1-Fuqarolik jamiyati shakllanishining ma'naviy asoslari?


Download 13.62 Kb.
Sana24.09.2020
Hajmi13.62 Kb.

Nazorat savollari

1-Fuqarolik jamiyati shakllanishining ma'naviy asoslari?

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot ,yangi jamiyat poydevorini barpo qilishda erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g'oyat dolzarb ahamiyatga egadir.Shu boisdan fuqarolik jamiyati shakllanishining ma'naviy asoslari jamiyatning har bir qatlamini qamrab olishi joizdir.Insonlar o'z qadr-qimmatiga,jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zarurat tug'ilganda ular uchun kurasha oladigan bo'lishlari,vijdon erkinligi,ahloqiy normalarga rioya qilish,yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi,ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari ,fuqarolik pozitsiyasiga ega ekanligi jamiyatning ma'naviy asosidir. But borada Birinchi Presidentimiz Islom Karimov quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan: "Tafakkur ozod bo'lmasa ,ong va shuur tazyiqda,qullikdan qutulmasa ,inson to'la ozod bo'lolmaydi .Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi ." Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning dastlabki bosqichidan boshlab hozirgi kunga qadar keng ko'lamli siyosiy,iqtisodiy-ijtimoiy dastur va rejalarimizning barchasida xalqimizning ma'naviy hayoti bilan bog'liq masalalar alohida ustuvor yo'nalish sifatida kun tartibga qo'yilmoqda .Jamiyat ma'naviyatini shakllantirish esa islohotlarimizning Bosh markazidadir .

2-Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, o'ziga xosligini tushintiring ?

Fuqarolik jamiyati fanining predmeti bu- uzoq va bosqichma -bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo'lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr- bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki ,jamiyatshunos olimlarning but jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari ,Birinchi Presidentimiz Islom Karimov tomonidan O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning "O'zbek modeli" ga xos nazariy qarashlar, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatning rivojlanish jarayonidan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fani O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti,Sotsiologiya, O'zbekiston tarixi,Falsafa,Milliy g'oya :asosiy tushunchalar va tamoyillar ,Iqtisodiyot nazariyasi kabi fanlar bilan o'zaro bog'liqdir.Ijtimoiy -siyosiy fanlarda fuqarolik jamiyati va davlat tushunchalari uzoq vaqt farqlanmay keldi, ular aynan tushunchalar sifatida qabul qilindi.Biroq XVII. asr o'rtalariga kelib bunday qarash asta -sekin o'z ahamiyatini yo'qotdi.Fuqarolik jamiyati -o'zini -o'zi rivojlantiruvchi va o'zini -o'zi boshqaruvchi tizim. Individlar har xil tashkilotlarga birlashib, bir-biri bilan rang-barang munosabatlar o'rnatib , o'zlarining ba'zan qarama-qarshi manfaatlarini ro'yobga chiqarib ,jamiyat siyosiy hokimiyat kuchiga ega bolgan davlatning aralashuvisiz uyg'un va izchil rivojlanishini ta'minlaydilar . Fuqarolik jamiyati o'zining davlatdan mustaqil o'zini-o'zi ichki rivojlanish manbasiga egadir. Fuqarolik jamiyati fanining o'ziga xosligi shundan iboratki, u jamiyatning rivojlanib boruvchi bir butun yaxlit tizim va tizimlarning tarkibiy qismi sifatida o'rganadi.

3- Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o'rni va huquqiy asoslari?

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida demokratik huquqiy davlat, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi g‘oyat muhim vazifalar bosqichma-bosqich tarzda izchillik bilan hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini, jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirish va rivojlantirishning barcha tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy kafolatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani buning tasdig‘idir.Nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishida faol ishtirokini ta’minlash, odamlar tafakkurida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda alohida o‘rin tutadi. Ayni paytda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining xilma-xil institutlarini tashkil etish va rivojlantirish yo‘lidagi tub islohotlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2005 yil 23 iyunda qabul qilingan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”gi kabi qator qonunlari fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

4-Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari nimalardan iborat?Fuqarolik jamiyatining aosisy belgi va g’oyalari



Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: - erkin individlar uyushmasi; - o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma; - murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim; - o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim. Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan: - siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; - butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi; - individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqigaasoslangan iqtisodiy mustaqilligi; - qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; - partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; - fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish; - faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi; - davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy bo‘ladimi, u o‘z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o‘z-o‘zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.

5-Fuqarolik jamiyatining shakillanishining asoslari qanday?

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiynegizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida vatalablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishigaalohida e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida vatalablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasiniifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat vafuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaihisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatningqonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkinemasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdanmustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin

6-Fuqarolik jamiyati shakillanishining asosiy bosqichlarini yoritib bering?

Evropa va Amerika mamlakatlarining, katta mintaqalarida fuqarolik jamiyatiningshakllanishi yangi davrda boshlandi. Olimlar va mutaxassislar fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyatiningrivojlanishini uch bosqichga ajratish mumkin. Bunda bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tishdajamiyat va davlat tuzumida katta o‘zgarishlar, ijtimoiy va siyosiy tangliklar, ommaviy harakatlar, sinflarning to‘qnashuvlari, jamiyat mafkurasida tub o‘zgarishlar yuz bergan. Birinchi bosqich shartli ravishda XVI-XVII asr. Bu davrda fuqarolik jamiyatiningiqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari yaratildi. Ular jumlasiga sanoat va savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi, mehnat taqsimotining teranlashuvi, tovar-pulmunosabatlarining rivojlanishi kiritish mumkin. Shuningdek, yagona markazlashgan davlatlarningtashkil topishi bilan feodal tarqoqlik davrida mavjud bo‘lgan tengsizlik, huquqsizliklarga barhamberishga e’tibor berila boshlandi. Ikkinchi bosqichi XVIII asr ohiridan XIX asr ohirigacha davom etdi. Bu davrda engrivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlikka, tadbirkorlik erkinligi va shaxsiytashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishidagi fuqarolik jamiyati shakllandi. Uchinchi bosqich (XIX asr ohiri va keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o‘rnini erkinodamlarning huquqiy tengligi va o‘zaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar egallaganibilan tavsiflanadi. Insoniyatning ko‘p asrlik tarixida barcha odamlar, ijtimoiy kelib chiqishi vamavqeidan qat’i nazar, jamiyat hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb e’tirof etilishimuhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o‘zini erkin xohish-irodaga ega bo‘lgan, o‘zharakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun javob berishga qodir shaxssifatida namoyon etishimkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e’tirof etilgan qator huquqlar va erkinliklarga egabo‘la boshladi

7-X-XII asrlarga Markaziy Osiyo mutaffakirlarining ta'limotlaridagi adolatli jamiyati haqidagi qarashlarini izohlang?

Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlargayovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlatrahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatnima’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolatetakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iytalablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy “Ularning o‘zlaridan saylanganrahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan engoliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‘zsaylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar”4, debdavlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniyqadriyatlarni tizimlashtiradi Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” asarlarida
Adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan.
Uning fikricha,jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga
ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va
rivojlantirilishi lozim.. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va
kuchsizlar o‘rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bungauning fikricha
ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi.
Ibn Sino “iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga
ko‘ra tengliksizlik – inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi” deb ta’kidlaydi. Ideal davlat qurishesa jamiyat aholisining ma’naviy-axloqiy ravnaqi bilan bog‘liq.. Uning fikricha, ma’naviy axloqiyqadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat vabarqarorlikni ham ta’minlaydi Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonida davlatni boshqarish amallari,
qoidalari va siyosiy - axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishgae’tibor qaratgan. Udavlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarinitasniflaydi. Jumladan, «Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ulardarhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat vayumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi» deb ta’kidlagan. Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkanilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma”asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlarigaqarab tanlash, adolat vainsofni oyoq osti qiladigankishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishdakengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazoratqilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagiqarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning«Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingantadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak»degan fikrlari ajdodlarimizning davlatqurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir.


Download 13.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling