1. Fuqarolik jamiyatining faoliyat ko'rsatishida saylov qanday vazifalarni bajaradi?


Download 20.84 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi20.84 Kb.
#142331
Bog'liq
6-Mavzu


1.Fuqarolik jamiyatining faoliyat ko'rsatishida saylov qanday vazifalarni bajaradi?

1. Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. «Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo'lgan huquqiy me'yorlarning nechog'liq demokratik ruhda ekanini namo?n etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o'z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo'lib, o'ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir»1. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro'?bga chiqadi. Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo'lib, eng avvalo o'zida jamiyat a'zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirila?tgan islohotlarda saylovlarning o'rni beqi?sdir. O'zbekiston mustaqil taraqqi?t yo'lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jara?nlar va yangilanishlarning ijtimoiy ha?tda oliy qadriyat sifatida ifoda etila?tganligining ?rqin namunasidir. Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo'lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo'lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dun?ning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o'z-o'zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo'ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o'tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko'ra belgilanadi1. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta'minlanishidemokratik saylov tamoyillari-ning qay darajada ro'?bga chiqi-shiga ham bevosita bog'liqdir.

2.O'zbekiston qonunchiligida saylov huquqining qanday printsiplari belgilangan?

2. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV KODEKSI

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar Ushbu Kodeks O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) a'zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini ta'minlovchi kafolatlarni belgilaydi.

2-modda. Saylov to'g'risidagi qonun hujjatlari

Saylov to'g'risidagi qonun hujjatlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

3-modda. O'zbekiston Respublikasida saylov o'tkazishning asosiy printsiplari O'zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o'tkaziladi.Saylov ochiq va oshkora o'tkaziladi.

4-modda. Umumiy saylov huquqi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.Saylov kuni o'n sakkiz yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadir.Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma'lumoti, mashg'ulotining turi va xususiyatidan qat'i nazar, teng saylov huquqiga egadir.

5-modda. Teng saylov huquqi

Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo'ladi.Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.

6-modda. To'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.

7-modda. Yashirin ovoz berish

Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo'l qo'yilmaydi.Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta'minlanadi.

8-modda. Saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik Saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradi.Saylov komissiyalari fuqarolarni o'z ishi to'g'risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to'g'risida xabardor etadi, saylovchilarning ro'yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro'yxati bilan tanishtiradi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar to'g'risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma'lumotlarni ma'lum qiladi.Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday o'tayotganligini yoritib boradi.Saylov komissiyalarining majlislari ochiq o'tkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hammaga ma'lum qilinadi.Saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko'rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.

3. Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyatiga bo'ysundirilgan mamlakatlarda avtoritar rejimga xos saylovlar amal qiladi. Deputatlar tarkibi va saylovoldi dasturlar mazmuniga doir barcha asosiy qarorlar oidindan mamlakat si?siy rahbariyati xohishiga mos ravishda shakllanadi. Bu kabi saylovlarda deputatlar nomzodlari oshkor etilmaydi, ulaming shaxsi va dasturlari to'g'risida saylovchilar yaxshi tasavvurga ega bo'lmaydi. Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakili sifatida emas, balki idora etuvchi partiyaviy-davlat vakillari sifatida namoyon boladilar. Totalitar siyosiy tizim mafkuraviy niqoblar ostida o'zining haqiqiy mazmunini turli usullar bilan niqoblab, ?xalq irodasini?, shuningdek, ?oliy darajadagi demokratiyaga mansub ekanligini? ifodalashga da'vogarlik qiladi. Bu si?siy tizim demokratiyaning nomuqobil shaklidan foydalanib, umumxalq qoTlab-quwatlashi ko'rinishini shakllantirishga intiladi. Saylovlaming ikkinchi turi davlat bilan fuqarolik jamiyati o'rtasidagi o'zaro muvozanat beqaror boTgan mamlakatlar uchun xosdir. Bu kabi mamlakatlarda saylovlar demokratik rejimlar chuqur ildiz otmagan, davlat yetakchilarining demokratik intilishlari antidemokratik kuchlar qarshiligiga uchraydigan mamlakatlarda uchrab turadi. Bu kabi mamlakatlarda, ko'pincha, xalq tomonidan saylangan hokimiyatning vakillik organlari turli kuchlar va bosimlar ostida o'zining yashash qobiliyatini yo'qotadi. Jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o'tish muammolari quyidagi ikki nomaTumli tenglamani echish bilan bogTiqdir: aholi qoTlab-quwatlashini yo'qotish sharoitida oldingi rejimdan o'tish davrini bosqichma-bosqichlik asosida amalga oshirish. Bu murakkab vazifani hal etish o'tish davri qator bosqichlarini si?siy texnologiyalar, jumladan, takrorlanib turuvchi saylov jara?nlari vositasida qulaylashtirishni talab etadi. Saylovlaming uchinchi turi - demokratik rejimlardagi, ya'ni davlatlar fuqarolik jamiyatiga bo'ysungan mamlakatlar uchun xosdir. Fuqarolik jamiyati qurishni rivojlantirishning muhim sharti - davlat, jamiyat va shaxs o'rtasidagi o'zaro muvozanat, tenglik, bir maromdagi rivojlanishning mavjudligidir. Ular o'rtasida yuz berishi mumkin bo'lgan ziddiyatlar qo'rqitish intizomi va hukmronlik usullari bilan emas, balki qonun oldida mas'ul bo'lgan davlat hokimiyati, huquqiy va si?siy vositalar bilan muvofiqlashtiriladi. Turli mamlakatlardagi saylovlarda o'zaro si?siy muxolifatdoshlikka asoslangan demokratiya tabiatiga xos saylovlaming bir qancha umumiy tomonlari mavjuddir. Bular hokimiyatga da'vogarlik turli si?siy kuchlar o'rtasidagi o'zaro ishonch, idoraetuvchi elitani erkin demokratik saylovlar vositasida shakllantirishning an'anaviy qoidalarini hurmat qilishdir. Bu kabi rivojlangan mamlakatlardagi saylovchilar va deputatlikka nomzodlar xulqi avtonom va ratsional-maqsadlilik xarakteriga egadir. Bu mamlakatlar jamiyatlarida saylovlar si?siy elitani shakllantirishning haqiqiy mexanizmi sifatida namo?n bo'ladi. Bunda saylovlar aholiga rasmiy si?sat yo'nalishiariga ta'sir etish uchun imkoniyatlar yaratadi, ulami o'zining manfaatlariga monandlashtira oladi.4. Proportsional saylov tizimidan ko'pmandatli saylov okruglarida tashkil etilgan saylovlarda foydalaniladi. Bunda saylovchi vakillik organlariga ko'rsatilgan bitta nomzod uchun emas, balki saylov birlashmasi ?ki partiya s'ezdida tasdiqlangan bir necha kishilik nomzodlar ro'yxatiga ovoz beradi. Natijada, tegishli organdagi o'rinlar partiya olgan ovoziga qarab, proportsional ravishda taqsimlanadi.Majoritar saylov tizimining (frantsuzcha majorite - ko'ichilik) asosini «ko'ichilik tamoyili» tashkil etadi. Bunday tizim, odatda, bir mandatli okruglarda amal qiladi va eng ko'i ovoz olgan nomzod g'olib hisoblanadi.

5. O?zbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov to?g?risidagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, Uzbekistonda majoritar saylov tizimi qo?llaniladi. Macalan O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod saylov okrugi buyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kupining ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning ro?yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylovda ishtirok etgan bo?lsa, saylov o?tmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2 tadan ortiq nomzod ovozga qo?yilgan bo?lsa va ulardan birontasi ham kupchilik ovozini ololmasa, ya?ni deputat bulib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng ko?p ovoz olgan 2 nafar nomzodni okrugda takroriy ovozga qo?yish to?g?risida qaror qabul qiladi. Bu qaror Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida takroriy ovoz berish o?tkaziladi

6. O'zbekistonda partiyaviy tizim tadrijiylik asosida, bir maromda o'z takomiliga yetib bormoqda. Masalan, 1994 yilga Parlament saylovlarida hokimiyat organlari va aholining tashabbuskor guruhlaridan 167 nafar deputat saylangan bo'lsa, 1999 yilgi Parlament saylovlarida ularning soni 125 tagacha qisqardi. 2004 yilgi Parlament saylovlarida saylangan deputatlarning 90 foizidan ko'prog'i si?siy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan nomzodlardir. 2009 yilgi saylovlardan boshlab esa O'zbekiston Ekologik harakatidan 15 nafarlik kvota asosida saylanadigan deputatlardan tashqari qolgan barcha deputatlar partiyaviy mansublik asosida saylana boshladilar. Bu esa si?siy ha?tda si?siy partiyalarning vazni va nufuzi tobora oshib bora?tganligidan dalolat beradi.

7. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o'zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to'g'risidagi Yevropa konventsiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to'g'risidagi Amerika konventsiyasi (1969 yil), Inson va xalqlar huquqlarining Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro-huquqiy hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Xususan, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo'yicha Kopengagen hujjatida (1990) o'z aksini topgan. YEXHTning saylov printsiplarini quyidagi yettita so'z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to'la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e'tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko'maklashishi mumkin ekanligining o'ziga xos dalolatidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga ko'ra, ?Har bir inson o'zi yasha?tgan davlatning boshqaruvida bevosita ?ki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi

hokimiyatning asosi bo'lmog'i lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish ?ki ovoz berish erkinligini ta'minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o'tkaziladigan saylovlarda o'z aksini topishi lozim?. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan yana bir hujjat, ya'ni ?Fuqarolik va si?siy huquqlar to'g'risida?gi xalqaro Paktning 25-moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz: bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o'tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini ta'minlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; o'z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo'lishi joizligi ta'kidlangan.
Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling