1. Fondning vujudga kelish tarixi va uning zarurligi; Fondning maqsadi, vazifalari va uning huquqiy asoslari; Fondning faoliyati va uning boshqaruvi
Download 53 Kb.
|
Aholining omonatlarini kafolatlash fondi va uning faoliyati
Aholining omonatlarini kafolatlash fondi va uning faoliyati Reja: 1.Fondning vujudga kelish tarixi va uning zarurligi; 2. Fondning maqsadi, vazifalari va uning huquqiy asoslari; 3.Fondning faoliyati va uning boshqaruvi; 1.Fondning vujudga kelish tarixi va uning zarurligi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, dastlab omonatlarni himoyalash tushunchasi 1829-yildan boshlab AQSHda qo’llanila boshlandi. O’sha paytda Amerika Kongressi “Pul fondlarini mustahkamlash to’g’risida” qonun qabul qildi. Bu qonun asosida 1829-yilda Nyu-York shtatida omonatlarni sug’urtalash tizimi vujudga keldi. Bunda banklar majburiy ravishda omonatlarni sug’urtalash fondiga a’zo bo’lishgan. Bu fond 1830-yillarning oxirida AQSHda sodir bo’lgan mayda iqtisodiy inqirozlar paytida bank kreditorlari bilan to’liq holda hisob-kitob qilishganiga qaramay, tegishli shtat hukumatidan moliyaviy yordam so’rashga majbur bo’ldi. 1907-yilga kelib turli iqtisodiy inqirozlar sababli Amerikaning yana 8 ta shtati o’zlarida qo’llashga urinib ko’rdi. Bu tizim asosida banklar ustidan va banklarda o’tkazilayotgan yuqori riskli operatsiyalarni nazorat qilish mumkin edi. Ammo bu loyihaning bittasi ham uzoq vaqt davomida o’z faoliyatini olib bora olmadi. Nihoyat 1934-yilda 1929-1933-yillardagi “Buyuk depressiya” sharoitida AQSHda “Depozitlarni Sug’urtalash Federal Korporatsiyasi” tashkil etildi. Bu davrgacha Amerika Kongressi 10 yil davomida omonatchilarning huquqini himoyalashga yo’naltirilgan 150 dan ortiq qonun loyihalarini ko’rib chiqdi. Agar 1930-1933- yillar orasida 9000 dan ortiq tijorat banklari bankrotga uchragan bo’lsa, keyingi 4 yil ichida 246 ta bankning bank faoliyatini olib borish huquqini beruvchi litsenziyalari bu korporatsiya tomonidan olib qo’yildi. 1934-1986-yillar davomida Depozitlarni Sug’urtalash Federal Korporatsiyasi (DSFK) 620 ta bank omonatchilarining manfaatlarini himoya qila oldi, natijada mamlakatdagi jami banklarning 6 mln.dan ortiq omonatchilarining 98,9% omonatlari qaytarib berildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida banklardagi aholining omonatlarini kafolatlash tizimi mustaqillikdan keyingi yillarda vujudga keldi. Bu boradagi ishlar 1995-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston bank tizimini rivojlantirish dasturining amalga oshirish me’yorlari to’g’risida” gi qaroriga asosan banklarning bankrotga uchraganida bank omonatlarini himoyalash tizimini yaratish nazarda tutilgan edi. Shu asosda “Banklar bankrotga uchraganda bank omonatlarini majburiy ravishda sug’urtalash to’g’risida” gi qonunning 1-loyihasi 1997-yilda ishlab chiqildi. Bu loyihadagi asosiy muzokaralar bunday tizim o’sha davr uchun mos yoki mos emasligi xususidagi bahs-munozaralarga aylangan edi. Bu mexanizmni yaratish fikriga qarshi tomon o’z fikrlarining isboti tariqasida quyidagi sabablarni ko’rsatgan: - O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida “Markaziy bank to’g’risida” gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi va “Istemolchilar huquqlarini himoyalash” qonunlarida aholining bank omonatlarini himoyalashga qaratilgan bir necha moddalar mavjudligi; - Markaziy bankda tijorat banklarining majburiy zaxira normasining miqdorlari barcha omonatlar summasini qoplash uchun yetarliligi va boshqalar. Bundan tashqari Jahon banki ham omonatlarni kafolatlash tizimining O’zbekistonda yaratilishi bu davr uchun shart emasligi quyidagicha izohlangan: - omonatlarni kafolatlash tizimini yaratish aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini qaytarish uchun yetarli emasdi; - omonatlarni kafolatlash tizimi banklarning kredit berishdagi intizomini buzadi va davlat byudjetiga bo’lgan to’lovlarni kechiktirishi mumkin. Shunga asosan, 1998 yilda iхtiyoriy ravishda bank omonatlarini sug’urtalash faoliyati bilan shug’ullanuvchi “Omonat himoya” sug’urta Jamg’armasi tashkil etildi. Biroq, ushbu Jamg’armaga banklarning iхtiyoriy a’zoligi ostida olib borgan faoliyat tajribasi ushbu mехanizmni takomillashtirishni va butun bank sеktorini jalb qilgan holda yanada mukammal mехanizmni barpo etish lozimligini ko’rsatdi O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002-yil aprеlda “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda banklardagi aholi omonatlarini himoyalashning huquqiy asoslari hamda kafolatlash tizimini yaratilishiga asos solindi. Qonunning asosiy maqsadi aholi omonatlarini kafolatlash tizimini yaratish orqali aholini qonuniy huquqlarini himoyalash va ularning rеspublika tijorat banklariga bo’lgan ishonchini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-sеntyabrdagi “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risidagi O’zbеkiston Rеspublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 326-sonli Qarori bilan Fuqarolarning banklardagi omonatlrini kafolatlash fondi tashkil etildi. O’zbеkiston Rеspublikasida faoliyat ko’rsatayotgan barcha banklar aholi omonatlarini jalb qilish huquqiga egaligini hisobga olib, Qonunda barcha banklarning, shu jumladan, chеt el kapitali ishtirokidagi banklarning omonatlarni kafolatlash tizimida qatnashishi va fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bilan yozma bitim tuzishi majburiy qilib bеlgilandi. Fоnd yuridik shахs hisоblаnаdi vа bаnklаr bilаn yozmа rаvishdа tuzilаdigаn bitimlаr аsоsidа fаоliyat yuritаdi. Ko’rib turganimizdek fondning zarurligi shundaki, banklar aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilgan holda, muomaladagi naqd pul aylanishini tezlashtirishga yordam berishadi va bu orqali to’lov tizimining uzluksizligi ta’minlanadi. Shuning uchun ham banklarga omonatchilarning ishonchi zarur. Bunda barcha sektor o’z vaqtida moliyalashtirilishi, tadbirkorlik va ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish pirovardida ish haqining o’z vaqtida berilishini ta’minlash orqali erishish mumkin. Shu nuqtayi nazardan yuqoridagilarga erishishimiz uchun omonatlarni kafolatlash fondiga zarurat tug’iladi. Iqtisodiyotda omonatlarni kafolatlash zarur bo’lib, ular quyidagilarni ta’minlaydi: 1. Omonatchilarning manfaatlarini himoyalsh; 2. Bank faoliyatini barqarorlashtirib, moliyaviy tizimga ko’maklashuvchi mexanizmni yaratishni ta’minlash. Fondning zarurligini yana bir omilda ko’rishimiz mumkinki, bu bank inqirozga uchraganda aholi o’rtasida omonatlarni yoppasiga olib ketish va xalqda vahima paydo bo’lish hollariga barham berishdir. Download 53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling