1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]


Download 138.5 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi138.5 Kb.
#545408
  1   2   3
Bog'liq
PQ-5041 27.03.2021
obektivka, obektivka, obektivka, Resume, dars ishlanma 6 sinf 1, Дискрет математикадан 100 та тест, макет ЖШ 2022-23-24 йиллар учун (6), planirovka, Makon MCHJ Buxgalteriya, O\'zagrosug\'urta AJ, ZIF tekstil, 2-mavzu, 716-19 Mamatqulov N. Lab ishi #2, raqamlidan МУШ UK



[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

So‘nggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslarini keng miqyosda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo‘naltirilgan dasturlar (keyingi o‘rinlarda — Dasturlar) doirasida so‘nggi 3 yil davomida 600 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik subyektlariga 15 trillion so‘mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilgan.

2021-yilda aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish, ularning o‘z biznesini tashkil etishiga ko‘maklashish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:

1. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo‘naltirilgan:

2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, moliya vazirining o‘rinbosari Q.X. Taparov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A. Kamalov (keyingi o‘rinlarda — Dastur koordinatorlari):

haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni Dasturlar, vakolatli banklar va hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlash bo‘yicha vakolatli hisoblansin;

ajratilayotgan mablag‘lar doirasida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan qishloq va mahallalarda, ularning ixtisosligidan kelib chiqib, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutsin.

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:

aholi va tadbirkorlik subyektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;

kredit olishda talabgorlarga “Agrobank” ATB, AT Xalq banki va “Mikrokreditbank” ATBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;

kredit oluvchi tanlagan mahsulot yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilot (keyingi o‘rinlarda — ta’minotchi) tomonidan mahsulotlar yetkazib berilgandan (ish bajarilganidan) so‘ng, kredit mablag‘lari ta’minotchiga ajratib beriladi;

o‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin;

“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas’uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari hamda sektor rahbarlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari zimmasiga yuklatiladi.

4. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun:

a) Moliya vazirligi:

1,3 trln so‘m miqdoridagi mablag‘ni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan “Agrobank” ATBga — 700 mlrd so‘m, “Mikrokreditbank” ATBga — 400 mlrd so‘m va AT Xalq bankiga — 200 mlrd so‘m yo‘naltirsin;

ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga yuqoridagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga:

Oldingi tahrirga qarang.

vakolatli banklarga Dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 1,5 trln so‘mlik kredit resurslari ajratilishini;



(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son)

Oldingi tahrirga qarang.

AT “Aloqabank”ka asalarichilikni rivojlantirish uchun 5 mln AQSh dollari ekvivalentida va “Turonbank” ATBga (ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Turonbank” ATB ustav kapitalini oshirish orqali) tadbirkorlik subyektlarining 10 sotixdan kam bo‘lmagan maydonlarda limonchilikni tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.



(4-bandining “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Moliya vazirligi mazkur qarorning 4-bandi asosida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan 1,5 trln so‘m kredit resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026-yilda qoplanishini ta’minlasin.



Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga qoplangan mablag‘lar miqdoridagi vakolatli banklarning majburiyatlari Moliya vazirligi foydasiga qayta rasmiylashtiriladi.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)

Oldingi tahrirga qarang.

6. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga muvofiq:



tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada belgilanadi;

tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda sektor rahbarlari Dasturlar bo‘yicha kreditlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishining ta’minlanishida vakolatli banklarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatib borsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 27-mart,

PQ-5041-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga


1-ILOVA


Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling