1 Galaktoza-1-fosfat uridiltransferaza fermenti ona suti bilan


Download 9.58 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi9.58 Kb.
#134890
Bog'liq
kimyo


1 Galaktoza-1-fosfat uridiltransferaza fermenti ona suti bilan

oziqlanadigan bolalaming jigarida bo'ladi. Katta yoshli insonlar jigarida

UDF- galaktozapirofosforilaza fermenti bo'lib, u UTF ishtirokida UDFgalaktoza hosil boiishini katalizlaydi. Ba’zan organizmda galaktoza

almashinuvini tartibga solib turuvchi fermentlar sintezlanishini

ta’minlaydigan genlami mutatsiyagauchrashiro'y berib, bu fermentlar

sintezini to'xtashiga sabab bo'ladi. Natijada galaktoza almashinuvi ham

buziladi. Bunda deyarli hamma vaqt Galaktozani fosforlanib

(galaktolinaza fermenti ta’sirida va ATF sarflanishi bilan) Galaktoza-

1-fosfatga aylanishi katalizlovchi ferment galaktoza-1-

fosfaturidiltransferazani sintezlanishi buzilishi natijasida galaktozani

miqdori qonda ortishi galaktozemiya deyiladi. Agar jigarda fruktoza-l-fosfataldolaza fermentining sintezlanishi

kamaysa, qonda fruktozaning miqdori ko payadi va hatto siydik bilan

ham ajraladi. Fruktoza- 1-fosfatning yigilishi jigarga zaharli ta’sir

ko'rsatadi. Natijada jigar shishadi, splenomegaliya yuz beradi, ba’zan

esa sariq kasalligi yuzaga keladi

2Glyukozaning pentozofosfat hosil qilish yo ii bilan parchalanishi

hujayra sitoplazmasida yuz beradi. Pentozofosfat sikli yoki apotomik

parchalanish yo‘lining ochilishi Varburg, Linman, Dikkens va Vj\.

Engelgardtlaming nomi bilan bog'lindir. Ular hayvon hujayrasida

(masalan, eritrotsitlarda) geksozafosfatning ikki fosfotriozaga

parchalanmasdan turib, to'g'ridan-to'g'ri oksidlanishini ko'rsatib

berganlar. Bu y o i bilan glyukozaning parchalanishi asosiy - aerob

parchalanishdan glyukoza-6-fosfat hosil bo'lishi bosqichidanoq farqlana

boshlaydi. Agar aerob parchalanishda glyhkoza-6-fosfat fruktoza-6-

fosfatga, bu esa fosforlanib, fruktoza-l,6-difosfatga aylansa,

pentozofosfat siklida glyukoza-6-fosfat to‘g‘ridan-to‘g(ri oksidlanib,

C 02 ajratib chiqaradi va pentozofosfatga aylanadi. Shuning uchun,

«pentozofosfat sikli»ni «uglevodlamig to'g'ridan-to'g'ri oksidlanishi»

ham deyiladi.

3Qonda glyukozaning miqdori iste’mol qilingan uglevodlar hisobiga ortganda, glyukozadan glikogen sintezi tezlashadi. Muskul to‘qimasining glikogeni esa jigar glikogeniga nisbatan kechroq parchalanadi. Glikogen deyarli hamma to'qimalarda (hatto yog‘ to'qimasida) uchrab, uning parchalanishi va sintezlanishi to'xtovsiz davom etadi. Shu glikogenning miqdori jigarda ma’lum turg'unlikka ega.

Ichak vorsinkalaridan qonga so'rilgan glyukozasi (qopqa vena)

orqali jigarga borib, jigarda ma’lum miqdorda glikogenga aylanadi,

so'ng jigar arterial qon tomiri (a.hepatica) orqali jigardan chiqib, hamma

to'qimalarga tarqaladi

4 Glikoproteinlar murakkab oqsil bo'lib, taxminan 15% uglevod

va 85% oqsildan tashkil topadi. Inson va hayvon organizmida bir

qancha onlab glikoproteinlar uchrab, bular qatoriga kiradi' va globulinlar, transferin, seruloplazmin, fibrinogen, protrombin,

qonning gruppa spetsifik moddasi, gipofiz gormonlari, bir nechta

ferment va boshqalar kiradi. Glikoprotein molekulasi tashkil

topishida polipeptid zanjiri a-spiral hosil qilib, uglevod qismi esa

shu a-spiral atrofida ikkinchi spiral holatida oraladi.

Proteinglikanlar (muko'proteinlar) yuqori molekulali uglevod va

oqsillardan tashkil topgan birikma bo'lib, ular tarkibida uglevod

mavjud bo'lib, unumlarini miqdori hattoki 95% yetadi.

Proteinglikanlar biriktiruvchi to'qimalarning hujayralararo

matriksining asosiy substansiyasini hosil qiladilar (biriktiruvchi

to'qim alarning quruq og'irligining taxminan 30%

proteinglikanlardir). Proteinglikanlarning uglevod (polisaxarid)



qismi

zaminglikanlar (yoki kislota xossali muko'polisaxaridlar) deb



nomlanadi.
Download 9.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling