1.01. Ona tili va adabiyot
1. Fonetika o‘rganadigan masalalar noto‘g‘ ri berilgan javobni toping.
A)nutq tovushlarining hosil bo‘lishi urg‘u, bo‘g‘in, ohang
B) nutq tovushlarining turlari,o‘zgarishi
*C)nutq tovushlarining so‘z ma’nolarini ajratishdagi roli.
2.Fonetika bo‘limida tovushlarning qaysi tomoni o‘rganiladi?
A)lingvistik xususiyatlari
B)ijtimoiy mohiyati
*C)fizik-akustik xususiyatlari
D)ma’no farqlash xususiyatlari
3. Fonologiya bo‘limida tovushlarning qaysi tomoni o‘rganiladi?
A)qay tarzda hosil bo‘lishi
B)sifat tomonlari
*C)kuchi va cho‘ziqligi
D) ma’no farqlash xususiyatlari.
4. Tovushning xususiyatlari noto‘g‘ ri berilgan javobni toping.
*A)so‘z va qo‘shimchalar bir-birlaridan tovushlari bilan farq qiladi
B)har qanday so‘z tovushlardan tashkil topadi
C) nutqning eng kichik bo‘linmas ma’noli qismi
D)birchasi to‘g‘ ri.
5.Qaysi yozuv turida so‘z va qo‘shimchalar qanday aytilsa shunday yoziladi?
A)morfologik yozuv
*B)fonetik yozuv
C)tarixiy-an’anaviy yozuv
D) shakliy yozuv
6. Qaysi qatordagi so‘zlar morfologik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A)sanoq, ata, tarqoq
*B)do‘st, tog‘ga, tuzsiz
C) tank, teatr, soldat
D) qo‘rqoq, bilim, bank
7. Leksik dubletlar keltirilgan qatorni ko‘rsating.
A)katta-kichik, oq-qora
B)gado-gadoy, gazmol-gazlama
C) otalik-otaliq, shoh-shox
*D)qozon-tovoq, non-choy
8. M.Koshg‘ariyning asarlarida uchraydigan ayog‘ so‘zining ma’nosi keltirilgan javobni toping.
A)oyoq
B)laqab
C) qadah
D) ayamoq
9. So‘zlarning kelib chiqishini, tarixini o‘rganuvchi ta’limot qanday nomlanadi?
A)semasiologiya
B)leksikografiya
*C)etimologiya
D) artikulatsiya
10Jargon nima?
*A)biror ijtimoiy guruhga xos so‘zlar
B)shaklan turli xil, mazmuni bir-biriga yaqin so‘zlar
C) man etilgan, aynan aytilmaydigan so‘zlar
D) ma’lum katta yoki kichik hududda yashovchi aholining o‘ziga xos so‘zlari
Do'stlaringiz bilan baham: |