylangan. 

Shuni    ta’kidlash    o  ‘rinlidirki,    hadislar    ham  

maqollaming  paydo 

bo‘lishi  va  taraqqiyotida  ma’lum  darajada  ta’sir 

ko‘rsatgan, aniqrog‘i, 

hadislar    jo  n  li    s  o  ‘zlashuv    jarayonida    qayta  

ishlanib,  yanada 




ixchamlashib,  obrazlilik  kasb  etgan  holda  xilma-xil  

maqollar shaklida 

faolroq  qo‘llana  boshlagan.    Masalan,  Abdulloh  ibn 

Umardan rivoyat 

qilinadigan  «Alloh  Taoloning  rozi  bo'lishi  otaning  rozi 

bo'lishiga va 

uning    g‘azabi    ham    otaning    g'azabiga    bog‘liqdir»  

hadisi  mavjud.  U 

xalq    ijodida    «Ota    rozi-xudo    rozi,    Ota    norozi-xudo  

norozi»,  «Ota 

oldida kek urma,  odobingga chek urma»,  «Ota oldidan 

o‘tma,  odob 

oldidan  ketma»,    «Ota  o  ‘g‘li  bo'lsang,    ota  nomini 

baland tut» singari 

o ‘nlab  maqollarning yuzaga kelishiga  turtki bo‘lgan. 

Xalq  maqollari  ko‘p  asrlik  tadrijiy  yo‘lni  bosib,  

avloddan-avlodga, 

og‘izdan-og‘izga  o ‘tish jarayonida  yanada  silliqlanib,  

zamon  ruhiga 

yo‘g‘rilib,  teranlashib  borgan.  Ijtimoiy  hayotdagi  o 

‘zgarish ularda ham 

aks  topa  borgan.  M.Koshg‘ariyning  «Devonu  lug‘otit  

turk»  asarida 

uchraydigan  «Osh  totug‘i  tuz»  maqoli  arablar 

istilosidan so‘ng arabcha 

so‘zlarning    turkiy    tilda    faollasha    boruvi    tufayli  

«Oshning  ta’mi  tuz 

bilan»  shaklida  leksik  va  sintaktik  o'zgarishga 

uchragan holda qo‘llana 

boshlagan.    Bunda    arabcha    «tam»    so  ‘zi    turkiy  

«totuq»  so'zini 

almashtirgan    va    «bilan»    ko'makchisi    yordamida  

maqolning 

transformatsiyaga    uchragan    yangi    shaklda  

yashashini  ta’minlagan. 

0  ‘tmishda    ustoz-shogird    munosabatini    ifodalovchi  

«Ustoz  ko‘rgan 



shogird  andin-mandin  qarmalar,  ustoz  ko‘rmagan 

shogird har maqomda 

yo‘rg‘alar»  maqoli  qachonlardir  ikki  qismdan  iborat  

bo‘lgan.  Unda 

ustoz  shogirdni  o‘z  xonadonidagi  tekin  xizmatkorlik 

muddatini cho‘zish 

maqsadida    hunari  sirini    o‘rgatishni    paysalga    solar 

yoki  istar-istamay 

tushuntirar,  shunda  ziyrak  shogird  faqat  o  ‘z  ustozi 

ko‘rsatmalari bilan 

cheklanmay,  boshqa  ustozlar  ishlarini  sinchkovlik 

bilan kuzatish asosida 

mahorat  sirlarini  o'zlashtirib  borar  edi.  Maqolning  

birinchi  qismida 

ana    shu    axloqiy    ibrat    ifodasini    topgan    bo‘lsa,  

ikkinchi  qismida  usta 

ko‘rmagan,    yani    shogird    tushib,    hunar    o 

‘rganmagan  kishining  har 

maqomda    yo‘ig‘alishi    —    uquvsizligi    kesatilgan.  

Davrlar  o ‘tishi  Ьйап 

ustoz-shogird    o  ‘rtasidagi    munosabatlardagi    o 

‘zgarishlar  tufayli 

maqolning  birinchi  qismi  tushib  qolib,  maqol  yanada 

ixchamlashgan. 

4. Animistik  tasavvurlar  o’z  ifodasini  topgan  ertak  va 

dostonlardan misollar keltiring. 

“Animizm”  lotin  tilidagi  “anima”dan  olingan  bo'lib,  

ilmiy  adabi-  

yotlarda jon,  rah  ma’nosini  anglatishi  ta’Mdlanadi.  

Animizmga  binoan  

qadimgi  ajdodlarimiz  dunyodagi  hamma  narsaning  

joni  bor,  deb  bil-  

ganlar.    Ibtidoiy    davrda    inson    tana    va    ruhdan  

iborat  hisoblangan.  Ruh  

tanani  tark  etganda  inson  o ‘ladi,  deb  o‘ylashgan.  

Har  bir  narsaga  bu  

tushuncha    tatbiq    etilgan.    Shuning    uchun  

mifologiyadagi  totemizm  va  




fetishizm  hodisalariga  ishonch  bildirishni,  ulaming 

mavjudligiga bo'lgan  

e’tiqodiy    munosabatni    animizm    bilan    bog'lash  

ma’qul.  Soddaroq  qilib  

aytganimizda,    odamning    totemizm    va    fetishizm  

hodisalariga  ishonishi  

uyg'un    holatda    animizmda    namoyon    bo'ladi.  

So'zning  magik -  mo'ji-  

zaviy  kuchidan  foydalanib  inson  ruhiyatiga    ta’sir 

etishi, uni xastalikdan  

xalos    etishi,    tabiatiga    ruhiy    tetiklik    bag'ishlashi  

animizm  fazilatlari  

hisoblanadi.    Shuning    uchun    xalq    baxshilari  

deganda  baxshilik,  ya’ni  

shifo bag'ishlash ma’nosi saqlanib qolgan. 

Hayot    taraqqiy    etib,    asta-sekin    miflar,    xudolar,  

afsonaviy  qahra-  

monlar,    voqea-hodisalar    o'mida    ilmiy    kashfiyotlar  

paydo  bo'ldi.  Jum-  

ladan,  yeming   dumaloq  ekani,   oy   va   quyoshning  

tutilishi,  yer  qimir-  

lashlar  zamon  o'tishi  bilan  olimlar  tomonidan  ilmiy 

asoslandi. Shu tariqa  

inson  tabiat  hodisalariga    aralashdi.    Dehqonchilik,  

chorvachilik  sohasida  

hayotiy  yangiliklar  ro‘y    bera  boshladi.    Miflarda 

tasvirlangan qahramon-  

liklar    esa    urf-odatlarda    saqlanib    qoldi.    Natijada,  

badiiy  tafakkur  rivoj-  

langani  sari  og'zaki    ijodda  mukammallik  ustuvor 

o'ringa chiqdi. Xullas,  

“Avesto”,  “Kitobi  Dada  Qc'rqut”,  “O'g'uznoma”  kabi 

asarlaming yozma  

nusxalari vujudga keldi. 

“Avesto”ning  yaratilganiga  yaqin  uch  ming  yil  bo'ldi. 

Unda Zardusht 

-    otashparastlik    dinining    asosiy    qonun-qoidalari  

aks  etgan.  Zardusht  




Mazda  Ahuraga  murojaat  qilib,  dunyo,  inson,  koinot, 

haqiqatning vujud­ 

ga  kelishi  haqida  son-sanoqsiz  savollar  beradi. 

Kitobning bugungi kunda-  

gi  ahamiyati  yurtimizda  istiqomat  qilgan  ajdodlarimiz 

qadim zamonlarda  

ham  mehnat,  haqiqat,  ozodlik,  poklikka  alohida 

hurmat bilan qaraganlik-  

lari  haqida  hozirgi  farzandlariga  xabar  beradi. 

Xususan, yerga don ekish,  

hosil    yig'ish    haqida    shunday    deyiladi:    “Kimdakim  

bug'doy  eksa,  u  

Ashah (haqiqat)ni ekadi. U Mazda dinini yana va yana 

ko'kartiradi... 

Qachonki  egatlarda  urug'  yetilsa,  devlar  o'rinlaridan 

qo'padilar. 

41 

Qachonki    bug'doy    gurkirab    ko‘karsa,    devlar  



dahshatdan  titray  

boshlaydilar. 

Qachonki bug'doy un bo‘Isa, devlar nola chekadilar. 

Qachonki  bug'doy  xirmonga  uyulsa,  devlar  nobud 

bo‘ladilar. 

Qay    bir    xonadonda    bug'doy    bosh    chiqarsa,    u  

xonadonga  devlar  

yaqinlasha olmaydilar. 

Qay  bir  xonadonda  bug'doy  bosh  chiqarsa,  devlar  

u  xonadondan  

qochadilar. 

Qay  bir  xonadonda  bug'doy    ombori  bo'Isa,    go‘yo  

qizdirilgan  temir  

devlar bo‘ynini chirmab tashlaydi”11. 

Agar  yuqoridagi  matnni  zehn  bilan  o ‘qisak,  in  son 

mehnati  butun  

yomonlik  va  fojialami  daf  etuvchi  kuch  ekani  aniq  

seziladi.  Bug'doy  

so'zini  xohlang  aynan  qabul  qiling,  xohlang  mehnat 

orqali oilani qo'llash  




ma’nosida    tushuning,    baribir    har    bir    shaxs    o‘z  

oilasi  hayoti,  kelajagi  

uchun  o‘zi  harakat  qilishi  lozimligi  ta’kidlanadi.  Bu 

nasihatga amal qilish  

insonni,    qon-qarindoshlarni    turli    yovuzliklardan  

asrashi  devlaming  

xonadondan qochishi misolida aniq ko‘rsatilgan. 

“Avesto”da    inson    qasamining    ahamiyati    uning  

inson  ekanligi  bilan  

bog'liqlik ham ko'rsatilgan: 

Ey dunyoni yaratgan Zot! 

Ey haqiqat! 

Qasamlaming sanog‘i nechadir? 

Ahura Mazda javob berdi: 

- Mening qasamlarim oltita: 

Birinchi - so‘z qasami; 

Ikkinchi - qo'l qasami; 

Uchinchi - qo'y qasami; 

To'rtinchi - sigir qasami; 

Beshinchi - odam qasami; 

Oltinchi  -  ekin  qasami;  eng  yaxshi,  eng  obod,  eng 

serhosil zamindagi  

ekin”12. 

Bu qasamlaming tartibiga e’tibor bering.  Birinchisi   - 

so'z qasami.  In-  

sonning    so'zi    uning  ori,    uyati,    g'ururi  ekani    qayd  

etilmoqda.  Oxirgi qa-  

sam  esa  inson  oilasining  bahosi  bilan  o‘lchanmoqda. 

Zardusht bu qasam-  

lami  buzish  qanday  jazolanishi  haqida  so'raganda,  

Ahura  Mazda  javob-11  Авесто.  Тарихий-адабий 

ёдгорлик. - Т.: Шарк НМАК, 2001. - Б, 115. 

12 Уша жойда. - Б. 117. 

42 


larini bayon  etadi.  Bu jazolami o ‘qiganingizda,  etlar 

jimirlashib ketadi.  

Qasamning  buzilishi  uni  bergan  odam  uchun  o  ‘lim 

ekani aniq seziladi. 




Umuman,  “Avesto”  bilan  tanishish  asaming  qomusiy 

mazmunga ega  

ekanini  ko‘rsatadi.  Ayrim  parchalar  xuddi  bugungi  

kunda  yozilgandek  

tuyiladi: 

“Yomon  tarbiyachi  o  ‘z  ta’limi  bilan  ilohiy  so‘zlami 

teskari qiladi va  

tiriklik idrokini xarob qiladi”. 

“0  ‘zgalami    yaxshilikka    olib  borgan    kimsalargagina 

yaxshilik  nasib  

etadi”. 

“Fikr,  so‘z  va  amal  olamidan  ezgu  fikr,  ezgu  so‘z  

va  ezgu  amalni  

tanlayman”. 

“Yerga yaxshi  va kuchli  urug‘  sepmoq dunyodagi eng  

zarur qonun  

hisoblanadi”. 

Hatto,    kitobda    aytilishicha,    qarz    olib,    qarzini  

bermagan  odam  

o‘g‘irlik    qilgan    kishiga    tenglashtiriladi.    Olovga  

порок  narsani  tashlab  

yoqish qoralanadi. 

“Avesto”  kitobida  ezgulik  olamini  yaratuvchi  Ahura  

Mazda  bilan  

yomonlik    olami    xudosi    Angra  Manyu    (Ahriman)  

qarama-qarshi  qo‘yil-  

gan.    Ular    o‘rtasidagi    munosabatni    tasvirlash  

davomida  Mitra,  Anahita,  

Kayumars,    Jamshid,    Gershasp  kabi  qahramonlar 

ishtirok etgan voqealar  

bayon    etiladi.    Xullas,    “Avesto”    uch    ming    yil  

muqaddam  yashagan  ota-  

bobolarimizning    hayot    tarzi    qanday    bo‘lganidan  

aniq  va  daliliy  xabar  

beruvchi  go‘zal  tarixiy-adabiy  yodgorlikdir.  Uning 

hozirgi bizga ma’lum  

bo‘lgan    eng    qadimgi    1324    yilda    ko‘chirilgan  

nusxasi  Kopengagen  




shahrida saqlanadi. 

Professor    N.M.    Mallaevning    ma’lumot    berishicha,  

miflar  haqida  

yana    “Bundaxishn”    kitobi    ham  bor.    “Mifologiyaga 

ko‘ra,  Gaya Martan  

(Kayumars)    yer    yuzida    paydo    bo'lgan    birinchi  

odam  bo‘lib,  go‘yo  u  

Ahura    Mazda    (Hurmuz)    tomonidan    yaratilgan    va  

ikki  vujuddan:  ho‘-  

kizdan    va    odamdan    tashkil    topgan    ekan.  

Insoniyatning  ashaddiy  dush-  

mani    bo'lgan    Ahriman    Kayumarsni    o‘ldiradi.  

Kayumars  jasadining  

ho‘kiz  qismidan  55  xil  don,    12  xil  o  ‘simlik,    sigir  va 

ho‘kiz,  ulardan esa  

272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; odam qismidan 

insonning erkak  

va ayoljinsi hamda metall vujudga keladi” 

J:

  "YORILTOSH"  —  oʻzbek  xalq  ertagi.  Mavzui  keng 



tarqalgan. Xorazmda "Oltin beshik", Toshkent, Buxoro, 

Samarkand, Fargʻonada "YO.", "Ochil, ochil qamishlar" 

nomi bilan mashhur. Mazkur variantlarning mavzu va 

gʻoyasi  mushtarak,  ayrim  epizodlaridagina  farq  bor. 

Haqiqat  va  ezgulikning  yomonlik  ustidan  tantanasi 

"YO."ning  gʻoyaviy  mazmunini  tashkil  etadi.  Ertak 

qahramonlari  sehrjodu  taʼsirida  boʻladilar.  Singilning 

tosh  va  kiyikka  aylanishi,  ayolning  suv  ostida  ikki 

farzand  koʻrishi  kabi  hodisalar  tilsim  bilan  bogʻliq 

boʻlib,  sehr  yechilganda  ular  oʻz  asliga  qaytadilar. 

Opasingillarning  tabiat  kuchlarini  ilohiylashtirib, 

muqaddas  bilib  topinishi,  madad  soʻrashida  ibtidoiy 

inson  tafakkuri  bilan  bogʻliq  boʻlgan  mifologik  va 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling